19.05.2018 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QarorI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda birinchi instansiya sudi tomonidan qonun normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning e’tibori fuqarolik ishlarini ko‘rishda fuqarolik protsessual qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish zarurligiga, ularga rioya qilmaslik esa, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar huquqlari buzilishiga olib kelishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek, arizani taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy yoki ma’muriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga ko‘ra, kelib tushganda sudya ariza FPKning 189, 190 va 191-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, iqtisodiy yoki ma’muriy suddan kelib tushgan ariza yoki ish materiallaridagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma sudyaning kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ajrimi bilan rasmiylashtiriladi va ajrimda bu kamchiliklarni bartaraf etish muddati ko‘rsatiladi. Mazkur ajrim da’vogar (arizachi)ga FPK 273-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda da’vo ariza (ariza) FPK 195-moddasi, 1-qismining 41-bandiga asosan qaytariladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qaroriga asosan birinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori ajrim chiqarmasdan turib arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilsin. Mazkur talab qarshi da’voga ham tegishli bo‘lib, u FPK 199-moddasiga muvofiq umumiy qoidalarga binoan (sudlovga tegishlilik bundan mustasno) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya faqat FPK 194, 195-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishga yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazishga haqli bo‘lib, bunda qonunda nazarda tutilgan asoslar ro‘yxati tugal ekanligi inobatga olinishi lozim.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arz qilingan talablar isbotlanmaganligi, da’vo muddati o‘tganligi va qonunda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bo‘yicha arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, arizani yoki ishni sudga taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazish haqidagi ajrim nusxasi esa arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qaytarish haqidagi sud ajrimi ustidan FPKning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin va u bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
(4-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qarshi da’voni u FPK 200-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasligi sababli qabul qilishni rad qilish haqidagi ajrim ustidan, bu holat sudga mustaqil da’vo taqdim etilishiga to‘sqinlik qilmasligi tufayli, shikoyat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash fuqarolik protsessining muhim bosqichi bo‘lib, bu ishning o‘z vaqtida, har tomonlama, xolisona ko‘rib chiqilishi va hal qilinishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sud muhokamasiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash sudga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning talab va e’tirozlarini asoslovchi, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni hal qilish uchun lozim bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur bo‘lgan dalillar taqdim etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarni yarashtirishga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya FPK 204-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur harakatlarni bajarish choralarini ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlashga qaratilgan harakatlar, basharti bunday zarurat kechroq kelib chiqsa, tegishli ajrim qabul qilinganidan so‘ng ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi, shuningdek uni tayyorlash bilan bog‘liq ravishda chiqarilgan ajrimlar ishning keyingi harakatiga ta’sir qilmaydi va ular ustidan shikoyat (protest) berilmaydi, dalillarni ta’minlashni rad etish va da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun FPK 202-moddasida belgilangan o‘n kunlik muddat alohida hollarda o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha (masalan, mulk huquqi vujudga kelishi yoki tugashi (shu jumladan, bitimlar, vorislik, davlat mulkini xususiylashtirish), yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha, shuningdek ekspertiza o‘tkazish, sud topshirig‘i yuborish, ishni ko‘rayotgan sud faoliyat ko‘rsatayotgan hududdan tashqarida bo‘lgan fuqarolar yoki tashkilotlardan materiallar olish talab etiladigan ishlar bo‘yicha sudning asoslantirilgan ajrimi bilan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aliment undirish, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi shuningdek, boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 207-moddasida nazarda tutilgan fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilishning umumiy va qisqartirilgan muddatlari ishni sud muhokamasiga tayyorlash tugagan kundan hal qiluv qarori qabul qilingan yoki arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ishni boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kun qo‘shilgan holda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar tomonidan bitta arizada o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan va ulardan bittasi uchun qonunda ko‘rish va hal qilishning qisqartirilgan, boshqalari uchun esa, umumiy muddati belgilangan bo‘lsa, ish umumiy muddatda ko‘rilishi va hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni ko‘rish va hal qilish muddati keyin qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha belgilanadi. Talablarning bir qismi alohida ish yuritishga ajratilganda, ajratilgan talab bo‘yicha ishni ko‘rish va hal qilish muddati talabni ajratish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuritish to‘xtatilganidan u tiklangunga qadar bo‘lgan vaqt ishni ko‘rish muddatiga qo‘shilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rishga ketgan vaqt ishni ko‘rish muddatiga qo‘shilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sud topshirig‘ini bajarish qonunda belgilangan barcha talablarga rioya etilgan holda sud majlisida amalga oshirilishi lozim (FPK 104 moddasi). Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPK 40-moddasiga binoan og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish huquqiga ega bo‘lib, ularning iltimosnomasiga asosan yozma tushuntirishlar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi mumkin. Taraflar va uchinchi shaxslar nomidan tushuntirishlarni ularning vakillari berishlari mumkin. Guvohlar bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud topshirig‘ini bajarish paytida tuzilgan sud majlisi bayonnomasida ish bo‘yicha ahamiyatga ega holatlar va qo‘yilgan savollarga to‘liq javoblar aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dalillarni ta’minlash haqida ariza ko‘rilayotganda shuni nazarda tutish lozimki, FPK 76 va 77-moddalariga muvofiq u quyidagi tarzda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish qo‘zg‘atilgandan oldin ham, keyin ham;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafaqat ishni ko‘rayotgan sudga, balki dalillarni ta’minlash bo‘yicha protsessual harakatlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan joyda faoliyat yuritayotgan sudga ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillarni ta’minlash haqidagi arizani ko‘rishda sud FPK 77-moddasining ikkinchi qismida belgilangan barcha holatlarni aniqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan materiallar tegishliligi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan sud qarorini amalda ijro qilish FPK 106-moddasida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash choralari o‘z vaqtida va to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga ko‘ra, ariza qabul qilinib, ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng sudya nizoning xususiyatiga qarab, manfaatdor shaxsdan bunday ariza kelib tushgan-tushmaganligidan qat’i nazar, da’voni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalasini hal qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rayotgan sudya arizachining ixtiyori bilan bog‘liq emas va da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar arz qilingan talablarga mutanosib bo‘lishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. FPK 156-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari sudning ayrim protsessual harakatlari, shuningdek ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida sud chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa, buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadilar. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lsa, xabar elektron hujjat ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. FPK 213-moddasiga ko‘ra, sud majlisida hozir bo‘lgan protsess ishtirokchilari shaxsi sud tomonidan ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, xizmat guvohnomasi va boshqa hujjat) asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning vakillari, shuningdek mansabdor shaxslariga nisbatan bundan tashqari, ularning vakolat doirasi tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muomala layoqati cheklanganning vasiysi yoki muomalaga layoqatsiz shaxsning homiysi tomonidan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori mavjudligi tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 67-moddasi ikkinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni sud majlisida ishtirok etish masalasini hal qilishda shuni nazarda tutish lozimki, qonunga asosan sudda professional faoliyat bilan vakil sifatida faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganda, shuningdek, sud majlisini fototasvirga tushirish, sud majlisida audio yoki videoyozuv amalga oshirilganda, sud bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ogohlantiradi va FPK 208-moddasining oltinchi qismiga muvofiq sud majlisida fototasvirga tushirish, audio yoki videoyozuv taraflar roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiradi.
(13-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisini ommaviy axborot vositalari orqali translyatsiya qilishga ishda ishtirok etuvchi shaxslar roziligi va raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Bu harakatlar sud majlisi zalida faqat raislik qiluvchi tomonidan ko‘rsatilgan joydan turib amalga oshirilishi lozim va vaqt bo‘yicha chegaralanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizani ko‘rmasdan qoldirish oqibatlari mazkur huquqiy institutni qo‘llash asoslariga bog‘liq bo‘lganligi sababli, sud FPK 123-moddasi talablaridan kelib chiqib, o‘z ajrimida manfaatdor shaxslarga arizani ko‘rmasdan qoldirish oqibatlarini va bunga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish yo‘llarini tushuntirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(14-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. FPK 72-moddasi talablariga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqishda har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Bunda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, shuningdek ular taraflardan qaysi biri tomonidan isbotlanishi lozimligini belgilash qonun bilan sudning zimmasiga yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arz qilingan talablar va e’tirozlar xususiyatini inobatga olgan holda zarur isbotlash vositalari doirasini belgilash chog‘ida, sud taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qo‘shimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishi mumkin. Qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirgan hollarda, sud ularning iltimosnomasiga ko‘ra dalillarni yig‘ishda ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan, aloqadorlik (FPK 73-moddasi) va maqbullik (FPK 74-moddasi) talablariga javob beradigan har bir dalil sud muhokamasi davomida tekshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anonim xatlardagi ma’lumotlar va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan boshqa ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi va FPKning 71, 74-moddalariga asosan sud ularni ko‘rish uchun qabul qilmasligi lozim.
(15-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudlarga tushuntirilsinki, javobgar tomonidan da’vo talablari qisman tan olingan va u sud tomonidan qabul qilinganda, dalillar faqat da’voning javobgar tomonidan tan olinmagan qismi bo‘yicha tekshiriladi. Bunday holda hal qiluv qarori ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha barcha arz qilingan talablar yuzasidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar arz qilingan talablarni to‘liq tan olganda va sud uni qabul qilganda, arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori taqdim etilgan dalillar tekshirilmagan holda qabul qilinadi. Bunday holda javobgar da’voni tan olganligini qabul qilish to‘g‘risida sud tomonidan alohida ajrim chiqarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir taraf o‘z talab va e’tirozlariga asos sifatida keltirgan fakt ikkinchi taraf tomonidan tan olinganligi sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, faktni tan olgan taraf tomonidan imzolanishi yoki bu haqda yozma ariza olinishi lozim.
(16-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud lozim deb topsa, sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar, shuningdek bayonotlar va xulosalar tegishli taraflar, guvohlar, mutaxassislar va ekspertlar tomonidan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tekshirilayotgan dalillar ishonchliligiga shubha tug‘ilganda, sud ularni mazmuni va rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshirish, zarur hollarda esa mutaxassis jalb etish yoki tegishli ekspertiza tayinlash yo‘li bilan hal etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud mutaxassisni dalillarni tekshirishda maslahat va tushuntirish olish yoki bevosita texnik yordam ko‘rsatish (fotosuratga olish, plan va sxemalarni tuzish, ekspertiza uchun namuna olish va hokazo) uchun jalb qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert xulosasi talab etiladigan savollar doirasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar fikrini inobatga olgan holda belgilanadi. Shuni nazarda tutish lozimki, hal etilishi sudning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni (masalan, uyni mulk huquqidagi ulushini inobatga olgan holda bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida emas, balki uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqi borligi yoki fuqaroning kasalligi xususiyati to‘g‘risida emas, balki muomalaga layoqatliligi masalasini) ekspertiza oldiga qo‘yilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert xulosasini o‘rganishda sud uning ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilgan savollarga muvofiqligi, shuningdek unda mavjud xulosalar to‘liq va asoslanganligini tekshirishi lozim bo‘lib, savollar tug‘ilganda, sud ekspertni tushuntirish berish yoki xulosani to‘ldirish maqsadida so‘roq qilish uchun chaqirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan yangi dalillarni talab qilib olish, ish muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi va ish bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha iltimosnomalar bevosita ular arz qilinganidan so‘ng sud protsessi boshqa ishtirokchilarining fikri inobatga olingan holda, ajrim chiqarish yo‘li bilan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ish muhokamasi keyinga qoldirilganda, sud keyingi sud majlisi vaqtini shu davr mobaynida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni inobatga olgan holda tayinlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish qolgan joyidan davom ettiriladi, FPK 39-moddasida sanab o‘tilgan yangi shaxslarni ishga jalb qilish hollari bundan mustasno bo‘lib, bunday holda ish muhokamasi boshidan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. FPK 118-moddasida belgilangan ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari muayyan holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bunday holatlar vujudga kelishi sud zimmasiga uni tiklash majburiyatini yuklashi sababli, sud mazkur holatlar vujudga kelgan-kelmaganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuritish to‘xtatib turilgan hollarda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar barham topganligi haqida sudni xabardor qilish zarurligini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, ish yuritish tiklangunga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, da’voni va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. FPK 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi sifatida, faqat shaxs sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan, uning sud muhokamasida ishtiroki qonunga ko‘ra shart bo‘lgan yoki sud tomonidan shart deb topilgan hollarda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Majburiy keltirish haqidagi sud ajrimi ijrosi unda ko‘rsatilgan ichki ishlar organiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytda yoki ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinayotgan paytda hal qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tushuntirilsinki, sudga hurmatsizlik ko‘rsatganligi uchun shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish haqida FPKning 150-moddasi tartibida chiqarilgan sud qarori ustidan FPKning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) keltirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 315-moddasining birinchi qismi, 317-moddasining uchinchi qismi).
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 165-moddasida nazarda tutilgan talablar bo‘yicha javobgarni (qarzdorni) qidirish ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida ham, sud muhokamasi davomida ham e’lon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidiruv ishi bo‘yicha qilingan xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan FPK 251-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori qabul qilinayotganda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. FPK 254-moddasiga muvofiq da’vogarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda, sud da’vogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ish faqat FPK 280-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan barcha holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmaganda, sud ishni, da’vogarning fikridan qat’i nazar, sirtdan ish yuritish tartibida ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar javobgar sud majlisida hozir bo‘lib, biroq u tugagunga qadar sud majlisi zalini o‘zboshimchalik bilan tark etsa yoki ish bo‘yicha e’lon qilingan tanaffusdan so‘ng uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, sud ish muhokamasini davom ettirishi mumkin. Bunday sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandidan to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sud majlisi bayonnomasi mazmuni va uni tuzish tartibini belgilovchi FPK 277, 278-moddalari talablariga qat’iy rioya qilinishi, o‘z vaqtida bayonnoma yuzasidan e’tiroz bildirish va sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur qaror qabul qilinishi, shuningdek qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi 19-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli, 2010-yil 14-maydagi 5-sonli, 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli va 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son