Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2025 30.12.2006 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipoteka” to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq hamda respublikada yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga joylarda so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb yuritiladi) “Ipoteka” to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida yakka tartibda uy-joy qurishni tashkil etish tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xo‘jalikni yuritishga mo‘ljallangan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo‘lgan bir yoki bir necha turar joy imorati (keyingi o‘rinlarda “uy-joy” deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi-xo‘jalik imoratlari — uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona, garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yerto‘la, hammom, hovlidagi hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bug‘ qozonxonasi va odamlarning vaqtincha bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarning har xil turlarini bajarishga mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovlidagi inshootlar — to‘siq, darvoza, eshik, quduq, favvora va odamlarning yashashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallanmagan boshqa yassi yoki liniyali inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyning turar joy maydoni — kishilar yashaydigan xonalarning ichki gabaritlari bo‘yicha maydonning jami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyning umumiy maydoni — odamlar yashaydigan barcha xonalar, uyning yordamchi-xo‘jalik imoratlari (oshxona, vannaxona, yo‘lak va boshqalar) maydoni jami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyni rekonstruksiya qilish — me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha qurish, eskirgan va ma’naviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o‘zgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘zining va oilasining ehtiyojlari uchun qonunchilikka va mazkur Nizomga rioya qilgan holda zarur yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar bilan birga xususiy mulk huquqida uy qurish huquqiga egadir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ajratiladigan uchastka doirasida yakka tartibda uy quruvchilar uchun uyning maydoni chegaralanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shaharsozlik faoliyati alohida tartibga soladigan hududlarda uyning necha qavat ekanligi aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan belgilanadi va ular bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki bo‘lgan uylar buzilgan taqdirda, kompensatsiya berish “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Uy-joylarning texnik nazorati, ularni qabul qilish, xatlovdan o‘tkazish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida jalb etilganda yakka tartibda uy-joy qurilishining borishi ustidan texnik nazorat funksiyasini injiniring kompaniyasi amalga oshiradi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Uy-joy quruvchining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quruvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka kreditidan yordamchi-xo‘jalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish uchun foydalanishga;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy va yordamchi-xo‘jalik imoratlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda mazkur Nizomga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga muvofiq qurishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan yer uchastkasini berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida o‘zlashtirishni boshlashga, qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan keyin bir oy mobaynida uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga murojaat qilishga majburdir.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. O‘zboshimchalik bilan uy-joy qurganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Uy-joy quruvchilar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan hamda bunga zarur ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. O‘zboshimchalik bilan qurish aniqlangan taqdirda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurish holati to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Dalolatnoma tuzilishi bilan bir vaqtda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. Ko‘rsatmaning nusxasi o‘zboshimchalik bilan tiklangan imorat to‘g‘risidagi masalani keyinchalik belgilangan tartibda hal etish uchun tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqi buzilgan shaxsning yoxud tegishli davlat organining da’vosi bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat sudning qaroriga ko‘ra uni qurgan shaxs tomonidan yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Quruvchi uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan imorat qurish masalalari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Quruvchi va mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Nizom buzilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish to‘g‘risida” 1959-yil 25-dekabrdagi 970-son qarori (O‘zSSR QT, 1959-y., 18-son, 76-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy va oddiy qurilish sifatini yaxshilash choralari to‘g‘risida” KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 28-may № 392 qarori” 1969-yil 21-avgustdagi 409-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 7-son, 64-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy qurilishiga ajratilayotgan kapital mablag‘lar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1981-yil 5-oktabrdagi 972-son qarori” 1981-yil 11-noyabrdagi 877-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRda yakka tartibda uy-joy qurilishini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1988-yil 28-iyuldagi 263-son qarori (O‘zSSR QT, 1988-y., 7-son., 27-modda) va unga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Hukumatining turar joy masalalariga oid ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1989-yil 24-yanvardagi 37-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJda mulkchilik to‘g‘risida” O‘zbekiston SSJ Qonuni munosabati bilan O‘zbekiston SSJ Hukumatining qarorlarini o‘zgartish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1991-yil 16-fevraldagi 38-son qaroriga ilovaning 6-bandi (O‘zSSJ QT, 1991-y., 2-son, 4-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 19-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurayotgan ko‘p bolali va kam daromadli oilalarni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 411-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 50-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 518-modda; 2009-y., 44-son, 464-modda; 2010-y., 37-son, 321-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son; 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)