toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida maxsus vakolatli organga xabar berish, ushbu xabarlarni maxsus vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish hamda tashkilotlarga soʻrov yuborish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
maxsus vakolatli organ, nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda tergov organlarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan sohaga doir axborot almashinuvini taʼminlash, xalqaro soʻrovlarni tayyorlash, yuborish, ijro etish va roʻyxatga olish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarga doir hisobotlarini masofaviy tarzda tahlil qilish hamda ularning faoliyatini tashkilotga chiqqan holda tekshiruv oʻtkazish orqali oʻrganish tartibini nazarda tutuvchi Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar haqidagi xabarlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yordamida taqdim etiladi, davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno;
tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan xabarga uni yuborish uchun asos boʻlgan maʼlumot va hujjatlar ilova qilinadi;
maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan xabarlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tashkilotlarni va ularni nazorat qiluvchi organlarni tahliliy maʼlumotnoma, taqdimnoma, maʼruza va seminarlar, shuningdek, metodik tavsiyalar orqali muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari oʻrtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik taraflarning xalqaro soʻrovlariga yoki oʻz tashabbuslariga koʻra amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi vakolatli organlari maxsus vakolatli davlat organining soʻroviga muvofiq xalqaro hamkorlik haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan amalga oshiriladi;
monitoring tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni talab qilib olish man etiladi;
nazorat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda oʻrganish orqali oʻtkaziladi;
nazorat davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni oʻrganish taqiqlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
402-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maxsus vakolatli davlat organiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi oʻrinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlar va hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar) taqdim etish, shu jumladan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan soʻrovlarni yuborish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot — avtomatlashtirilgan rejimda shubhali operatsiya haqidagi xabarni namunaviy shaklda shakllantirish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot;
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
namunaviy shakl — operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shubhali operatsiya haqidagi xabarni taqdim etish uchun toʻldiriladigan maxsus shakl;
operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan bogʻliq operatsiyalar.
3. Maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 12-moddasida koʻrsatilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tomonidan taqdim etiladi.
4. Tashkilotlar tomonidan quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi:
ichki nazorat qoidalari ijrosini taʼminlash davomida legallashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan shubhali operatsiyalar, shu jumladan ularni amalga oshirishga boʻlgan urinishlar;
amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha taraflardan biri yoki benefitsiar mulkdori boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan xalqaro moliya tizimini legallashtirish xavfidan himoyalash maqsadida choralarni koʻrishga chaqirilgan davlatda (hududda) doimiy yashovchi, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs;
legallashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari boʻyicha tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan operatsiyalar;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan tashkilot yoki jismoniy shaxsning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish boʻyicha koʻrilgan choralar;
mijozlar orasida pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish boʻyicha choralar koʻrilishi lozim boʻlgan tashkilotlar va jismoniy shaxslar mavjudligini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalari;
mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etish hamda mavjud amaliy munosabatlarni tugatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, shubhali operatsiya haqidagi xabarlar.
5. Ish samaradorligini taʼminlash va qayta maʼlumot yigʻish uchun ortiqcha vaqt sarflanishining oldini olish maqsadida, tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan operatsiya (mijozlar) haqidagi xabarga ushbu xabarni yuborish uchun asos boʻlgan maʼlumotlar, shuningdek, uni yuborish asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Xabarga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Legallashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi
7. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan xabarda mijozning operatsiyasi legallashtirish maqsadida amalga oshirilayotganligi yoki amalga oshirilishi mumkinligini asoslovchi maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
8. Mazkur Nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan xabarlar maxsus vakolatli davlat organiga operatsiyalar toʻxtatib turilgan va (yoki) pul mablagʻlarni yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan vaqtdan boshlab uch soat ichida, qolgan holatlarda operatsiyalar aniqlangan kundan keyingi bir ish kuni davomida yuborilishi lozim.
9. Har bir yuboriladigan xabarga maxsus raqam beriladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuboruvchi tashkilotning STIR;
xabarning tartib raqami;
xabarni taqdim etish sanasi (kun, oy, yil).
Har bir xabarga raqami “1” dan boshlanuvchi kalendar yil davomida oʻsib boruvchi tartib raqami beriladi.
Xabar va unga ilova qilinadigan maʼlumotlarning namunaviy shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
3-bob. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi
10. Xabar avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat shaklida tuziladi.
Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot va undan foydalanish boʻyicha qoʻllanma maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi.
Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotdan faqatgina ushbu Nizomda nazarda tutilgan xabarlarni shakllantirish uchun foydalaniladi.
11. Xabar maxsus vakolatli davlat organiga axborotni kriptografik himoyalash vositalari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuboriladi.
Maxsus vakolatli davlat organi bilan shaxsiy kabinet foydalanuvchilarining oʻzaro elektron hamkorligi, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish va undan foydalanish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali shakllantirilgan xabarlar maxsus vakolatli davlat organiga ular shakllantirilgan kunning oʻzida yuboriladi.
12. Xabarni maʼlumotlarni uzatish elektron tizimlari orqali yuborishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, xabar maxfiylik talablariga rioya qilingan holda aloqa xat (tashkilot muhri va vakolatli shaxslarning imzosi) bilan elektron (fleshka, kompakt diskda) yoki qogʻoz tashuvchi qurilmada shaxsan yoki maxsus moʻljallangan pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
Xabarni taqdim etish sanasi u shaxsan yetkazib berilgan yoki belgilangan tartibda maxsus moʻljallangan pochta aloqasi boʻlinmalariga topshirilgan sana hisoblanadi.
13. Tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga xabarni belgilanmagan shaklda yoki qogʻoz manbalarida taqdim etish man etiladi.
14. Maxsus vakolatli davlat organi xabar yuboruvchisini identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (oʻzgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi.
15. Tashkilotlar tomonidan xabar toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, maxsus vakolati davlat organi uni olgan kunning oʻzida aniq kamchiliklarni koʻrsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan qaytaradi.
Tashkilotlar xabar qaytarilgan kundan keyingi bir ish kuni davomida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuboradi.
16. Xabar notoʻgʻri yuborilgan taqdirda, tashkilot uni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga elektron shaklda murojaat yuboradi.
Ushbu murojaatda xabarni haqiqiy emas deb topishning sabablari hamda taqdim etilgan xabarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maʼlumotlar (maxsus raqami, taqdim etish usuli, operatsiya summasi va amalga oshirilgan sanasi) koʻrsatilishi lozim.
4-bob. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan soʻrovlarni yuborish tartibi
17. Maxsus vakolatli davlat organi legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini ijro etish hamda ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarini va xorijiy davlatlar vakolatli organlarining soʻrovlarini bajarish maqsadida tashkilotlarga maʼlumotlarni va belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuborish huquqiga ega.
18. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organining soʻrovi boʻyicha mijozlarining operatsiyalari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni bepul taqdim etadilar:
fuqarolik-huquqiy shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari va ular bilan bogʻliq maʼlumotlar;
veksellar bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar;
bitimlar pasportlarining tasdiqlangan nusxalari;
bank nazorat varaqalari;
imzo namunalari va muhr bosma izi koʻrsatilgan varaqalarning tasdiqlangan nusxalari;
mablagʻlarni mijozning hisobvaraqlari (omonatlari) boʻyicha harakatlanishi haqidagi maʼlumotlar (soʻrovda koʻrsatilgan davr ichida mijozning hisobvaraqlaridan koʻchirmalar, jismoniy shaxsning hisobvaraqlariga bogʻlangan bank kartalari boʻyicha pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar);
jismoniy shaxs tomonidan hisobvaraq ochmagan holda amalga oshirilgan operatsiyalar, shu jumladan valyuta ayirboshlash operatsiyalari haqidagi maʼlumotlar;
elektron pullarni oʻtkazish boʻyicha operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar;
hisobvaraqlarni ochish (yopish) boʻyicha ariza nusxasi;
mijozlarning shaxsiy maʼlumotnomalari (hujjatlari) nusxalari, shu jumladan mijozlarning benefitsiar mulkdorlari haqidagi maʼlumotlar;
hisobvaraqlar boʻyicha moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning pasport nusxasi (hisobvaraqlarni ishonchnoma asosida boshqarish huquqiga ega boʻlgan holatlarda ishonchnoma nusxasi);
masofaviy xizmat turlaridan foydalangan mijozlarning “internet-protokol manzili” (IP manzili) yoki “Media kirish nazorati manzili” (MAC manzili) yoki ushbu xizmat turi biriktirilgan telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar;
depozit (omonat) sertifikatlari egalari hisoblangan shaxslar haqidagi maʼlumotlar;
tashkilotlarga tegishli boʻlgan videokuzatuv kameralari yozuvlari va boshqa maʼlumotlar.
19. Maxsus vakolatli davlat organining soʻrovlari elektron yoki qogʻoz shaklida yuboriladi.
Elektron soʻrovlar raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, qogʻoz shaklidagi soʻrovlar esa, maxsus vakolatli davlat organining rasmiy blankida rasmiylashtiriladi, uning rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan imzolanadi hamda tashkilotlarga elektron aloqa kanallari, shaxsan yoki maxsus moʻljallangan pochta aloqasi orqali yuboriladi.
20. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organiga soʻralayotgan maʼlumotlarni tasdiqlangan holda soʻrovni olgan kundan soʻng uch ish kuni ichida elektron shaklda elektron aloqa kanallari, shaxsan yoki maxsus moʻljallangan pochta aloqasi orqali yuboradilar.
Soʻralayotgan maʼlumotlarning hajmi, xususiyati va mazmunini inobatga olgan holda, ularni taqdim etish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan boshqa muddat belgilanishi mumkin.
5-bob. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan maʼlumotlarni boshqa manbalardan olish
21. Maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan, tegishli nodavlat notijorat tashkilotlaridan (soʻraladigan tomon) ularda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni va hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini soʻrov asosida bepul olish huquqiga ega.
22. Soʻraladigan tomon maxsus vakolatli davlat organiga soʻralayotgan maʼlumotlarni yoki hujjatlarni soʻrovni olgan kundan soʻng uch ish kuni ichida yoki soʻrovda koʻrsatilgan muddatda taqdim etishi yoxud ularni taqdim etishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi lozim.
23. Soʻraladigan tomon soʻrovda koʻrsatilgan shaxslar va boshqa shaxslarni soʻrov haqida, shuningdek, soʻrov yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni toʻgʻrisida xabardor qilishi taqiqlanadi.
6-bob. Shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha xabar berish (qayta aloqa)
24. Maxsus vakolatli davlat organi yuborilgan shubhali operatsiyalar yuzasidan xabarlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha muntazam ravishda tashkilotlarni hamda ularni nazorat qiluvchi organlarni xabardor qiladi.
25. Xabardor qilish tashkilotlar hamda ularni nazorat qiluvchi organlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
26. Xabardor qilish qoida tariqasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
axborot xati;
tipologik tadqiqot hisoboti;
tahliliy maʼlumotnoma;
taqdimnoma;
tematik maʼruza, seminarlar va maʼrifiy tadbirlar;
metodik tavsiyalar.
7-bob. Yakuniy qoidalar
27. Maxsus vakolatli davlat organi legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida ushbu Nizomga muvofiq unga taqdim etilgan xabarlar boʻyicha shaxslar va operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi.
28. Maʼlumotlarni saqlash tartibi va muddatlari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
30. Ushbu Nizom doirasida olingan va yuborilgan maʼlumotlarni yuritish, saqlash va foydalanishda ularning maxfiyligini taʼminlash talablariga qatʼiy rioya qilinishi shart.
31. Maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
32. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash.

Faoliyati davomida doimiy ravishda

2-bosqich

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar

1. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarni avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat koʻrinishida shakllantirish.

2. Xabarni maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuborish.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

Xabar toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, aniq kamchiliklarni koʻrsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan uni qaytarish.

Xabar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar

Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuborish.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

1. Xabar yuboruvchisini identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (oʻzgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshirish.

2. Maʼlumotlarni tahlil qilish, oʻrganish va aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish.

Doimiy ravishda

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
Notarial idoralar tomonidan shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Notarial idora

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qaratilgan shartnomani aniqlash.

Faoliyati davomida doimiy ravishda

2-bosqich

Notarial idora

1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qaratilgan shartnoma toʻgʻrisidagi xabarni avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat koʻrinishida shakllantirish.

2. Xabarni maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuborish.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

Xabar toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, aniq kamchiliklarni koʻrsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan uni qaytarish.

Xabar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Notarial idora

Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuborish.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

1. Xabar yuboruvchi notarial idorani identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (oʻzgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshirish.

2. Maʼlumotlarni tahlil qilish, oʻrganish va aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish.

Doimiy ravishda

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
2-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi oʻrinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro soʻrovlarni tayyorlash, joʻnatish va ijro etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
predikat jinoyat — Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, sodir etilishi natijasida noqonuniy daromad orttirishga qaratilgan har qanday jinoyat;
oʻzarolik prinsipi — xalqaro munosabatlarning umumeʼtirof etilgan prinsipi boʻlib, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan oʻzaro manfaatli, teng asosda hamda har bir tomonning xalqaro hamkorlikni amalga oshirish toʻgʻrisidagi yozma majburiyatiga asoslangan hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi;
xalqaro soʻrov — Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (maʼlumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) toʻgʻrisidagi soʻrovi;
xalqaro hamkorlik — Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari oʻrtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (maʼlumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) masalalari yuzasidan hamkorlik;
xorijiy davlat moliyaviy razvedka boʻlinmasi — xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq legallashtirishga qarshi kurashish borasida moliyaviy monitoringni amalga oshiruvchi va boshqa chora-tadbirlarni koʻruvchi vakolatli davlat organi.
3. Xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari hamda legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari) muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalari mavjud boʻlmagan taqdirda, xalqaro hamkorlik oʻzarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan xorijiy davlat vakolatli organiga oʻzarolik prinsipi asosida yuboriladigan xalqaro soʻrovlarda kelgusida xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan yuboriladigan soʻrovlarning koʻrib chiqilishi kafolatlanishi lozim.
Xorijiy davlatlar vakolatli organlarining oʻzarolik prinsipi asosida yuborgan xalqaro soʻrovlari, agar ularda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan kelgusida yuboriladigan soʻrovlarning koʻrib chiqilishini kafolatlovchi talablar boʻlgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
5. Xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining xalqaro soʻrovlariga yoki oʻz tashabbuslariga koʻra amalga oshiriladi.
Xalqaro hamkorlik ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (maxsus vakolatli davlat organi);
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Bosh prokuraturaning tergov boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organlar).
2-bob. Maxsus vakolatli davlat organining xalqaro hamkorligi
7. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, moliyaviy razvedka boʻlinmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi yoʻnalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
maxsus vakolatli davlat organida mavjud va olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni almashish;
oʻz tashabbusi yoki xalqaro soʻrovga asosan xorijiy davlatlar moliyaviy razvedka boʻlinmalariga legallashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi yetarli asoslar (gumonlar) mavjud boʻlgan taqdirda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlaridan olingan maʼlumotlar asosida maʼlumotlarni yuborish;
legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro soʻrovlar asosida operatsiyalarni toʻxtatib turishga koʻrsatma berish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir faoliyatida ishtirok etish;
legallashtirish holatlarini aniqlash va ular boʻyicha moliyaviy tergov oʻtkazishda, shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador boʻlgan operatsiyalarni, jismoniy yoki yuridik shaxslarni hamda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning benefitsiar mulkdorlarini aniqlashda koʻmaklashish.
Maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka boʻlinmalari bilan xalqaro hamkorligi “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining ustav hujjatlariga muvofiq ham amalga oshiriladi.
3-bob. Nazorat qiluvchi organlarning xalqaro hamkorligi
8. Nazorat qiluvchi organlar xorijiy davlatlarning tegishli nazorat qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi yoʻnalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar:
nazorat qiluvchi organlarda mavjud boʻlgan yoki vakolat doirasida olish mumkin boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni almashish;
moliyaviy muassasalar va notijorat tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish hamda tartibga solish sohasida oʻzaro tajriba va maʼlumotlar almashish, shuningdek, xalqaro soʻrovga asosan moliyaviy muassasalar va notijorat tashkilotlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish;
qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalarga doir faoliyatida ishtirok etish.
Nazorat qiluvchi organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham xalqaro hamkorlikni amalga oshirishlari mumkin.
9. Nazorat qiluvchi organlarning xorijiy davlatlarning nazorat qiluvchi organlari bilan xalqaro hamkorligi quyidagi maʼlumotlarni almashish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
legallashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish bilan bogʻliq nazorat (tekshiruv) faoliyati sohasidagi maʼlumotlar;
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar (faoliyati, boshqaruv tuzilmasi, benefitsiar mulkdori va h.k.);
legallashtirishga qarshi kurashish sohasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichki nazorat dasturlari va jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
nazorat (tekshiruv) faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
mijozlarni tekshirish natijalari, bank va boshqa hisobvaraqlari yoki amaliy ish munosabatlari va operatsiyalari (bitimlari) haqidagi maʼlumotlar.
4-bob. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarining xalqaro hamkorligi
10. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi yoʻnalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar:
huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarida mavjud boʻlgan yoki olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni almashish;
oʻz tashabbuslari yoki xalqaro soʻrovga asosan, xorijiy davlatlar vakolatli organlariga legallashtirish holatlarining sodir etilishini tasdiqlovchi yetarli asoslar (gumonlar) mavjud boʻlgan taqdirda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlaridan olingan maʼlumotlarni yuborish;
legallashtirish holatlarini hamda predikat jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda, shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador jismoniy yoki yuridik shaxslarni va benefitsiar mulkdorlarni aniqlashda koʻmaklashish;
qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalarga doir faoliyatida ishtirok etish.
Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qonunchilik hujjatlari doirasida boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar.
5-bob. Xalqaro hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari
11. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro hamkorlik:
xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish yuzasidan — protsessual qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — Majburiy ijro byurosi) tomonidan;
nodavlat notijorat tashkilotlari va benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish yuzasidan — oʻz vakolatlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi va (yoki) tergov organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Oʻzaro huquqiy yordam masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, maxsus vakolatli davlat organi va Bosh prokuratura Majburiy ijro byurosi xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan tezkor-qidiruv faoliyati, tergov, sud muhokamasi va sud hujjatlarini ijro etish doirasida oʻzaro maʼlumotlar almashish borasida hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar.
13. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari legallashtirish holatlarini va predikat jinoyatlarni hamkorlikda tergov qilish maqsadida xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzishlari mumkin.
14. Maʼlumotlarni toʻplash, tergov, sud muhokamasi va sud hujjatlarini ijro etish bosqichida, shu jumladan, legallashtirish va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish borasida oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
15. Prokuror yoki sud sanksiyasi talab qilinadigan protsessual harakatlar va (yoki) tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqidagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlaridan jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni musodara qilish maqsadida ularni qidirib topish va xatlash borasidagi oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovlarini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijro etadilar.
17. Xorijiy davlatlar vakolatli organlaridan kelib tushgan xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish borasidagi soʻrovlari qonunchilik hujjatlariga asosan ijro etiladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini koʻrib chiqadi.
19. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish, xatlash, musodara qilish va qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash borasida boshqacha tarzda kelishilmagan boʻlsa, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bunday tadbirlarni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplashlari mumkin.
20. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat vakolatli organlari bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarni boʻlish borasida shartnoma (bitim) tuzishlari yoki har bir ish boʻyicha alohida kelishishlari mumkin.
7-bob. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qaytarish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik
21. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qidirib topish va xatlash huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
22. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari belgilangan tartibda xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan xorijiy aloqa operatorlari orqali yoki aktivlarni qaytarish boʻyicha bogʻlovchi shaxslar tarmoqlaridan foydalangan holda musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari boʻyicha maʼlumotlar almashish borasida ishlarni amalga oshiradilar.
Maʼlumotlar almashish maslahatlashuvlar oʻtkazish, yozishmalar, telefon, faksimil, video va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda muzokaralar olib borish yoki shaxsan uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
23. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari mol-mulkni qaytarish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxsni tayinlaydilar.
24. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradilar.
Maxsus vakolatli davlat organi musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish masalalari boʻyicha hamkorlik uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsni tayinlaydi.
25. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlatlar vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro soʻrovlarni xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha belgilanadigan aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuboradi.
Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi soʻrovni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi javobini olgan taqdirda, bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarini darhol xabardor qiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qanoatlantirish toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tergov harakatlarini (mol-mulkni xatlash va boshqa holatlar yuzasidan) oʻtkazish haqida xalqaro soʻrovni tayyorlaydi va yuboradi.
26. Mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari hamda maxsus vakolatli davlat organi xodimlaridan iborat idoralararo ishchi guruh tuzilishi mumkin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan hamda qaytarilgan mol-mulk hisobining elektron bazasi yuritiladi.
8-bob. Xalqaro soʻrovlarni tayyorlash, yuborish, ijro etish va roʻyxatga olish tartibi
28. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan xalqaro soʻrovlar, agarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xorijiy davlat vakolatli organi bilan kelishilgan tilda rasmiylashtiriladi.
29. Xalqaro soʻrovda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
soʻrov yuborayotgan organning nomi va pochta manzili;
soʻrov qabul qilayotgan organning nomi va pochta manzili;
soʻrov asosi va predmeti;
ish holatining yoki maʼlum boʻlgan maʼlumotlarning qisqacha yoxud toʻliq mazmuni, jinoyat tavsifi;
zaruratga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarining matni;
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar, shuningdek, soʻralayotgan hujjatlar roʻyxati;
maʼlumotdan foydalanish maqsadi;
maxfiylikka rioya etilishi hamda olingan maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha cheklovlar haqidagi maʼlumot;
zaruratga koʻra soʻrovning darhol ijro etilishi sabablari;
zarurat boʻlganda va imkoni boricha:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan yili, tugʻilgan joyi, fuqaroligi, yashash joyi manzili, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining rekvizitlari haqidagi maʼlumotlar;
yuridik shaxsning toʻliq nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, pochta manzili va joylashgan joyi, mansabdor shaxslari haqidagi maʼlumotlar;
soʻrov obyekti boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk haqida maʼlumotlar (ularning joylashgan joyi, kimga tegishliligi, jinoyatga aloqasi va h.k.).
Soʻrovda ishning oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida, soʻrov yuborayotgan organning telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
30. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
mol-mulkni xatlash uchun asos boʻluvchi maʼlumotlar;
xatlanishi lozim boʻlgan mol-mulkning turi va qiymati;
mol-mulkni jinoyatga aloqasi;
jinoyatning tavsifi;
mol-mulkni xatlash muddati.
31. Mol-mulkni musodara qilish haqidagi sudning hukmini ijro etish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
mol-mulkni musodara qilish haqida hukm chiqargan sud toʻgʻrisida maʼlumot;
mol-mulkni musodara qilish haqidagi sud hukmining qaysi qismi ijro etilishi lozimligi haqida maʼlumot;
xorijiy davlat hududida boʻlgan musodara qilinadigan mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mol-mulk oʻrniga boshqa narsa yoki pul mablagʻlarining musodara qilinishini taʼminlash maqsadida mol-mulk ekvivalentiga teng summa);
mol-mulk mulkdori haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxslar uchun esa ularning nomi, pochta manzili va joylashgan joyi;
musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulk xorijiy davlat hududida joylashganligini tasdiqlovchi hujjat;
musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulkning kelib chiqishi noqonuniyligini, uning xorijiy davlatga, xorijiy davlat fuqarosiga yoki yuridik shaxsga tegishliligini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek, musodara qilish uchun asos sifatida zararning mavjudligi yoki mol-mulkni qaytarish zarurligini tasdiqlovchi boshqa dalillar;
sodir etilgan jinoyatning aniq tafsiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi, shuningdek, mazkur jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdori haqida maʼlumot;
Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishi lozim boʻlgan mol-mulk turi yoki pul mablagʻining hajmi.
Soʻrovda xorijiy davlat vakolatli organining talablariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
32. Soʻrov Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va (yoki) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yuboriladi.
33. Xorijiy davlat vakolatli organlaridan kelib tushgan xalqaro soʻrovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi ularni ijro etish va ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini (ustuvorligini, ijro muddatini va h.k.) belgilaydi.
34. Bir nechta xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan yuborilgan soʻrovlarni ijro etish jarayonida ularda koʻrsatilgan masalalar bitta holat yuzasidan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi birinchi navbatda ijro etilishi lozim boʻlgan soʻrovni mustaqil belgilaydi. Bunda, zaruratga koʻra xorijiy davlat vakolatli organi bilan dastlabki maslahatlashuv oʻtkazilishi mumkin.
35. Kelib tushgan soʻrovni ijro etish uchun maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi taqdim etish muddatini belgilagan holda qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi soʻrovni ijro etish boʻyicha koʻrilgan choralar va ularning natijalari toʻgʻrisida, shuningdek, soʻrovning (uning qismining) sabablarini koʻrsatgan holda ijro etish shartlari, uni ijro etishni rad etish yoki kechiktirish haqida soʻrovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
37. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari soʻrovni quyidagi asoslarga koʻra ijro etishni rad etishlari mumkin:
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa;
soʻrovda koʻrsatilgan holatlar legallashtirish va predikat jinoyatlarga aloqador boʻlmasa;
tergov va sud ishlarini yuritish jarayonlariga taʼsir koʻrsatsa;
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari vakolatiga taalluqli boʻlmasa;
taqdim etiladigan maʼlumotlarning himoyasini taʼminlash yozma ravishda kafolatlanmasa.
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi soʻrovni ijro etishni rad etish haqida asoslarini koʻrsatgan holda xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
38. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari:
xorijiy davlat vakolatli organi bilan kelishilgan holda soʻrov ijrosini kechiktirishi yoki qisman ijro etishi mumkin;
tijorat, bank, soliq yoki boshqa moliyaviy sirlarni vaj qilgan holda maʼlumotlarni taqdim etishni yoki soʻrovni ijro etishni rad qilishga haqli emas, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining huquqiy maqomini vaj qilgan holda soʻrovni ijro etishni rad qilishga haqli emas;
soʻrovning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash maqsadida soʻralayotgan maʼlumotlarni taqdim etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi shart;
soʻrov boʻyicha olingan maʼlumotdan foydalanish tartibi va natijasi haqida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qilishi lozim;
belgilangan tartibda soʻrovlar va undagi mavjud axborotlarning, shuningdek, taqdim etilayotgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart;
agar maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashning imkoni boʻlmasa, bu haqida soʻrov yuborgan xorijiy davlat vakolatli organini darhol xabardor qilishi lozim.
39. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga maʼlumotlarni yuborishda oldindan berilgan roziliksiz yoki soʻrovda koʻrsatilmagan maqsadlarda foydalanish shartlari koʻrsatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan bunday maʼlumotlarni oshkor etish yoki taqdim etish haqida oldindan ruxsat berilgan yoxud yuridik majburiyat boʻlgan holatlar bundan mustasno.
40. Xalqaro hamkorlik doirasida olingan maʼlumotlardan faqatgina soʻrovda yoki shunday soʻrovga berilgan javobda koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.
Bunday maʼlumotlarni davlat organlari yoki uchinchi shaxslarga taqdim etish yoxud undan maʼmuriy va jinoiy ishni yuritish maqsadlarida foydalanish faqatgina xorijiy davlat vakolatli organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
41. Soʻrovlar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi hamda xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan belgilanadigan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻrsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali qabul qilinadi va yuboriladi.
9-bob. Yakuniy qoidalar
42. Yuborilgan va olingan soʻrovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan soʻrovlarga berilgan javoblarning sifatini monitoring qilib boradilar.
Maxsus vakolatli davlat organining soʻroviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari xalqaro hamkorlik haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan xalqaro soʻrovlar yuborish

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari

1. Xalqaro soʻrovni rasmiylashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻrsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali xalqaro soʻrovni xorijiy davlat vakolatli organlariga yuborish.

Faoliyati davomida zaruratga koʻra

2-bosqich

Xorijiy davlat vakolatli organlari

1. Xalqaro soʻrovga javobni oʻz qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan tartibda shakllantirish.

2. Xalqaro soʻrovga javobni Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlariga xalqaro shartnomalarda koʻrsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

II. Xorijiy davlat vakolatli organlaridan kelib tushgan soʻrovlarni ijro etish

1-bosqich

Xorijiy davlat vakolatli organlari

1. Xalqaro soʻrovni rasmiylashtirish.

2. Xalqaro shartnomalarda koʻrsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali xalqaro soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlariga yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari

1. Xalqaro soʻrovni qabul qilish.

3. Xorijiy davlat vakolatli organi bilan dastlabki maslahatlashuv oʻtkazish.

4. Kelib tushgan xalqaro soʻrovni ijro etish uchun yetarli maʼlumot boʻlmaganda, taqdim etish muddatini belgilagan holda qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari

1. Xalqaro soʻrovni ijro etish natijalari toʻgʻrisida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qilish.

1. Xalqaro soʻrovda koʻrsatilgan muddatlarda

2. Yuborilgan va olingan soʻrovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobini yuritish.

2. Doimiy ravishda

III. Oʻzaro huquqiy yordam masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

Xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzishlari mumkin.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan xorijiy davlat sudi hukmi (qarori)ning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini koʻrib chiqish.

Qaror kelib tushgandan soʻng ish holatidan kelib chiqib

3-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

1. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan musodara qilinadigan mulkni topish, musodara qilish va qaytarish xarajatlarini qoplash boʻyicha kelishuv boʻlmasa, ushbu xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplash.

1. Qaror kelib tushgandan soʻng ish holatidan kelib chiqib

2. Xorijiy davlat vakolatli organlari bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki uni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarni boʻlish borasida shartnoma (bitim) tuzish yoki har bir ish boʻyicha alohida kelishish.

2. Zaruratga koʻra

IV. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qaytarish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

1. Mol-mulkni qaytarish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxsni tayinlash.

2. Musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (maxsus vakolatli davlat organi)

1. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro soʻrovlarni xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgan holda aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuborish.

1. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgandan soʻng

2. Xalqaro soʻrovni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi javobni olingan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarini darhol xabardor qilish.

2. Javob olingandan soʻng darhol

3-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

1. Xabarni olgandan soʻng qonunchilikda belgilangan tartibda tergov oʻtkazish haqida xalqaro soʻrovni tayyorlash va yuborish.

Xabar olingandan soʻng ish holatidan kelib chiqib

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro soʻrovlar yuborish

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro soʻrovni rasmiylashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻrsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali xalqaro soʻrovni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.

Faoliyati davomida zaruratga koʻra

2-bosqich

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro soʻrovga javobni belgilangan tartibda shakllantirish.

2. Xalqaro soʻrovga javobni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

II. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligidan kelib tushgan soʻrovlarni ijro etish

3-bosqich

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro soʻrovni rasmiylashtirish.

2. Xalqaro shartnomalarda koʻrsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro soʻrovni qabul qilish.

3. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan dastlabki maslahatlashuv oʻtkazish.

4. Kelib tushgan xalqaro soʻrovni ijro etish uchun yetarli maʼlumot boʻlmaganda, taqdim etish muddatini belgilagan holda qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish.

Zaruratga koʻra

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro soʻrovni ijro etish natijalari toʻgʻrisida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligini xabardor qilish.

1. Xalqaro soʻrovda koʻrsatilgan muddatlarda

2. Yuborilgan va olingan soʻrovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobini yuritish.

2. Doimiy ravishda

III. Oʻzaro huquqiy yordam masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan Rossiya Federatsiyasi sudi hukmi (qarori)ning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini koʻrib chiqish.

Qaror kelib tushgandan soʻng ish holatidan kelib chiqib

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan musodara qilinadigan mol-mulkni topish, musodara qilish va qaytarish xarajatlarini qoplash boʻyicha kelishuv boʻlmasa, ushbu xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplash.

1. Qaror kelib tushgandan soʻng ish holatidan kelib chiqib

2. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki uni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarni boʻlish borasida shartnoma (bitim) tuzish yoki har bir ish boʻyicha alohida kelishish.

2. Zaruratga koʻra

IV. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qaytarish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Mol-mulkni qaytarish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxsni tayinlash.

2. Musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

1. Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro soʻrovlarni Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlari bilan kelishilgan holda aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuborish.

1. Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlari bilan kelishilgandan soʻng

2. Xalqaro soʻrovni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi javob olingan taqdirda, bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini darhol xabardor qilish.

2. Javob olingandan soʻng darhol

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xabarni olgandan soʻng qonunchilikda belgilangan tartibda tergov oʻtkazish haqida xalqaro soʻrovni tayyorlash va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.

Xabar olingandan soʻng ish holatidan kelib chiqib

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
3-ILOVA
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan legallashtirishga (keyingi oʻrinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning tekshiruv oʻtkazishga doir talablari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu sohada oʻtkaziladigan tekshiruvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Nizomning Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi hamda “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi” bilan ishlashga doir talablari tadbirkorlik subyekti boʻlmagan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
monitoring — tashkilotlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi yuzasidan hisobot va axborotlarni masofadan tahlil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) — tegishli tashkilotlar uchun legallashtirishga qarshi kurashish borasida ichki nazorat qoidalarini ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi organlar yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilish vakolati berilgan boshqa organlar va tashkilotlar;
nazorat — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda oʻrganishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlar.
3. Legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
4. Monitoring va nazorat qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
5. Monitoring va nazoratni amalga oshirishning asosiy maqsadi tashkilotlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash hisoblanadi.
Quyidagilar monitoring va nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tashkilotlarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish boʻyicha masʼuliyatini oshirish, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash;
legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
legallashtirishga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
6. Monitoring va nazoratni amalga oshirish ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Monitoringni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
7. Monitoring legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hisobot shakllari vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
8. Monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, legallashtirishga qarshi kurashish sohasiga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni talab qilib olish man etiladi.
9. Monitoring davomida legallashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli organlar tomonidan ularni bartaraf etish choralari koʻriladi yoki monitoring natijalariga koʻra tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
3-bob. Nazoratni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
10. Nazorat ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida vakolatli organlar tomonidan mustaqil yoki maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi asosida tegishli vakolatli organlari tomonidan uning nazorati ostidagi tashkilotlarda tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.
11. Tekshiruv Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda oʻtkaziladi, tadbirkorlik subyekti boʻlmagan tashkilotlar bundan mustasno.
12. Tekshiruv davomida legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni oʻrganish taqiqlanadi.
13. Tekshiruv vakolatli organlar tomonidan mustaqil yoki hamkorlikda chiqarilgan tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqqa (farmoyishga) (keyingi oʻrinlarda — buyruq (farmoyish) asosan oʻtkaziladi.
Tekshiruvni oʻtkazish uchun vakolatli organlarning ikki yoki undan ortiq xodimlari jalb etilgan taqdirda, buyruq yoki farmoyishda ulardan biri tekshiruvda vazifalarni taqsimlash boʻyicha guruh rahbari etib belgilanadi.
14. Hamkorlikda oʻtkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlanishidan kamida besh kun oldin oʻzaro xabardor qilgan holda oʻtkaziladi.
15. Buyruq (farmoyish)da quyidagilar koʻrsatiladi:
tekshiruv oʻtkazadigan vakolatli organ(lar) nomi;
buyruq (farmoyish) raqami va sanasi;
tekshiruv oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
tekshiruv oʻtkaziladigan tashkilotning nomi, pochta manzili va faoliyat koʻrsatish joyi;
tekshiruv jarayonida oʻrganiladigan masalalar doirasi hamda tekshirilayotgan faoliyat davri;
tekshiruvni boshlash va tugash muddati.
Tekshiruvni boshlashdan oldin tekshiruv dasturi tuzilishi va unda oʻrganiladigan masalalar aks ettirilishi lozim.
16. Tekshiruv dasturiga quyidagilar kiritiladi:
masʼul shaxslarni tayinlash tartibiga rioya etilishi;
masʼul shaxsni oʻqitish va qayta tayyorlashni tashkil etish ahvoli;
tashkilot faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilganligi va ularga rioya etilishi;
ichki nazoratni va mijozlarni tekshirish choralarini joriy etish;
legallashtirish bilan bogʻliq tavakkalchilikni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etish, shuningdek, ushbu tavakkalchilik haqida rahbariyatni oʻz vaqtida xabardor qilish va ularni kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish holati;
masʼul shaxslarning zimmasiga ichki nazorat qoidalari va lavozim yoʻriqnomasi bilan yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi;
mijozlarni, shu jumladan benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha oʻz vaqtida va toʻliq choralar koʻrilganligi;
masʼul shaxslar tomonidan mijozlarni tekshirish, mijoz yoki operatsiyalarning tavakkalchilik darajasini aniqlash, tavakkalchiliklarni qayd etish hamda nazorat qilishning kengaytirilgan choralarini qoʻllashning tartib va talablariga rioya etilishi;
operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) kiritilgan shaxslarni aniqlash boʻyicha ishlar holati;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish tartib va talablariga rioya etilishi;
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan operatsiyalarni toʻxtatib turish yuzasidan yuborilgan koʻrsatmalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi;
legallashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq ishlarda maxfiylik talablariga rioya etilishi;
operatsiyalar haqidagi axborotlarni, identifikatsiyalash maʼlumotlarini, mijozlarni tekshirish materiallarini, shuningdek, legallashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni saqlash tartiblariga rioya etilishi;
shubhali operatsiyalar haqida xabarlarni tayyorlash talablariga hamda ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish muddati va tartibiga rioya etilishi;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar), shu jumladan ushbu operatsiyalarning barcha holatlari va kontragentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi;
maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishi;
legallashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tashkilotlar, shu jumladan ushbu sohadagi xorijiy davlat vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish ahvoli;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalar.
17. Tekshiruvni oʻtkazish vaqtida tekshiruvga aloqador boʻlmagan shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi, vakolatli organlar tomonidan jalb etilgan mutaxassislar bundan mustasno.
18. Tashkilotning mansabdor shaxsi buyruq (farmoyish)ni qabul qilishdan bosh tortishi tekshiruvni oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda dalolatnoma tuzilib, tekshiruv hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Tekshiruvni oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim.
19. Tekshiruv dalolatnomasiga “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxs “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda, tashkilot mansabdor shaxsi tekshiruv oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka haqli.
20. Buyruq (farmoyish)da koʻrsatilgan sana ushbu tekshiruvni oʻtkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
21. Vakolatli organlar barcha oʻtkazilgan tekshiruv natijalari haqida maxsus vakolatli davlat organini tekshiruv tugagan kundan soʻng uch ish kuni ichida xabardor qilishi lozim.
4-bob. Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslar hamda tashkilot mansabdor shaxsining huquq va majburiyatlari
22. Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotdan tekshiruv predmetiga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish, ularni oʻrganish hamda nusxa olish;
tashkilotning mansabdor shaxsidan tekshiruv predmetiga taalluqli masalalar boʻyicha yozma tushuntirish berishni hamda aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qilish;
tashkilot rahbariyati oldiga aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini qoʻyish;
aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish.
Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxslari uchun majburiy hisoblanadi.
23. Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
tekshiruv boshlangunga qadar tashkilot mansabdor shaxsini buyruq (farmoyish) bilan tanishtirish va uning nusxasini imzo qoʻydirgan holda taqdim etish;
tashkilot mansabdor shaxsini tekshiruv maqsadi bilan tanishtirish, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatish;
tekshirilayotgan tashkilotda “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi” mavjud boʻlgan hollarda, uning elektron yoki qogʻoz shaklini toʻldirish;
tekshiruvni oʻtkazish vaqtida tashkilot mansabdor shaxsiga uning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, tekshiruv vaqtida mutaxassislarni jalb qilishga haqli ekanligini tushuntirish;
oʻziga maʼlum boʻlgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
oʻtkazilgan tekshiruv natijalari bilan tashkilot mansabdor shaxsini tanishtirish;
tekshiruv natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritilishini taʼminlash;
oʻz vakolatlari va buyruq (farmoyish)da belgilangan tekshiruv maqsadlari doirasidan chiqmaslik.
Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
24. Tashkilot mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
buyruq (farmoyish) nusxasini olish, tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsning xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasi bilan tanishish;
tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish;
tekshiruvni oʻtkazish uchun qonuniy asoslarga ega boʻlmagan shaxslarga tekshiruvni oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsdan “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ning elektron yoki qogʻoz shaklini toʻldirishni talab qilish, toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda esa — oʻzining hududi va binolariga kirishiga yoʻl qoʻymaslik;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsning vakolatiga kirmaydigan yoki tekshiruv predmetiga aloqador boʻlmagan masalalar boʻyicha talablarni bajarmaslik;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish, ular bilan tanishish va nusxa olish;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Tashkilot mansabdor shaxsi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
25. Tashkilot mansabdor shaxsi quyidagi majburiyatlarga ega:
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsga tekshiruv bilan bogʻliq hujjatlar, shuningdek, elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlash;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsning tekshiruv bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish hamda uning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsga oʻz vazifalarini bajarishda koʻmaklashish va tekshiruv predmetiga aloqador masalalar boʻyicha yozma tushuntirishlar berish.
Tashkilot mansabdor shaxsi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
5-bob. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish
26. Tekshiruv natijalari boʻyicha tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxs tomonidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Tekshiruv dalolatnomasi ikki nusxada, hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruvlar boʻyicha esa, uch nusxada tuziladi hamda tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslar va tashkilot mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi.
27. Tekshiruv dalolatnomasida quyidagilar qayd etilishi lozim:
tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli organ(lar) nomi;
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
buyruq (farmoyish) raqami va sanasi;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
tekshirilgan tashkilotning nomi, pochta manzili va faoliyat koʻrsatish joyi;
tekshiruv oʻtkazilgan joy va sana, tekshirilgan faoliyat davri;
tekshiruv natijalari, shu jumladan aniqlangan qonun buzilish holatlari, ularning xususiyatlari hamda qonun buzilishida javobgar boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar;
tashkilotning mansabdor shaxsi dalolatnoma bilan tanishganligi (imzolaganligi), tekshiruv natijalari boʻyicha berilgan shikoyat va eʼtirozlar hamda tanishishdan yoki imzolashdan bosh tortganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
“Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsning imzosi.
28. Tekshiruv dalolatnomasining bir nusxasi tekshiruv oʻtkazilgan tashkilot mansabdor shaxsiga tilxat orqali topshiriladi hamda tekshiruv natijalari haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
29. Tekshiruv dalolatnomasi tashkilot mansabdor shaxsiga topshirilgan kun tekshiruv yakunlangan kun deb hisoblanadi.
30. Tekshiruvni oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarning nusxalari, tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan hujjatlar, mutaxassislar xulosalari, tekshiruv davomida olingan materiallar, shuningdek, tekshiruv doirasidagi harakatlarning bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar tekshiruv dalolatnomasiga ilova qilinadi.
31. Tekshiruv natijasi boʻyicha aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va qonuniy chora koʻrish tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli organ, hamkorlikdagi tekshiruv boʻyicha esa, tekshiruv tashabbuskori tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxs aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha faqat oʻz vakolati doirasida ularni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻrishi mumkin.
32. Tekshiruv davomida aniqlangan legallashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari boʻyicha ish yuritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
33. Vakolatli organlar ushbu Nizomga muvofiq oʻtkazilgan tekshiruvlar hamda koʻrilgan choralar hisobini yuritishlari lozim.
34. Vakolatli organlar oʻtkazilgan monitoring va nazorat natijalari haqidagi maʼlumotlarni elektron shaklda mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan jadval asosida maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
35. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organlar

1. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etgan hisobotlarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni masofaviy tarzda tahlil qilish va oʻrganish.

1. Doimiy ravishda

2. Oʻrganish davomida qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish yoki monitoring natijalariga koʻra tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

2. Monitoring natijalariga koʻra

 

2-bosqich

Vakolatli organlar

1. Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq (farmoyish) qabul qilish.

2. Tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish, tadbirkorlik subyekti boʻlmagan tashkilotlar bundan mustasno.

3. Tekshiruv dasturini ishlab chiqish.

1 kun ichida

3-bosqich

Vakolatli organlarning tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxsini buyruq bilan tanishtirish.

1. Tekshiruv boshlangan kunda

2. “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni toʻldirish.

2. 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3. Tekshiruvni amalga oshirish, tekshiruv predmetiga doir hujjatlar, materiallar va maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish.

4-bosqich

Tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxsi

1. Tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish.

2. Tekshiruv materiallari bilan tanishish va nusxa olish.

3. Tekshiruvni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan shaxsga oʻz vazifalarini bajarishda koʻmaklashish va tekshiruvga doir masalalar boʻyicha yozma tushuntirishlar berish.

Tekshiruv davomida

5-bosqich

Vakolatli organlarning tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzish va nusxasini tashkilot mansabdor shaxsiga taqdim etish.

1. Tekshiruv yakunlangan kunda

2. Tekshiruv natijalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish hamda ularni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritish.

2. Tekshiruv yakunlangandan soʻng uch kun ichida

3. Aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha choralar koʻrish.

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
Auditorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Moliya vazirligi

1. Auditorlik tashkiloti taqdim etgan hisobotlarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni masofaviy tarzda tahlil qilish va oʻrganish.

1. Doimiy ravishda

2. Oʻrganish davomida qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish yoki monitoring natijalariga koʻra tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

2. Monitoring natijalariga koʻra

2-bosqich

Moliya vazirligi

1. Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq (farmoyish) qabul qilish.

2. Tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish.

3. Tekshiruv dasturini ishlab chiqish.

1 kun ichida

3-bosqich

Moliya vazirligining tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Auditorlik tashkilotining mansabdor shaxsini buyruq bilan tanishtirish.

1. Tekshiruv boshlangan kunda

2. “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni toʻldirish.

2. 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3. Tekshiruvni amalga oshirish, tekshiruv predmetiga doir hujjatlar, materiallar va maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish.

4-bosqich

Auditorlik tashkilotining mansabdor shaxsi

1. Tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish.

2. Tekshiruv materiallari bilan tanishish va nusxa olish.

3. Moliya vazirligining vakolatli xodimiga oʻz vazifalarini bajarishda koʻmaklashish va tekshiruvga doir masalalar boʻyicha yozma tushuntirishlar berish.

Tekshiruv davomida

5-bosqich

Moliya vazirligining tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzish va nusxasini auditorlik tashkiloti mansabdor shaxsiga taqdim etish.

1. Tekshiruv yakunlangan kunda

2. Tekshiruv natijalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish hamda ularni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritish.

2. Tekshiruv yakunlangandan soʻng uch kun ichida

3. Aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha choralar koʻrish.

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

_________________________________________________________________________ tomonidan 20_____ yilning ______ choragida

(vakolatli organ nomi)

pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat natijasida boʻyicha
‎MAʼLUMOT

‎T/r

‏Tashkilot nomi

Nazorat turi

Aniqlangan qonun buzilish holatlarining qisqa mazmuni

Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar

Tashkilotga nisbatan qoʻllanilgan sanksiyalar

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni

‏monitoring natijalari

nazorat natijalari

Jami

Shu jumladan

maʼmuriy

intizomiy

‎1.

‎2.

3.‎

4.‎

5.‎

‎6.

7.‎

(vakolatli organ rahbari)
20__ yil “____” ___________
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” boʻlimida “Departament boshligʻining yordamchisi” soʻzlaridan keyin “Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustuni 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham boʻladilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 5-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-iyundagi 123-son qarorining nomidagi, 1-bandi uchinchi xatboshisidagi va 2-ilovasi nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
53-bandi 4-kichik bandi birinchi xatboshisidagi va uchinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” va “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 1-fevraldagi 25-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 48-modda) 2-bandidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 23-yanvardagi 16-son qarorida:
a) 1-banddagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasinlar”;
v) 3-banddagi va 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 90-modda) ilovasining 19-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashtirishdan olingan daromadlar legallashtirilishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik” soʻzlari “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida nizomning 13-bandi oʻn ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 3-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarining 25-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlari “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Ijtimoiy dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
“v” kichik banddan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga tovar-xom ashyo birjalari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
tovar-xom ashyo birjalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi”;
oʻttiz uchinchi — qirq ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻttizinchi — oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son)
24. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 616-son qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentining 14-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 54-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar kameral soliq tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan boʻlsa, kameral soliq tekshiruvi natijasida koʻp va juda koʻp miqdorda soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari boʻyicha undirilgan soliqlar, penya va moliyaviy jarimalar summalarining 20 foizi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hamda 20 foizi Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Bunda, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish va undirilgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuro toʻgʻrisida namunaviy nizomning 112-bandi “b” va “g” kichik bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2005-yil 6-noyabrdagi 243-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida” 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi “v” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2013-yil 5-dekabrdagi 318-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 38-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 10-bandi “g”, “d” va “e” kichik bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 26-martdagi 238-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son; 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)