04.10.2006 yildagi O‘RQ-58-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPOTEKA TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 28-iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi koʻchmas mulk garovi (bundan buyon matnda ipoteka deb yuritiladi) qoʻllanilganda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ipoteka toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ipotekaning vujudga kelishi asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida (shartnoma asosidagi ipoteka) yoki qonun asosida (qonun asosidagi ipoteka) vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha bir taraf — ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha kreditor boʻlgan garovga oluvchi (bundan buyon matnda ipotekaga oluvchi deb yuritiladi) shu majburiyat boʻyicha oʻzining qarzdorga nisbatan pul talablari boshqa tarafning — garovga qoʻyuvchining (bundan buyon matnda ipotekaga qoʻyuvchi deb yuritiladi) garovga qoʻyilgan koʻchmas mulki qiymatidan ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli qanoatlantirilish huquqiga ega boʻladi, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun asosidagi ipotekaga nisbatan unda koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganda, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipoteka haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka asosiy majburiyatdan hosila xususiyatiga ega va u asosiy majburiyat tugaguniga qadar haqiqiy boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka boʻyicha munosabatlarga nisbatan, agar ushbu Qonunda boshqa qoidalar belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidagi garov haqidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ipotekaga qoʻyuvchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning oʻzi yoki bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipotekaga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka belgilangan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchining egaligida va foydalanishida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, kredit shartnomasi, qarz shartnomasi yoki boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatni, shu jumladan oldi-sotdi, ijara, pudrat shartnomalariga asoslangan majburiyatni, shuningdek zarar yetkazilishi oqibatida vujudga keladigan majburiyatni bajarilishini taʼminlash uchun belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ipoteka narsasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari, qonunda koʻchmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga boʻlgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
(6-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun qonunchilikka muvofiq berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar garoviga;
(6-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining koʻchmas mulk ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ipoteka bilan taʼminlanadigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat boʻyicha qarzning asosiy summasi ipotekaga oluvchiga toʻliq hajmda yoki ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan qismi toʻlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi boʻyicha majburiyatning ijrosini foizlar toʻlash sharti bilan taʼminlash uchun belgilangan ipoteka kreditorga (qarz beruvchiga) kreditdan (qarz mablagʻlaridan) foydalanganligi uchun unga tegishi kerak boʻlgan foizlar ham toʻlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka ipotekaga oluvchiga tegishi kerak boʻlgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaganlik, bajarishni kechiktirib yuborganlik yoki oʻzga tarzda lozim darajada bajarmaganlik oqibatida kelib chiqqan zararlarning oʻrnini qoplaydigan va (yoki) neustoyka (jarima, penya) tariqasidagi summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud chiqimlarini va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tufayli kelib chiqqan boshqa xarajatlarni qoplaydigan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish xarajatlarini qoplaydigan summalar ham toʻlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan talablarining umumiy qatʼiy summasi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, qarzdorning ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlarining ana shu summadan ortiq qismi ipoteka bilan taʼminlangan deb hisoblanmaydi, ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida yoki ushbu Qonunning 8-moddasida koʻrsatilgan talablar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ipotekaga oluvchining qoʻshimcha xarajatlarini ipoteka bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini taʼminlash zarurligi sababli uni saqlash va (yoki) muhofaza qilish uchun yoxud ipotekaga qoʻyuvchining ana shu mol-mulk bilan bogʻliq soliqlar, yigʻimlar yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarini uzish uchun xarajatlar qilishga majbur boʻlgan hollarda, ipotekaga oluvchiga bunday zarur xarajatlarning qoplanishi garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Mol-mulkni ipotekaga qoʻyish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Qonunning 6-moddasida koʻrsatilgan, ipotekaga qoʻyuvchiga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar yoki shartnomaviy asosda tegishli boʻlgan mol-mulkka ipoteka belgilanishi mumkin.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmati yoxud davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi oʻz ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonun va boshqa qonunchilikning qoidalariga rioya etilgan holda tuziladi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nomi, turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi, shuningdek taraflar kelishuvga erishgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk ipotekaga qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar garovga qoʻyuvchiga tegishli ijara huquqi garov narsasi boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulk aynan uning oʻzi ipoteka narsasi boʻlgandagi kabi garov shartnomasida belgilanishi va ijara muddati koʻrsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka narsasini baholash ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq ipoteka narsasini baholashdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati belgilangan holda koʻrsatilishi kerak. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlari koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlangan boʻlsa, bu ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatib oʻtiladi, qonun asosidagi ipotekada garov xati berilishi hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Ipotekaga oluvchini uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida ogohlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka toʻgʻrisida shartnoma tuzilayotganda ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan paytda oʻziga maʼlum boʻlgan uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga boʻlgan barcha huquqlari (garov, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar, servitutlar va boshqa huquqlar) haqida ipotekaga oluvchini yozma shaklda ogohlantirishi shart. Bu majburiyatning bajarilmasligi ipotekaga oluvchiga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini yoki ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari oʻzgartirilishini talab qilish huquqini beradi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk olish chogʻidagi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma mustasno) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ularga doir bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga sabab boʻluvchi kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish alohida ariza berilmagan va roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaxsning huquqlariga ipoteka yuklangan boʻlsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar (inshootlar) garovi davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvi amalga oshirilgan kun ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka narsasiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mol-mulkni haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga quyuvchidan boshqa shaxsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilganida, ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchining talabiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi shart. Ipotekaga oluvchi tomonidan mazkur talab bajarilmagan taqdirda ipotekaga qoʻyuvchi undan bu majburiyat bajarilmaganligi tufayli oʻziga yetkazilgan zararlarning oʻrni toʻla hajmda qoplanishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday shaxs roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi toʻgʻrisida qayd yozuvi borligi yoki yoʻqligi haqida maʼlumot hamda ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan koʻchirma olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Garov xati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Ipotekaga oluvchining garov xati boʻyicha huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatida, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchining qonun asosidagi ipoteka boʻyicha va mazkur ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlari tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati egasining nomi yozilgan noemissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u garov xati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi:
(14-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bilan taʼminlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka belgilangan mol-mulkka boʻlgan garov huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor va (yoki) ipotekaga qoʻyuvchi garov xati boʻyicha majburiyatli shaxslardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan qogʻoz (bundan buyon matnda hujjatli garov xati deb yuritiladi) yoki elektron (bundan buyon matnda elektron garov xati deb yuritiladi) shaklda tuziladi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron garov xati shaklini toʻldirish orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xati rasmiylashtirilganidan keyin dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xati rasmiylashtirilganidan keyin “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga va dastlabki ipotekaga oluvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatini saqlash va u boʻyicha huquqlarning hisobi ipotekaga oluvchi tomonidan, elektron garov xatini saqlash va u boʻyicha huquqlarning hisobi esa “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatli garov xati toʻgʻrisidagi qoidalar, agar elektron garov xatining mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, elektron garov xatiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xatini berish, saqlash, unga boʻlgan huquqlarni hisobga olish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatlari berilishi ularning emissiyasi hisoblanmaydi va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat bajarilguniga qadar istalgan paytda tuzilishi va ipotekaga oluvchiga berilishi mumkin.
(14-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuniga asosan beshinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Garov xati haqidagi shartlarni haqiqiy emas deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkiy majmua sifatidagi butun korxona yoki unga boʻlgan ijara huquqi ipoteka narsasi boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz summasi shartnoma tuzish paytida aniqlanmagan va bu summani lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlarni oʻz ichiga olmaydigan pul majburiyati ipoteka bilan taʼminlansa, garov xatini tuzishga va berishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada bayon qilingan garov xati haqidagi shartlar haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Garov xatining mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
(16-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjat nomiga kiritilgan “garov xati” degan soʻz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga oluvchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatning bajarilishi ipoteka bilan taʼminlanadigan shartnomaning mazkur shartnoma tuzilgan sana va joy yoki ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning vujudga kelishi asoslari koʻrsatilgan rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning, agar u ipotekaga qoʻyuvchi boʻlmasa, familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat summasi va, agar shu majburiyat boʻyicha foizlar toʻlanishi kerak boʻlsa, ularning miqdori yoxud bu summa va foizlarni lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat summasi toʻlanadigan muddat, agar bu summa qismlarga boʻlib toʻlanishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) hamda ulardan har birining miqdori yoki toʻlovlarning ana shu muddatlari va miqdorlarini aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar (qarzni uzish rejasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning nomi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi hamda shunday mulk turgan joy;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning pulda ifodalangan qiymati;
(16-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka narsasi boʻlgan koʻchmas mulk ipotekaga qoʻyuvchiga tegishliligiga sabab boʻlgan huquq va davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va joyi koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi, agar ipotekaga qoʻyuvchiga tegishli ijara huquqi ipoteka narsasi boʻlsa, ushbu qismning toʻqqizinchi xatboshisiga muvofiq ijara narsasi boʻlgan shunday mol-mulkning nomi va shu huquqning amal qilish muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka narsasi boʻlgan koʻchmas mulkka garov, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar, servitut yoki boshqa huquq yuklanganligi yoxud ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan paytda mazkur mulkka uchinchi shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hech qanday huquq yuklanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(16-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchining imzosi, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning ham imzosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki ipotekaga oluvchiga garov xati berilgan sana. Qonun asosidagi ipotekada garov xati berilgan taqdirda, ushbu qismning oʻn birinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlarni garov xatiga kiritish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan taʼminlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xatining identifikatsiya raqami, shu jumladan elektron garov xati uchun QR-kod (matritsali shtrix kod).
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar va shartlardan biron-biri mavjud boʻlmaganda garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtirilmaydi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan garov xatiga ushbu moddada nazarda tutilmagan maʼlumotlar va shartlar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining oʻzida yangi egalik qiluvchilar va ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgilar (garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv) qoʻyish yoxud boshqa zarur maʼlumotlarni yozish uchun joy yetarli boʻlmaganda hujjatli garov xatiga qoʻshimcha varaq biriktiriladi, undagi yozuvlar va belgilar hujjatli garov xatida boshlanib, ushbu varaqda tugaydigan tarzda joylashtiriladi.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil etadi. Ularga tartib raqamlari qoʻyilgan va ular roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan muhrlangan boʻlishi kerak. Hujjatli garov xatining alohida varaqlari bitimlar narsasi boʻlishi mumkin emas.
(16-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati mazmuni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga yoki majburiyati ipoteka bilan taʼminlangan shartnomaga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, agar garov xatini oluvchi bitim tuzilayotgan paytda bunday nomuvofiqlik haqida bilmagan va bilishi lozim ham boʻlmagan boʻlsa, garov xatining mazmuni haqiqiy deb hisoblanadi. Bu qoida garov xatining qonuniy egasi dastlabki ipotekaga oluvchi boʻlgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining qonuniy egasi ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan nomuvofiqlik oʻz egaligidagi garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berish orqali bartaraf etilishini talab qilishga, agar bu talab garov xatining qonuniy egasiga bunday nomuvofiqlik haqida maʼlum boʻlganidan keyin darhol bildirilgan boʻlsa, haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish bilan bogʻliq holda vujudga kelgan zararlar uchun javobgarlik garov xatini bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Garov xatining shartlarini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor, ipotekaga qoʻyuvchi va garov xatining qonuniy egasi garov xatining ilgari belgilangan shartlarini kelishuvga koʻra oʻzgartirishlari mumkin. Bu holda, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda kelishuvda garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda tegishli oʻzgartirishlar hisobga olingan holda tuzilgan yangi garov xatini berish nazarda tutilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xatiga oʻzgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qoʻyuvchi tomonidan elektron garov xatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi kelishuv (qoʻshimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuvni ariza beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni soʻrab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birgalikda yangi garov xatini beradi, bu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati oʻrniga topshiriladi.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bekor qilingan hujjatli garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ idoraviy arxivida ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvi oʻchirilguniga qadar saqlanadi.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bekor qilingan elektron garov xati oʻrniga berilgan yangi elektron garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga va elektron garov xatining qonuniy egasiga yuboriladi.
(17-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Garov xatiga ilovalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatiga ipoteka shartlarini belgilaydigan yoki ipotekaga oluvchi garov xati boʻyicha oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar garov xatiga ilova qilinadigan hujjatlar ularni identifikatsiya qilish uchun yetarli darajada garov xatida aniq koʻrsatilmagan boʻlsa va bunday hujjatlar uning ajralmas qismi ekanligi nazarda tutilmagan boʻlsa, ular garov xati boʻyicha huquqlar garov xatini sotish, garovga qoʻyish natijasida yoki boshqacha tarzda qaysi shaxslarga oʻtgan boʻlsa, ana shu shaxslar uchun majburiy emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Garov xatining qonuniy egalarini roʻyxatdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining qonuniy egasi familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini, agar garov xatining qonuniy egasi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yerini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda, oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatga olinishini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan talab qilishga haqlidir.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining qonuniy egasidan u ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida lozim darajada tasdiqlangan isbotlovchi hujjat ilova qilingan holda xabarnoma olgan, ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor mazkur majburiyat boʻyicha oraliq toʻlovlarni har safar garov xati oʻziga koʻrsatilishini talab qilmasdan amalga oshirishi shart. Qarzdorning mazkur garov xati egasi oldidagi bunday majburiyati, garov xati boʻyicha oʻz huquqlaridan garov xatining egasi foydasiga voz kechilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olgach, vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining qonuniy egasi toʻgʻrisidagi qayd yozuvi, garov xati taqdim etilgan taqdirda, ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati boʻyicha huquqni ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazish hamda garov xatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlgan boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov xatini ushbu Qonunning 35-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati boʻyicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori asosida amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Garov xati boʻyicha huquqlarni amalga oshirish va ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirayotganda garov xatini tegishli huquq qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu majburiyatli shaxsga (qarzdorga yoki ipotekaga qoʻyuvchiga) uning talabiga binoan koʻrsatishi shart, bundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli garov xati notarius depozitiga topshirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli garov xati garovga oluvchiga oʻtkazilgan holda garovga qoʻyilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati elektron tarzda rasmiylashtirilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat toʻliq bajarilganidan keyin hujjatli garov xatini ipotekaga qoʻyuvchiga topshirishi, majburiyat qismlarga boʻlib bajarilgan hollarda esa, uning qisman bajarilishini ipotekaga qoʻyuvchi uchun yetarli va hujjatli garov xatiga kelgusida egalik qilish ehtimoli boʻlganlar uchun yaqqol koʻrinib turadigan usulda yoki hujjatli garov xatida majburiyatning qisman bajarilganligi haqida yozib qoʻyish orqali tasdiqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xati bilan taʼminlangan majburiyatlar toʻliq yoki qisman bajarilgan taqdirda garov xatining qonuniy egasi elektron garov xati boʻyicha majburiyat toʻliq yoki qisman bajarilganligi fakti toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining ipotekaga oluvchida turishi yoxud garov xatida ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgi yoki boshqacha tarzdagi tasdiqnoma yoʻqligi, agar oʻzgacha hol isbotlanmagan boʻlsa, bu majburiyat yoki tegishincha uning qismi bajarilmaganligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor oʻz huquqlarini tasdiqlash uchun elektron garov xatining qonuniy egasidan “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilangan tartibda berilgan va tasdiqlangan garov xati egasining depo hisobvaragʻidan koʻchirmani talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor oʻz qarzini toʻliq hajmda yoki garov xati boʻyicha oʻz majburiyatlarini garov xatining qonuniy egasiga yoki garov xatining qonuniy egasi tomonidan shu garov xati boʻyicha huquqlarni amalga oshirish uchun vakil qilingan shaxsga qarzni uzish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim boʻlgan qismini uzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati garovida garov xati notarius depozitiga topshirilgan taqdirda, ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor qarzni notarius depozitiga kiritgan holda oʻz majburiyatini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati boʻyicha majburiyatli shaxs garov xatini koʻrsatuvchiga garov xati boʻyicha uning huquqlari amalga oshirilishini rad etishga quyidagi hollarda haqli, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur garov xati boʻyicha huquqlardan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi bitimni haqiqiy emas deb topish yoki bu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllanilishi haqidagi daʼvo koʻrib chiqish uchun sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan hujjatli garov xati uning qonuniy egasi tomonidan yoʻqotilganligi va hujjatli garov xatining dublikati berilganligi munosabati bilan yoxud hujjatli garov xatini yoki uning dublikatini berish tartibi hujjatli garov xati boʻyicha majburiyatli shaxslar javob bermaydigan tarzda buzilganligi munosabati bilan haqiqiy boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻzgacha hol isbotlanmagan yoki ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, hujjatli garov xatining u boʻyicha majburiyatli shaxslardan istalgan birida yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda turganligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat bajarilganligidan dalolat beradi. Hujjatli garov xati qaysi shaxsning egaligiga oʻtib qolsa, oʻsha shaxs garov xatining boshqa majburiyatli shaxslarini bu haqda darhol yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunga muvofiq hujjatli garov xati bekor qilingan hollarda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatli garov xatini olishi bilan darhol uning yuz tarafiga “qarz uzilgan” degan muhrni bosish orqali yoki hujjatli garov xatining muomalada boʻlishi imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydigan boshqacha tarzda uni bekor qiladi, bundan hujjatli garov xatini yoʻq qilish mustasno.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Yoʻqolgan hujjatli garov xati boʻyicha huquqlarni tiklash
(21-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan hujjatli garov xati boʻyicha huquqlarni tiklash ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan ham quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
(21-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar boʻyicha yoʻqolgan garov xatiga yozib qoʻyilgan garovga oʻtkazishga doir barcha maxsus yozuvlarni aniqlash mumkin boʻlsa, mazkur reyestrda ipotekaga oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsning ular nomiga yozilgan arizasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisida sud chiqargan qaror asosida.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor ham imkoni boricha qisqa muddatlarda hujjatli garov xatining dublikatini tuzishlari va uni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga topshirishlari shart.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni ichida hujjatli garov xatining dublikatini rasmiylashtirishi shart, unda “dublikat” degan belgi boʻlishi kerak.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining dublikati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan hujjatli garov xatini yoʻqotgan shaxsga topshirish orqali beriladi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining dublikati yoʻqolgan hujjatli garov xatiga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining dublikati yoʻqolgan garov xatiga muvofiq emasligi munosabati bilan yuzaga kelgan zararlar uchun javobgarlik roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ zimmasida boʻladi. Agar bu nomuvofiqlik uchun hujjatli garov xati boʻyicha majburiyatli shaxslar javobgar boʻlsa, ular hujjatli garov xati dublikati qonuniy egasining ushbu hujjatli garov xati boʻyicha huquqlarni amalga oshirishini mazkur nomuvofiqlik munosabati bilan rad etishga haqli emas.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Ipoteka narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni asrash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasiga egalik qilishga va undan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasidan mahsulot, hosil va daromad olishga haqli. Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchi ana shu mahsulot, hosil va daromadga boʻlgan huquqlarga ega boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasini lozim darajada asrash uchun, shu jumladan uni oʻz vaqtida joriy taʼmirlashni oʻtkazish, undan oqilona foydalanish hamda uni boshqa shaxslarning qonunga xilof tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun oʻz hisobidan barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasining yoʻq boʻlib ketishi, shikastlanishi, buzilishi yoki holati yomonlashuviga olib keluvchi har qanday xavf-xatar, shuningdek ipotekaga oluvchining ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻgʻrisida ipotekaga oluvchini oʻz vaqtida yozma shaklda xabardor etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma amal qiladigan muddat davomida ipoteka narsasining mavjudligini, holatini, uni asrash va undan foydalanish sharoitlarini tekshirish huquqiga ega. Ipotekaga oluvchi tomonidan bunday tekshiruv oʻtkazilishi ipoteka narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishni toʻxtatib qoʻymasligi yoki ipotekaga qoʻyuvchining yoxud ipoteka narsasi vaqtincha foydalanishida turgan boshqa shaxsning huquqlarini oʻzgacha tarzda buzmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini lozim darajada taʼminlamaganlik oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalari, shuningdek mazkur mol-mulkni asrash majburiyatlari ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan qoʻpol ravishda buzilgan hamda bunday qoidabuzarlik garovga qoʻyilgan mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini keltirib chiqargan taqdirda, shuningdek garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlar buzilgan yoxud ipotekaga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkni tekshirishi asossiz ravishda rad etilgan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli. Agar bunday talabni qanoatlantirish rad etilsa, ipotekaga oluvchi undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi, agar bunday shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchining zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra garovdagi mol-mulk yoʻqolgan yoki majburiyatni ipoteka bilan taʼminlash jiddiy tarzda yomonlashgan darajada shikastlangan boʻlsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq sugʻurta tovoni hisobidan bajarilishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qoʻyuvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan garovga qoʻyilgan mol-mulkni tiklash yoxud almashtirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan va ipotekaga qoʻyuvchi bu kelishuv shartlarini lozim darajada bajarayotgan boʻlsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishiga doir huquqlarni amalga oshira olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻqolish va shikastlanish xavfidan sugʻurta qilinishi kerak. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurta qilish haqida boshqacha shartlar boʻlmagan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi bu mol-mulkni yoʻqolish va shikastlanish xavfidan uning toʻliq qiymati boʻyicha, agar mol-mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat miqdoridan ortiq boʻlsa, shu majburiyat summasidan kam boʻlmagan summaga oʻz hisobidan sugʻurta qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talabini, garovga qoʻyilgan mol-mulk kimning foydasiga sugʻurta qilinganligidan qatʼi nazar, bevosita garovdagi mol-mulk yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun toʻlanadigan sugʻurta tovoni hisobidan qanoatlantirish huquqiga ega. Bu talab ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlari talablaridan hamda sugʻurta qaysi shaxslar foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, shu shaxslar talablaridan oldin imtiyozli tarzda qanoatlantirilishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining oʻzi javobgar boʻlgan sabablarga koʻra yoʻqolgan yoki shikastlangan boʻlsa, ipotekaga oluvchi oʻz talabini sugʻurta tovoni hisobidan qanoatlantirish huquqidan mahrum boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi uy yoki kvartira ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha kredit qaytarilishiga doir majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun kreditor oldidagi oʻz javobgarligi xavfini sugʻurtalashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilganida ipotekaning saqlanib qolishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida, shu jumladan yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida bu mol-mulkni olgan shaxs ipotekaga qoʻyuvchining oʻrnini egallaydi va uning ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlarini, shu jumladan dastlabki ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan lozim darajada bajarilmagan majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi. Yangi ipotekaga qoʻyuvchi faqat ipotekaga oluvchi bilan kelishuvga koʻra, ushbu majburiyatlarning biron-biridan ozod qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, dastlabki ipotekaga qoʻyuvchi huquqiy vorislarining har biri ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaganlikning ipoteka munosabatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarini garovga qoʻyilgan mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda oʻz zimmasiga oladi. Agar ipoteka narsasi boʻlinmas boʻlsa yoki boshqa asoslarga koʻra ipotekaga qoʻyuvchi huquqiy vorislarining umumiy mulki boʻlib qolsa, huquqiy vorislar solidar ipotekaga qoʻyuvchilarga aylanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha mol-mulk garovi, bu mol-mulk boshqa shaxslarga oʻtkazilayotganida bunday oʻtkazish uchun belgilangan biron-bir qoida buzilgan-buzilmaganligidan qatʼi nazar, oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisidagi qoidalarni buzish oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining roziligisiz tasarrufdan chiqarilgan taqdirda, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki agar ipotekaga qoʻyuvchining bunday huquqi garov xatida nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchi oʻz tanloviga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasarrufdan chiqarilishi toʻgʻrisidagi bitimni haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini va kimga tegishliligidan qatʼi nazar, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqlidir. Bu holda, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni oluvchi uni olayotgan paytda mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismi talablari buzilgan holda tasarrufdan chiqarilayotganligini bilganligi yoki bilishi lozim ham boʻlganligi isbotlansa, bunday oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmaganligi uchun shu majburiyat boʻyicha mazkur mol-mulk qiymati doirasida qarzdor bilan solidar javobgar boʻladi. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk koʻrsatilgan talablar ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlmagan ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan buzilgan holda tasarrufdan chiqarilgan boʻlsa, mol-mulkni oluvchi ham, dastlabki ipotekaga qoʻyuvchi ham bu qarzdor bilan solidar javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilishga haqli. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma yoki boshqa bitimning ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini cheklaydigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boshqa shaxslarning huquqlarini yuklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipotekaga oluvchining roziligisiz, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga berishga, vaqtincha tekin foydalanish uchun berishga va boshqa shaxs bilan kelishuvga koʻra, unga bu mol-mulkdan cheklangan holda foydalanish huquqini berishga (servitutga) haqli boʻlib, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk foydalanishga berilayotgan muddat ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, shunga mos keladigan maqsadlarda foydalanishga berilishi shartlariga rioya etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratgan taqdirda, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilganidan keyin ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan ipotekaga oluvchining roziligisiz uchinchi shaxslarga berilgan barcha ijara huquqlari hamda bu mol-mulkdan foydalanishga doir boshqa huquqlar undiruvni mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran tugatiladi, agar ipotekaga oluvchining talablari sudga murojaat qilinmasdan qanoatlantirilayotgan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi undiruvni mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi kelishuv notarial tartibda tasdiqlangan paytdan eʼtiboran yoxud ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar foydalanishiga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan ortiq muddatga yoki mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, shunga mos kelmaydigan maqsadlarda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkning ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxsga foydalanish uchun berilishi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchini ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning majburiy ravishda olib qoʻyilishi oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga qoʻyuvchining ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya qilinishi oqibatida qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilsa va ipotekaga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilsa yoki tegishli haq toʻlansa, oʻrniga-oʻrin berilgan mol-mulkka nisbatan ipoteka joriy qilinadi yoxud ipotekaga oluvchi oʻz talablarini ipotekaga qoʻyuvchiga tegishi kerak boʻlgan haq summasidan imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini hamda undiruvni ipotekaga qoʻyuvchiga olib qoʻyilgan mol-mulk oʻrniga berilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligiga asosan (vindikatsiya) ipotekaga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda ana shu mol-mulkka nisbatan ipoteka tugatiladi. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, davlat ijrochisi garovga qoʻyilgan mol-mulk xatlab qoʻyilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda ipotekaga oluvchiga xabarnoma yuboradi. Bunda ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, agar uning talabi qanoatlantirilmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Agar ipotekaga oluvchi ushbu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, ipoteka tugatiladi, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk kimoshdi savdosida realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun ­mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
(281-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Navbatdagi ipoteka
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Navbatdagi ipotekaga yoʻl qoʻyiladigan shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk (oldingi ipoteka) oʻsha yoki oʻzga qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini taʼminlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchilar navbati ipoteka binolar (inshootlar) garovi davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va vaqtga binoan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi ipotekaga, agar u oʻsha mol-mulk ipotekasi haqidagi, amal qilishi ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilayotgan paytda tugamagan oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomada ipoteka toʻgʻrisida navbatdagi shartnomani tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday shartnoma ana shu shartlarga rioya etilgan holda tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomada belgilangan taqiqqa qaramay tuzilgan ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma shu shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchi bunday taqiqni bilmaganligidan qatʼi nazar, oldingi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar navbatdagi ipoteka taqiqlanmagan, lekin ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma oldingi shartnomada uning uchun nazarda tutilgan shartlar buzilgan holda tuzilgan boʻlsa, ipotekaga oluvchining navbatdagi shartnoma boʻyicha talablari ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnoma shartlariga muvofiq ularni qanday darajada qanoatlantirish mumkin boʻlsa, shunday darajada qanoatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni oʻsha shaxslarning oʻzi boʻlsa, ushbu modda uchinchi va toʻrtinchi qismlarining qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatini tuzish va berishni nazarda tutuvchi ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomani tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Ipotekaga oluvchilarni oldingi va navbatdagi ipotekalar toʻgʻrisida ogohlantirish. Ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomani oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi har bir navbatdagi ipotekaga oluvchiga u bilan ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilguniga qadar mazkur mol-mulkning bungacha amal qilib turgan barcha ipotekalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin darhol bu haqda oldingi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarni yozma shaklda xabardor qilishi va ularning talabiga asosan ularga navbatdagi ipoteka haqidagi maʼlumotlarni maʼlum qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin oldingi shartnomani oʻzgartirishga, agar ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni oʻsha shaxslarning oʻzi boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomada ayni oʻsha mol-mulkning oldingi ipotekalari toʻgʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi ipoteka toʻgʻrisidagi belgi ayni oʻsha mol-mulkning barcha oldingi ipotekalari haqidagi qayd yozuvlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarning talablarini qanoatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablari ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarning talablari qanoatlantirilganidan keyin, garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha qaratilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida oldingi ipoteka bilan taʼminlangan, undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan talablar boʻyicha ham ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish talab qilinishi va undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi mumkin. Agar ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchi bu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulk oldingi ipotekaga doir huquq va majburiyatlar bilan birga uni oluvchiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan, navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha ham bu mol-mulkka undiruv qaratilishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar oldingi ipoteka bilan taʼminlangan talablar qanoatlantirilishi uchun undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkning bir qismiga qaratish yetarli boʻlsa, navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar muddatidan oldin qanoatlantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruvga oʻz talablarini taqdim etish niyatida boʻlgan ipotekaga oluvchi bu haqda oʻsha mol-mulkning ipotekasi toʻgʻrisidagi boshqa shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchini oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha talablar garov bilan taʼminlangan mol-mulkka undiruv qaratilguniga qadar yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchi aynan oʻsha shaxsning oʻzi boʻlsa, ushbu moddadagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bu holda ipotekalarning har biri bilan taʼminlangan talablar, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli majburiyatlarni bajarish muddatlariga muvofiq navbati bilan qanoatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish. Garov xatini boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma yoki ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat asosida kreditorga tegishli boʻlgan huquq (talab) shu kreditorning oʻzi tomonidan bitim boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga qarzdorning roziligini talab qilmasdan oʻtkazishga haqli. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha boshqa shaxs foydasiga oʻz huquqlaridan voz kechilganda, ipoteka bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqi ham oʻsha shaxsga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilingan boʻlmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, dastlabki kreditorning huquqi shu huquq yangi kreditorga oʻtgan paytdagi mavjud hajmda va shartlarda oʻtadi. Xususan, majburiyatlar bajarilishini taʼminlovchi huquqlar, shuningdek talab bilan bogʻliq boshqa huquqlar, shu jumladan toʻlanmagan foizlarga boʻlgan huquq yangi kreditorga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Garov xati boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish oddiy yozma shaklda bitim tuzish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati boʻyicha huquqlarning boshqa shaxsga oʻtkazilishi talablardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish (sessiya) oqibatlarini keltirib chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xati boʻyicha huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda huquqni oʻtkazayotgan shaxs uning yangi egasi toʻgʻrisida hujjatli garov xatiga belgi qoʻyadi. Belgida hujjatli garov xati boʻyicha huquqlar oʻtkazilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda bunday oʻtkazish asosi aniq va toʻliq koʻrsatilishi kerak.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining yangi egasi toʻgʻrisidagi belgi hujjatli garov xatida koʻrsatilgan ipotekaga oluvchi tomonidan, agar bu birinchi yozuv boʻlmasa, oldingi belgida koʻrsatilgan hujjatli garov xatining egasi tomonidan imzolanishi kerak.
(34-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xatlari boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish depo hisobvaragʻiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvaragʻiga tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran unga oʻtadi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati boʻyicha huquqlarning boshqa shaxsga oʻtkazilishi bu hujjat bilan tasdiqlanadigan barcha huquqlar ham shunga koʻra oʻsha shaxsga oʻtkazilishini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki ipotekaga oluvchining va garov xati oldingi egalarining huquqlaridan qatʼi nazar, garov xati bilan tasdiqlangan barcha huquqlar, shu jumladan ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari va kreditorning huquqlari garov xatining qonuniy egasiga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu moddada koʻrsatilgan bitimda boshqacha shartlashilmagan boʻlsa, garov xati boʻyicha huquqlar boshqa shaxsga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat (asosiy majburiyat) qisman bajarilgan holda oʻtkazilayotganda garov xati boʻyicha huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilgan paytga qadar bajarilishi kerak boʻlgan majburiyatlar bajarilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatli garov xatining egasi, agar uning hujjatli garov xatiga boʻlgan huquqlari garov xati boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga doir bitimga hamda hujjatli garov xatiga uning oldingi egasi kiritgan oxirgi belgiga asoslansa, u hujjatli garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi. Agar hujjatli garov xati garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuvlarni kiritgan biron-bir shaxsning egaligidan oʻgʻirlanishi natijasida yoki bu shaxsning xohish-irodasidan tashqari boshqacha tarzda chiqib ketgan, hujjatli garov xatining egasi unga ega boʻlayotganda buni bilganligi yoki bilishi lozim ham boʻlganligi isbotlangan boʻlsa, u garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanmaydi.
(34-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron garov xati berilgan taqdirda, elektron garov xatining egasi, agar uning garov xatiga boʻlgan huquqlari depo hisobvaragʻi boʻyicha yozuv bilan tasdiqlangan boʻlsa, u elektron garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuniga asosan oʻninchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatidagi uning boshqa shaxslarga navbatdagi oʻtkazilishini taqiqlaydigan yozuvlar oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni qarzdor uchun toʻliq bajargan boʻlsa, u garov xati boʻyicha huquqlar oʻziga oʻtkazilishini talab qilishga haqli. Bu holda kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari qonunga muvofiq uchinchi shaxsga (ashyoviy kafilga) oʻtadi. Ipotekaga oluvchi bu huquqlarni oʻtkazishni rad etgan taqdirda, uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bu huquqlar oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Garov xatini garovga qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati uni boshqa shaxsga (garov xatini garovga oluvchiga) oʻtkazish orqali yoki oʻtkazmasdan kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatni yoki shu shaxs bilan garov xatida dastlab koʻrsatilgan ipotekaga oluvchi yoxud uning oʻzga qonuniy egasi oʻrtasida vujudga kelgan boshqa majburiyatni bajarilishini taʼminlash uchun garov xatining garovi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilishi mumkin.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining garovi bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi garov xatini garovga oluvchining talabiga binoan garov xati boʻyicha oʻz huquqlarini ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartib va shartlar asosida unga oʻtkazishi shart. Bu huquqlarni oʻtkazish rad etilgan taqdirda, garov xatini garovga oluvchi ana shu huquqlar oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati boʻyicha huquqlar oʻziga berilgan yoki sud tomonidan oʻziga oʻtkazilgan garov xatini garovga oluvchi undiruvni garov xatining shartlariga muvofiq ipoteka narsasiga qaratishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka narsasini realizatsiya qilish natijasida tushgan summalar ipotekaga oluvchining garov xatini garovga oluvchidan qarzini uzishga qaratiladi, qolgan summa esa kredit shartnomasi yoki garov xati ipotekasi bilan taʼminlangan boshqa majburiyat boʻyicha ipotekaga oluvchiga tegishli qarzni uzish uchun ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq garovga qoʻyuvchining oʻzga kreditorlariga va garovga qoʻyuvchining oʻziga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatini garovga olish toʻgʻrisidagi shartnomada taraflar garovga oluvchining muayyan muddat oʻtganidan keyin garov xatini sotib, tushgan puldan uning garovi bilan taʼminlangan majburiyat summasini ushlab qolish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bu holda ushbu huquq garov xatidagi garov narsasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maxsus yozuvda nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
(35-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi OʻRQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xati garovi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, xususan, qarz summasi toʻlanmaganligi yoxud oʻz vaqtida, toʻliq yoki qisman toʻlanmaganligi natijasida vujudga kelgan, ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan talablarni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobidan qanoatlantirish uchun undiruvni, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulkka qaratishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davriy toʻlovlar bilan bajariladigan majburiyatni taʼminlash uchun undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga, ushbu toʻlovlarni toʻlash muddatlari ketma-ket uch oydan ortiq muddatga buzilgan taqdirda, yoʻl qoʻyiladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, bu talab bajarilmagan taqdirda esa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarilgan deb hisoblasa hamda oʻz huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etgan boʻlsa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin oʻz talablarini sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda, agar bu ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, yoxud ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida qanoatlantirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz toʻlanmagan taqdirda, ipotekaga oluvchining qarzdor tomonidan asosiy majburiyatning bajarilishiga doir talabi suddan tashqari tartibga solish tugallanganidan keyin, qarzdor majburiyatining qoplanmagan qismini qarzdorning boshqa mol-mulki hisobidan qoplashga boʻlgan huquq ipoteka oluvchida saqlanib qoladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirishga quyidagi hollarda faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk ipotekasi uchun boshqa shaxs yoki organning roziligi yoxud ruxsati talab qilinsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chogʻida zarur boʻlgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno;
(37-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa;
(37-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka sud tartibida qaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchining talablari boʻyicha undiruv ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkka sudning qarori asosida qaratiladi, ushbu Qonunga muvofiq bunday talablar sudga murojaat qilmasdan qanoatlantirilishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli ipotekaga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish rad etilishi mumkin, bundan ushbu Qonun 36-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) agar ipoteka bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi ipoteka qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) agar ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha davriy toʻlovlarni toʻlash muddatlarining buzilishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan hal qilinadigan masalalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning undiruvni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish haqidagi qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan ipotekaga oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar, mol-mulkni qoʻriqlash va realizatsiya qilishning uni realizatsiya qilish tugallanganidan keyin aniqlanadigan xarajatlari summasi bundan mustasno. Foizlarda hisoblab chiqariladigan summalar uchun foizlar qoʻshiladigan summa, foizlar miqdori va ular qoʻshilishi lozim boʻlgan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymatidan ipotekaga oluvchining talablari qanoatlantiriladigan ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruv qaratiladigan garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyilgan mol-mulkning realizatsiya qilishdagi boshlangʻich sotuv narxi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv narxi ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida, ular oʻrtasida nizo boʻlgan taqdirda esa, sud tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar zarur boʻlsa, mol-mulk realizatsiya qilinguniga qadar uning asralishini taʼminlash choralari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, ushbu Qonunga muvofiq sudning qaroriga binoan undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish orqali realizatsiya qilinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida qaror qabul qilar ekan, ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchining roziligi bilan garovga qoʻyilgan mol-mulk auksionda sotish orqali realizatsiya qilinishi kerakligini belgilab qoʻyishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishning ayni shunday usuli ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada yoki ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismiga muvofiq tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda nazarda tutilishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ushbu Qonun 37-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda auksionda sotish orqali realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni auksionda sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va ushbu Qonunga, agar ularda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma yoki ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion shaklida oʻtkaziladi.
(40-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha kimoshdi savdosi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Davlat ijrochisining buyurtmasi yoki kimoshdi savdosi tashkilotchisi sifatida ish yuritadigan tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan tuzgan shartnomasi kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos boʻladi.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha kimoshdi savdosi shu mol-mulk turgan joyda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin Oʻzbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonni chop etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan ipoteka narsasining nomi, uning turgan joyi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi, uning bahosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi ishtirokchisining zakalat summasi, uni toʻlash muddati va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid narxini toʻlash tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan joy va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri, maʼlumot olish uchun uning telefon raqami va toʻlov rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonning bir nusxasi, agar imkoni boʻlsa va monelik boʻlmasa, kimoshdi savdosiga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkning oʻzidagi koʻrinarli joyga kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosida ishtirok etishni istagan shaxslar kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilishi lozim boʻlgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat pulini toʻlaydilar. Zakalat puli miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulk boshlangʻich sotuv narxining 5 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosida ishtirok etgan, lekin unda gʻolib chiqmagan shaxslarga kimoshdi savdosi tugashi bilan zakalat puli qaytarib beriladi. Kimoshdi savdosi amalga oshmagan taqdirda ham zakalat puli qaytarib berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosida sotilayotgan mol-mulk uchun eng yuqori bahoni taklif etgan shaxs kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan deb eʼtirof etiladi. Bu shaxs va kimoshdi savdosi tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kuni kimoshdi savdosining natijalari toʻgʻrisida bayonnoma imzolaydilar. Ulardan birontasining bayonnomani imzolashdan boʻyin tovlashi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 380-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs savdo tugaganidan keyin besh kun ichida oʻzi sotib olgan garovga qoʻyilgan mol-mulkning summasini (xarid narxini), ilgari toʻlangan zakalat pulini chegirib tashlagan holda, kimoshdi savdosining tashkilotchisi tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa toʻlashi kerak. Bu summa toʻlanmagan taqdirda, zakalat puli qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs xarid narxini toʻlagan paytdan eʼtiboran besh kun ichida kimoshdi savdosining tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va kimoshdi savdosining natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi oʻtkazilgan joy va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosida olingan koʻchmas mol-mulkning nomi, tavsifi va taʼrifi, uning turgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning avvalgi egasi boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosini oʻtkazgan kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdosi tashkilotchisining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Kimoshdi savdosini amalga oshmagan deb eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi tashkilotchisi quyidagi hollarda kimoshdi savdosini amalga oshmagan deb eʼlon qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosiga ikkitadan kam sotib oluvchi kelgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosida garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlangʻich sotuv narxiga ustama qilinmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs xarid narxini belgilangan muddatda kiritmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlardan birontasi sodir boʻlganidan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshmagan deb eʼlon qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingandan keyin oʻn kun ichida ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkni uning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv narxida olishga va shu mol-mulk ipotekasi bilan taʼminlangan oʻz talablarini xarid narxi hisobiga oʻtkazishga haqlidir. Bunday kelishuvga nisbatan fuqarolik qonunchiligining oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi. Bu holda ipoteka tugatiladi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mol-mulkning ipotekaga oluvchi tomonidan olinishi toʻgʻrisidagi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan kelishuvga erishilmagan boʻlsa, birinchi kimoshdi savdosidan keyin bir oydan kechiktirmay takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlangʻich sotuv narxi takroriy kimoshdi savdosida 20 foizga pasaytiriladi. Takroriy kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarga koʻra amalga oshmagan deb eʼlon qilingan taqdirda, ipotekaga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni uning birinchi kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv narxidan koʻpi bilan 25 foiz past narxda olishga (oʻzida qoldirishga) va mol-mulk ipotekasi bilan taʼminlangan oʻz talablarini xarid narxi hisobiga oʻtkazishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga oluvchi takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingandan keyin bir oy ichida garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻzida qoldirish huquqidan foydalanmasa, ipoteka tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda auksion oʻtkazish orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qoʻyuvchiga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlar bajarilmayotganligi toʻgʻrisida ushbu Qonunning 45-moddasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan xabarnoma topshirish. Mazkur xabarnomani bevosita topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, u ipotekaga qoʻyuvchining ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan manziliga buyurtma xat shaklida yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnomani ipoteka roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomadan kelib chiqadigan va xabarnomada koʻrsatilgan talablar qanoatlantirilmagan taqdirda, lekin mazkur bildirish ipotekaga qoʻyuvchiga yuborilgan paytdan eʼtiboran kamida ikki oy oʻtgach, auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi, ushbu Qonunning 46-moddasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan xabarnomani yuborish hamda uni ipoteka va birinchi xabarnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni Oʻzbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda eʼlon qilish. Auksionga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkka doir barcha bitimlarni tuzish auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon birinchi marta eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran taqiqlanadi, agar bitimlar tuzilgan boʻlsa, ular haqiqiy emas deb topiladi. Auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon birinchi marta eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran auksion oʻtkaziladigan paytgacha kamida oʻttiz kun oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi asosiy majburiyat bajarilmayotganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgach, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish uchun asoslar yoʻqligi toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinishini ushbu Qonunning 53-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda kechiktirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilinishi ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat oʻtishini toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Majburiyatlar bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnomaning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy majburiyatning, shuningdek garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilishi ehtimoliga qadar ipotekaga qoʻyuvchi toʻlashi kerak boʻlgan barcha yigʻimlar, chiqimlar va xarajatlarning umumiy rasshifrovkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida barcha qarzlarni toʻliq uzish toʻgʻrisidagi taklif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka narsasi boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha auksion oʻtkazilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomaning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni va ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi oldidagi, ipoteka narsasini realizatsiya qilish hisobiga qanoatlantirilishi kerak boʻlgan barcha qarzlarining umumiy summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka narsasi boʻlgan va auksionga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkning nomi, tavsifi va taʼrifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion oʻtkaziladigan joy va vaqt.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar auksion ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan boʻlsa, auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomada mazkur tashkilotning nomi, joylashgan yeri va telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni auksionda sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish ochiq auksionda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, yopiq auksion oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha auksion tashkilotchisi sifatida buning uchun ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qoʻyuvchining roziligi bilan tanlangan, ipotekaga oluvchi bilan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatadigan va uning yoki oʻzining nomidan ish koʻradigan ixtisoslashgan tashkilot ish yuritadi. Ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi oʻrtasida ixtisoslashgan tashkilotni tanlash yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksionda gʻolib chiqqan shaxs va auksion tashkilotchisi auksion oʻtkazilgan kuni auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksionda gʻolib chiqqan shaxs xarid narxini toʻlagan paytdan eʼtiboran besh kun ichida auksion tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladigan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida undiruv qaratilgan mol-mulk ushbu Qonunning 47-moddasiga muvofiq auksionda realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv, agar u ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilar ishtirokida tuzilgan boʻlsa, haqiqiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Undiruvning garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilishini va mol-mulk realizatsiya qilinishini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor va uchinchi shaxs boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchi (ashyoviy kafil) ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan barcha talablarini bu talablarning tegishli summalar toʻlangan paytdagi hajmida qanoatlantirib, undiruvning garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilishini tugatishga haqli. Bu huquq garovga qoʻyilgan mol-mulk sotilgan paytga qadar yoki ipotekaga oluvchi bu mol-mulkka boʻlgan huquqni belgilangan tartibda olgan paytga qadar istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish yoki mol-mulkni realizatsiya qilish tugatilishini talab qiluvchi shaxs ipotekaga oluvchiga undiruvni bu mol-mulkka qaratish va uni realizatsiya qilish munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalarni taqsimlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa, undan bu mol-mulkka undiruv qaratilishi va mol-mulk realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan xarajatlarni qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin, oʻz talablari undirilishini soʻragan ipotekaga oluvchilar, ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlari va ipotekaga qoʻyuvchining oʻzi oʻrtasida taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorlarining ijrosini amalga oshiruvchi organ yoki, agar undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan boʻlsa, auksion tashkilotchisi garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan tushumni qonunda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlaydi. Bunda kimoshdi savdosini yoki auksionni oʻtkazish uchun qilingan chiqimlar va xarajatlarning oʻrnini qoplash boshqa barcha qolgan talablarni qoplashdan oldin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Sudga murojaat etish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosini yoki auksionni oʻtkazish tartib-taomili buzilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi, shuningdek asosiy majburiyat boʻyicha qarzdor, agar u ipotekaga qoʻyuvchi boʻlmasa, kimoshdi savdosi yoki auksion natijalari xususida eʼtiroz bildirib, koʻchmas mulk turgan joydagi sudga kimoshdi savdosi yoki auksion oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi berilishi kimoshdi savdosi yoki auksion natijalaridan kelib chiqadigan xatti-harakatlar amalga oshirilishini, agar sud tomonidan shunday xatti-harakatlar amalga oshirilishini toʻxtatib turish haqida ajrim chiqarilmagan boʻlsa, toʻxtatib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Ipotekaga qoʻyuvchining koʻchmas mulkni berishni rad etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi sotib oluvchiga u kimoshdi savdosi yoki auksionda sotib olgan koʻchmas mulkni berishni, shu jumladan uy-joyni boʻshatishni rad etsa, sotib oluvchi mol-mulk turgan joydagi sudga murojaat etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi fuqaro (jismoniy shaxs) boʻlgan hollarda, basharti garov bu fuqaroning (jismoniy shaxsning) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlmasa, u ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qanday mol-mulkni garovga qoʻyganidan qatʼi nazar, uzrli sabablar boʻlgan taqdirda, sudning qaroriga koʻra undiruvni ijroga qaratish ipotekaga qoʻyuvchining arizasiga muvofiq sud tomonidan bir yilgacha muddatga kechiktirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish bu mol-mulk ipotekasi bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl etmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida koʻpaygan zararlarini oʻrnini qoplashdan, kreditorga tegishi kerak boʻlgan foizlar va neustoykani toʻlashdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qarzdor unga kechiktirish tufayli berilgan vaqt doirasida kreditorning ipoteka bilan taʼminlangan talablarini mazkur talablarni qanoatlantirish paytidagi hajmda qanoatlantirsa, sud ipotekaga qoʻyuvchining arizasiga koʻra, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishni kechiktirishga, agar kechiktirish ipotekaga oluvchining moliyaviy ahvoli jiddiy tarzda yomonlshuviga olib kelishi mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Ayrim turdagi koʻchmas mulk ipotekasining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Garov narsasi boʻlishi mumkin boʻlgan yer uchastkalariga doir huquqlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar qonunchilikka muvofiq garov narsasi boʻlishi mumkin.
(54-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchi yer uchastkasiga doir oʻzining ijaraga olish huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga faqat ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Uchinchi shaxslarga tegishli binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkasiga doir huquqlar garovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipotekaga qoʻyuvchiga emas, balki boshqa shaxsga tegishli bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasiga doir huquq garov narsasi boʻlsa, undiruv ipotekaga oluvchi tomonidan shu uchastkaga boʻlgan huquqqa qaratilgan va mazkur uchastka realizatsiya qilingan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi sifatida oʻsha shaxsga nisbatan ega boʻlgan huquqlari va majburiyatlari oluvchiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda. Garovga qoʻyilgan huquqlarni realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladigan huquqlar ipotekasida ipoteka narsasini realizatsiya qilish ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiqadigan talabdan ipotekaga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, yoki undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladigan huquqlarni realizatsiya qilish ushbu Qonunning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruv yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga qaratilgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq tanlov oʻtkaziladi, mazkur tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(56-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Binolar va inshootlar ipotekasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar yoki inshootlar ipotekasiga faqat ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha shu binolar yoki inshootlar joylashgan yer uchastkasiga yoxud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan obyekt ishlab turishini taʼminlaydigan qismiga boʻlgan huquqlar yoxud mazkur uchastkaning yoki uning tegishli qismining ipotekaga qoʻyuvchiga tegishli ijaraga olish huquqi bir vaqtning oʻzida garovga qoʻyilgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Korxona ipotekasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkiy majmua sifatidagi butun korxonaning ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkka (koʻchar va koʻchmas mulkka), talab qilish huquqi va mutlaq huquqni qoʻshgan holda, shu jumladan ipoteka davrida olingan shunday huquqlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(58-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulkka asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korxonani ipotekaga qoʻyish mulkdor yoxud u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 58-moddaning uchinchi qismining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi korxona ipotekaga oluvchining talabiga binoan unga oʻzining yillik hisobotini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkiy majmua sifatida butun korxona ipotekasi bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrishga, shu jumladan korxonaning boshqaruv organlariga ishlab chiqarilgan mahsulotni hamda korxonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kutilgan natijalarni bermagan taqdirda, ipotekaga oluvchi undiruvni ipotekada turgan korxonaga ushbu Qonunda belgilangan tartibda qaratishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchining garovga qoʻyilgan korxonaga nisbatan huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan korxonaga nisbatan mazkur korxonaga tegishli mol-mulkni sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, qarzga berish va boshqacha tarzda tasarruf etishga, shuningdek mazkur mol-mulk tarkibiga oʻzgartishlar kiritishga, agar ular korxonaga tegishli mol-mulkning ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan umumiy qiymati kamayishiga olib kelmasa hamda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaning boshqa shartlarini buzmasa, haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi ipotekaga oluvchining ruxsatisiz korxonaga tegishli mol-mulkni garovga qoʻyishga, korxonaga tegishli koʻchmas mulkni tasarrufdan chiqarishga qaratilgan bitimlar tuzishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchiga nisbatan oʻz talablarining bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchidan buxgalteriya va boshqa hisobot hujjatlari muntazam ravishda taqdim etilishini, korxonaga tegishli mol-mulkka doir bitimlarni tuzish bilan bogʻliq masalalar oldindan kelishib olinishini talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaga tegishli mol-mulk mulkdoriga yoki u vakolat bergan organga korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchi tuzgan bitim haqiqiy emas deb topilishini soʻrab sudga daʼvo taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaga yoki qonunga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonani ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni koʻrmagan, bu mol-mulkdan korxona qiymati kamayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda samarasiz foydalangan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishi toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Undiruvni ipotekaga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan korxonasiga qaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona ipotekasi bilan taʼminlangan majburiyat ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka faqat sudning qaroriga binoan qaratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona mulkdorining huquq va majburiyatlari korxonani kimoshdi savdosida olgan sotib oluvchiga olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Uylar va kvartiralar ipotekasi toʻgʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka fuqarolar (jismoniy shaxslar) yoki yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, doimiy yashash uchun moʻljallangan yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarga hamda kvartiralarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondining uylarini ipotekaga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan fuqarolar, vasiylik yoki homiylik belgilangan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar mulki boʻlgan uy yoki kvartira ipotekasi qonunchilikda mol-mulk bilan bogʻliq bitimlar tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Koʻp kvartirali uydagi kvartiralar ipotekasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka muvofiq muayyan qismlari ipotekaga qoʻyuvchining va boshqa shaxslarning umumiy ulushli mulkida boʻlgan koʻp kvartirali uydagi kvartira ipotekasida turar joy bilan bir qatorda uyning umumiy ulushli mulk huquqidagi tegishli ulush ham garovga qoʻyilgan hisoblanadi.
(62-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Qurilayotgan uylar ipotekasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy qurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz berilayotganda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada majburiyatni tugallanmagan qurilish (ipotekaga qoʻyuvchi kelgusida oladigan mol-mulk va mulkiy huquqlar) bilan taʼminlash nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Bank yoki boshqa kredit tashkilotining krediti hisobiga olinayotgan yoki qurilayotgan uylar va kvartiralar ipotekasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bank yoxud boshqa kredit tashkilotining kredit mablagʻlaridan yoki yuridik shaxsning uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun berilgan aniq maqsadli qarz mablagʻlaridan foydalangan holda olinayotgan yoki qurilayotgan uy yoki kvartira qarz oluvchining uy yoki kvartiraga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ipotekaga qoʻyilgan deb hisoblanadi. Uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz bergan bank yoxud boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs mazkur ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchidir.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismi asosida vujudga keladigan uy yoki kvartira ipotekasiga nisbatan tegishincha ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan koʻchmas mulk ipotekasi haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik va homiylik organlari, agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilayotganligini eʼtirof etish uchun vasiylik va homiylik organlarida asoslar boʻlmasa, voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar yashayotgan turar joy mulkdorining oila aʼzolari boʻlgan bunday shaxslarning qonuniy vakillariga bu turar joyni tasarrufdan chiqarishga va (yoki) ipotekaga qoʻyishga rozilik berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik va homiylik organlarining ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar yashayotgan turar joyni ipotekaga qoʻyish uchun rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yoki bunday rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarori rozilik berish soʻralgan ariza topshirilgan sanadan keyin kechi bilan oʻn besh kun ichida yozma shaklda qabul qilinishi hamda ariza beruvchiga berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik va homiylik organlarining qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan uy yoki kvartiraga qaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti uy yoki kvartira ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma yoxud qonun asosidagi ipoteka boʻyicha bank, boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs tomonidan shunday uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun berilgan kredit yoki aniq maqsadli qarz qaytarilishini taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan boʻlsa, ipotekaga oluvchining undiruvni garovga qoʻyilgan uy yoki kvartiraga qaratishi va uni realizatsiya qilishi bunday uyda yoki kvartirada birgalikda yashayotgan ipotekaga qoʻyuvchining va uning oila aʼzolarining, shu jumladan sobiq oila aʼzolarining foydalanish huquqi tugatilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruv garovga qoʻyilgan uy yoki kvartiraga sud tartibida ham, suddan tashqari tartibda ham ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda qaratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan hamda undiruv qaratilgan uy yoki kvartira ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga qoʻyilgan uy yoki kvartirani boʻshatib berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(65-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(66-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(67-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(68-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-58-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 393-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda, 38-son, 328-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son; 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)