O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Baholash faoliyati to‘g‘risida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda baholash faoliyatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Baholash faoliyati tushunchasi
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatidir.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Baholovchi tashkilot
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
(41-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‘lishi;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(41-moddasi uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lish;
(41-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.
(41-moddaning va beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
42-modda. Baholovchi
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
(42-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(42-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Baholovchi baholash ishlarini o‘tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo‘lsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.
(42-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 26-avgustdagi O‘RQ-945-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 03/24/945/0653-son)
43-modda. Baholovchining yordamchisi
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to‘g‘risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonunchilikda belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo‘shiladi.
(41, 42 va 43-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
44-modda. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari kamida ellikta baholovchi tashkilotning a’zoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga ko‘maklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari:
baholovchilarning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini o‘tkazishda ishtirok etadi;
Baholovchilarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishini tizimli ravishda monitoring qilishni ta’minlaydi;
baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
baholash faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlarni belgilangan tartibda a’zolikka qabul qiladi;
o‘z a’zolarining reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
o‘z a’zolari tomonidan mazkur Qonun talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun baholovchi tashkilotlarni a’zolikdan chiqaradi hamda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini tugatish bo‘yicha vakolatli organga taqdimnoma kiritadi;
o‘z a’zolarining axborot-uslubiy ta’minotini tashkil etadi;
baholash faoliyati bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning va vakolatli organ komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
baholovchilar malakasini oshirish tizimi monitoringini ta’minlaydi hamda yil yakunlari bo‘yicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga baholovchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi o‘quv markazlarida malaka oshirish kurslaridan o‘tilganligi haqida axborot taqdim etadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va to‘lov tariflarining miqdorlari ular a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari baholovchi tashkilotning ta’sischisi bo‘lishga, baholovchi tashkilotda ishlashga, baholovchi tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzishga, shuningdek rahbarlarga, baholovchilarga yoki baholovchi tashkilotlarning boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs bo‘lishga haqli emas.
45-modda. Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va bu yig‘ilish besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning a’zolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
(44 va 45-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
5-modda. Baholash obyektlari
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
ishlar, xizmatlar, axborot;
Oldingi tahrirga qarang.
intellektual mulk obyektlari va qonunchilikka fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
(5-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Baholash obyekti qiymatining turlari
Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo‘yiladi.
Baholash obyekti qiymati turlarining qo‘llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi.
Baholash obyektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
7-modda. Baholash obyektining bozor qiymati
Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlarini yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak.
8-modda. Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash obyektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o‘tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi.
9-modda. Baholash standartlari
Baholash standartlari o‘zaro bog‘liq norma va qoidalar majmuidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:
baholash tushunchalari va prinsiplarini;
baholash faoliyatida qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflarni;
qiymat turlariga qo‘yiladigan talablarni;
boshlang‘ich axborotga qo‘yiladigan talablarni;
baholash o‘tkazish tartibini;
baholash usullarini qo‘llanish xususiyatlari;
baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarni;
boshqa talablarni.
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
10-modda. Baholashni o‘tkazish va uning natijalaridan foydalanish huquqi
Baholash o‘tkazish huquqi mutlaq huquqdir.
Baholash obyektlarini baholash ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Baholashni o‘tkazish natijalaridan baholash obyekti o‘z balansida turgan shaxslar buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanishlari mumkin.
11-modda. Baholash o‘tkazishning majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
baholash obyektlarini xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
(11-modda birinchi qismning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-980-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda;
baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;
baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tashkiloti xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda baholash talab etilmaydi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-980-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda;
ipoteka krediti berilayotganda;
taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk mulkdorlardan jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olinayotganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda;
(11-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida ularga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslardir.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga oid majburiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonunchilikka muvofiq tuziladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
baholash obyektining nomi;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish muddati;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazgani uchun pul mukofoti miqdori.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnomaga baholovchi malaka sertifikatining, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi shart.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.
14-modda. Baholovchi tashkilotning huquqlari
Baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan baholash usullarini mustaqil qo‘llash;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish erkinligi ta’minlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy ta’sir etadigan bo‘lsa, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi;
baholash obyektlarini baholashdan o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan o‘tkazishni rad etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Baholovchi tashkilotning majburiyatlari
Baholovchi tashkilot:
Oldingi tahrirga qarang.
baholash faoliyatiga qo‘yiladigan qonunchilik talablariga rioya etish;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ko‘rsatishi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan, xolisona baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida o‘zining ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar berishi;
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachining so‘rovnomasiga ko‘ra baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablari haqida axborot taqdim etishi;
(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida aniqlangan zarar yetkazilganligi, shuningdek qonunchilikning boshqacha tarzda buzilganligi faktlari to‘g‘risida baholash obyekti mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;
(15-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholash to‘g‘risidagi hisobotning nusxasi uch yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida buyurtmachidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
baholovchilarning har yili malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o‘qishini ta’minlashi;
baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalarining so‘rovnomasiga ko‘ra axborot taqdim etishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lishi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotning zimmasida qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Baholovchi tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha professional xizmatlar
Baholovchi tashkilot quyidagi qo‘shimcha professional xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot qonunchilikka muvofiq boshqa qo‘shimcha professional xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin.
(151-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi baholovchi tashkilotning mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sug‘urtalovchisi, baholovchisi bo‘lsa;
(16-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
baholovchi tashkilot va (yoki) baholovchi buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori bo‘lsa;
baholovchi tashkilotning va (yoki) baholovchining baholash obyektida mulkiy manfaati bo‘lsa;
baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati bo‘lgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik yoki qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik munosabatlarida bo‘lsa.
17-modda. Baholash to‘g‘risidagi hisobot mazmuniga oid talablar
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish natijalari baholash to‘g‘risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asos;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
(17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
baholash obyektini baholashdan o‘tkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda foydalanilgan ma’lumotlarning mazkur ma’lumotlar olingan manbalar ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qo‘llanish chegaralari;
baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar ro‘yxati.
Agar baholash obyektini baholash bir nechta baholovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash jarayonida ular tomonidan bajarilgan ish baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi.
Agar baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat aniqlangan bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotda bahoni aniqlash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan voz kechish sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash obyekti qiymatini asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash obyektlarining ayrim turlarini baholashdan o‘tkazish uchun qonunchilikda baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning maxsus shakllari nazarda tutilishi mumkin.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning har bir beti baholash obyektini baholashdan o‘tkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, hisobot baholovchi tashkilot rahbarining imzosi, mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi va buyurtmachiga topshiriladi.
(17-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Baholash to‘g‘risidagi hisobot har xil sharhlashga yo‘l qo‘ymasligi yoki chalg‘itmasligi kerak”;
(16 va 17-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
18-modda. Hisobotning ishonchliligi
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hisobot ishonchli deb tan olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash obyektining hisobotda ko‘rsatilgan qiymati, tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirilgan obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
181-modda. Baholash to‘g‘risidagi hisobotning nizoliligi
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bo‘lgan holda, baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
(181-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ekspertiza o‘tkazayotgan baholovchi tashkilotning ekspert xulosasida baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolisona fikr bo‘lishi kerak. Bunda mazkur tashkilot takroriy baholashni o‘tkazishga va baholash obyektining qiymati to‘g‘risida ekspert xulosasini chiqarishga haqli emas.
Baholovchi tashkilotni ilgari o‘zi bajargan baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Buyurtmachi baholash to‘g‘risidagi hisobot ishonchliligi to‘g‘risida olingan ekspert xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, nizo sudda ko‘rib chiqilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish materiallarini nizoli hollarda ekspertizadan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
(181-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining mazkur materiallarning ishonchliligini aniqlashga doir xulosasi qonunchilikda belgilangan tartibda faqat sud ajrimiga ko‘ra tayyorlanadi. Baholash to‘g‘risidagi hisobot sud tomonidan ishonchli emas deb topilganda baholash obyektini baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasi sudning ajrimiga ko‘ra baholash obyektini takroriy baholashdan o‘tkazadi va baholash obyektining qiymati to‘g‘risidagi xulosasini sudga taqdim etadi.
(181-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
Baholovchi baholash obyektini baholashni sifatsiz o‘tkazganligi yoki lozim darajada o‘tkazmaganligi, maxfiy ma’lumotlarni oshkor etganligi natijasida yetkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21-modda. Baholovchi tashkilotlarning va baholovchilarning birlashmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari a’zosi bo‘lgan baholovchi tashkilotlar va baholovchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida ixtiyoriy ravishda uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga qonunchilikda belgilangan tartibda birlashishi mumkin.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
22-modda. Nizolarni hal etish
Baholash faoliyati amalga oshirilayotganda yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
811-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2009-y., 15-son, 178-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 27.08.2024-y., 03/24/945/0653-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)