21.11.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1872
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huziridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 21.11.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1872
Kuchga kirish sanasi
01.12.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-noyabrda 1872-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 7-noyabrdagi 2013-02-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-1, 12.11.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 46-son, 605-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-29-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transfer-agent faoliyati to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-3, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer-agent — qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer-agentning mijozi (mijoz) — emitent, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent— emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar egasi (mulkdor) — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (Markaziy depozitariy) — depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlashning, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transfer-agentni yuridik shaxs sifatida tuzish, uni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Transfer-agentning faoliyatini litsenziyalash qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transfer-agent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish huquqiga ega.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda emitentlarga qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini ko‘rsatayotgan transfer-agent investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1872-3, 15.04.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Transfer-agent faoliyatini amalga oshirish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qimmatli qog‘ozlar bozorida transfer-agent sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati bo‘lgan kamida ikki xodimga ega bo‘lish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-3, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan o‘z mablag‘lari miqdoriga qo‘yilgan talablarga amal qilinishini ta’minlash;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablarni bajarish zarur.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Transfer-agent, investorlarga, qimmatli qog‘ozlar egalariga va emitentlarga ular bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Transfer-agentning mijoz bilan shartnoma tuzish shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zining mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarish vaqtida transfer-agent mijozning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi lozim. Manfaatlar to‘qnashuvi sodir bo‘lgan vaziyatda transfer-agent mijozni xabardor qilishi va birinchi navbatda o‘zining mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transfer-agent investorlar va mulkdorlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishga haqli (bundan uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog‘ozlarni qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o‘tkazish mustasno):
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘ldirishda yordam ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga hujjatlarni taqdim etish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi tomonidan begonalashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni ularga ega bo‘lgan investorning hisobvarag‘iga chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga taqdim etish;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani tuzish uchun, shartnomaga taalluqli bo‘lgan, shuningdek investor ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Markaziy depozitariyga yoki investitsiya vositachisiga taqdim etish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish yuzasidan buyurtmalarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mijozlariga ularning qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha hujjatlarni, shuningdek depozitar operatsiyalarning bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni topshirish.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-3, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Transfer-agent emitentga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini shakllantirish yuzasidan rasmiy talablarini Markaziy depozitariyga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer-agent tomonidan taqdim etilgan emitentning rasmiy talablari bo‘yicha shakllangan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini Markaziy depozitariydan qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini emitentga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transfer-agent tomonidan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgandagina Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari mijozlarning o‘zlari kelmaganligi sabablariga ko‘ra transfer-agentga uning mijozlari bitimlarini ro‘yxatga olishni, ularning qimmatli qog‘ozlarini o‘tkazishni, chiqarishni rad etishga haqli emas.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘z mijozlari nomidan hujjatlarni taqdim etgan holda, transfer-agent ularning imzolari aslliligiga hamda taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan ular vakolatlarining haqiqiyligiga kafolat beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Transfer-agent tomonidan ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘rsatilishi uchun vaqt davriyligi besh ish kunidan oshib ketmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Transfer-agent tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘rsatilishi uchun vaqt davriyligi transfer-agentning emitent bilan tuzilgan shartnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan reyestrni shakllantirishga qo‘yilgan talablar bilan belgilanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Transfer-agent ushbu Nizomning 14 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘zi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar yakuni bo‘yicha mijozlarni yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Transfer-agent belgilangan tartibda kirish va chiqish hujjatlar va axborotlar hisobini yuritish jurnalining yuritilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Transfer-agent tomonidan mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish uchun dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan hollarda, mazkur dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qonunchilik hujjatlari talablariga javob berishi lozim.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Transfer-agentning hujjatlari hisobini yuritish va uni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘z faoliyatini amalga oshirish vaqtida transfer-agent qonunchilik hujjatlariga, ustaviga va o‘zi tomonidan tasdiqlangan:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlarni saqlash, himoya qilish va qayta tiklash tartibiga, shu jumladan maxfiy axborotlardan g‘ayriqonuniy foydalanishga qaratilgan choralar ro‘yxatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer-agent operatsiyalarining ichki hisobini yuritish qoidalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz bilan manfaatlar to‘qnashuvi sodir bo‘lganda transfer-agentning harakatlari tartibiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarga xizmat ko‘rsatish reglamentiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ichki hujjatlarga amal qiladi.
(19-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Transfer-agent o‘zi tomonidan olingan va tarqatilgan axborotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qog‘oz va/yoki elektron hujjat shaklida rasmiylashtirishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Transfer-agentning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar shaklida qabul qilinishi, qayta ishlanishi va uzatilishi mumkin.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1872-3, 15.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘z faoliyati muddati davomida transfer-agent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalariga muvofiq mijozlardan olingan hujjatlar nusxalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning mijozlari qimmatli qog‘ozlarini hisobdan chiqarish va o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotlar va hujjatlarning but saqlanishini va xronologik hisobini yuritilishini ta’minlashi shart.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Transfer-agent tomonidan axborotlarning oshkor qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Investorning talabiga binoan transfer-agent:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining ustav fondi, o‘zlik mablag‘lari miqdori va zaxira jamg‘armasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor tomonidan egalik qilayotgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor tomonidan egalik qilayotgan qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasida aks ettirilgan ma’lumotlarni, shuningdek investor tomonidan axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi talablarni topshirishning oldingi sanasidan olti hafta mobaynida bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada kelishilgan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar natijalari bo‘yicha hisobotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Transfer-agent investorlarni ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan ularning axborotlarni olishga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida xabardor qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Transfer-agent qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir chorak davomida faqat bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan bo‘lsa, ularni amalga oshirilganligi haqida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Transfer-agent qimmatli qog‘ozlar bozoridagi axborotlarning maxfiyligiga amal qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Transfer-agent tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi maxfiy axborotlarning oshkor qilinishi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Transfer-agentning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Transfer-agent investor yoki qimmatli qog‘ozlar egasining oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar bo‘ladi:
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog‘ozlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‘ozlarning reklamasi uchun;
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan investorlar bilan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun;
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatganlik va insayder axborotdan foydalanganlikning sud tomonidan aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar to‘g‘risida qasddan buzib ko‘rsatilgan axborot taqdim etish, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni yoki qimmatli qog‘ozlar egasini qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun;
(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar yoki qimmatli qog‘ozlarning egalari bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor yoki qimmatli qog‘ozlarning egasi bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun.
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun transfer-agentga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda transfer-agentning mansabdor shaxslariga nisbatan:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik choralari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilarini boshqaruv organlarida ularning ishtirokini cheklovchi choralar;
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini malaka sertifikatidan mahrum etish yoxud mazkur sertifikatni berishni rad etish;
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872-3, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralar qo‘llaniladi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1872-2, 23.12.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 51-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Transfer-agent va uning mijozlari o‘rtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 47-son, 469-modda; 2013-y., 46-son, 605-modda; 2015-y., 51-son, 638-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)