27.05.1998 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, sug‘urta tashkilotlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarga 2-ilovaga muvofiq kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uliyat yuklanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining, shuningdek ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyati ular kichik biznes, xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga qanchalik samarali ko‘maklashayotganliklariga qarab baholanishi to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihalarni tanlab olish tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar berish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijiy kreditlardan o‘z vaqtida va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tijorat banklariga yuklanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-may 1998-y.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Organning nomi‎

Kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi ‎

‎‎Kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.
‎Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish:
‎investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish.
‎Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini ishlab chiqish.
‎Investitsiya loyihalarini va takliflarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat o‘rnatishni ta’minlash.
‎Mablag‘ bilan ta’minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish. ‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari‎

‎Kichik biznes subyektlari uchun mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilash.
‎Kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish.
‎Kichik biznes korxonalari uchun turar-joy bo‘lmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qo‘yish. ‎

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berish.
‎Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish.
‎Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish.
‎Tadbirkorlarga keng xizmat turlarini ko‘rsatish, jumladan axborot ta’minoti va konsultativ yordam berish, O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida axborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish.
‎Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan xalqaro huquq va normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
‎Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish. Tadbirkorlik faoliyati uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar o‘qishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka banki”, “Mikrokreditbank”, kredit beruvchi va kredit liniyalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari‎

Kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb etish.
‎O‘z mablag‘lari va jalb qilingan kredit resurslari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish.
‎Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish.
‎Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Keng ko‘lamda bank xizmatlari ko‘rsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar).‎‎

Budjetdan tashqari jamg‘armalar ‎

‎‎Kichik biznes subyektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish.
‎Kichik korxonalarning ustav kapitalida qatnashish.
‎Maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
‎Infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish.
‎Olinadigan kreditlar va qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish.‎‎

“Kafolat”, ‎“O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyalari va boshqalar‎

‎‎Kichik biznes subyektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish.
‎Kreditlar olish, shu jumladan, xorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta kafolatlari berish. ‎

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda ko‘maklashish. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi‎

‎‎Kichik tadbirkorlik subyektlariga ularning soliqlarni to‘g‘ri hisoblashida va buxgalteriya hisobini yuritishida yordam ko‘rsatish.
‎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son
Farmonining kichik biznes subyektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni asossiz ravishda ko‘p martalab tekshirishlar tufayli korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalg‘itilishiga yo‘l qo‘ymaslikka oid qismida qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish.‎

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi

‎‎Yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tegishli raqamini berish.
‎Kichik biznes subyektlari bo‘yicha davlat statistika hisobotini yuritish.
‎Tashkiliy-huquqiy shakllari va hududlar hamda tarmoqlar bo‘yicha kichik biznes korxonalarini tashkil etish, tugatish dinamikasini ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda tahlil qilish.‎

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ‎

‎‎Tijorat banklarida kichik biznes subyektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naq pul tushumi sifatida kichik biznes korxonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash.
‎Kichik biznes korxonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash.‎

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi‎

‎‎Adliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik tadbirkorlik masalalariga oid me’yoriy hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.
‎Qonunchilikning, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash.‎

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikni, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlashning ustuvor huquqiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— kundalik ehtiyojdagi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiya loyihalari ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar kichik biznes subyektlari: kichik firmalarga, kichik korxonalarga beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash tadbirkorlik subyekti tanloviga ko‘ra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit olish uchun zarur bo‘lgan texnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning to‘liq paketini ishlab chiqish va tanlab olish bo‘yicha xizmatlarning to‘liq kompleksini taqdim etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— namunaviy loyihalar bo‘yicha — “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha — “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani ekspertiza qilish, tanlov o‘tkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILADIGAN INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN XORIJIY KREDITLARNI BERISH
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy loyiha quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinadigan asbob-uskunalarning texnik-iqtisodiy parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalardan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha samaradorligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani qarzga olingan mablag‘lar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash va qarzni uzishning asosiy shartlari.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan o‘tkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar to‘g‘risidagi axborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) o‘tkazish shartlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi yoki kichik biznes subyektlariga yetkazadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchi (kichik tadbirkorlik subyekti) loyiha maqsadini ko‘rsatgan holda o‘z buyurtmanomasini yoki o‘zi tanlagan namunaviy loyihani xorijiy kredit liniyasi berilgan vakolatli bank bo‘linmasiga beradi. Buyurtmanomaga bank belgilagan talablarga muvofiq kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlar paketi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kredit olishga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va tender g‘olibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan vakillari kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli bank (ikki ovozga ega);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash hududiy markazlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta agentliklari (“O‘zbekinvest”, “O‘zinvestAIG”, “O‘zAIG”, “O‘zagrosug‘urta”);
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor tashkilotlar.
(11-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli bank manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlashning texnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) eksport xulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning g‘olibini e’lon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli xulosani beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan xulosa bankning kredit qo‘mitasi ko‘rib chiqishi va kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar to‘liq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha bo‘lgan eng ko‘p muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mulkini sug‘urtalash, mazkur Tartibning 11-bandida ko‘rsatilgan sug‘urta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. YAKKA TARTIBDAGI LOYIHALARNI ISHLAB CHIQISH
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kichik tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlashni olish istagida u tegishli buyurtmanoma bilan “O‘zinvestloyiha” kompaniyasiga yoki banklarda tashkil etilgan, xorijiy kredit liniyalarga xizmat ko‘rsatuvchi injiniring kompaniyalariga texnik-iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqish, biznes-reja va xorijiy bankning kredit liniyasiga kiritish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish to‘g‘risida murojaat qiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hujjatlarning to‘liq paketini tayyorlash tugagach “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi (tegishli injiniring kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega bo‘lgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslar bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxonaning tavsiyanomani tayyorlash paytida tuzilgan texnik pasporti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga ularni bankka jo‘natishda quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllangan ustav kapitalining miqdori to‘g‘risida xizmat ko‘rsatadigan bankdan ko‘chirma;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov shartnomasi nusxasi, agar u talab qilinsa;
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta polislari nusxalari.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “O‘zinvestloyiha” kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injiniring kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlari qiymati kichik biznes subyekti xohishiga ko‘ra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to “O‘zinvestloyiha” kompaniyasida (tegishli injiniring kompaniyasida) hujjatlar to‘liq paketi tayyorlashgacha bo‘lgan eng ko‘p muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida ko‘rib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1998-y., 5-son, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda, 24-son, 240-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 249-modda, 24-son, 219-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda, 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda, 37-son, 485-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son,27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)