Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-iyun,
14/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar (bundan buyon matnda zaxiralar deb yuritiladi) shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
aktivlar — kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qogʻozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablagʻlar, olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
muammoli aktivlar — sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar;
maxsus zaxiralar — sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan majburiy zaxiralar;
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — tijorat banki faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar — shartnoma va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan aktivlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-1, 10.10.2017-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼminlanmagan aktivlar — taʼminoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli (eʼtimodli) aktivlar — bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud boʻlgan, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga taʼminotsiz ajratilgan aktivlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit tavakkalchiligi — qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatlarini shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotish (zarar) va/yoki rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;
muddati oʻtgan qarzdorlik — qarzdor tomonidan shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan) bank oldidagi majburiyatlar;
aktivning jami qiymati — aktivning bank balansida va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining ular boʻyicha yaratilgan zaxira ayrilmagan miqdori.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni bank balansida aks ettirish bank va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:
banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari;
banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablagʻlar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablagʻlar;
bankning kredit boʻyicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldigʻi), lizing, faktoring;
yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek repo kelishuvlari doirasida sotilgan qimmatli qogʻozlar;
olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar boʻyicha talablar;
aktivlar boʻyicha garov hisobidan undirilgan mol-mulklar;
toʻlab berilgan boʻnaklar va debitorlik qarzdorliklari;
balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning, shu jumladan bank kafolati va akkreditivning bank tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari moddalar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv va boshqalar);
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar.
Balansdan tashqari moddalarning qiymatini hisoblashda kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditning qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan natijalar olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizom talablari banklarning Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri talablariga, shu jumladan sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
14. Aktivlar boʻyicha qarzdorning muddati oʻtgan qarzdorliklari yoki 2-son kartotekasidagi toʻlov hujjatlari miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlganda, ushbu aktiv sifatining tasnifi pasaytirilishi talab etilmaydi.
Kichik miqdor deganda jismoniy shaxsga ajratilgan aktiv boʻyicha 100 000 soʻmdan, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga ajratilgan aktiv boʻyicha 1 000 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan hamda aktivning jami qiymatining bir foizidan oshmagan miqdor tushuniladi.
(12 — 14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
2. Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
3. Hisobotlarning haqqoniy boʻlmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalgʻitishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz boʻlmagan, nosogʻlom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
4. Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning oʻn foizidan ortiq boʻlsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan oʻrnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos boʻladi.
5. Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish foizidan ortiq boʻlishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining boʻshligini bildiruvchi koʻrsatkich hisoblanadi.
2-bob. Aktivlar sifatini tasniflash tizimi
6. Qarzdorlar quyidagi asosiy mezonlar boʻyicha baholanadi:
tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli;
muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi;
moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi;
kredit tarixi, kredit taʼminotining yomonlashuvi yoki likvidliligining pasayishi;
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;
rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa).
7. Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan mezonlarga asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa aktivlaridagi tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qoʻllaniladi.
8. Tijorat banklarining aktivlari sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qarzlarning oʻz muddatida toʻlanishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:
qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin boʻlgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va oʻz mahsuloti boʻyicha marketing rejasiga ega boʻlishi;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaxs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni toʻlashga yetarli, yaxshi kredit tarixiga ega, yaʼni oldin olgan barcha kreditlari boʻyicha toʻlovlarni va boshqa majburiyatlarni oʻz vaqtida bajargan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼminot “yaxshi taʼminlangan” kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, taʼminot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan boʻlishi (agar qonunchilik hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni taʼminot hisobidan undirib olishga haqli. Taʼminotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (eʼtimodli) aktivlar mustasno boʻlib, ularning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklari mavjud boʻlmasa, bunday aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.
Qarzdor tomonidan oxirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud boʻlsa, ushbu aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi, ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan 2024-yil 22-iyundan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud boʻlib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni oʻz vaqtida toʻlash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo boʻlishi mumkin boʻlgan aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:
moliyaviy holati yoki taʼminotni nazorat qilish borasida shubhalar boʻlsa;
kredit hujjatlarida yetarlicha axborot yoki taʼminot boʻyicha hujjatlari boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud boʻlib, undagi toʻlov hujjatlarining muddati 90 kundan oshmagan boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
oxirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli (eʼtimodli) aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(12-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. “Substandart” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlangandan soʻng aktivning sifati qaytarish grafigiga asosan ketma-ket 3 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda hamda mazkur Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq boʻlgan holda yaxshilanganda, ushbu aktivning sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
asosiy toʻlov manbalari qarz toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, taʼminotga qoʻyilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa;
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablagʻlarining moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmasa;
qarz oluvchining kapitali yetarli darajada boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
bank aktivining taʼminot qiymatiga nisbati bankning ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlsa (ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno);
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
16. Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega boʻlib, mavjud sharoitda aktivlarning toʻliq qaytarilishini shubha ostiga va kam ishonchli qilib qoʻyadigan aktivlar sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda yoʻqotishlar koʻrish ehtimoli yuqori boʻlgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud boʻlgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi.
17. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
“qoniqarsiz” aktivlarning hech boʻlmaganda birorta koʻrsatkichi, shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud boʻlsa (bozorda oson sotiladigan taʼminotning mavjud emasligi yoki taʼminlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud qarz oluvchining bankrot deb eʼlon qilinishi);
yaqin kelajakda aktivning qisman toʻlanish ehtimoli mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasida 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Aktivning sifati “shubhali” deb tasniflangandan soʻng (bundan shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktiv mustasno) ushbu aktiv sifati mazkur Nizomning:
14-bandi talablariga muvofiq boʻlgan holda yaxshilansa — aktiv sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanishi mumkin.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud boʻlgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi. Bunday tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Biroq, tijorat banklari oʻz balanslarida bunday aktivlarning hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Tijorat banki tomonidan taʼminotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari qoʻllanishi lozim.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
garov hisobidan undirilgan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab bir yil muddatda sotilmagan boʻlsa;
bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan (foydalanilmaydigan) koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar (bundan garov hisobidan undirilgan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar mustasno) uch yil muddatda sotilmagan yoki foydalanilmagan boʻlsa;
qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 366 kun va undan ortiq kunga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa;
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 366 kun va undan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
201. Aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflangandan, shu jumladan balansdan tashqari hisobvaraqda aks ettirilgandan soʻng (bundan shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktiv mustasno) ushbu aktiv sifati mazkur Nizomning:
14-bandi talablariga muvofiq boʻlgan holda yaxshilansa — aktiv sifati “qoniqarsiz”;
17-bandi talablariga muvofiq boʻlgan holda yaxshilansa — aktiv sifati “shubhali” deb tasniflanishi mumkin.
Bunda, balansdan tashqari hisobvaraqda aks ettirilgan aktivlarning keyingi hisobini yuritish maqsadida ushbu aktivlar balansning tegishli ssuda hisobvaragʻiga oʻtkazilishi mumkin.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Agar ikki yildan ortiq muddatga ajratilgan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish grafikka asosan oxirgi olti oyga belgilangan boʻlsa yoki shartnomada aktivlarni qaytarish grafigi boʻlmasa, bunday aktivlar sifatining tasnifi bir toifaga pasaytirilishi lozim.
212. Respublika hududidagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan normativlarning bajarilishi muntazam oʻrganib boriladi.
213. Respublika hududidan tashqaridagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng boʻlgan reyting baholariga ega boʻlganda — “standart”;
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholaridan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholardan past reyting bahosiga ega boʻlganda, shuningdek ushbu banklarning reyting baholari investitsion reyting baholaridan pasaytirilganda — “substandart”;
aktivlarning asosiy qarz va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda reyting baholari muntazam oʻrganib boriladi.
Aktivlar joylashtirilgan bank ikki yoki undan koʻp reyting kompaniyalarining baholariga ega boʻlganda, hisob-kitoblarda eng past reyting bahosi hisobga olinadi.
(211 — 213-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bitta qarzdorga berilgan bir nechta aktivlar mavjud boʻlsa, bank oʻzi taqdim etgan aktivni qarzdorga berilgan barcha aktivlar ichida eng past toifada tasniflangan aktiv sifatidek tasniflashi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
3-bob. Taʼminotga qoʻyiladigan talablar
24. Taʼminot kredit toʻlashning ikkilamchi manbai hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan taʼminotga kreditni qoplashning asosiy manbai sifatida qaralmasligi lozim.
25. Taʼminotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi eʼtiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki taʼminotni sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Aktivlarning yuqori likvidli taʼminotiga:
davlat qimmatli qogʻozlari garovi;
bank kapitali monandligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foiz boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari va Markaziy banklarining kafolati yoki ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar garovi;
Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;
kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari garovi kiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261. Aktivlar yuqori likvidli taʼminot bilan taʼminlanganda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Z = (AJM — TQ * (1-Ch)) * m
bunda:
Z — shakllantirilishi lozim boʻlgan zaxira miqdori;
AJM — aktivning jami qiymati summasi;
TQ — yuqori likvidli taʼminot qiymati;
Ch — valyutadagi tafovutni hisobga olish omili. Mazkur omil aktiv ifodalangan valyuta u boʻyicha qabul qilingan taʼminot valyutasidan farq qilmasa 0 ga, farq qilsa 0,1 ga teng boʻladi;
m — aktiv tasnifi boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan zaxira yaratish meʼyori.
Bunda, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira miqdori 0 yoki undan kichik (manfiy) boʻlsa, aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira shakllantirilmaydi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Bank tomonidan qabul qilinuvchi mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan garov turlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qimmatli qogʻozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlar garov sifatida qabul qilingan boʻlsa, ularning muddati tegishli aktivni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;
kreditor bankdagi depozit garov predmeti boʻlsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning ushbu mablagʻlarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi;
bank aktivi bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan boʻlsa, depozit aktivni taʼminlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi ixtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan taʼminlangan aktivni soʻndirish uchun yoʻnaltirishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim.
Bunda, bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271. Kafolat yuqori likvidli taʼminot hisoblanishi uchun bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos boʻlishi;
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
bankning majburiyatni kafildan toʻgʻridan-toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;
kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, yaʼni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
qarz oluvchi kafolat bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafildan kafolat boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
4-bob. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash
Oldingi tahrirga qarang.
28. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi, aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi bundan mustasno;
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining yoki toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi hamda mazkur Nizomning 338-bandida belgilangan holatlarda toʻlovlar muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi bundan mustasno;
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 10/25/2696-5/1198-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-yanvar)
taʼminot turining oʻzgartirilishi, kreditning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan taʼminotdan chiqarilgan hamda aktiv summasini garov summasiga nisbati bankning ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlmagan holatlar bundan mustasno;
foizlarning kapitalizatsiya qilinishi;
mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlardan birini yoki bir nechtasini qoʻllagan holda qarz oluvchining oʻzgartirilishi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
281. Kredit shartnomasi shartlari quyidagicha oʻzgartirilganda kredit tasnifi oʻzgartirilmaydi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:
foiz stavkasi pasaytirilganda, bunda oʻzgartirishdan soʻng milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;
kredit valyutasi oʻzgartirilganda, bunda kredit xorijiy valyutadan milliy valyutaga oʻzgartirilganda kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;
kreditning imtiyozli davri 6 oygacha uzaytirilganda, bunda dastlabki grafik boʻyicha foizlar toʻliq toʻlangan va yangi grafikda foiz toʻlovlari nazarda tutilgan hamda kreditning imtiyozli davri tugamagan va birinchi marta uzaytirilayotgan boʻlishi, shuningdek shartnomaning oxirgi muddatini uzaytirish uzaytirilayotgan imtiyozli muddatdan koʻp boʻlmasligi shart.
Bunda, kredit shartnomasi shartlari qayta koʻrib chiqilayotgan vaqtda qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi va uning krediti sifati “standart” yoki “substandart” toifasida boʻlishi hamda qayta koʻrib chiqilayotgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻlashda soʻngi 6 oy ichida muddati kechiktirilgan kunlarning jami miqdori 60 kundan oshmagan boʻlishi lozim.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
29. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflashda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
shartlar qayta koʻrib chiqilishining asoslari yoki sabablari, shu jumladan qarz oluvchining moliyaviy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning yuzaga kelganligi;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
bir qarz oluvchiga qarzni qaytarish muddatining necha marta uzaytirilganligi;
dastlabki bitim shartlariga nisbatan yangi bitimda keltirilgan shartlardagi oʻziga xos oʻzgartirishlari. Bunda foiz stavkasining bozor stavkasi darajasidan pasayishi, qoʻshimcha ravishda aktiv boʻyicha qabul qilingan taʼminotning oʻzgarishi yoki kreditni qaytarish muddatining uzaytirilishi shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktiv sifatini tasniflash va tahlil qilish jarayonida inobatga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Aktivning shartlari birinchi marta qayta koʻrib chiqilishi ushbu aktivning sifati boʻyicha avvalgi tasnifini oʻzgartirmaydi.
Aktivning shartlari qayta koʻrib chiqilishi bilanoq ushbu aktivning sifati yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
Aktivning shartlari ikkinchi marta qayta koʻrib chiqilsa, ushbu aktivning sifati shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi toifadan bir pogʻonaga past boʻlishi kerak.
Aktivning shartlari uch yoki undan ortiq marotaba qayta koʻrib chiqilsa, ushbu aktivning sifati “umidsiz” toifada tasniflanadi va u yaxshiroq toifaga qayta tasniflanishi mumkin emas.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktiv sifati “substandart”, “qoniqarsiz” yoki “shubhali” deb tasniflangandan keyin qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov (asosiy qarz, foiz va boshqa toʻlovlar) toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, bunday aktiv sifatining tasnifi bir toifaga yaxshilab borilishi mumkin.
Bunda, aktivlarni qaytarish grafigi boʻyicha toʻlov boshlangan oydan shartnomaning oxirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) toʻlovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 3 ta toʻlov, aks holda shu miqdorga teng 3 tadan koʻproq toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi lozim.
302. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan hamda sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktiv boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar (asosiy qarz, foiz va boshqa toʻlovlari) toʻliq toʻlanganda va grafikka asosan kamida 6 oy davomida hamda aktiv asosiy qarz qoldigʻining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda qarzdorliklari toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ushbu aktivning sifati “shubhali” deb tasniflanishi mumkin.
Bunda, aktivlarni qaytarish grafigi boʻyicha toʻlov boshlangan oydan shartnomaning oxirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) toʻlovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 6 ta toʻlov, aks holda shu miqdorga teng 6 tadan koʻproq toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi lozim.
303. Qonunchilik hujjatlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) belgilanishi natijasida qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati boʻlmaganda, aktivlar sifatini tasniflash, zaxira yaratish va aktivlarning shartlarini qayta koʻrib chiqilmagan deb hisoblanishi Markaziy bank tomonidan belgilanishi mumkin.
(301 — 303-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
32. Agar almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdorning dastlabki qarzdor bilan hech qanday aloqasi boʻlmasa, aktivlar sifatini tasniflash mezonlari almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdorga nisbatan qoʻllaniladi. Mazkur jarayon almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdorning biznesni normal yuritish sharoitida aktivlarni toʻlay olish layoqatiga muvofiq tarzda amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan 2024-yil 22-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-BOB. BERILGAN BANK KAFOLATLARINING SIFATINI TASNIFLASH
331. Tijorat banklari tomonidan berilgan kafolatlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxira miqdori prinsipialning moliyaviy ahvoli, kredit tarixi va prinsipial faoliyat koʻrsatayotgan iqtisodiyot tarmogʻi holatini hisobga olgan holda uning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilanadi.
332. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “standart” deb tasniflanadi:
prinsipial moliyaviy jihatdan barqaror;
prinsipial yuqori daromadlilik darajasiga ega;
barcha moliyaviy majburiyatlarini oʻz muddatida bajarishiga shubha tugʻdirmaydigan, shu jumladan kafolat boʻyicha qarzini qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga ega;
tijorat ishlarini rivojlantirish hamda moliya resurslarini erkin jalb qilish imkoniyatlari mavjud;
faoliyati cheklangan taʼminotchi hamda isteʼmolchilarga bogʻliq boʻlmagan;
Oldingi tahrirga qarang.
taqdim etilayotgan taʼminotga doir barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan;
(332-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan.
333. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “substandart” deb tasniflanadi:
umumiy moliyaviy ahvoli barqaror hisoblangan, lekin faoliyatida ayrim iqtisodiy salbiy holatlar mavjud boʻlgan, ularning bartaraf etilmasligi prinsipialning majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaslik holatini vujudga keltirish xavfining mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimining pasayish tendensiyasi mavjudligi.
334. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
moliyaviy ahvolining jiddiy yomonlashuviga sabab boʻluvchi holatlarning mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimining oxirgi chorakka nisbatan 50 foizga kamayganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
oxirgi hisobot oyidagi mavjud barcha muddati kelgan majburiyatlarni, shuningdek kafolat summasini ushbu oy davomida kelib tushgan pul mablagʻlari hisobidan qoplash imkoniyatiga ega emasligi.
335. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur Nizomning 334-bandida nazarda tutilgan holatlardan birining ogʻirlashganligi;
oxirgi besh yilda salbiy kredit tarixiga ega ekanligi, yaʼni toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi.
336. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
berilgan kafolat boʻyicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi;
talab qilib olinguncha hisobvaragʻiga oxirgi chorakda tushum boʻlmaganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
moliyaviy faoliyati boʻyicha sud jarayonlarining olib borilayotganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlarining mavjudligi.
(336-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(337-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) asosan 2024-yil 22-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42-bob. Toʻlovlar muddati kechiktirilgan yoki uzaytirilgan kreditlar sifatini tasniflash
338. Qarz oluvchining murojaatiga koʻra bank tomonidan kredit shartnomasi muddati mobaynida toʻlovlar muddati birinchi marotaba quyidagi holatlar natijasida kechiktirilganda yoki uzaytirilganda kredit tasnifi oʻzgartirilmaydi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:
qarz oluvchining ikki oydan ortiq davr mobaynida vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi;
qarz oluvchining mehnat shartnomasi bekor qilinishi va ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida roʻyxatga olinishi;
qarz oluvchining birgalikda qarz oluvchisi va (yoki) kafili boʻlgan turmush oʻrtogʻi vafot etishi;
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar qarz oluvchining qaramogʻiga olinishi yoki uning qaramogʻidagi I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar sonining ortishi;
qarz oluvchiga nisbatan nogironlikning I yoki II guruhi belgilanishi;
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi;
qarz oluvchining homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqishi.
Bunda, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzasidan qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish toʻgʻrisida bankka murojaat qilinganda mazkur murojaat sanasidan oldingi ikki oy davomida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari soʻnggi oʻn ikki oy ichidagi oʻrtacha oylik daromadlariga nisbatan kamida 30 foizga kamaygan boʻlishi lozim.
Mazkur bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida belgilangan holatlar qarz oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish yuzasidan bankka murojaat qilgan sanadan oldingi toʻrt oy ichida roʻy bergan boʻlishi lozim.
Kredit tasnifi oʻzgartirilmasligi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlardeb tasniflanmasligi uchun kredit shartnomasi boʻyicha toʻlovlar mazkur bandning:
ikkinchi — yettinchi xatboshilarida belgilangan holatlarda 6 oydan;
sakkizinchi xatboshisida belgilangan holatda 10 oydan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilgan yoki uzaytirilgan boʻlishi lozim.
339. Bank qarz oluvchining murojaatiga koʻra kredit shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirishda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlardan yoki boshqa maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Bunda, bank mazkur maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish choralarini koʻrishi lozim.
(3612-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-5, 23.12.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 10/25/2696-5/1198-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-yanvar)
5-bob. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash
34. Tijorat bankining investitsiya portfeli (sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga yoki qaram xoʻjalik jamiyatlariga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar, soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar) quyidagi omillar asosida tasniflanishi va belgilangan miqdorda ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi yaratilishi lozim:
oxirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya — “qoniqarsiz” sifatida;
oxirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya — “shubhali” sifatida;
oxirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya sifati — “umidsiz” sifatida.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
bankka dividend yoki foiz koʻrinishida daromad keltirganda;
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
bank tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;
fond birjasida kotirovkasi oshganda;
bank investitsiya kiritgan korxonaning tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotiga koʻra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
35. Agar tijorat banki tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida salbiy farq yuzaga kelsa, ushbu miqdorda ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi yaratilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday investitsiyalarning sifati eng past toifada tasniflanishi kerak.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
6-bob. Tijorat banki aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tijorat banki aktivining jami qiymatiga nisbatan aktivlar:
“standart” deb tasniflanganda bir foiz;
“substandart” deb tasniflanganda oʻn foiz;
“qoniqarsiz” deb tasniflanganda yigirma besh foiz;
“shubhali” deb tasniflanganda ellik foiz;
“umidsiz” deb tasniflanganda yuz foiz miqdorda bank xarajati hisobidan zaxira shakllantirishi lozim.
Bunda, tijorat banki maxsus zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
361. Aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa maxsus zaxira ham ushbu aktiv valyutasida har bir aktiv uchun alohida shakllantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar sifati standart deb tasniflangan jami aktivlar qoldigʻiga nisbatan har oyning yakuniga qadar aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa, ushbu valyutada yoki milliy valyutada shakllantirilishi lozim.
(361-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 10/25/2696-5/1198-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-yanvar)
37. Belgilangan meʼyorlarga muvofiq yaratilgan zaxiraga nisbatan aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar miqdorining oshib ketishi mumkinligidan dalolat beruvchi omillar va sharoitlar aniqlanganda, zaxiraga ehtimoliy yoʻqotishlarga nisbatan yirik ajratmalar amalga oshirilishi kerak.
38. Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan chiqarilishi kerak.
39. Aktivning hisobdan chiqarilishi uning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
40. Agar aktiv sifati “standart” deb tasniflanmagan boʻlsa, tijorat banki qarzdorga ehtimoliy yoʻqotishlari bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilikning batafsil tahlilisiz qoʻshimcha kredit mablagʻlari, joriy kredit boʻyicha qoʻshimcha resurslar yoki yangi kreditlar shaklida mablagʻlar berishi mumkin emas.
41. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlishi, Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada salbiy tasniflash uchun asos boʻladi:
tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va tekshiruvlarning oʻzgarishi yoki mavjud emasligi;
tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar boʻyicha amalda zararlar koʻrganligi;
yirik aktivlarning toʻplanishi;
nomaqbul iqtisodiy yoʻnalish va sharoitlar, xususan, qarzdorlarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki maʼmuriy-hududiy birlikda katta miqdorda toʻplanishi;
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan inspeksiya tekshirishlari natijasida aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy ahvoliga taalluqli boshqa holatlar.
Bunda Markaziy bank mazkur Nizom talablarida belgilangan miqdorda zaxiralarni qayta koʻrib chiqishni va (yoki) qoʻshimcha zaxiralar shakllantirishni talab qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanishga oid buxgalteriya oʻtkazmalari Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
43. Zaxiralar yetarli boʻlmagan hollarda, tijorat banki tomonidan zaxiralarga qoʻshimcha ajratmalar zaxiralarning yetishmovchiligi aniqlangan davrda amalga oshirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-1, 10.10.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
8-bob. Zaxiralardan foydalanish
49. Tijorat banki zaxiralarning yetarli darajada boʻlishini taʼminlash uchun toʻliq javobgarlik tijorat banki Kengashi va Boshqaruviga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. “Umidsiz” aktivlar va ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarning balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari hisobvaraqqa oʻtkazish ushbu aktiv boʻyicha qarzlar hamda ular boʻyicha foizlarning bekor qilinishini bildirmaydi. Shuning uchun ushbu qarz, shuningdek u boʻyicha foizlar balansdan tashqari moddalarda ular bu hisobvaraqlarga oʻtkazilgan paytdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida aks ettirilishi lozim.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banki qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur aktiv boʻyicha asosiy qarz summasi va foizlarni undirish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni qoʻllashi zarur. Tijorat banki qarzdor (emitent) majburiyatining toʻliq summasini toʻgʻri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar hisoblab yozishni uni balansdan tashqari moddalarga oʻtkazgandan keyin ham davom ettiradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan yoki shartnomada nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Bunda tijorat banki muntazam ravishda, bir oyda kamida bir marta qarzdorga balansdan tashqari moddalardagi qoldiqlarga mos keladigan asosiy qarz va hisoblangan foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzning mavjudligini maʼlum qilgan holda kredit boʻyicha qarzni qoplash va u boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash talab qilingan daʼvo xatini, balansdan tashqari moddalardan koʻchirma ilova qilingan holda, qarzdor yoki uning huquqiy vorisiga (tugatilish jarayonida boʻlsa, tugatish komissiyasiga) yuborishi lozim. Ushbu daʼvo xatlarini olmaslik qarzdorni qarzini qaytarish majburiyatidan ozod etmaydi. Daʼvo xati va hisobvaraqdan koʻchirma tijorat bankining muddati oʻtgan asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni undirib olish boʻyicha sud organlariga murojaat etishi uchun asos boʻladi.
Ichki audit xizmati va tijorat banki Boshqaruvi har chorakda balansdan tashqari moddalariga oʻtkazilgan “umidsiz” aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllanayotgan chora-tadbirlar haqida tijorat banki Kengashiga yozma ravishda maʼlumot berishlari shart.
Tijorat banki Kengashi moliyaviy yil yakuni boʻyicha bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga bankning “umidsiz” aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqidagi masalani kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Hukumatning qaroriga koʻra markazlashtirilgan resurslar yoxud boshqa mablagʻlar hisobidan berilgan kreditlar hisobidan shakllangan “umidsiz” aktivni balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari moddalarga oʻtkazilishi Hukumat yoxud Markaziy bank oldidagi qarzlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi va tijorat banki tomonidan Hukumat yoxud Markaziy bank oldidagi qarzlar qaytarilishi shart.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Agar qarzdor tomonidan balansdan tashqari moddalarda hisobga olinadigan aktiv boʻyicha qarz tijorat banki tomonidan ushbu qarzni undirish boʻyicha koʻrilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, u bu hisobvaraqlarga oʻtkazilgandan keyin besh yil davomida toʻlanmasa yoki bank ushbu aktivdan voz kechsa, u holda ushbu aktiv (asosiy qarzlar ham, foizlar ham) tijorat banki Kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tasdiqlangan qaroriga koʻra hisobdan chiqarilishi mumkin.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 20.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son — 2024-yil 22-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-3, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)
9-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 374-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son; 24.12.2025-y., 10/25/2696-5/1198-son)