LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berish tizimini yanada soddalashtirish, obyektlarni qurishga ruxsat beruvchi tartibotlar soni, muddatlari va qiymatini tubdan qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash hamda ularni vakolatli organlar bilan kelishish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan “bir oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
berilgan ariza qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida vakolatli organlar tomonidan asosli rad etilmagan taqdirda, berilgan buyurtmanomalar ma’qullangan deb hisoblanadi (murakkablik (xavf)ning maksimal toifasiga ega bo‘lgan obyektlar bundan mustasno);
yer uchastkalari berish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tayyorlash va kelishish jarayoniga davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
yer uchastkalarini tanlash va berish bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartibotini amalga oshirishning, shuningdek qurilishga ruxsatnomalar berishning elektron tizimini keng joriy etish;
tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq aholi punktlarida yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati uchun yer uchastkalarini doimiy, vaqtincha foydalanish va ijaraga berish, obyektlarni qurish loyihasini ishlab chiqish, obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni foydalanishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
ikkita va undan ko‘p tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashadigan obyektlarni qurish uchun;
O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l bo‘yi infratuzilmasi va servis obyektlari qurish uchun berishga tatbiq etilmaydi.
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maydoni 1 gektargacha va 1 gektar bo‘lgan yer uchastkalarini tanlov asosida berishga.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
LexUZ sharhi
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
aholi punktlarining yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegaralari doirasidagi yerlar;
yer uchastkasi — belgilangan chegaraga, maydonga, manzilga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yer fondining bir qismi;
davlat yer kadastri — yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat tavsifi va qimmati, yer uchastkalarining manzili va o‘lchamlari, ularning yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimi;
yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga berish (realizatsiya qilish) — yer uchastkasini joylashtirish, uni tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash hamda yer uchastkasi berish yuzasidan davlat hokimiyati tegishli organi tomonidan qaror qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi;
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi — yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni ijaraga olish huquqi;
yer uchastkasini olib qo‘yish — yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan yuridik harakat;
aholi punkti chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining shaharsozlik va yer tuzish hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tashqi chegaralari;
aholi punktining bosh rejasi — hayot faoliyati muhitini shakllantirishning kompleks shartlarini, aholi punktlarini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi shaharsozlik hujjati;
qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini hududini me’moriy rejalashni tashkil etish loyihasi — aholining yashash sharoitlarini yaxshilashni ta’minlashni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishni, atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy, odam va moddiy resurslardan foydalanishni ta’minlaydigan qishloq aholi punktlarining rejali tuzilmasini, to‘la qimmatli arxitektura qiyofasini yaratgan holda qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini hududini kompleks rivojlantirish va zonalashtirishdan iborat asosiy shaharsozlik vazifalari yechimlarini nazarda tutuvchi kompleks shaharsozlik hujjati;
qurilish loyihasi — binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydigan, hajmiy-rejali, konstruktiv va texnik yechimlarni belgilaydigan, obyektni qurishga ruxsat berish uchun asos hisoblanadigan hujjatlar;
shaharsozlik faoliyati — tegishli davlat hokimiyati organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning fuqarolar, ijtimoiy va davlat manfaatlari, shuningdek hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari hisobga olingan holda hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarish turlarini belgilash, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;
davlat shaharsozlik kadastri — davlat shaharsozlik kadastri obyektlari, ularning geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimi;
Respublika komissiyasi — yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan doimiy ishlovchi komissiya.
3. Yer uchastkalarini joylashtirishda shaharsozlik, iqtisodiy, ekologik, sanitariya va boshqa talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
4. Yuridik yoki jismoniy shaxslar egalik qilayotgan, foydalanayotgan, ijaraga olgan yoki ularning mulki bo‘lgan yer uchastkasini shaharsozlik faoliyati uchun berish faqat ushbu uchastka ulardan belgilangan tartibda olingandan (haq to‘lab olingandan) keyin amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish hamda uy-joylarni, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlarni ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek turar joy tumanlarini va aholi punktlari mikrorayonlarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
5. Qurilish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash hamda ularni vakolatli organlar bilan kelishish tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan bir joyning o‘zida tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash va kelishish ishlari yuridik yoki jismoniy shaxs bilan shartnomaviy asosda bajariladi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijasida tushgan mablag‘lar bo‘lim (boshqarma)ning hisob-kitob raqamiga o‘tkaziladi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
7. Yer uchastkalari berish bilan bog‘liq shaharsozlik faoliyati aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarni rivojlantirish va qurish bo‘yicha quyidagi shaharsozlik hujjatlariga (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) asoslanadi:
qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari (HMRTL);
8. Aholi punktining bosh rejasisiz, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihasisiz va aholi punkti hududi qismlarining batafsil rejalashtirish loyihasisiz aholi punktlari hududida yer uchastkalari berish taqiqlanadi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
9. Yer uchastkasi berilishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar so‘ralayotgan yer uchastkasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimiga ariza beradilar.
Toshkent shahrida yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi ariza bilan shahar hokimiga murojaat qiladilar.
Yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi arizada yer uchastkasi zarur bo‘lgan maqsadlar, uning joylashgan joyi va o‘lchami, talab qilinadigan maydonning asoslanishi, qurilish ishlarini boshlash va tugallashning taxminiy muddatlari, yuridik shaxsning pochta manzili, rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasporti ma’lumotlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
10. Tuman (shahar) hokimi ikki kun mobaynida yuridik va jismoniy shaxslarning arizasini obyektni qurish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash uchun tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga yuboradi.
LexUZ sharhi
10-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
11. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida yigirma uch kun mobaynida yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi.
Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlaganlik va kelishganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlashga va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishishga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning 15 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan avans to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng kirishadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda)
LexUZ sharhi
12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
obyektlar qurish uchun yer uchastkasini, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlardan yoki qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yaroqsiz yoxud sifati yomon qishloq xo‘jaligi yerlaridan tanlash imkoniyati o‘rganiladi;
yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va o‘rmon fondi yerlaridan tanlangan holatlarda alohida qimmatli, unumdor sug‘oriladigan yerlarni, hududning mavjud arxitekturaviy rejalashtirish va ichki xo‘jalik tashkiloti tashkil etilishini eng to‘liq darajada saqlab qolish, ekologik vaziyatni yaxshilash va saqlash, eroziya jarayonlarini, yerlarning botqoqlanishini to‘xtatish zarurligi hisobga olinadi;
yer uchastkalarini tanlashda binolar va inshootlarning, ayniqsa uy-joylarning asossiz ravishda buzib tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv xo‘jaligi obyektlaridan, muhandislik infratuzilmasidan foydalanishda noqulayliklar yaratmaslik imkoniyati qidiriladi;
tanlanayotgan yer uchastkasida binolar, inshootlar va uy-joylarning, shu jumladan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarning, yerosti muhandislik tarmoqlarining mavjudligi, qishloq xo‘jaligi yerlarining tarkibi aniqlanadi;
atmosfera havosini ifloslantirish manbalari hisoblanadigan obyektlar atrofida kengligi joylashtiriladigan ishlab chiqarish klassi bilan aniqlanadigan sanitariya-himoya zonasini ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi.
Yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi arizada yuridik va jismoniy shaxs tomonidan yer uchastkasining aniq joylashgan joyi ko‘rsatilmaganda, shuningdek muayyan zaruriyat paydo bo‘lganda yer uchastkalari bir necha variantlarda tanlanishi mumkin.
13. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan obyektni qurish uchun yer uchastkasini tanlash materiallari quyidagi tarkibda tayyorlanadi:
LexUZ sharhi
13-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
ko‘rib chiqilayotgan hududning yer uchastkasini joylashtirish plani (tegishli aholi punktining 1:2000 masshtabli navbatchi planidan (mavjud bo‘lganda) yoki vaziyat plani aks ettirilgan 1:10000 masshtabli qishloq xo‘jaligi xaritasidan nusxa);
obyektning arxitektura-rejalashtirish nuqtai nazaridan baholash imkonini beradigan erkin masshtabdagi fasadlari eskizi va bosh rejasi (yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzishda yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan taqdim etiladi);
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan bog‘liq holdagi (15 x 20 sm o‘lchamli) fotosurati.
LexUZ sharhi
14-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organi deb yuritiladi);
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
madaniy meros yodgorliklarini qo‘riqlash zonasida obyekt qurish uchun yer uchastkasi tanlashda — madaniy meros obyektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish hududiy inspeksiyasi;
tabiiy hududlar, magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida yer uchastkalarini tanlashda — tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar;
ulardan yer uchastkalari olinayotgan yuridik va jismoniy shaxslar (yuridik shaxslarning yuqori boshqaruv organlari mavjud bo‘lgan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish rejasi yuqori organlar bilan kelishiladi);
yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan ajratilgan holatlarda — qishloq va suv xo‘jaligi organlari;
yer uchastkasi avtomobillarning to‘xtab turish joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa obyektlar uchun ajratilgan holatlarda — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organi bilan kelishiladi.
Yer uchastkasini joylashtirish planini vakolatli tuman (shahar) organlari va boshqa shaxslar bilan kelishish uch kun mobaynida amalga oshiriladi.
Joylashtirishning kelishilgan plani kelishilgan organlar tomonidan ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish plani kelishilgan deb hisoblanadi (murakkabligi (xavfliligi) jihatidan IV va V toifalardagi obyektlar bundan mustasno) .
(14-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
LexUZ sharhi
141 — 145-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
144-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
15. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tuman (shahar) hokimining xati bilan tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi rahbarligida to‘rt kun mobaynida yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi va ma’qullangan taqdirda tegishli ravishda rasmiylashtirilgan bayon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining xati bilan ularni bosh loyiha-qidiruv tashkilotlariga kelishish uchun yuboradi.
Toshkent shahrida yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni bosh loyiha-qidiruv tashkilotlariga kelishish uchun Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi yuboradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda)
16. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar yetti kun mobaynida Toshkent, Samarqand shaharlarida, Toshkent viloyatining shaharlari, tumanlarning ma’muriy markazlari va posyolkalarda — “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bosh loyiha-qidiruv tashkiloti bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda boshqa viloyatlarning shaharlari, tumanlarning ma’muriy markazlari va posyolkalarda — “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi bosh loyiha-qidiruv tashkiloti bilan, qishloq aholi punktlarida — “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh loyiha-qidiruv tashkiloti bilan kelishiladi.
LexUZ sharhi
16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
Bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishish ular tomonidan, yer uchastkasini joylashtirish rejasi ilova qilingan holda, vakolatli mansabdor shaxs imzolagan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan ijobiy xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga, viloyat yoki Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan faqat yer uchastkasini joylashtirish plani kelishiladi. Mazkur yer uchastkasida qurilishi mo‘ljallanayotgan obyektning plani va fasadlarni kelishish talab qilinmaydi.
Bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishish bo‘yicha xarajatlar ular tomonidan joriy qurilish ustidan mualliflik nazoratini va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan shartnomalar asosida amalga oshirilayotgan aholi punktlarining bosh rejalarini bajarish monitoringini olib borishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
LexUZ sharhi
161 — 163-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyat yoki Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi yer uchastkasi tanlash bo‘yicha kelishilgan materiallar olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ularni yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash uchun tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga yuboradilar.
18. Shaharlar va shaharchalar (tuman markazlari)dagi ilgari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha qurilishi tugallangan ma’muriy markazlar, turarjoy mikrorayonlari hududlarida joylashtiriladigan holatlarda yer uchastkasi tanlash bo‘yicha materiallar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarori bilan tuzilgan Qurish va rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi kerak bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi.
19. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) o‘n kungacha bo‘lgan muddatda, yer uchastkasi tanlash bo‘yicha materiallar asosida uni ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar bilan kelishadi, yer uchastkasi ajratish dalolatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
LexUZ sharhi
19-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlaganlik va kelishganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
LexUZ sharhi
191-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
22. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan tuman (shahar) komissiyasiga kelishish uchun kiritiladi.
Tuman (shahar) komissiyasi yer uchastkasi ajratish materiallarini uch kun mobaynida ko‘rib chiqadi va kelishilgan taqdirda, ularni belgilangan shakldagi, tuman (shahar) komissiyasi a’zolari va mas’ul kotibi imzolari bilan tasdiqlangan yer uchastkasi ajratish dalolatnomasini tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga qaytaradi.
Yer uchastkasi ajratish dalolatnomasi faqat a’zolari tanlanayotgan yer uchastkasi ularning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan tashkilotlarning vakillari bo‘lgan tuman (shahar) komissiyasi tomonidan imzolanadi.
Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkasi ajratish materiallari tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son hamda “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar tomonidan, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son)
LexUZ sharhi
22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
23. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha quyidagi materiallar tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan tuman (shahar) hokimiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi:
tuman (shahar) hokimining tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bilan kelishilgan qarori loyihasi;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bilan kelishilgan yer uchastkasining uning chegaralarini aniq ko‘rsatish imkonini beradigan masshtabdagi rejasi (rejada yer uchastkasining chegaralari chiziladi, uchastkalar bir necha yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan ajratilgan taqdirda ushbu yer uchastkalarining chegaralari ham chiziladi, burilish nuqtalari koordinatlari bo‘yicha chegaralarning tavsifi keltiriladi);
yangi yer uchastkalari yoki kvartira olishni xohlovchilar ko‘rsatilgan holdagi (mavjud bo‘lganda) fuqarolarning ko‘chiriladigan oilalari ro‘yxati;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining ko‘rgan boshqa zararlari miqdorini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishlari nobudgarchiliklari miqdorini (mavjud bo‘lganda) aniqlash dalolatnomasi;
yer uchastkasi o‘rmon xo‘jaligi korxonalari tasarrufidan chiqarilgan taqdirda, ajratilgan yer uchastkasining texnik tekshirish dalolatnomasi;
baholovchi tashkilotning buziladigan binolar va inshootlar bahosi to‘g‘risidagi hisoboti (mavjud bo‘lsa);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organining davlat ekologiya ekspertizasi to‘g‘risidagi xulosasi;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining tanlangan yer uchastkasining yer qonunchiligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
LexUZ sharhi
23-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
24. Tuman (shahar) hokimi o‘z vakolati doirasida, yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida ikki kun mobaynida qaror qabul qiladi va uni yer uchastkasini ajratish va uning chegaralarini naturada ko‘rsatish bo‘yicha yig‘majildni shakllantirish uchun, yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar nusxalarini ilova qilgan holda, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga taqdim etadi.
yer uchastkasi kimga, qanday maqsadlar uchun va qancha muddatga (er vaqtincha foydalanishga va ijaraga berilganda aniq muddati ko‘rsatiladi) beriladi, shuningdek, mavjud bo‘lganda, yerlari olib qo‘yiladigan (haq to‘lab olinadigan) yer mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining nomi;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining yerlari bo‘yicha (mavjud bo‘lganda) berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni;
yer uchastkalari mulkdorlariga, egalariga, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan ko‘rilgan zararlari miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari (mavjud bo‘lganda);
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishlari nobudgarchiliklari miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari (mavjud bo‘lganda);
yer uchastkasini unumdor qilishning zarurligi, olib qo‘yilgan yer uchastkasini uning mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lsa);
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qaroriga, uning ajralmas qismi sifatida, ajratilayotgan yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi.
26. Qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratish ularning amalda zarurligiga ko‘ra hamda, qoidaga ko‘ra, ularda yetishtirilgan hosil yig‘ishtirib olingandan keyin amalga oshiriladi.
27. Yer uchastkasini vaqtincha foydalanishga (qurilish davriga) berishda qarorda yer uchastkasi berilayotgan aniq muddat nazarda tutiladi.
Vaqtincha foydalanishga berilgan yer uchastkalari belgilangan muddatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qaytarilmaganda, tegishli davlat hokimiyati organlari yer uchastkasini uning olib qo‘yilgan (haq to‘lab olingan) egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdoriga yoki ularning huquqiy vorisiga, huquqiy vorisi bo‘lmagan taqdirda esa — yer zaxirasi tarkibiga qaytarishi mumkin.
Foydalanish muddati uzaytirilganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining yo‘qotishlari qo‘shimcha ravishda qoplanadi, shundan keyin uzaytirilgan muddatda vaqtincha foydalanishga ajratilgan yer uchastkasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
28. Yer uchastkasini mavjud korxonalar, binolar va inshootlarni kengaytirish uchun ajratishda ilgari ajratilgan yerlar tekshiruvdan o‘tkaziladi, ulardan belgilangan maqsadda foydalanganligi, shuningdek buzilgan yerlarni unumdor qilish ishlarining holati tekshiriladi.
Yer uchastkasini qo‘shimcha ravishda ajratish vaqtincha foydalanish uchun ilgari ajratilgan yer uchastkasi belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilgandan keyin amalga oshiriladi.
29. Yer uchastkasi maydonidan qat’i nazar, yer uchastkalarini shahar chegaralari doirasida ajratish (Toshkent shahridan tashqari) shahar hokimi vakolatiga kiradi, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining yerlari bundan mustasno.
Yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan ajratilgan taqdirda yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallar shahar hokimi tomonidan uch kun muddatda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yoki viloyat hokimiga tasdiqlash uchun yuboriladi.
30. Tuman hokimining vakolatiga bir nafar yer egasi va yerdan foydalanuvchiga quyidagilardan o‘n gektargacha o‘lchamda yer uchastkasi ajratish kiradi:
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan, ularni tubdan yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar bundan mustasno;
Tuman hokimining vakolatiga, yer uchastkasi o‘lchami va yerlarning turlaridan qat’i nazar, zaxira yerlardan yer uchastkasi ajratish ham kiradi.
31. Yer uchastkasi ajratish tuman (shahar) hokimining vakolatiga kirmaydigan holatlarda, yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar ikki kun mobaynida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari yer uchastkasi ajratish bo‘yicha tushgan materiallarni yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli komissiyalarga uch kun mobaynida yuboradilar.
Komissiyalar taqdim etilgan materiallar va hujjatlarni ko‘rib chiqib, ushbu yer uchastkasini aniq obyekt qurilishi uchun berishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida besh kun mobaynida o‘z xulosasini yuboradilar.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘z vakolatlari doirasida, komissiyalarning ijobiy xulosasi asosida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida besh kun mobaynida qaror qabul qiladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari vakolatiga barcha yerlardan yer uchastkalari ajratish kiradi, quyidagilar bundan mustasno:
kadastr bahosi o‘rtacha tuman bonitet balidan 20 foizdan ziyod oshadigan, alohida qimmatli unumdor sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari;
alohida muhofaza qilinadigan hududlardagi yerlar (tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy joylar);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni qabul qilingan qaror bilan birga tegishli tuman (shahar) hokimiga qaytaradi, u yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish uchun ularni tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga beradi.
33. Yer uchastkasi ajratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari vakolatiga kirmaydigan holatlarda yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar ikki kun mobaynida Respublika komissiyasiga yuboriladi.
Respublika komissiyasi yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqadi, o‘z xulosasini protokol bilan rasmiylashtiradi, yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tegishli Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika komissiyasining ijobiy xulosasi asosida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida yetti kun mobaynida qaror qabul qiladi.
davlat mulkida bo‘lgan barcha yerlardan yer ajratish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiradigan yer uchastkalaridan;
muhofaza qilinadigan hududlardagi yerlar (tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy joylar)dan;
yer uchastkalari ijaraga berilganda — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish kiradi.
Qaror qabul qilingandan keyin yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallar ikki kun mobaynida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qaytariladi, ular materiallarni tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga beradilar.
35. Tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida ulardan yer uchastkasi olinayotgan (haq to‘lab olinayotgan) yer egalari, yerlarning foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarini ikki kun mobaynida yozma shaklda xabardor qiladi.
36. Yerlarning egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tegishli davlat hokimiyati organlarining yerlarni olib qo‘yish (haq to‘lab olish) to‘g‘risidagi qaroridan yoki yerlarni olib qo‘yish (haq to‘lab olish) shartlaridan norozi bo‘lishganda ular yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
38. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali ishtirokida yer uchastkasi chegaralarini quyidagi muddatlarda naturaga ko‘chiradi:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda — yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida mavjud topografiya materiallari asosida;
Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zGAShKLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkiloti vakolatxonasi shartnoma asosida jalb etiladi.
Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish ishlarini amalga oshirganlik uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish ishlari qiymati yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash bo‘yicha shartnomaga kiritiladi.
Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish ishlarini bajarish natijasida tushgan mablag‘lar “O‘zGAShKLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkiloti vakolatxonasining hisob-kitob raqamiga o‘tkaziladi.
39. Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish ishlari davomida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha yig‘majild uch nusxada shakllantiriladi, uning bir nusxasi tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan yer uchastkasiga egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun tegishli buyurtmanoma bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga beriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
40. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qabul qilingan qaror va yer uchastkasi ajratish bo‘yicha yig‘majild asosida ikki kun mobaynida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan belgilangan tartibda o‘tkazadi hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan yer uchastkasiga huquqni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik va guvohnoma berganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdagi 309-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdagi 309-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
44. Hokimning yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori, yer uchastkasi ajratish bo‘yicha yig‘majildning bir nusxasi, texnik shartlar bilan birga ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash bo‘yicha ishlarning qiymati yuridik va jismoniy shaxs tomonidan to‘langan sanadan boshlab ikki kundan kechikmay yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
44-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
45. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmaganda yer uchastkasi berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
46. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lganda yer uchastkasi berish, shuningdek obyektni loyihalash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish ushbu Nizomning 9—14 va 18—44-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
46-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
47. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda yer uchastkasi berish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
48. Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqishda tegishli davlat hokimiyati organlari, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, tuman (shahar), viloyat, Toshkent shahar komissiyalari, Respublika komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi holatlarda obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi joylashtirilishini rad etish huquqiga ega:
yong‘inga qarshi, sanitariya va tabiatni muhofaza qilish normalari buzilishi mumkin bo‘lgan holatlarda;
ulardan yer uchastkalari olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilganda.
Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallar ular belgilangan ro‘yxatga muvofiq taqdim etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
49. Tegishli davlat organi, komissiya tomonidan rad etilgan taqdirda, materiallar tegishli asoslar bilan, belgilangan tartibda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga qaytariladi, u ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxsni ikki kun mobaynida bu to‘g‘rida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
69. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlarda to‘xtatiladi.
70. Yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni kelishishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Nizom talablarining buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
71. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlashni amalga oshiruvchi hududiy bo‘linmalari, shuningdek loyiha tashkilotlari tuzilgan shartnomalarga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
72. Obyektlarni qurishni amalga oshiruvchi shaxslar qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek qurilish maydonida yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalari talablarini bajarishning ta’minlanishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
73. Yer uchastkalari berish, obyektlarni qurish, ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni foydalanishga qabul qilish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga aholi punktlari tashqarisidan, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalarini doimiy, vaqtincha foydalanishga va ijaraga berish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l bo‘yi infratuzilmasi va servis obyektlari qurish uchun yer uchastkalari berilishiga tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
aholi punktlarining yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlar;
yer uchastkasi — belgilangan chegaraga, maydonga, manzilga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yer fondining bir qismi;
davlat yer kadastri — yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat tavsifi va qimmati, yer uchastkalarining manzili va o‘lchamlari, ularning yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimi;
yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga berish — yer uchastkasini joylashtirish, uni tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash, yer uchastkasi berish yuzasidan davlat hokimiyati tegishli organi tomonidan qaror qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi;
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi — yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni ijaraga olish huquqi;
yer uchastkasini olib qo‘yish — yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan yuridik harakat;
aholi punktlarining chegarasi — shahar, shaharcha, qishloq aholi punkti yerlarining shaharsozlik va yer tuzish hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanadigan chegaralari;
qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini hududini me’moriy rejalashni tashkil etish loyihasi — aholining yashash sharoitlarini ta’minlashni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishni, atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy, odam va moddiy resurslardan foydalanishni ta’minlaydigan qishloq aholi punktlarining rejali tuzilmasini, to‘la qimmatli arxitektura qiyofasini yaratgan holda qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini hududini kompleks rivojlantirish va zonalashtirishdan iborat asosiy shaharsozlik vazifalari yechimlarini ta’minlaydigan kompleks shaharsozlik hujjati;
Respublika komissiyasi — yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan doimiy ishlovchi komissiya.
3. Yer uchastkalarini joylashtirishda yer tuzish, shaharsozlik, iqtisodiy, ekologik, sanitariya talablari va boshqa talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
4. Yuridik yoki jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun egalik qilayotgan, foydalanayotgan, ijaraga olgan yoki ularning mulki bo‘lgan yer uchastkasini qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berish faqat ushbu uchastka ulardan belgilangan tartibda olingandan (sotib olingandan) keyin amalga oshiriladi.
5. Qurilish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash va ularni vakolatli organlar bilan kelishish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari (keyingi o‘rinlarda filiallar deb ataladi) tomonidan “bir oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
6. Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash va ularni kelishish yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma asosida bajariladi.
Filiallar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi natijasida tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri tegishli davlat korxonalarining hisob-kitob raqamiga o‘tkaziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
7. Shaharsozlik hujjatlarisiz yer uchastkalari berish taqiqlanadi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
8. Yer uchastkasi berilishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar so‘ralayotgan yer uchastkasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimiga ariza beradilar.
Ikki va undan ortiq tumanlar yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan yer uchastkalarida obyektlar qurishda yuridik va jismoniy shaxslar ariza bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yoki viloyat hokimiga murojaat qiladilar.
Yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi arizada yer uchastkasi uning uchun zarur bo‘lgan maqsadlar, uning joylashgan joyi va o‘lchami, so‘ralayotgan maydon, qurilish ishlarini boshlash va tugallashning taxminiy muddatlari, pochta manzili, yuridik shaxsning rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
9. Tuman (shahar) hokimligi ikki kun mobaynida yuridik yoki jismoniy shaxslarning arizasini obyektni qurish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash uchun filialga yuboradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yer uchastkasi ikki yoki undan ortiq tumanlar yoki viloyatlar hududida joylashgan hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimi ikki kun muddatda arizani yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash uchun tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri tegishli davlat korxonasiga yuboradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
LexUZ sharhi
9-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
10. Filial yigirma uch kun mobaynida yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarning tayyorlanganligi va kelishilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.
Davlat korxonasi yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlashga va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishishga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning 15 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan avans to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng kirishadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda)
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar tarkibi, shuningdek qishloq xo‘jaligi va boshqa yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda) aniqlanadi;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
obyektlar qurish uchun yer uchastkasini birinchi navbatda qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yoki qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlardan, yoxud yomon sifatli qishloq xo‘jaligi yerlaridan tanlash imkoniyati o‘rganiladi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan yer uchastkalari tanlangan hollarda alohida qimmatli unumdor sug‘oriladigan yerlarni, hududning mavjud arxitektura-rejalashtirish va xo‘jalik ichki tashkil etilishini maksimal saqlab qolish zarurligi, ekologik vaziyatni yaxshilash va saqlab qolish, eroziya jarayonlarini, yerlarning botqoqlikka aylanishini to‘xtatish hisobga olinadi;
yer uchastkalarini binolar va inshootlarni, ayniqsa uy-joylarni asossiz buzib tashlashni, suv xo‘jaligi obyektlaridan va muhandislik infratuzilmasidan foydalanishga noqulayliklar yaratishni istisno etadigan tarzda tanlash imkoniyati qidiriladi;
tanlangan yer uchastkasida binolar va inshootlar, uy-joylar, shu jumladan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar, yer osti muhandislik tarmoqlari mavjudligi aniqlanadi;
atmosfera havosi ifloslanishi manbalari hisoblangan obyektlar atrofida sanitariya-himoya zonasini ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi, uning kengligi joylashtirilayotgan ishlab chiqarishning darajasi bilan belgilanadi.
Yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi arizada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi aniq joylashgan joy ko‘rsatilmagan taqdirda, shuningdek muayyan zaruriyat paydo bo‘lganda bir necha variantlarda yer uchastkalari tanlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
12. Filial tomonidan quyidagi tarkibda obyekt qurilishi uchun yer uchastkasini tanlash materiallari tayyorlanadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
yer uchastkasini joylashtirish plani (tanlanayotgan yer uchastkasi tasvirlangan holda qishloq xo‘jaligi xaritasidan nusxa);
kamida ikki tomondan atrofdagi obyektlar bilan bog‘liqlikda yer uchastkasining fotosurati (15x20 sm) (uzun inshootlar bundan mustasno).
LexUZ sharhi
12-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organi deb yuritiladi);
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish zonasida obyekt qurilishi uchun yer uchastkasini tanlashda – madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish hududiy inspeksiyasi;
yer uchastkalarini tabiiy hududlar, magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr uzatish va aloqa liniyalarining, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalaridan, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilarni va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida tanlashda – tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi va ularni ishlatuvchi tashkilotlar;
ulardan yer uchastkalari olib qo‘yiladigan yuridik va jismoniy shaxslar (yuridik shaxslarning yuqori boshqaruv organlari mavjud bo‘lgan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish plani yuqori turuvchi organlar bilan kelishiladi);
avtomobil turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa obyektlar uchun yer uchastkasi ajratilgan hollarda – yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy organi bilan kelishiladi.
Yer uchastkasini joylashtirish planini tuman (shahar) organlarining vakolatli vakillari va boshqa shaxslar bilan kelishish besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(13-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda)
Tegishli organlar tomonidan joylashtirishning kelishilgan plani ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, yer uchastkasini joylashtirish plani kelishilgan deb hisoblanadi (murakkablikning IV va V toifalariga ega bo‘lgan obyektlar bundan mustasno).
(13-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar birinchi navbatda faqat tuman arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) bilan kelishiladi. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tuman arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) ma’qullagandan so‘ng ular boshqa vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishishga yuboriladi.
Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishilganda yer uchastkasini joylashtirish planiga ularning rahbarlari imzosi qo‘yiladi. Vakolatli organlar (tashkilotlar) rahbarlarining imzosi ushbu organning (tashkilotning) muhri bilan tasdiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda)
LexUZ sharhi
13-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
131 — 133-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
132-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
14. Filial yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tuman (shahar) hokimining xati bilan tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga yuboradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi rahbarligida to‘rt kun mobaynida yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi va ma’qullangan taqdirda tegishli ravishda rasmiylashtirilgan bayon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining xati orqali ularni “Qishloqqurilishloyiha” MChJga yuboradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda)
15. Yer uchastkasini joylashtirish plani yetti kun mobaynida bosh loyiha-qidiruv tashkiloti “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan kelishiladi.
Bosh loyiha-qidiruv tashkiloti bilan kelishish Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan yer uchastkasini joylashtirish plani ilova qilgan holda ijobiy xulosa yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini joylashtirish planini bosh loyiha-qidiruv tashkiloti bilan kelishish xarajatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan shartnomalar asosida “Qishloqqurilishloyiha” MChJ tomonidan amalga oshiriladigan aholi punktlarining bosh rejalari amalga oshirilishi uchun joriy qurilish va monitoring ustidan mualliflik nazoratini yuritishdan tushgan mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
LexUZ sharhi
15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
151 — 153-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi yer uchastkasini joylashtirishning kelishilgan plani olingandan keyin bir ish kuni mobaynida uni yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash uchun filialga yuboradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
17. Filial o‘n kungacha bo‘lgan muddatda yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar asosida uni ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar bilan kelishadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar tayyorlanganligi va kelishilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
yer egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlarining tarkibi, yer turlari bo‘yicha ulardan olib qo‘yiladigan maydon (mavjud bo‘lgan taqdirda) aniqlanadi;
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son va “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorlari bilan belgilangan tartibda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlardan yer olib qo‘yilishi (sotib olinishi) munosabati bilan ularning zararlari miqdori hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori aniqlanadi;
yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurligi va uning yo‘nalishi aniqlanadi (qishloq xo‘jaligida, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun), tuproqning unumdor qatlamini ko‘chirib olish zarurligi;
yangi yer uchastkalari yoki kvartira (mavjud bo‘lgan taqdirda) olishni xohlovchilar ko‘rsatilgan holda fuqarolarning ko‘chirilayotgan oilalari tarkibi aniqlanadi;
yer uchastkasining har bir egasi, foydalanuvchisi, ijaraga oluvchisi va mulkdori bilan ulardan yer uchastkasini olib qo‘yishga (sotib olishga) rozilik va uning shartlari to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtiriladi;
har bir olib qo‘yiladigan (sotib olinadigan) yer uchastkasi yerining chegaralari tushirilgan holda ajratiladigan yer uchastkasining chegaralari plani tuziladi.
Materiallar yer uchastkasini ajratish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, unda yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Dalolatnomaga:
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning zararlari hisob-kitobi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisob-kitobi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
baholash tashkilotining buzilayotgan binolar va inshootlarni baholash to‘g‘risidagi hisoboti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
o‘rmon xo‘jaligi korxonalaridan o‘rmon yerlari olib qo‘yilgan taqdirda ular tomonidan tuzilgan ajratiladigan yer uchastkasini texnik tekshirish dalolatnomasi;
yer uchastkasining tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bilan kelishilgan uning chegaralarini aniq ko‘rsatish imkonini beradigan masshtabdagi plani (planda yer uchastkasi chegaralari chiziladi, agar bir necha yuridik va jismoniy shaxslarning yerlaridan uchastkalar ajratilayotgan taqdirda, ushbu yer uchastkalarining chegaralari ham chiziladi).
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 10-son, 98-modda)
20. Filial tomonidan yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar kelishish uchun tuman (shahar) komissiyasiga kiritiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Tuman (shahar) komissiyasi uch kun mobaynida yer uchastkasi ajratish materiallarini ko‘rib chiqadi va, kelishilgan taqdirda, ularni komissiya a’zolari tomonidan imzolangan tuman (shahar) komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan birgalikda davlat korxonasiga qaytaradi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
LexUZ sharhi
20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarori bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son)
21. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar filial tomonidan tuman (shahar) hokimiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Materiallar tarkibida quyidagilar bo‘ladi:
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
tuman (shahar) hokimining tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) bilan kelishilgan qarori loyihasi;
baholash tashkilotining buzilayotgan binolar va inshootlarni baholash to‘g‘risidagi hisoboti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha davlat tabiatni muhofaza qilish organining davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi xulosasi;
LexUZ sharhi
21-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
22. Tuman (shahar) hokimi o‘z vakolatlari doirasida ikki kun mobaynida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uni yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar nusxalarini ilova qilgan holda yer uchastkasi ajratish bo‘yicha ishni shakllantirish va uning chegaralarini naturaga ko‘chirish uchun filialga taqdim etadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
23. Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
yer uchastkasi kimga, qanday maqsadlar uchun va qancha muddatga (er vaqtincha foydalanishga va ijaraga berilganda aniq muddati ko‘rsatiladi) beriladi, shuningdek yerlari olib qo‘yiladigan (sotib olinadigan) yer mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar nomi;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarning yerlari bo‘yicha (mavjud bo‘lganda) berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, shuningdek olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati (bonitet ballari);
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarning qoplanishi kerak bo‘lgan (mavjud bo‘lganda) ko‘rilgan zararlari miqdori;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishlari nobudgarchiliklari miqdori (mavjud bo‘lganda);
yer uchastkasini rekultivatsiya qilishning zarurligi, olib qo‘yilgan yer uchastkasini mulkdorlar, yer egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarga qaytarish shartlari;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 301-modda)
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qaroriga, uning ajralmas qismi sifatida, ajratilayotgan yer uchastkasining chegaralari plani ilova qilinadi.
24. Qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni ajratish ularning amalda zaruriy miqdoriga qarab va, qoidaga ko‘ra, ularda yetishtirilgan hosil yig‘ishtirib olingandan keyin amalga oshiriladi.
25. Vaqtincha foydalanish (qurilish davrida) uchun yer uchastkasi berishda qarorda yer uchastkasi beriladigan aniq muddat ko‘rsatiladi.
Vaqtincha foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda davlat hokimiyatining tegishli organlari belgilangan tartibda yer uchastkasini yer uchastkalari ulardan olib qo‘yilgan (sotib olingan) ularning egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarga yoki ularning huquqiy vorislariga, huquqiy vorislar mavjud bo‘lmaganda esa – zaxira yerlar tarkibiga qaytarishi mumkin.
Foydalanish muddati uzaytirilganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi qo‘shimcha ravishda qoplanadi, shundan keyin vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan yer uchastkasidan uzaytirilgan muddatga foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
26. Mavjud korxonalar, binolar va inshootlarni kengaytirish uchun yer uchastkasi ajratishda, shuningdek ochiq usulda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer uchastkasi ajratishda oldin ajratilgan yerlar tekshiriladi, ulardan belgilangan maqsadlarga ko‘ra foydalanish, shuningdek buzilgan yerlarning rekultivatsiyasi bo‘yicha ishlarning holati tekshiriladi.
Yer uchastkasini qo‘shimcha ravishda ajratish oldin vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan yer uchastkasi undan belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilgandan keyin amalga oshiriladi.
27. Tuman hokimining vakolatiga bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o‘n gektargacha maydonda quyidagilardan:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, sug‘oriladigan yerlardan, tubdan yaxshilash bo‘yicha ishlar bajarilgan pichanzorlar va yaylovlar bundan mustasno;
Tuman hokimi vakolatiga yer uchastkasining maydonidan va yer turlaridan qat’i nazar, zaxira yerlardan yer uchastkasi ajratish ham kiradi.
28. Yer uchastkasi ajratish tuman hokimining vakolatiga kirmaydigan hollarda yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar ikki kun mobaynida tuman hokimi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yoki viloyat hokimiga yuboriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari uch kun mobaynida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha tushgan materiallarni yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli komissiyalarga yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar komissiyalari taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqib, besh kun mobaynida ushbu yer uchastkasini aniq obyektni qurish uchun berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida o‘z xulosasini beradi.
29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari o‘z vakolatlari doirasida komissiyalarning ijobiy xulosasi asosida besh kun mobaynida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari vakolatlariga barcha yerlardan yer uchastkalari ajratish kiradi, quyidagilar bundan mustasno:
alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar — kadastr bahosi o‘rtacha tuman bonitet balidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari;
alohida muhofaza qilinadigan hududlardagi yerlar (tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tegishli tuman hokimining qarori bilan birgalikda qaytaradi, tegishli tuman hokimi ularni yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish uchun filialga beradi.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
30. Yer uchastkasi ajratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari vakolatiga kirmaydigan hollarda yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallar ikki kun mobaynida Respublika komissiyasiga yuboriladi.
Respublika komissiyasi o‘n kun mobaynida yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi, o‘zining xulosasini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi, yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida tegishli Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
31. Vazirlar Mahkamasi Respublika komissiyasining ijobiy xulosasi asosida yetti kun mobaynida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
davlat mulkida bo‘lgan barcha yerlardan yer ajratish, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiradigan yer uchastkalaridan;
alohida muhofaza qilinadigan hududlardagi yerlardan (tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan);
yer uchastkalari ijaraga berilganda — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish kiradi.
Qaror qabul qilingandan keyin yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallar ikki kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yoki viloyatlar hokimlariga qaytariladi, ular materiallarni ikki kun mobaynida belgilangan tartibda filialga beradi.
(31-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
32. Yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni tasdiqlash bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida tuman (shahar) hokimligi ikki kun mobaynida ulardan yer uchastkalari olib qo‘yilayotgan (sotib olinayotgan) yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar va mulkdorlarni yozma shaklda xabardor qiladi.
33. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar va mulkdorlar davlat hokimiyati tegishli organlarining yer uchastkasini olib qo‘yish (sotib olish) to‘g‘risidagi qaroridan yoki olib qo‘yish (sotib olish) shartlaridan norozi bo‘lganda ular yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
34. Filial yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) ishtirokida yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chiradi va yer uchastkasi ajratish bo‘yicha yig‘majildni tayyorlaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirish ishlarini olib borganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida to‘lov undiriladi.
35. Filial yer uchastkasi chegaralari naturaga ko‘chirilgandan keyin ikki kun mobaynida belgilangan tartibda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik va guvohnoma berganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdagi 309-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda)
36. Tuman hokimining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan yer uchastkasini ajratish va tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari qiymati to‘langan sanadan boshlab ikki kundan kechikmay taqdim etiladi.
37. Shaharsozlik hujjatlari bo‘lmaganda yer uchastkasi berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
38. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lganda yer uchastkasini berish ushbu Nizomning 8—13, 17—36-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
38-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
39. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda yer uchastkasini berish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
40. Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqishda tegishli davlat hokimiyati organlari, tuman (shahar), viloyat komissiyalari, Respublika komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi hollarda:
yong‘inga qarshi, sanitariya va tabiatni muhofaza qilish normalari buzilishi mumkin bo‘lgan hollarda;
yer uchastkalari olib qo‘yilayotgan yer egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar yoki mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilganda obyektni qurish uchun yer uchastkasi joylashtirilishini rad etish huquqiga ega.
Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallar belgilangan ro‘yxatga muvofiq taqdim etilmaganda qaytariladi.
41. Tegishli davlat organi, komissiya rad etgan taqdirda materiallar tegishli asoslar bilan birgalikda belgilangan tartibda filialga qaytariladi, u ikki kun mobaynida bu haqda ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxsni xabardor qiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
42. Qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
43. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatiladi.
44. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallar kelishilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
45. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlovchi filial hamda loyiha tashkilotlari tuzilgan shartnomalarga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
46. Yer uchastkalari ajratish bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011-y., 5-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarorining 1-bandi to‘rtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011-y., 7-son, 67-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 32-bandi “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011-y., 11-son, 85-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2012-y., 2-son, 10-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-maydagi 149-son qaroriga ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011-y., 5-son, 37-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 111 va 112-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2012-yil, 44-son, 507-modda).