|
|
|||||||||||||||
|
Bosqichlarlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
||||||||||||
|
1-bosqich |
Litsenziya talabgori — yuridik shaxs |
1. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq tayyorlaydi. |
litsenziya talabgorining xohishiga ko‘ra |
||||||||||||
|
2. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hujjatlarni bevosita yoxud ularning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron shaklda taqdim etadi. |
|||||||||||||||
|
3. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin 20 kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan so‘ng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga egadir. |
|||||||||||||||
|
2-bosqich |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
1. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). |
1) hujjatlar qabul qilingan kunda |
||||||||||||
|
2. Ekspert xulosasini tayyorlaydi va unga asosan Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Agar, litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin 20 kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, belgilangan muddat tugagandan so‘ng litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan so‘ng besh ish kunida unga litsenziya berishga majbur. |
2) ariza qabul kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda |
||||||||||||||
|
|
3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan so‘ng litsenziya talabgorlari tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan holatda, ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. |
3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan so‘ng 10 kun davomida |
|||||||||||||
|
3-bosqich |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi. |
— tegishli qaror qabul qilgandan so‘ng 3 kun muddatda |
||||||||||||
|
2. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi). |
|||||||||||||||
|
Litsenziat |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. |
— litsenziya talabgoriga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay |
|||||||||||||
|
4-bosqich |
|||||||||||||||
|
Litsenziya talabgori |
1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega. 2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 3. Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. |
— litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda |
|||||||||||||
|
5-bosqich |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi. 2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi. |
— 1 kun davomida |
||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.11.2003 yildagi 510-son
Kuchga kirish sanasi
14.11.2003
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
1. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
2. Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda Komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqiga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 18-son, 224-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-noyabr,
510-son
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan geodeziya va kartografiya ishlari turlari litsenziyalanishi kerak.
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarni O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davyergeodezkadastr qo‘mitasi deb ataladi) Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) qabul qiladi, komissiya tarkibi Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
4. Yuridik shaxslar litsenziya talabgori bo‘lishlari mumkin.
5. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya muddatsiz beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
7. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga (ayrim ish turlariga) berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarga rioya etilishi;
litsenziat shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatga va kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida bir xodim bo‘lishi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan moddiy-texnik bazaning, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalarining, boshqa texnik vositalarning mavjud bo‘lishi;
geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
litsenziat tomonidan davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjud bo‘lishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o‘tilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
10. Geodeziya yoki kartografiya faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarga talablar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(1-ilova 11-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (yoxud uning qismi)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziyalanadigan ish turlarini bajaradigan mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (soni, ma’lumoti, mutaxassislik bo‘yicha ish staji);
texnika bilan jihozlanganlik va litsenziyalanadigan ishlarni amalga oshirishga doir normativ-texnik hujjatlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
geodeziya, kartografiya priborlari va asbob-uskunalarining metrologiya jihatidan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib olinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
15. Litsenziya berish haqidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
17. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
IV. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
18. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ariza va litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab yigirma kunni tashkil etadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
19. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizani olgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Qabul qilingan qaror protokolini Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) imzolaydi.
Zarur hollarda, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi joylarga borib, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini o‘rganish huquqiga egadir.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin yigirma kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan so‘ng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Bunday holatlarda “Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan so‘ng besh ish kunida litsenziya berishga majbur.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
20. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
(20-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
21. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi litsenziya bitimi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi;
geodeziya va kartografiya faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga tegishli bo‘lgan boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
(21-bandining birinchi va o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
22. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uning buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
23. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin bir kun muddatda beriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Agar litsenziat litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
(24-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(25-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
26. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida, rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Bunda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining qayta taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga arizasi qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
28. Litsenziat — yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishga majbur.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada litsenziyalanadigan bir xil faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziatlar — yuridik shaxslar qo‘shilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
29. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
30. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(30-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
32. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dublikatlar berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
33. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalar yuzasidan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
tekshirish natijalari asosida litsenziya talablari va shartlari buzilishining aniq hollarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritadi.
Davlat nazorat va tekshirish organlari, shuningdek davlat hokimiyatining boshqa organlari litsenziya talablari va shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, o‘z vakolatlari doirasida, aniqlangan buzilishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida litsenziyalovchi organga ma’lum qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida qoladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
35. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi
(35-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
36. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi
37. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi
VIII. Litsenziyalar reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
38. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
39. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzilini o‘z ichiga oluvchi litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar ko‘rsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi.
40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
IX. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
43. Litsenziya berganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
44. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Geodeziya va kartografiya ishlarining litsenziyalanadigan turlari
ro‘yxati
1. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
gravimetrik aniqlashlar;
davlat geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish, rivojlantirish va ish holatida saqlash;
erni masofadan tekshirish;
geodinamik tadqiqotlar chog‘ida geodezik aniqlashlar;
1:10000, 1:25000 masshtablarda topografik va maxsus suratga olishlar.
b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo‘nalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va ko‘rsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini ko‘paytirish hamda tarqatishdan tashqari):
(1-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200000, 1:500000, 1:1000000 masshtabi topografiya rejalari va xaritalarini tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma xaritalari hamda tarmoqlararo ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa mavzuli xaritalar va atlaslar, o‘quv kartografiya qo‘llanmalari tuzish va nashr etish;
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
2. Maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish;
1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus suratga olishlar;
har xil inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda muhandislik-geodeziya ishlari;
erlarni chegaralashda, davlat kadastrlarini yuritishda, geologiya, marksheyder ishlari va boshqa ishlarda geodeziya va topografiya ishlari;
muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari.
b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo‘nalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va ko‘rsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini ko‘paytirish hamda tarqatishdan tashqari):
(2-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus rejalar hamda xaritalar tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan mavzuli xaritalar va atlaslar tuzish va nashr etish;
maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 218-modda; 2004-y., 42-son, 446-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2009-y., 18-son, 224-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)