Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2007 15.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 917-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 15.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 917-1
Kuchga kirish sanasi
25.05.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston respublikasi adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNI TEKShIRISh VA TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBINI YURITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 15-mayda 917-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 29-dekabrdagi 213-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori(ro‘yxat raqami 1650, 29.12.2006-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish hamda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuviga barham berish maqsadida va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish Kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (2000-yil 6-aprelda 917-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, ilovaga muvofiq uning yangi tahriri tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ilgari nashr etilgan va tarqatilgan Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitoblari o‘z kuchini saqlab qoladi. Bunda ularning yuritilishi yuqorida ko‘rsatilgan Nizom bilan belgilangan tartibga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatiga olish boshqarmasi (M.M.Ikromov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu buyruqni davlat ro‘yxatiga olsin hamda Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomni manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi va uni amalda qo‘llanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish boshqarmasi (A.Q.Ernazarov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu buyruqni 10 kun muddat ichida barcha nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining yuritilishi ustidan doimiy monitoring va nazorat olib borsin, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritishning belgilangan tartibini buzish hollari aniqlanganda kechiktirib bo‘lmaydigan ta’sir choralari ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A.J.Toshqulov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi”—“Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv”da e’lon qilishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi (A.J.Toshqulov) Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini mavjud talabni hisobga olgan holda zarur miqdorda nashr etishni, shuningdek uni tadbirkorlik subyektlariga tarqatishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi bilan o‘z vaqtida ta’minlashni va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami asosida ularning qat’iy hisobini yuritishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soxta Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitoblarining tarqatilish holatlariga barham berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tashkilotlar ishtirokida yuqorida ko‘rsatilgan Nizomni tushuntirish bo‘yicha muntazam ravishda ishlar olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur buyruqni nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasining boshlig‘i X.M.Sodiqov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.A. POLVON-ZODA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirining 2001-yil 15-maydagi
55-mh-son buyrug‘i bilan
tasdiqlangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning ta’riflari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi — nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot kiritiladigan rasmiy hujjat hisoblanuvchi tekshirishlarni hisobga olish maxsus kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyekt — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xo‘jalik faoliyati — xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, buxgalteriya-moliya, hisob-kitob, tovarlarga oid va statistika hujjatlarini yuritish bo‘yicha faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya, soliq, bojxona, bank va boshqa organlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro munosabatlari tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar — xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda va o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks tekshirish — bir vaqtning o‘zida ikki va undan ko‘p nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish — moliya va soliq masalalari bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliq, davlat statistika organlariga hamda banklarga taqdim etiladigan hisobga olish va hisobot ishlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalterlik, moliya va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejadan tashqari tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan yillik (choraklik) tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish (jumladan qisqa muddatli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir ish kuni davomida o‘tkaziladigan va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshiruv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xo‘jalik yurituvchi subyektning turli bo‘linmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tartibida tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi o‘rinlarda — tekshiruvchi organlar)ning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlari (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, kompleks tekshirish, taftish qilish, rejadan tashqari tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va h.k.), shu jumladan yong‘in, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xavfsizligi, kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish, shuningdek energiya nazorati, karantin va o‘simliklar himoyasi xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar va boshqa tekshirishlar bo‘yicha hatti-harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tekshirish bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning bevosita tekshirish o‘tkazish yilidan oldingi faqatgina uch kalendar yillik faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha tekshirish o‘tkazish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar amaldagi qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. TEKShIRISh O‘TKAZISh UChUN ASOSLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rejali tekshirishlar o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar komissiyalari) tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organning tekshirishlarni muvofiqlashtirish rejasi asosida tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan holda chiqargan buyrug‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun Kengashning yoki viloyat komissiyasining tekshirilayotgan obyekt nomi, tekshirish o‘tkazish maqsadi, muddatlari va uning sabablarini asosliligi ko‘rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qabul qilingan qarori, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tarkibi va tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tekshiruvni o‘tkazish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroridan kelib chiqqanda. Bunda agar Prezident farmoni, farmoyishida, Hukumat qarorida tekshirish o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasining roziligini olish talab qilinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushganda. Qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning aniq isbotlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan qonunbuzilish faktlari xizmat qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi nazorat qiluvchi organlar o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun topshiriqlarni faqatgina Kengash yoki viloyat komissiyasining ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori bo‘lganida yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq qo‘zg‘atilgan jinoiy ishning mavjudligi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tekshirish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt Kengash yoki viloyat komissiyasi ishchi organlaridan uning faoliyatini tekshirishga taalluqli (rejalashtirilgan tekshirish sanasi, turi, nazorat qiluvchi organning nomi va h.k.) axborotni (bunda ushbu axborot xo‘jalik yurituvchi subyektga bepul taqdim etiladi) olishga haqli. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu axborotni olishi, shuningdek Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlar rejalariga kiritilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish yo‘li bilan ham ta’minlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Rejali tekshiruvlar Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini rejadan tashqari tekshirish Kengash qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rejadan tashqari tekshirishlar Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qarori bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki viloyat komissiyasi qaroriga binoan o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tartibidagi tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Nizomning 22-bandi talablariga qat’iy rioya qilingan holda Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish uchun asoslar Kengash tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tekshirish o‘tkazishga faqat tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha va tekshirish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi maxsus guvohnomalarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. TEKShIRIShLAR O‘TKAZISh ShARTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddatlari 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Kengash qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar — tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari a’zolari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tekshirish o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilingan taqdirda auditorlik tekshirishlari (ekspertizalar) o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar faqat ushbu tekshirishlarni tayinlagan tekshiruvchi organlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilinganda tekshiruvchi organ hamda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi albatta xo‘jalik yurituvchi subyektga taqdim etiladi. Shartnomada auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va mansabi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik va/yoki ekspert xulosasining to‘g‘riligi hamda uning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan auditorlik tashkiloti va/yoki ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar Kengashning qarori bo‘yicha yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yillik ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan oxirgi tekshirish o‘tkazilgan vaqtdan kamida ikki yil o‘tganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatigina qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarni o‘tkazishga faqat ularning tekshirish obyekti bilan o‘zaro munosabatlari qismida yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tekshirish obyekti bilan o‘zaro munosabati deganda shaxslarning hujjatlar (jinoyat ishi materiallari, ashyoviy dalillar) bilan tasdiqlangan aniq munosabatini tushunish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yoki viloyat komissiyasining qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qarori bilan belgilangan muddatda muqobil tekshirish o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida u faqatgina boshqa muddatga ko‘chirish to‘g‘risidagi Kengash yoki viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qo‘shimcha qarori asosida o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yoki viloyat komissiyasining qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qarorida ko‘rsatilgan tekshirish predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan materiallarni va axborotlarni talab qilish, tekshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nazorat tartibidagi tekshirishlar o‘tkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan faqat ilgari o‘zlari o‘tkazgan tekshirish natijalariga doir dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar va muddatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hujjatlarni olib qo‘yish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi bo‘yicha taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi, prokuratura organlari esa, bu holda “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ham asoslanadilar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar asl nusxasi olib qo‘yilgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardirlar. Hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatli shaxslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularning asl nusxasidan bosh buxgalter yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan ko‘chirmalar olishga imkoniyat berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar ularga xo‘jalik yurituvchi subyektni tekshirish bilan bog‘liq holda ma’lum bo‘lgan tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni tarqatganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga (1-sonli ilova) tegishli yozuvlar kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish Kitobini to‘ldirish 2-sonli ilovada ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi belgilangan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), unga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim hamda ular asosida adliya organlari tomonidan Kitoblarning hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor) tekshiruvchi mansabdor shaxsga Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini tegishli ustunlarini to‘ldirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvchi mansabdor shaxs Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa, u tekshirishga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Tekshirish tekshirishni o‘tkazish rejasi va nazorat qiluvchi organning vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan, zarur hollarda esa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bilan ham rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kengash yoki uning viloyat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma (ko‘chirmaning haqiqiyligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim), nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish buyrug‘i va rejasi, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxalari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga (yakka tartibdagi tadbirkorga) ularni olganligi haqidagi tilxat asosida topshiriladi. Bunda tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasi tekshirish tugaganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida topshiriladi. Tekshirish o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb qilingan taqdirda, tekshiruvchi organ va auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi ham topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor) unda qayd qilingan yozuvlarni to‘g‘riligini o‘zlarining imzolari bilan sana va vaqtni ko‘rsatgan holda tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. TEKShIRILAYOTGAN XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR VA TEKShIRUVChI ORGANLAR HAMDA ULARNING MANSABDOR ShAXSLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Kengash yoki viloyat komissiyasi qarorini va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi mansabdor shaxslarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchi mansabdor shaxslarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tekshirishni amalga oshirayotgan tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejali tekshirishlar o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida basharti, bunga obyektiv asoslar bo‘lsa, Kengashga taqdimnoma kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlashiga xalal bermaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yozuv kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralishishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. JAVOBGARLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan shaxsan javobgarlik tekshiruvchi organlarning rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Huquqi buzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt unga keltirilgan zararni to‘liq undirilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan real zararni, boy berilgan foydani, shuningdek ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yohud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalariga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Bosh vazirining o‘rinbosari,

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni

rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi

Kengashining raisi R.S Azimov

2001-yil 15-may

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Bosh prokurori

R.X. Qodirov

2001-yil 8-may

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy xavfsizlik xizmati

raisi R.R. Inoyatov

2001-yil 15-may

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri

Z.A.Almatov
2001-yil 8-may

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

B.A. Xodjayev

2001-yil 8-may

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA ‎OLISh KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_______________________________________________________________________________________________________‎‎

(xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi)‎

_______________________________________________________________________________________________________‎‎‎

(xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili) )‎

_______________________________________________________________________________________________________‎‎‎

(soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)‎

t/r‎

Nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning nomi‎

Tekshiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va guvohnoma raqami‎

Auditorlik tashkilotining nomi (litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati), auditor ekspertning F.I.O. (shaxsini tasdiqlovchi hujjat)‎

Tekshirish o‘tkazish uchun asos; jinoiy ish raqami‎

Tekshirish turi va maqsadi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Tekshirish o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar‎

Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti ‎

Tekshirishning aniq davom etgan vaqti‎

Talab qilingan hujjatlar‎

Tekshirish jarayonida ko‘rilgan choralar‎

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tadbirkorlikning fikri)‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektning
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tekshiruvchi organ 2—7, tekshiriluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt 8—12 ustunlarni to‘ldirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ikkinchi ustunda tekshiruvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uchinchi ustunda tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan idora nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. To‘rtinchi ustunda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma raqami ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Beshinchi ustunda tekshirish o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni tasdiqlash raqami va sanasi; qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ish bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oltinchi ustunda tekshirish turining to‘liq nomi (rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish, qisqa muddatli tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish) va maqsadi ko‘rsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali va buyruqda ko‘rsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda ko‘rsatilganiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ettinchi ustunda tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi. U tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sakkizinchi ustunda har kuni tekshirish o‘tkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi faoliyati haqida maxsus belgilar qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. To‘qqizinchi ustunda tekshirishning haqiqatan davom etgan kalendar muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘ninchi ustunda talab qilingan hujjatlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali hamda buyruqda ko‘rsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘n birinchi ustunda tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan ko‘rilgan choralar (ishlab chiqarishni to‘xtatish, omborni yoki butunlay korxonani muhrlash, pul mablag‘laridan va/yoki xom—ashyodan foydalanishni ta’qiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish va h.k.) ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘n ikkinchi ustunda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “E’tirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri ko‘rsatiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor) buning asoslangan sabablarini ko‘rsatadi. “E’tirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda asoslangan e’tirozlar keltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida o‘chirib yozish va bo‘yash taqiqlanadi. To‘g‘rilashlar xato yozuvlar o‘chirilib, kerakli ma’lumotlarni ustidan qayta yozish yoki qo‘lda ustidan yozish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday to‘g‘rilash mansabdor shaxs-tekshirish rahbarining va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 525-modda)