Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2019 15.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2370
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 15.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2370
Kuchga kirish sanasi
25.06.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2370]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-57-sonli ““Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2370-3, 23.10.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 11-apreldagi 2011-06-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2221, 2011-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 18-son, 182-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor v.v.b. A. OBIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-05-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 11-maydagi 2012-05-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom talablari qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida (keyingi o‘rinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi), fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida ishlashga talabgor yoki ishlayotgan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislariga tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi — qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan jismoniy shaxsga toifasi ko‘rsatilgan holda beriladigan va qimmatli qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birjalarning fond bo‘limi nomidan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari professional ishtirokchilarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida ishlash uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarining mavjudligidan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370-2, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2370-2/2744-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. I toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mutaxassisliklardan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risidagi ta’lim muassasasining sertifikatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoki I toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ma’lumotga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risidagi ta’lim muassasasining sertifikatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. II toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risidagi ta’lim muassasasining sertifikatiga ega bo‘lishi lozim, bundan Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 660, 1999-yil 3-mart) belgilangan holat mustasno.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa professional ishtirokchilar ijroiya organlari, fond birjasi ijroiya organi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa birjalar fond bo‘limining rahbari I toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari uchun belgilangan malaka talablariga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond bo‘limining nazoratchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mutaxassisliklardan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik axborot texnologiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoxud qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy yoki yuridik fanlari nomzodi doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislaridan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risidagi ta’lim muassasasining sertifikati talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot va ilmiy daraja qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan taqdirda e’tiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazoratni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 276-modda; 2014-y., 9-son, 97-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2370-2/2744-son)