1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun quyidagi qimmatli qog‘ozlarga nisbatan amal qiladi: aksiyalar, obligatsiyalar, g‘azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog‘ozlar hosilalari va veksellar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni oshkor qilish — qimmatli qog‘ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qat’i nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veksel — veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qimmatli qog‘ozlari — O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depohisobvarag‘i — deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvarag‘idan ko‘chirma — deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyalar — hisobga olish registrlarida depozitariylar tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozit sertifikati — bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyning hisobga olish registrlari — depozitariyda qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponent — depozitariyda depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlari — qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan boshqa mol-mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
(3-moddaning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar — ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya — obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
(3-moddaning o‘n yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasi — ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar — mulkiy huquqlarning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar — bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri — ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning opsioni — emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini opsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qog‘ozlar emitentlari,qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining mijozi (mijoz) — deponent yoki qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat — qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar — qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, meros qilib olish, ularni ustav fondiga kiritish va qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa aktlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar garovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers — o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish — qimmatli qog‘ozlarni ularning dastlabki egalariga berish;
(3-moddaning o‘ttiz ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi — depozitariylarda depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlash, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning muomalasi — qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan holda boshqa shaxsning (qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning) topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobga olish va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi depozitariy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish — yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri — ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlarning nomi, miqdori, nominal qiymati va toifasi, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi — emitent va u chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek investorning qimmatli qog‘ozlar olish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilish shakliga ko‘ra blankalar tarzida hujjatli va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiyalar yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar uchun chiqariladi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi O‘RQ-232-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 531-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish to‘g‘risidagi qaror]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nomi va ularning chiqarilish shakli;
(5-moddaning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egasining huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlariga va emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning majburiyatlari bajarilishini garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qo‘shimcha ta’minlanadigan obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qo‘shimcha ta’minot bergan shaxs to‘g‘risidagi va ta’minot shartlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qo‘shimcha ta’minot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarning emissiya risolasi aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarordir.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
blanka namunasi (hujjatli shakldagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi yoki emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik emitent zimmasida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning hamda ulardagi ma’lumotlarning qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yig‘imlarning to‘lanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining yo‘qligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im quyidagi hollarda olinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan emissiya risolasi asosida chiqarilgan taqdirda;
(8-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda;
(8-moddaning uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrida qimmatli qog‘ozlarning nomi, soni va emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborot bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini to‘xtatib turish, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiya jarayonida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari emitent tomonidan buzilganligi aniqlanganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi haqida e’lon qilingan axborotda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda ular bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning chiqarilishini to‘xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarning 60 foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb topiladi, mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarning kamida 30 foizi qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning tegishli qarori mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy emas deb topiladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, mazkur chiqarilishning barcha qimmatli qog‘ozlari muomaladan olinishi lozim, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini joylashtirishdan emitent olgan mablag‘lar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalariga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish va mablag‘larni egalariga qaytarish bilan bog‘liq chiqimlarning o‘rni emitent hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Depozit sertifikatlarini veksellarni chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellarni chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentlar qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni xususiy yo‘sinda joylashtirish (oldindan ma’lum bo‘lgan, soni cheklangan investorlar orasida yopiq obuna qilish, ommaviy e’lon bermagan va reklama kampaniyasi o‘tkazmagan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirish (soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda ochiq obuna qilish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan hollarning har biri uchun qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining eng kam yoki eng ko‘p hajmi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qog‘ozlarning faqat birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozoridagina o‘tkaziladi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar va investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olmagan holda emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni emitent nomidan sotish to‘g‘risida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlarning soni emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar sonidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda joylashtirilgan sonini ularning chiqarilishi yakunlari to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatadi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishi yakunlari to‘g‘risidagi bildirishnomani taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent chiqarilayotgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir yil ichida tugallashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirish emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilinganidan keyin kamida ikki hafta o‘tgach, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi emitent, shuningdek u bilan shartnomaga ko‘ra emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur qimmatli qog‘ozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Qimmatli qog‘ozlarning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkil etilgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlarini tuzish paytida ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda, bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq fond bo‘limlarini tashkil etgan boshqa birjalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning mulkdori yoki qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulkiy huquq egasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish qoidalarini belgilaydi;
(16-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari savdoni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq fond bo‘limlarini tashkil etgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatni tegishli litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasining, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq fond bo‘limlarini tashkil etgan boshqa birjalarning a’zolarini qimmatli qog‘ozlar savdosida ishtirok etishga qo‘yish ularda investitsiya vositachisi yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish va ularning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish va ularning muomalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Depozit sertifikatlarini va veksellarni joylashtirish hamda ularning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozit sertifikatlarini joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellarni joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob — kliring palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer-agent;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yoki mazkur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi bo‘lgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi uch yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo‘shib olib borilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariyning professional faoliyatini birga qo‘shib olib boruvchi transfer-agent investitsiya vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga doir qo‘shimcha cheklovlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.02 Investitsiya maslahatchisi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Investitsiya vositachisining (brokerining, dilerining) faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki ishonchli vakili sifatida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs brokerdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari, shuningdek broker tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari broker tegishincha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida va bankda ochadigan (ochiladigan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Broker o‘ziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablag‘laridan, mijozga uning topshiriqlari ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari hisobidan bajarilishini yoki ular mijozning talabiga binoan qaytarilishini kafolatlagan holda o‘z manfaatlarini ko‘zlab foydalanishga, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerga pul mablag‘laridan o‘z manfaatlarini ko‘zlab foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablag‘lari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablag‘lari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlardan) alohida bo‘lgan hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker o‘z pul mablag‘larini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) o‘tkazishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag‘larini mijozlarga qaytarish va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Broker har bir mijozning pul mablag‘lari hisobini yuritishi, qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirig‘iga binoan va u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar to‘g‘risida unga hisobot berib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxini oshkora e’lon qilish orqali ushbu qimmatli qog‘ozlarni o‘zi e’lon qilgan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyati bilan o‘z nomidan hamda o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs dilerdir. Diler qimmatli qog‘ozlar narxidan tashqari ularga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: sotib olinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning eng kam va eng ko‘p miqdorini, shuningdek e’lon qilingan narxlarning amalda bo‘lish muddatini oshkora e’lon qilish huquqiga ega. Ushbu e’londa qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari ko‘rsatilmagan taqdirda, diler o‘z mijozi taklif qilgan muhim shartlar asosida shartnoma tuzishi shart. Diler qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, unga nisbatan shunday shartnoma tuzishga majbur qilish haqida va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish faqat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi o‘z mijozlariga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni qaytarganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Investitsiya maslahatchisining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalasi masalalari, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.09 (Кучини йукотган) Investitsiya jamg‘armasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish va ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o‘zgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.03 Investitsiya fondi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning — ishonchli boshqaruvchining unga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qog‘ozlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‘larini shu shaxsning yoki u ko‘rsatgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatdir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Depozitariy faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs depozitariydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi depozitariylar tizimi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida vakillik hisobvaraqlarini ochgan depozitariylarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar tizimida qimmatli qog‘ozlar harakati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni depozitariyda saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqishlari imkoniyatini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash uchun qabul qilib olingan qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir deponentga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal qiymatini hisobga olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari holatiga o‘zgartishlar kiritishga asos bo‘luvchi birlamchi hujjatlarni va depozitar operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni o‘z arxivida saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma berish orqali tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat organi, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida tugatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining talablariga binoan qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi yetkazgan zararlarning o‘rnini sug‘urta qilish, maxsus fondlar tashkil etish orqali yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usul bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi vazifasini bajarayotganda depozitariy ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bir qatorda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining talabiga binoan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zida hisobga olib boriladigan qimmatli qog‘ozlar va ular emitentlarining rekvizitlariga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartishlar kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq depozitariylarning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlardan foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi emissiya qilgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z nomidan va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzishga, bundan o‘zi emissiya qilgan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, shuningdek quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariy sifatida faoliyatni tugatish yoki depozitariyni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ommaviy axborot vositalarida o‘n kunlik muddat ichida tegishli axborot e’lon qilinadi. O‘z faoliyatini tugatayotgan yoki tugatilayotgan depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va hisobga olish registrlari deponentning qaroriga binoan bir haftalik muddat ichida boshqa depozitariyga o‘tkaziladi, bunday qaror mavjud bo‘lmagan taqdirda esa deponentlar tanlagan depozitariylarga qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik o‘tkazish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariyni tugatish Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan tartib-taomil yakunlanganligi haqidagi yozma tasdig‘idan keyin amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.04 Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Hisob-kitob-kliring palatasining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zaro majburiyatlarni (qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha axborotni to‘plash, solishtirish, tuzatish va ularga doir buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni hisobga olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisob-kitob-kliring palatasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitob-kliring palatalari o‘zaro majburiyatlarni aniqlash chog‘ida tayyorlangan qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qog‘ozlar bozorining qaysi ishtirokchilari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ijro etish uchun qabul qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.12 (Кучини йукотган) Qimmatli qog‘ozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Transfer-agent faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transfer-agent emitentga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Transfer-agent faoliyati to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1872, 21.11.2008-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.12 (Кучини йукотган) Qimmatli qog‘ozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxs (o‘z qimmatli qog‘ozlarini birjadan tashqari savdoni tashkil etish orqali mustaqil ravishda realizatsiya qiluvchi qimmatli qog‘ozlar mulkdori yoki qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi egasi bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarni va bitimlarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zi amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadi, ularni hisobga olishga doir hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat brokyerlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.11 (Кучини йукотган) Depozitariy]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni depozitariylar amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar o‘z deponentlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidagi vakillik hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlari hisobini yuritadi, shuningdek hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlaydi va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning oluvchiga o‘tishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatsiz qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qog‘ozga bo‘lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog‘oz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran oluvchiga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish, davlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarni saqlash, davlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun: “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risida”gi Nizomga qarang (ro‘yxat raqami 1911, 25.02.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning unga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariylarning vakillik hisobvaraqlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zida saqlanayotgan birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlari savdoga qo‘yilishidan oldin ularning mavjudligi hamda haqiqiyligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zida saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar savdoda tuzilgan bitimlar bo‘yicha birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilariga yetkazib berilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariylarda depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarishdagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalari reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrlarini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni ushbu Qonunga muvofiq taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Deponentning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponent quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyda o‘z depo hisobvarag‘idagi qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyga o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog‘ozlarni qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatish tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o‘tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so‘rov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risida hisobot talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga tegishli hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash hamda hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni depozitariyga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlariga muvofiq o‘z depo hisobvarag‘ining holati haqida ko‘chirma olish va o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha depozitariy tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponent:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o‘zgartirilganligi to‘g‘risida depozitariyga xabar qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar haqida depozitariyga bildirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyning yozma xabarlari to‘g‘riligini va to‘liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida depozitariyga o‘z vaqtida bildirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq deponentning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Depozitariylarda qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylarda qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishi qimmatli qog‘ozlarni saqlashga doir talablarga javob beradigan saqlash joylarida hamda hisobga olish registrlarini depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq yuritish orqali ta’minlanadi. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida saqlanayotgan va hisobga olinayotgan qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ma’lumotlar axborot bankida takroriy saqlab turish tizimi orqali, texnik tizimda uzilishlar yuz berganda va kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlar bankini tezkor tiklash orqali ham ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning depozitariylarda but saqlanishi kafolatlarini ta’minlash qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan ta’minlanishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborotni oshkor qilish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot ochiq va oshkoradir, qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinadigan maxfiy axborot bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar, ma’lumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qog‘ozlarning egalariga qog‘ozda taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Emitentning axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent, davlat qimmatli qog‘ozlari emitenti bundan mustasno, axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning faoliyatidagi muhim faktlar to‘g‘risidagi xabarlarda oshkor qiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2383, 31.07.2012-y.) II bobi (“Emitentning axborotni oshkor qilishi”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi), davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yildagi yoki, agar emitent faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan bo‘lsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil reyting bahosi, agar uning shunday bahosi bo‘lsa, tegishli izohlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning kuzatuv kengashi va ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar ro‘yxati, emitent aksiyalarining ularga tegishli miqdori (ustav fondidagi ulushlari miqdori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent filiallari va vakolatxonalarining, sho‘ba va tobe jamiyatlarining joylashgan yeri (pochta manzili) ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent affillangan shaxslarining ularga tegishli aksiyalar miqdori va tiplari ko‘rsatilgan ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning oxirgi uch yildagi o‘rtacha yillik soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yilda muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, ularning chiqarilish hajmi va maqsadi, ular bo‘yicha hisoblangan va emitent tomonidan to‘langan dividendlar (foizlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yilda emitentga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar va emitent sudda javobgar yoki da’vogar sifatida ishtirok etayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning har choraklik hisobotida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli chorak yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning yillik hisobotida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tgan yildagi xo‘jalik faoliyati natijalari haqidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarning shaxsiy tarkibidagi o‘zgarishlarning asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yil yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti xulosasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi asosiy ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida emitentning faoliyatidagi muhim faktlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning faoliyatidagi muhim faktlar quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent faoliyatining qayta tashkil etilganligi, to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning oliy boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning o‘zgarganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibidagi o‘zgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning filiallari va vakolatxonalari, sho‘ba va tobe jamiyatlari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning mol-mulki, bank hisobvaraqlari xatlanganligi, emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq miqdorda da’vo qo‘zg‘atilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent ustav fondining yoki asosiy va aylanma mablag‘lari summasining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda ko‘payganligi yoki kamayganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra emitent aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini tashkil etadigan emitentning bir martalik bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi;
(39-moddaning beshinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olganligi yoki litsenziya bekor qilinganligi, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligi, ularning chiqarilishi to‘xtatib turilganligi va chiqarilishi qayta tiklanganligi, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent qaysi yuridik shaxslar aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) 10 va undan ortiq foiziga egalik qilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslarning ro‘yxatidagi o‘zgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent o‘zining qimmatli qog‘ozlari egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatlari kelganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni hisoblash, emitentning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlarni to‘lashning boshlanganligi va tugallanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolarining emitent aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishidagi o‘zgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat affillangan shaxslarining ro‘yxatidagi ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarning miqdori va nomi ko‘rsatilgan holdagi o‘zgarishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, to‘rtinchi, beshinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan axborotni qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida, bundan qimmatli qog‘ozlarni xususiy joylashtirish mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganidan keyin ikki hafta ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va to‘qqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yo‘li bilan oshkor qilishi shart.
(39-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent qonun hujjatlariga muvofiq investorlarga boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar emitentning qimmatli qog‘ozlari fond birjasining listingiga kiritilgan bo‘lsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor qilish faqat fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi ushbu moddada nazarda tutilgan axborot emitent tomonidan o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilinganligi uchun haq undirishga haqli emas.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorning talabiga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirma nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning ko‘chirma nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ustav fondi, o‘z mablag‘larining miqdori va zaxira fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor oladigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor oladigan qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasidagi ma’lumotlarni, shuningdek ushbu qimmatli qog‘ozlarning investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qo‘yilgan sanadan oldingi olti hafta davomidagi narxlari haqidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarning natijalari bo‘yicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlarda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning bir choragi davomida faqat bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan bo‘lsa, ularni amalga oshirilganligi haqida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda axborot beradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2383, 31.07.2012-y.) III bobi (“Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi, qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qog‘ozlar egasi hamda investor tomonidan axborotning oshkor qilinishi”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qog‘ozlar mulkdori yoki qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulkiy huquq egasi bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoda bitimlar tuzish qoidalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoga qo‘yishga ruxsat berilgan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni oshkor qiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2383, 31.07.2012-y.) 19 va 20-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo tashkilotchisi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari haqida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Qimmatli qog‘ozlar egasining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar egasi bitim tuzish natijasida emitent qimmatli qog‘ozlari har qanday turining 35 yoki undan ortiq foiziga egalik qila boshlasa, ushbu axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur bitim tuzilgan sanadan e’tiboran besh kun ichida oshkor etishi shart.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2383, 31.07.2012-y.) 21-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondining jami yigirma foizini va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
(43-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2383, 31.07.2012-y.) 22-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi investorlarni ommaviy axborot vositalari va (yoki) o‘zi tashkil qilgan elektron axborot-ma’lumot tizimlari orqali quyidagilar haqida xabardor qilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishlari haqida hamda chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalasi to‘xtatib qo‘yilgan hamda tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishlari to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun mazkur organ tomonidan javobgarlik choralari qo‘llanilgan emitentlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qo‘llanilgan javobgarlik choralarining turlari to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z da’volari bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi investorlarga va qimmatli qog‘ozlar egalariga ushbu Qonunga muvofiq axborot taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlar doirasida haq olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborotning maxfiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mijozlari, ular hisobvaraqlarining holati va o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarning mazmuni (qimmatli qog‘ozlarning nomi, soni, bahosi, bitim tuzilgan sana, vaqt, birja savdosi o‘tkazilgan hollarda esa savdoda ishtirok etgan shaxslar ham bundan mustasno) maxfiy axborot bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish, shuningdek uni bitimlar tuzish uchun boshqa shaxslarga berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar bunday axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborotni oshkor qilish qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha ma’lumotnomalar ularning o‘zlariga yoki vakillariga, vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentiga, sudlarga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘lgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning — jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari bo‘yicha ma’lumotnomalar ularning egalari vafot etgan taqdirda, merosxo‘rlarga yoki hisobvaraqning egasi ko‘rsatgan shaxslarga, o‘z ish yurituvidagi meros ishlari yuzasidan notarial idoralarga beriladi, chet el fuqarolariga nisbatan esa chet davlatning konsullik muassasalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja bitimining mazmuni haqidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, tergov va surishtiruv organlariga esa qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘lgan taqdirda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborot qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga u qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini ko‘rib chiqayotgan hollarda oshkor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq maxfiy axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Davlat qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.03.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni hamda birja faoliyatini litsenziyalash va (yoki) bunday faoliyatga nisbatan majburiy talablar belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga emitentlarning rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborot qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentga yoki qimmatli qog‘ozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yoki to‘xtatib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ularning muomalasi, ularni reklama qilish va taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar egasining o‘z depo hisobvarag‘ida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati to‘liq to‘languniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondi shakllantirilguniga qadar (tijorat banklarining ustav fondini shakllantirish hollari bundan mustasno), shuningdek uni to‘ldirish yoki emitentning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalarning chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli qismiga emitent tomonidan o‘zgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining majburiyatlari bo‘yicha mijozning qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘larini undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishda va (yoki) ularning muomalasida bir investorga boshqasiga nisbatan afzallik belgilash, quyidagi hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlariga o‘zlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda qimmatli qog‘ozlarni olishda belgilangan tartibda imtiyozli huquq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni olishga qonun hujjatlari bilan cheklovlar joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari korporativ obligatsiyalarni quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
(49-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud o‘zaro kelishuv bilan bog‘langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizdan ortig‘ini olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizdan ortig‘ini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent o‘zi chiqargan aksiyalar bo‘yicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek o‘zi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirishga haqli emas.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi O‘RQ-232-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 531-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarning hamda qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning ishtirokchilari faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi va malaka guvohnomalari beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2370, 15.06.2012-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni (davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) muomalaga chiqarish, qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalarni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarda ular yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar chiqaradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalarni qo‘llaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘lari yetarli darajada bo‘lishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklovchi boshqa ko‘rsatkichlarni, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir (davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) operatsiyalar yuzasidan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining, davlatning manfaatlarini ko‘zlab davlat boji to‘lamasdan sudda da’vo qo‘zg‘atishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining faoliyati to‘xtab qolishiga sabab bo‘lmaydigan ayrim operatsiyalarini o‘z vakolatlari doirasida to‘xtatib turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlaridan, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilaridan axborot va hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida so‘rash hamda olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni qo‘shib olib borish tartibini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqishi hamda investorlarning huquqlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda tekshiruvlar o‘tkazishi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlaridan hamda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilaridan investorlarning huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi, bundan axborotning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestrini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning so‘rovlariga o‘ttiz kun ichida asoslantirilgan javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida jamoatchilikni xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘z tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlarning emissiyasini to‘xtatib qo‘yishga, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va ularni bekor qilishga doir barcha hollar haqida, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining da’vo arizalari bo‘yicha emitentlarga yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari haqida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organidan axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi va yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalari, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, emitentning joriy moliyaviy holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqidagi axborotni taqdim etishni emitentdan talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk bilan, shuningdek pul qiymatiga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qimmatli qog‘ozlarga qonun hujjatlarida va emitentning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiyalarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z xizmatlarini taklif etayotgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilaridan o‘zlari to‘g‘risidagi axborotni ushbu Qonunga muvofiq talab qilishga ham haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga va qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zlari tuzgan shartnomalar shartlariga rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari va ularning zimmalarida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.09.00 Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining va emitentlarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar investor oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog‘ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‘ozlarning reklamasi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan investorlar bilan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganlikning aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar to‘g‘risida, qasddan buzib ko‘rsatilgan axborot, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun. Qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatganlik alomatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligi fakti sud tartibida e’tirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariy, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, quyidagi hollarda ham o‘z deponentlari oldida javobgar bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi yozuvlar, qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yo‘qotilganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda. Depozitariy yo‘qotilgan hujjatli qimmatli qog‘ozlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarning o‘rnini qoplaydi yoki ularning yangilarini o‘z hisobidan tayyorlaydi, yo‘qotilgan yozuvlarni, qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlarni tiklaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning tomonidan deponent o‘ziga tegishli qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq huquqlarini amalga oshira olmasligiga olib kelgan harakat (harakatsizlik) sodir etilganda. Depozitariy deponentga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar emitentlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik emitentlarning o‘z zimmasida bo‘ladi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
(56-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Investorning tavakkalchiligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalash obyekti sifatida qimmatli qog‘ozlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari investorning tavakkalchiligidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.02.00 Da’vo muddati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun da’vo muddati emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini joylashtirish muddati tugagan paytdan e’tiboran bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi talablari bo‘yicha da’vo muddati belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan e’tiboran yoki chiqimlarsiz oborot to‘g‘risida shartlashilgan taqdirda, to‘lov muddati kunidan e’tiboran bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga talablari bo‘yicha da’vo muddati indossant vekselni to‘lagan kundan e’tiboran yoki unga nisbatan da’vo taqdim etilgan kundan e’tiboran olti oyni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan boshqa hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari qonunga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi 918-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 919-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 326-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda) XXI bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 179-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda) I bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi 218-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 56-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 219-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 57-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 231-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 69-modda) V bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 281-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda) V bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 357-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda) VII bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi 672-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 172-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 673-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 173-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) IX bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 262-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 173-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 263-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 174-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 447-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) IV, X va XX bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 671-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 171-modda) III bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-7-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 2-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-14-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) 2-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 10 va 30-moddalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-104-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda) 1-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Ushbu Qonunni kuchga kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada bo‘lgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar depozitariyga topshirilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hujjatsiz shaklga o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada bo‘lgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalarga doir bitimlar ular depozitariyga topshirilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning hujjatsiz shaklga o‘tkazilishigacha bo‘lgan davrda ularning egalari reyestrlarini shakllantirish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2008-yil 23-iyuldagi 144-145 (4554-4555)-sonida e’lon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish