1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.04.00 Turar joy binolarini noturar joy binolariga o‘zgartirish. Noturar joy binosini tura joy binosiga o‘zgartirish.;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan, normativ-huquqiy bazani turkumlashtirish, qurilish jarayoni barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bir-birini takrorlashining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish va monitoringini olib borish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentini bosqichma-bosqich shakllantirish va uni amalda qo‘llash natijalari monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsatnomalar berish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari ajratish, shuningdek qurilishga ruxsatnoma berish tartibotlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish tartibini, shuningdek shaharsozlik sohasidagi vakolatli organlarning faoliyati tashkil etilishini hamda qurilish jarayoni subyektlari o‘rtasidagi xo‘jalik-shartnoma munosabatlarining ahvolini batafsil va tanqidiy o‘rganib chiqish, keyinchalik ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishi jarayonini texnik jihatdan tartibga solish doirasida joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni texnik standartlarning xalqaro tizimiga integratsiyalashni ta’minlagan holda, ishlab chiqish va yangilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh (Zakirov) 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tuzilmaga va tadbirlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti bosqichma-bosqich shakllantirilishini va yangilab borilishini, shu jumladan obyektlar qurilishiga majburiy normativ va texnik talablarni, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi takomillashtirilishini, shuningdek vakolatli organlar va hamda qurilish jarayoni boshqa subyektlarining samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentining ruxsat berish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini turkumlashni nazarda tutuvchi birinchi qismi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda shaharsozlik sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir amaldagi normativ hujjatlarni o‘zining Internet tarmog‘idagi rasmiy saytiga joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish va monitoringini olib borish bo‘yicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Zakirov B.I.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari
Shodiyev M.I.
—
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Mirzaboyev M.K.
—
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
lavozimi bo‘yicha
—
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
Alimov A.
—
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i
Jo‘rayev N.S.
—
Adliya vazirligining bosh boshqarmasi boshlig‘i
To‘rayev M.O.
—
Iqtisodiyot vazirligi bo‘limi boshlig‘i
Meliyev D.S.
—
Moliya vazirligi bo‘limi boshlig‘i
Sodiqov B.S.
—
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “O‘zGAShKLITI” DUK markazining boshlig‘i, ishchi guruh kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentini ishlab chiqish va shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Yagona qurilish reglamentining tarkibi
Ishlab chiqish muddatlari
Kelishish uchun Ishchi guruhga kiritish muddati
Mas’ul bajaruvchilar
II qism. “Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ baza”
Tashkiliy-metodik normalar, shu jumladan loyihalash va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini va texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.
2013-yil avgust
2014-yil 1-yanvar
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, loyihalash tashkilotlari
Zamin va poydevorlarni, binolar va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini, shuningdek muhandislik uskunalari tarmoqlari va tizimlarini loyihalashning texnik normalari.
2013-yil sentyabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, loyihalash tashkilotlari
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish qoidalari va texnologiyasi, qurilish yo‘nalishlari va turlari bo‘yicha ajratgan holda.
2013-yil oktyabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, loyihalash tashkilotlari
Smeta normativlari, shu jumladan qurilishda va qurilish mashinalari, mexanizmlari va asbob-uskunalaridan foydalanishda smeta normalarining resurs elementlari.
2013-yil noyabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi
Qurilishda ishlarni amalga oshirishda texnik xavfsizlik qoidalari. Qurilishni tashkil etish va ishlarni amalga oshirish loyihalarini ishlab chiqish qoidalari.
2013-yil dekabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qurilish xodimlari kasaba uyushmasi
III qism. “Xo‘jalik-huquqiy munosabatlar va qurilish sohasida davlat tomonidan tartibga solish”
Qurilish jarayoni subyektlarining tadbirkorlik munosabatlari, tadbirkorlik, investitsiya faoliyati va iqtisodiy faoliyat boshqa turlari erkinligining qonun hujjatlarida berilgan kafolatlarini hisobga olgan holda.
2014-yil fevral
2014-yil 1-iyul
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi
Soliq ma’muriyatchiligi, narxlarni shakllantirish, raqobatni rivojlantirish, qurilish mahsuloti sifati talablariga rioya qilish, loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va qurilish ishlarini amalga oshirishda davlat-texnika nazorati sohasida davlat tomonidan tartibga solish.
2014-yil mart
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi
Mehnatga oid o‘zaro munosabatlar: ish beruvchilar bilan yollangan mehnat resurslari o‘rtasidagi munosabatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan yollangan ishchilarni sug‘urta qilish.
2014-yil aprel
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
Tadbirkorlik subyektlari bilan bozor infratuzilmasi subyektlari, shu jumladan tovar-xomashyo, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjasi, sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.
2014-yil may
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, Fond birjasi, Adliya vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: muddatlar monitoring natijalari bo‘yicha hamda normativ-huquqiy hujjatlarni yangilash va turkumlashni hisobga olgan holda Ishchi guruh qaroriga ko‘ra aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I qism)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament shaharsozlik faoliyatini, xususan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish, vakolatli organlarning o‘zaro hamkorligi, dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va tayyorlash, loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish va tasdiqlash, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish tartibini, shuningdek tartibotlarni amalga oshirish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan normalar va qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shaharsozlik sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab shaharsozlik sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning ushbu Reglamentga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida va Shaharsozlik kodeksida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) ajratish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasiga egalik qilishni va foydalanishni boshlash yer uchastkasiga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar berilgungacha taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkasi berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlari tashqarisidan, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar va viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlari hududlarida yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-fevraldagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bo‘yicha nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishilishi va ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq egalik qilinayotgan, ijaraga berilgan va mulk bo‘lgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) faqat ushbu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilgandan (sotib olingandan) so‘ng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror aholi punktlari hududlarini va aholi punktlari oralig‘i hududlarini rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlari asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslardan yer uchastkalari yoxud ularning bir qismi olib qo‘yilgan taqdirda zararlarni qoplash, shuningdek buzilishi lozim bo‘lgan uylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar, inshootlar va ekinlar uchun hisob-kitob qilish “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash miqdorlarini va qoplash summasining hisob-kitobi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratishga doir materiallarni tayyorlash muddatlari, ishlar tarkibi va materiallar to‘plami, shuningdek ularni vakolatli organlar bilan kelishish tartibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida yer uchastkalari berishda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari tashqarisidan, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berishda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari berishda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bo‘yicha nizomga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)da — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq;
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yer uchastkalarini tanlash va ajratishga doir materiallarni tayyorlashda ishlar qiymatini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida, O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida doimiy foydalanish uchun va uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalari berishda — Qurilishda muhandislik qidiruvlari geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti (“O‘zGAShKLITI” DUK) vakillarini jalb etgan holda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari tashqarisidan, ikki va undan ortiq tumanlar yoki viloyatlar hududida, shuningdek maxsus industrial zonalar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berishda — “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik hisobidagi davlat korxonalari tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari chegaralarini naturaga ko‘chirishga doir ishlarni bajarish tartibi, muddatlari va qiymati ushbu Reglamentning 14-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bu haqda guvohnoma berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.04.00 Turar joy binolarini noturar joy binolariga o‘zgartirish. Noturar joy binosini tura joy binosiga o‘zgartirish.]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ilgari berilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek turar joylarni noturar joy toifasiga, noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ilgari berilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Turar joylarni noturar joy toifasiga, noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish va texnik shartlarni olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Obyektning qurilishi (rekonstruksiya qilinishi)ni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (I va II qism) ishlab chiqish tartibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning yangidan berilgan yer uchastkasida qurilishi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari berilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan turar joylarni noturar joy toifasiga, noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish muddatlari va ishlar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan foydalanish tashkilotlari tomonidan beriladigan obyektni muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olish va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish tashkilotlarida obyektni muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishni tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) “bir oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni elektr energiyasi, suv, issiqlik va gaz ta’minoti tarmoqlariga ulash, shuningdek kanalizatsiya va telefon tarmog‘iga ulash uchun texnik shartlarni berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) foydalanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish, obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini kelishish va tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Loyiha-qidiruv ishlarini bajarishda subyektlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari faoliyatning ushbu turini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs — loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Loyiha va qidiruv ishlariga pudrat shartnomasi, loyihalashtirish topshirig‘i, shuningdek arxitektura va qurilish organi tomonidan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish)ni loyihalashtirish uchun berilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (I va II qismlar) loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Muhandislik-texnik izlanishlar tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topografik va muhandislik-geodeziya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda litsenziyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalashtirish va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda litsenziyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Loyihalashtirish va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlar buyurtmachi (loyiha tashkiloti) tomonidan berilgan texnik topshiriqlar asosida, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Muhandislik-texnik qidiruvlar qiymati “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan baholarga va resurs smeta normalari to‘plamlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan topografik va muhandislik-geodeziya ishlarini bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan baholardan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish (dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash, dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy hisob-kitob bosqichlari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlari (ishchi loyiha, ishchi hujjatlar bosqichlari) binolar va inshootlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash)ni loyihalashtirishga texnik normalar va talablarni belgilaydigan shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Resurs smetalarini tuzish va qurilish qiymatining joriy narxlardagi hisob-kitobi qurilish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda aniqlash qoidalariga va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan resurs smeta normalari to‘plamlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishi qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomda belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish bir yildan ortiq davom etgan taqdirda joriy narxlarda tanlov savdolari (tendyerlar) natijalari bo‘yicha tuzilgan pudrat shartnomalari (kontraktlar) bo‘yicha markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishini, shu jumladan foydalanishga tayyor holda amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan shakllantiriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd so‘m va undan ortiq bo‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 31-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ijtimoiy va xo‘jalik ahamiyatiga molik obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymati dastlabki belgilangan qiymatiga nisbatan ortiq bo‘lishi natijasida loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish masalalari Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanadigan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalarning Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar bo‘yicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashida kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik kengashida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlarini kelishish tartibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni yangidan berilgan yer uchastkasida qurish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari berilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyektni qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan turar joy binolarini noturar joy binolari toifalariga o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Loyihaoldi hujjatlarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Obyektni loyiha hujjatlarini ayni bir vaqtda ishlab chiqish bilan (parallel loyihalashtirish) birga qurishga istisno hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Shaharsozlik kodeksining 27-moddasiga muvofiq obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) markazlashtirilgan manbalardan resurslar (davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning maxsus fondlaridan Hukumat qarorlari bilan hosil bo‘lgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki uning nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari) hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish nazarda tutiladigan investitsiya loyihalarining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ustav fondida davlatning ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan, markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, 10 mln AQSh dollaridan ortiq qiymatli investitsiya loyihalarining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, 10 mln AQSh dollaridan ortiq qiymatli strategik foydali qazilma boyliklarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablari hisobga olingan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan berilgan yer uchastkasida obyektni qurish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari ajratilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyekt qurish, qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirishning keyingi bosqichlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarida qurilish-montaj ishlariga ruxsatnomani ro‘yxatdan o‘tkazish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtiruvchi organlarda va bank muassasalarida moliyalashtirishni ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruvi organlari va davlat korxonalarining mablag‘lari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, shu jumladan pudrat tashkilotini tanlash tanlov savdolari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshi talablari tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan moliyalashtirishning boshqa manbalari ushbu qoidalardan istisno hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Kapital qurilishda tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolari qatnashchilari, ularning huquqlari, majburiyati va javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolari shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ofert taqdim etish tartibi va talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolarini tayyorlash va o‘tkazish, ularning yakunlarini chiqarish, shuningdek buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Qurilayotgan obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Shaharsozlik kodeksining 54-moddasiga muvofiq obyektlarni qurishga ruxsatnoma “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tegishli tarkibiy bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni qurishga ruxsatnoma — yer uchastkasining mulkdori, egasi yoki undan foydalanuvchining yer uchastkasida qurilishni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni qurishga ruxsatnoma qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma shaklida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomani ro‘yxatdan o‘tkazish va berish Davlat arxitektura-qurilish nazoratining hududiy inspeksiyalari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan berilgan yer uchastkasida obyektni qurish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari ajratilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish obyektlariga (Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturiga kiritilgan obyektlardan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylar toifasidan noturar joylar toifasiga o‘tkaziladigan xonalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavsumiy ishlar va uzoq yaylovlardagi chorvachilik uchun vaqtinchalik imoratlar va maishiy xonalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil aloqa stansiyalarini montaj qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirishni talab etmaydigan alohida qurilayotgan kichik (300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan) obyektlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konni qazish ishlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular bo‘yicha texnologik resurs tamom bo‘lgan va obyektni rekonstruksiya qilish yoki yo‘nalishini qayta o‘zgartirish talab etilmaydigan texnologik va muhandislik asbob-uskunalari birligini ta’mirlash va almashtirishga qurilish-montaj ishlarini bajarishga ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsatnomani berish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Qurilishi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib borilayotgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishning sifati va to‘liqligi ustidan nazorat funksiyalari tekshiruvini amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda bajarilgan (bajariladigan) qurilish-montaj ishlari qiymatidan mablag‘ ajratish tartibida haq to‘lanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) va foydalanishga qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Obyektni qurish u bilan qurilish-pudrat shartnomasi tuzilgan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan (pudrat usulida) yoxud yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z kuchi bilan (xo‘jalik usulida) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Agar obyektni qurish qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan taqdirda qurilish-pudrat tashkilotining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish normalari va qoidalariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan obyektning belgilangan tartibda qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilib olinishini tashkil etishni ta’minlash majburiyati yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan qurilish-pudrat tashkiloti o‘rtasidagi shartnomaning majburiy sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilish chog‘ida aniqlangan kamchiliklar qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan uning o‘zining hisobidan bartaraf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan talablar obyektni o‘z kuchlari bilan quruvchi buyurtmachilar (quruvchilar)ning bajarishi uchun ham majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan qurilish va montaj ishlarini bajarish, ko‘priklar va tonnellar, mudofaa obyektlari, shuningdek yuqori xavfli va potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlarda belgilangan tartibda litsenziyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tartibiga qo‘yiladigan texnik talablar shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir shaharsozlik (loyiha) hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Pudrat tashkiloti (quruvchi) qurilish ishlarini bajarish jarayonida shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda ijro etuvchi hujjatlarni yuritishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksida, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat funksiyalarini amalga oshirishda Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 14-moddasiga muvofiq buyurtmachilar (quruvchilar) loyihalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirishga va qurilish sifati ustidan texnik nazorat qilishga, shuningdek shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda obyektni qurish (rekonstruksiya qilish)ga doir shaharsozlik hujjatlarining amalda tatbiq etilishi yuzasidan mualliflik nazoratini ta’minlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yuridik va jismoniy shaxslar qurilish tugallangandan keyin yetti kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining vakolatli bo‘linmalari tomonidan binolar va inshootlarning, muhandislik yer osti kommunikatsiyalarining raqamli ijroviy topografik xaritaga tushirilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar va inshootlarning, muhandislik yer osti kommunikatsiyalarining raqamli ijroviy topografik xaritaga tushirilishiga qo‘yiladigan texnik talablar shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan berilgan yer uchastkasida obyektni qurish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari berilgan yer uchastkasida qo‘shimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari shaharsozlik sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik hisobidagi davlat korxonalarining binolari va inshootlariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir qonun hujjatlari, normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalari talablari bajarilishini ta’minlash uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 34-son, 455-modda; 2015-y., 40-son, 520-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)