toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OBYEKTLARNI DAVLAT MABLAG‘LARI VA HUKUMAT KAFOLATI OSTIDAGI KREDITLAR HISOBIGA BARPO ETISHDA QURILISH TAVAKKALCHILIKLARINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH TO‘G‘RISIDA
Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha tomonlarning manfaatlarini himoya qilish, sug‘urta hodisalari oqibatida paydo bo‘ladigan qurilish tavakkalchiliklari qoplanishini va zararlar to‘lanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Nizomda nazarda tutilgan tavakkalchiliklarni majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari sug‘urta pulining 0,4 foizi miqdorida tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
2. Belgilansinki, 2000-yil 1-yanvardan boshlab:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar — pudratchilar davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan obyektlarni qurish uchun pudrat shartnomalarini tuzishda Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tavakkalchiliklarni majburiy sug‘urta qiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish pudrati shartnomalari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash faqat shartnomalar sug‘urta polislari mavjud bo‘lgan taqdirda boshlanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta mukofoti to‘langandan keyin taqim etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda; )
3. Vazirliklar va idoralar idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-dekabr,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-dekabrdagi 532-son qaroriga
ILOVA
Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Fuqarolik kodeksining 669-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni majburiy sug‘urta qilish (keyingi o‘rinlarda “sug‘urta qilish” deb ataladi) tartibi va shartlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga muvofiq, shuningdek mazkur Nizomga binoan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sug‘urta tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — sug‘urtalovchi) pudratchi va yoki sug‘urtalashdan manfaatdor boshqa shaxslarning mulkiy manfaatlarini, shuningdek, qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug‘urta qildiruvchining javobgarligini sug‘urta qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sug‘urta qilish sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta qildiruvchi va yoki boshqa shaxs foydasiga amalga oshiriladi. Sug‘urta qildiruvchiga va bunday shaxsga sug‘urta qilingan mol-mulk nobud bo‘lishi yoki shikastlanishidan yetkazilgan zarar to‘lanishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularga ehtiyot qismlar, materiallar va qurilish maydonida bo‘lgan hamda sug‘urta shartnomasida qayd etilgan qurilish va montaj buyumini o‘zida ifodalaydigan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug‘urta qildiruvchining javobgarligi sug‘urta qilish obyektlari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
5. Mazkur Nizom bo‘yicha sug‘urta qilish tavakkalchiliklarning quyidagi guruhlari qoplanishini ta’minlaydi:
yong‘in, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, o‘z-o‘zidan yonish;
o‘g‘irlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari;
suv toshqini va suv bosishi, quvurlarning yorilishi;
bo‘ron, dovul;
zilzila, sel, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, o‘pirilish, qulash;
qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari;
mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruksiyalarning qulab tushishi;
nuqsonli materiallar va konstruksiyalarni ongsiz ravishda qo‘llashdan ko‘rilgan zarar;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Polisning yoki tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra qurilish pudrat shartnomasining muddatiga muvofiq belgilanadi. Obyektni foydalanishga topshirish muddati uzaytirilgan taqdirda, polis tomonlarning qo‘shimcha kelishuviga ko‘ra belgilanadigan qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishi sharti bilan amal qilishni davom etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-1. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlarini obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qarori asosida 6-1-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
II. SUG‘URTALOVCHINING JAVOBGARLIGI CHEGARASI
7. Sug‘urtalovchining javobgarligi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta puli bilan cheklanadi. Qurilayotgan obyekt to‘liq qiymatining 80 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi yoki ilgari bajarilgan ishlar hajmi, shu jumladan materiallar qiymati hisobga olingan holda rejalashtirilayotgan yilda barpo etilayotgan obyekt qiymatining bir qismi tomonlarning kelishuviga ko‘ra sug‘urta puli bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta qildiruvchining javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni sug‘urtalashning butun muddati uchun sug‘urta shartnomasida belgilangan javobgarlik limitlari doirasida belgilanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Sug‘urtalovchi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun albatta javob bergan taqdirdagina to‘laydi.
Agar sug‘urta shartnomasida bir hodisa bo‘yicha javobgarlik limiti belgilangan bo‘lsa, ayni bir sug‘urta hodisasi tufayli kelib chiqqan barcha zararlar bo‘yicha tovon puli, shu jumladan zararning oldini olish yoki uni qisqartirish bo‘yicha xarajatlar ushbu limitdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Sug‘urtalovchi shuningdek sug‘urta hodisasidan keyin hududni tozalash bilan bog‘liq oqilona xarajatlarni ham to‘laydi, biroq u sug‘urta pulining 2 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Sug‘urta hodisasidan keyin hududni tiklash ishlarini olib borish uchun yaroqli holga keltirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xarajatlar tozalash bo‘yicha xarajatlar deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sug‘urtalovchining javobgarligi sug‘urtalangan mol-mulk qurilish maydoniga tushirilgan paytdan boshlanadi, biroq sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta uchun sug‘urta mukofoti amalda to‘langan sanadan va sug‘urta shartnomasida qayd etilgan sanadan oldin boshlanmaydi. Sug‘urtalovchining javobgarligi qurilish, montaj qilish, asbob-uskunalarni bo‘sh va ish holatida sinashning butun davri mobaynida davom etadi hamda obyektni foydalanishga topshirish paytida, biroq sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sanadan kechikmay tugaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
III. UMUMIY ISTISNOLAR
9. Mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha quyidagilar natijasida bevosita yoki bilvosita paydo bo‘ladigan zararlar qoplanmaydi:
har xil harbiy harakatlar yoki harbiy tadbirlar va ularning oqibatlari, minalar, bombalar, boshqa urush qurollarining ta’siri, xalq g‘alayonlari va ish tashlashlar, terrorizm, musodara qilish, rekvizitsiya, mol-mulkni xatlab qo‘yish, harbiy yoki fuqaro ma’murlari va biror bir siyosiy tashkilotlarning farmoyishiga ko‘ra mol-mulkning yo‘q qilinishi yoki shikastlantirilishi;
yadro portlashi, radiatsiya va radioaktiv zaharlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta qildiruvchining, foydasiga sug‘urta tuzilgan shaxsning yoki ularning vakillarining qasddan qilgan harakati yoki qo‘pol ehtiyotsizligi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta qildiruvchiga, foydasiga sug‘urta tuzilgan shaxslarga yoki ularning vakillariga sug‘urta hodisasi boshlangungacha ma’lum bo‘lgan xatolar, kamchiliklar yoki nuqsonlar;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan ishlarning qisman yoki umuman to‘xtatilishi;
ayrim buyumlarning korroziyaga uchrashi, chirishi, tabiiy eskirishi, o‘zidan-o‘zi yonishi yoki boshqa tabiiy xossalari, bunda ushbu hodisalar keltirib chiqargan baxtsiz hodisalar natijasida boshqa sug‘urta qilingan buyumlar shikastlanishidan ko‘rilgan zararning o‘rni qoplanishi shart;
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan tajriba yoki tadqiqot ishlari;
qurilish texnikasi va transport vositalari ichki tomonining tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan holda sinishi natijasida shikastlanishi.
10. Sug‘urtalovchi shuningdek obyektlar qurilishida foydalaniladigan nuqsonli materiallar, buyumlar yoki ularning qismlari almashtirilishi, tuzatilishi yoki sozlanishi qiymatini, shuningdek ishlarni amalga oshirishdagi xatolar qiymatini ham to‘lamaydi. Ushbu istisno daxl qilingan nuqsonli materiallar va buyumlar bilangina bevosita cheklanib qoladi, ammo materiallar yoki ishlardagi bunday nuqsonlar natijasida to‘g‘ri qurilgan obyektlar va buyumlarga yetkazilgan zarar qoplanishini istisno qilmaydi.
11. Yonilg‘i-moylash materiallari, kimyoviy moddalar, sovutish suyuqliklari va boshqa yordamchi materiallar, sug‘urta qilingan obyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (sug‘urtalangan tavakkalchiliklar uchun zarur bo‘lgan qurilish obyektlaridan tashqari), qimmatbaho metallar, toshlar, san’at asarlari, hujjatlar va qimmatli qog‘ozlarning nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi, shuningdek faqat xatlov paytida aniqlangan zarar, boy berilgan foyda yoki shartnomaviy jarimalar singari biror-bir bilvosita zarar sug‘urta bilan qoplanmaydi.
IV. SUG‘URTA SHARTNOMASINI TUZISH
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchining yozma yoki elektron shakldagi ariza-anketasi asosida tuziladi, unda tavakkalchilik darajasi to‘g‘risida bir fikrga kelish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘ladi va sug‘urtalovchi tomonidan imzolanadigan sug‘urta polisi bilan rasmiylashtiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchi ariza-anketa bilan bir vaqtda tavakkalchilik darajasini baholash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Shartnoma tuzilgandan keyin unga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlar imzolagan, sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining uzviy qismi bo‘lib qoladigan qo‘shimcha bitimlar bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta uchun sug‘urta mukofotini to‘lashga majbur. Sug‘urta mukofotini to‘lash boshlangungacha sug‘urta shartnomasining sug‘urtalovchining majburiyatlariga oid qismi kuchga kirmaydi. Sug‘urta mukofoti foizdagi to‘lov stavkasini jami sug‘urta summasiga ko‘paytirgan holda hisoblab chiqariladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urtalash muddatlarining davomiyligiga va tomonlarning ahdlashuvi bo‘yicha sug‘urta mukofotining umumiy miqdoriga bog‘liq holda tabaqalashtiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchini sug‘urta summasi o‘zgarganligi, shuningdek tomonlar sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomani imzolashgandan keyin tavakkalchilikda bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Obyekt qiymatini 10 foizdan ziyod ko‘paytiruvchi o‘zgartirishlar sug‘urtalovchiga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilish huquqini beradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
15. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisalarining oldini olishni ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan oldini olish tadbirlarini qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash uchun tushadigan mablag‘larning ikki foizi doirasida mablag‘ bilan ta’minlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Agar sug‘urta qildiruvchiga va sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ishlar uch oydan ortiq bo‘lmagan davrga to‘xtatib turilsa, sug‘urta shartnomasining amal qilishi tomonlar o‘rtasidagi qo‘shimcha bitimga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan davrga to‘xtatib turilishi mumkin va u sug‘urta qildiruvchining yozma yoki elektron shakldagi bildirishnomasidan keyin ishlar qayta tiklanganda, sug‘urta davrini ishlar to‘xtatib turilgan davrga ko‘paytirgan holda, qo‘shimcha sug‘urta mukofotisiz yangidan kuchga kiradi.
Qurilish obyekti sug‘urta qildiruvchiga va sug‘urtalash uning foydasiga tuzilgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra konservatsiya qilinganda, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qolgan davr uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofotining bir qismi sug‘urtalovchi tomonidan qaytariladi.
Boshqa barcha hollarda sug‘urta davri faqat tomonlarning ahdlashuvi bo‘yicha, miqdori tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadigan qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘langan holda uzaytirilishi mumkin.
Agar ishlarni jadallashtirish natijasida qurilishning belgilangan muddati sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta muddati tugashidan ilgari tugasa sug‘urta mukofoti qaytarilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
V. SUG‘URTA HODISASI BOSHLANGANDA TOMONLARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sug‘urta hodisasi boshlanganda sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs sug‘urtalovchining so‘rovnomalarini yoki talablarini kutib o‘tirmasdan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirishning imkoni bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi va yetti kundan kechikmay sug‘urtalovchini sodir bo‘lgan hodisadan yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart. Sug‘urtalovchi xabarni olgandan keyin uch kun ichida obyektni ko‘zdan kechirib chiqishga majbur.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sug‘urta qildiruvchi mazkur mol-mulk bo‘yicha boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan tuzilgan barcha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, topshiriqnomalar, dublikatlar yoki nusxalarni hamda sug‘urta hodisasi boshlanishi holatlari va sabablari to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beruvchi boshqa zarur hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sug‘urta qildiruvchining yozma yoki elektron shakldagi arizasi olinib, sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar olingandan keyin komissiya tuziladi, komissiya tarkibiga sug‘urta qildiruvchining va sug‘urtalovchining vakillari, shuningdek, zarurat bo‘lganda manfaatdor shaxs hisobiga vakolatli tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sug‘urtalovchining vakillari vaziyatni, zarar xarakterini va miqdorini aniqlash uchun sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan joyga erkin kira olishi hamda sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning tegishli hujjatlaridan bemalol foydalana olishi kerak.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida vaziyatlar, zararning xarakteri va miqdori bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lgan taqdirda masala ekspert komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Har qaysi tomon o‘z ekspertini tayinlaydi va bu to‘g‘rida ikkinchi tomonni xabardor qiladi hamda o‘z eksperti xizmatiga haq to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu qoida tomonlarning kelishmovchiliklarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda hal etish bo‘yicha huquqlarini cheklamaydi.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sug‘urta qildiruvchi shikastlangan mol-mulk va hodisa ro‘y bergan joy sug‘urtalovchining vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilgach hamda sug‘urta hodisasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xatti-harakatlar sug‘urtalovchi bilan yozma yoki elektron shaklda kelishib olingandan keyin imkoniyatga qarab sug‘urta hodisasi oqibatlarini bartaraf etishga (almashtirishga, tuzatishga) kirishishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
22. Sug‘urtalovchi yoki uning vakili sug‘urtalangan mol-mulkni qutqarishda va saqlab qolishda, buning uchun zarur choralarni ko‘rgan yoki ko‘rsatgan holda, qatnashish huquqiga ega. Sug‘urtalovchining yoki uning vakillarining ushbu xatti-harakatlari sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini e’tirof etish hisoblanmaydi.
23. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi e’tirof etilgandan va ko‘rilgan zarar miqdorini hamda to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlovchi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangandan keyin besh bank kuni mobaynida to‘lanishi kerak.
24. Nobud bo‘lgan mol-mulk uchun tovon summasi uni tiklash yoki sug‘urta hodisasi vaqtidagi almashtirishlar qiymati bilan, ushbu summalardan qaysi biri kamroqligidan kelib chiqqan holda, cheklanadi.
Shikastlangan mol-mulkni tuzatish xarajatlari uning haqiqiy qiymatidan yoki sug‘urta hodisasi vaqtidagi almashtirish qiymatidan ortib ketgan taqdirda u nobud bo‘lgan deb hisoblanadi.
25. Mol-mulk shikastlangan taqdirda uni bevosita sug‘urta hodisasi boshlanishidan oldingi holatiga keltirish uchun zarur tuzatish xarajatlari to‘lanadi.
26. Sug‘urtalovchi zararni bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlarni, agar ushbu zarar sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi kerak bo‘lsa, to‘laydi.
27. Agar aynan bir sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasi ular foydasiga tuzilgan bir nechta shaxslarga zarar yetkazgan bo‘lsa, umumiy tovon summasi ushbu shaxslar o‘rtasida har qaysi shaxs ko‘rgan zararning umumiy zarar summasidagi miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
28. Agar sug‘urta hodisasi boshlangan vaqtda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalangan mol-mulkka nisbatan boshqa sug‘urta shartnomalari amal qilayotgan bo‘lsa, zarar tovoni har qaysi sug‘urtalovchi tomonidan mol-mulk sug‘urtalangan sug‘urta summalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va sug‘urtalovchi zarar tovonining faqat o‘z ulushiga tushgan qisminigina to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun sug‘urta qildiruvchiga to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun, to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasining 0,15 foizi miqdorida, lekin to‘lanishi kerak bo‘lgan summaning ko‘pi bilan 10 foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Agar zarar summasi zarar yetkazishda aybdor bo‘lgan shaxs tomonidan to‘liq to‘langan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
Agar zarar qisman yoki to‘lanadigan sug‘urta tovonidan kamroq miqdorda undirilgan bo‘lsa, bu holda u sug‘urta qildiruvchi yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan olgan summani hisobga olgan holda to‘lanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Sug‘urta tovoni to‘langandan keyin sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan zararni to‘latishni talab qilish huquqi, to‘langan summa doirasida, sug‘urtalovchiga o‘tadi. Sug‘urta qildiruvchi barcha hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishga va aybdor shaxsga nisbatan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha xatti-harakatlarni qilishga majbur.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
32. Agar sug‘urta holati:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta qildiruvchining yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning ataylab qilingani isbotlangan, sug‘urta hodisasi boshlanishiga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar sodir etganligi, ularning o‘z fuqarolik burchini bajarishi yoki sug‘urta qildiruvchining yoki uchinchi shaxslarning hayotini, salomatligini, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlar bundan mustasno;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sug‘urtalash obyekti, tavakkalchilik darajasi, sug‘urta hodisasi va uning oqibatlari to‘g‘risida sug‘urtalovchiga soxta ma’lumotlarni qasddan xabar qilganlik;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchini tavakkalchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek sug‘urta qildiruvchiga va sug‘urta shartnomasi ularning foydasiga tuzilgan shaxslarga ma’lum bo‘lgan xatolar, kamchiliklar va nuqsonlar to‘g‘risida xabardor qilmaganlik hamda sug‘urtalovchining yoki uning vakilining vaziyatni, zararning xarakterini va miqdorini aniqlashda qatnashishiga to‘sqinlik qilganlik;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar oqibatida sodir bo‘lganda sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishga haqlidir.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs tomonidan zararni bartaraf etish va qisqartirishga doir oqilona chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi tufayli yetkazilgan zarar darajasida sug‘urta tovoni to‘lashni rad etishga ham haqlidir.
(32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 12-son, 70-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 180-modda;2003-y., 11-son, 88-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)