28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
Bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan harakatlardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar to‘langanligi haqidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga davlat soliq xizmati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali o‘sha kunda taqdim etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatning hisobi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ariza kelib tushgan kundan e’tiboran boshlanadi, agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan bo‘lsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligiga rioya etilmagan bo‘lsa;
Bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan sana va vaqt ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytidir.
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida, agar “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat reyestriga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qiymati yoki uni aniqlash tartibi, shartlari va muddati haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ipoteka ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.