toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 21-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish (bundan buyon matnda majburiy sugʻurta deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma — sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi haqida sugʻurtalovchiga xabar berish uchun yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan joyda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
kompensatsiya toʻlovlari — majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta toʻlovini amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan toʻlovlar;
sugʻurta hodisasi — transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchining yoki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha javobgarligi sugʻurtalangan boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi boʻlib, bu sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini keltirib chiqaradi;
sugʻurtalovchi — majburiy sugʻurta qilishga haqli tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzgan transport vositasi egasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta summasi — muayyan summa boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasi boʻyicha ushbu summa doirasida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
transport vositasi — yoʻllarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki oʻziga oʻrnatilgan uskunalarni tashish uchun moʻljallangan qurilma;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasining egasi — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish toʻgʻrisidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. Oʻz xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud oʻzga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi boʻlmaydi;
(3-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi (bundan buyon matnda majburiy sugʻurta shartnomasi deb yuritiladi) — sugʻurta shartnomasi boʻlib, unga koʻra sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga ushbu sugʻurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi;
(3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
transport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yoʻllarda (yoʻl harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun moʻljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat boʻlgan foydalanish. Transport vositasiga oʻrnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bogʻliq boʻlmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi.
4-modda. Majburiy sugʻurtaning asosiy prinsiplari
Majburiy sugʻurtaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
umumiylik;
majburiylik;
jabrlanuvchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar oʻrni qoplanishining kafolatlanishi.
2-bob. Majburiy sugʻurtani amalga oshirish shartlari va tartibi
5-modda. Majburiy sugʻurta obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi qonunchilikka muvofiq yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari majburiy sugʻurta obyektidir.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchining va (yoki) majburiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan transport vositasi boshqa egasining, shuningdek transport vositasidan foydalanuvchilarning soni cheklanmagan holda foydalanishdagi boshqa egalarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalanishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
6-modda. Transport vositalari egalarining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati
Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurtalashlari shart.
Fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch gʻildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha boʻlgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno;
chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sugʻurta tizimlari doirasida sugʻurtalangan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ushbu Qonunga muvofiq fuqarolik javobgarligi boshqa shaxs tomonidan sugʻurtalangan transport vositalari egalariga nisbatan fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
Egalarining fuqarolik javobgarligi ushbu Qonunga muvofiq sugʻurtalanmagan transport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sugʻurta tizimlarining sugʻurta polislari mavjud boʻlmagan taqdirda, chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart.
7-modda. Majburiy sugʻurta shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sugʻurta shartnomasi ommaviy shartnoma boʻlib, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tuziladi.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi III-boʻlimining 2-kichik boʻlimi (“Shartnoma toʻgʻrisida umumiy qoidalar”) va 927, 929-931-moddalari.
Majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarida koʻrsatilgan majburiy sugʻurta shartnomasining namunaviy shartlariga mos boʻlishi kerak.
8-modda. Sugʻurta hodisasi hisoblanmaydigan fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi
Ushbu Qonunga muvofiq quyidagilar oqibatida fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi hisoblanmaydi:
majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisida (bundan buyon matnda sugʻurta polisi deb yuritiladi) koʻrsatilmagan transport vositasidan foydalanilganda zarar yetkazilganligi;
maʼnaviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning oʻrnini qoplash majburiyatining yuzaga kelganligi;
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki oʻquv mashqlari mobaynida foydalanilganda zarar yetkazilganligi;
atrof muhitning ifloslanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tashilayotgan yuk taʼsirida zarar yetkazilganligi, agar bunday javobgarlik majburiy sugʻurtaning tegishli turi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq majburiy sugʻurta qilinishi lozim boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi OʻRQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi, agar bu zararning oʻrni majburiy sugʻurtaning tegishli turi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim boʻlsa;
(8-modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi OʻRQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash majburiyati;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning oʻrnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
haydovchining oʻzi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga oʻrnatilgan uskunalarga zarar yetkazganligi;
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi boʻlgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanayotganida zarar yetkazilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlariga, nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qogʻozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yoʻq qilinganligi;
(8-moddasining birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
jabrlanuvchilarning sugʻurta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda trancport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning oʻrni ular tomonidan qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
9-modda. Majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati
Majburiy sugʻurta shartnomasi bir yil muddatga tuziladi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida, shuningdek ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari ushbu transport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalaniladigan butun muddatga, lekin kamida oʻn besh kunga majburiy sugʻurta shartnomasini tuzadi, ushbu Qonun 6-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va hokazo) uning egasi transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borish muddatiga majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
10-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishi
Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tariflarini davlat tomonidan tartibga solish ushbu Qonunga muvofiq iqtisodiy asoslangan sugʻurta tariflarini yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash, shuningdek sugʻurta tariflarining tuzilishini va sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta mukofoti miqdorini aniqlashda ularning qoʻllanilish tartibini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sugʻurta tariflarining tuzilishi va sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta mukofoti summasini aniqlashda ularning qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Belgilangan sugʻurta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas. Sugʻurta tariflarining oʻzgarishi sugʻurta qildiruvchi toʻlash paytida amalda boʻlgan sugʻurta tariflariga koʻra toʻlagan sugʻurta mukofotining miqdori majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi muddati mobaynida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
11-modda. Sugʻurta tariflarining bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlari
Sugʻurta tariflari bazaviy stavkalardan va koeffitsiyentlardan iborat boʻladi.
Sugʻurta tariflarining bazaviy stavkalari transport vositalarining ulardan foydalanishda zarar yetkazilishi ehtimoliga va yetkazilgan zararning potensial miqdoriga jiddiy taʼsir etadigan texnik tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari hamda belgilangan maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilanadi:
transport vositasidan eng koʻp foydalaniladigan hududdan;
oʻtgan davrlarda majburiy sugʻurtani amalga oshirishda sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta toʻlovlari toʻlanganligi yoki toʻlanmaganligidan;
haydovchining haydovchilik stajidan;
transport vositasidan foydalanishning mavsumiyligidan;
oʻtgan davrlarda sugʻurtalovchi soʻragan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sugʻurta qildiruvchi tomonidan bila turib buzib koʻrsatilganligi, toʻgʻri maʼlumotlar xabar qilingan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan summaga nisbatan kamroq summada sugʻurta mukofoti toʻlanishiga olib kelganligi faktlarining mavjudligidan;
oʻtgan davrlarda sugʻurta qildiruvchi (majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan boshqa shaxs) tomonidan sugʻurta hodisasi sodir boʻlishiga, shuningdek yetkazilgan zararning miqdori oshishiga qasddan koʻmaklashish yoki sugʻurta hodisasining sodir boʻlishi holatlarini sugʻurta toʻlovini oshirish maqsadida bila turib buzib koʻrsatish faktlariga yoʻl qoʻyilganligidan;
oʻtgan davrlarda regress talab qoʻyilishiga asos boʻlgan holatlarda sugʻurta qildiruvchi (majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan boshqa shaxs) tomonidan zarar yetkazilishi faktlari mavjudligidan;
ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari qoʻllanilganidan.
Ushbu modda uchinchi qismining oltinchi—sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarni hisobga oluvchi sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari mazkur harakatlar yoki harakatsizlik toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga maʼlum boʻlgan davrdan keyingi davr uchun majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllaniladi.
Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining eng koʻp miqdori transport vositasidan eng koʻp foydalaniladigan hudud inobatga olingan holda tuzatish kiritilgan tegishli sugʻurta tarifi bazaviy stavkasining uch baravaridan, ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilangan sugʻurta tariflarining barcha koeffitsiyentlari qoʻllanilganda esa, besh baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Sugʻurta tariflarida chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishda sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllaniladigan bazaviy stavkalar va koeffitsiyentlar qoʻshimcha ravishda nazarda tutilishi mumkin.
Sugʻurtalovchilar ushbu Qonunga muvofiq belgilanganidan farq qiluvchi sugʻurta tariflarining bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlarini qoʻllashga haqli emas.
12-modda. Sugʻurta mukofoti
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga sugʻurta mukofotini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlashi shart. Sugʻurta mukofoti sugʻurta tariflari bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlarining koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 942-moddasi.
Transport vositasining egasi oʻzgarishi yoki transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanishi yoxud u bundan buyongi foydalanish uchun yaroqsiz holatda ekanligi sababli majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, sugʻurta mukofotining bir qismi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga va majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi shartnomaning qolgan amal qilish muddati kunlariga mutanosib summada sugʻurta qildiruvchiga qaytariladi.
Majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa asoslarga koʻra muddatidan ilgari tugatilganda, sugʻurtalovchi sugʻurta mukofotining qaytariladigan qismidan mazkur majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻzining isbotlanadigan xarajatlari summasini sugʻurta mukofotining 25 foizidan oshmagan miqdorda chegirib qolishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Pul mablagʻlari sugʻurtalovchining (sugʻurta agentining) bank hisobvaragʻiga kelib tushgan sana sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
13-modda. Sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlar
Sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar ega:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941—1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
pensionerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar.
(13-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan sugʻurta qildiruvchilarga sugʻurta mukofoti toʻlashda sugʻurta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi. Sugʻurta mukofoti summasining qolgan 50 foizi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan (bundan buyon matnda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi deb yuritiladi) sugʻurtalovchining sugʻurta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida qoplanadi.
Sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan sugʻurta qildiruvchining oʻziga tegishli bitta transport vositasi boʻyicha majburiy sugʻurta qilinganda beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov toʻgʻrisida sugʻurta polisiga tegishli belgi qoʻyiladi.
14-modda. Majburiy sugʻurtani amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilarga qoʻyiladigan talablar
Majburiy sugʻurtani amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi oʻziga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sugʻurtani amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomasi tuzishga, jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) sugʻurta toʻlovlari haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi kerak.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari egallab turgan binolarda va hududlarda majburiy sugʻurta shartnomalari tuzishga hamda majburiy sugʻurta boʻyicha muayyan sugʻurtalovchining xizmatlari reklamasini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15-modda. Sugʻurta polisi
Majburiy sugʻurta transport vositasining egasi va sugʻurtalovchi oʻrtasida majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganda sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofotini toʻlaganidan keyin unga majburiy sugʻurta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlgan sugʻurta polisini taqdim etadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta polisi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurta polisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
sugʻurtalovchi toʻgʻrisidagi;
sugʻurta qildiruvchining, haydovchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchining, uning barcha filiallarining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), ular bilan aloqa bogʻlash vositalari haqidagi hamda filiallarning ish vaqti toʻgʻrisidagi;
(15-moddaning beshinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sugʻurta qildiruvchining faoliyati turi toʻgʻrisidagi;
majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish davri toʻgʻrisidagi;
sugʻurta mukofoti toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta summasi toʻgʻrisidagi;
(15-modda toʻrtinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
egasining fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinayotgan transport vositasi toʻgʻrisidagi;
majburiy sugʻurta shartnomasining boshqa muhim shartlari toʻgʻrisidagi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta polisining namunasi, shuningdek yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaning namunasi hamda uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 1-ilova.
16-modda. Transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishda majburiy sugʻurta qilish
Transport vositasining egasi oʻziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanilishini hisobga olgan holda majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositasining faqat sugʻurta qildiruvchi koʻrsatgan haydovchilar tomonidan boshqarilishi va (yoki) transport vositasidan mavsumiy (kalendar yilda majburiy sugʻurta shartnomasida belgilangan olti yoki undan koʻproq oy mobaynida) foydalanilishi transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanish deb eʼtirof etiladi. Transport vositasining egasi sugʻurtalovchiga majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda mazkur holatlar haqida yozma ravishda bildirishga haqli. Bu holda sugʻurta mukofoti transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan haydovchilarning haydovchilik staji, yoshini hamda shaxsiga oid boshqa maʼlumotlarni va (yoki) transport vositasidan foydalaniladigan muayyan davrni hisobga oluvchi sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari qoʻllanilgan holda belgilanadi.
Transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanish hisobga olingan holda majburiy sugʻurta amalga oshirilayotganda sugʻurta polisida transport vositasini boshqarishga, shu jumladan tegishli ishonchnoma asosida boshqarishga ruxsat etilgan haydovchilar va (yoki) majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan transport vositasidan foydalaniladigan aniq davr koʻrsatiladi.
Transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanish hisobga olinadigan majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi davrida sugʻurta qildiruvchi transport vositasini boshqarishga ruxsat etilganlar sifatida sugʻurta polisida koʻrsatilmagan haydovchilarga transport vositasini boshqarish topshirilganligi va (yoki) undan foydalanish davri majburiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan aniq davrdan koʻpaytirilganligi haqida sugʻurtalovchiga darhol yozma shaklda xabar qilishi shart. Bunday xabar olinganda sugʻurtalovchi sugʻurta polisiga tegishli oʻzgartishlar kiritadi. Bunda sugʻurtalovchi sugʻurta polisiga xavfning oshishiga mutanosib ravishda tegishli oʻzgartishlar kiritilgan kunda amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlanishini talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
161-modda. Transport vositasidan cheklanmagan tarzda foydalanishda majburiy sugʻurta qilish
Transport vositasining egasi transport vositasining soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish maqsadida majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomasida transport vositasining mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi koʻrsatilmaydi. Bunda ularning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan hisoblanadi.
(161-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
17-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
Agar majburiy sugʻurtani amalga oshirishda mazkur sugʻurta turi boʻyicha sugʻurtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda koʻrsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq boʻlsa, ortiq summa sugʻurtalovchi tomonidan keyingi yillarda sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun sugʻurta zaxirasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
18-modda. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining almashtirilishi
Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining almashtirilishi mazkur sugʻurtalovchi boshqa sugʻurtalovchi bilan tuzgan shartnoma asosida, ushbu moddaning talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchining almashtirilishiga sugʻurtalovchining qaysi sugʻurta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha boshqa sugʻurtalovchiga oʻtkaziladigan boʻlsa, shu sugʻurta qildiruvchilarning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sugʻurtalovchiga oʻtkaziladigan majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur boʻladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilib olayotgan sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) sugʻurtalovchini almashtirishga rozi ekanliklari toʻgʻrisidagi soʻrovi yozma shaklda amalga oshiriladi. Soʻrovda sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) sugʻurtalovchining almashtirilishini rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.
Sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) sugʻurtalovchining almashtirilishiga rozilik berishga yoki rad etishga haqlidir. Sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sugʻurtalovchini oʻz qarori toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim. Sugʻurtalovchining majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻziga oʻtkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonunchilikka muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab boʻlmasligi kerak.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Sugʻurta hodisalari boʻyicha zararning oʻrnini qoplash
19-modda. Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) harakatlari
Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga koʻra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan majburiy sugʻurta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart.
Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakili sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda:
jabrlanuvchiga (uning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) uch kalendar kundan kechiktirmay sugʻurta polisining nusxasini topshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
darhol, lekin majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatdan kechiktirmay, sodir boʻlgan hodisa haqida yozma shaklda, sugʻurta polisining nusxasini ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga yoki uning filialiga hamda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi va transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir boʻlgan payti, koʻrilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yoʻl-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan daʼvogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar toʻliq hajmda, shuningdek sugʻurta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor boʻlganligi va sugʻurta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab boʻlishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak;
(19-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sugʻurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qonun 202-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga taqdim etishi;
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) sugʻurta toʻloviga boʻlgan oʻz huquqidan foydalanish niyatida boʻlsa, u sugʻurtalovchiga oʻz hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurta summasi doirasida qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan yozma ariza yuborishi shart.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining yoki uning merosxoʻrlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sugʻurta toʻlovi toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sugʻurtalovchiga yoki uning filialiga yuboriladi:
(19-moddaning toʻrtinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sugʻurta polisi (agar boʻlsa);
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi maʼlumotnomasi yoxud hayot yoki sogʻliqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, oʻlim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari, xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar);
(19-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxoʻrlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchining merosxoʻrlariga yoxud huquqiy vorislariga toʻlanishi kerak boʻlsa).
Agar foydalanilayotganda jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalanmagan yoki egasi nomaʼlum boʻlsa, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda kompensatsiya toʻlovini olish huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning jabrlanuvchilarga taalluqli qoidalari boquvchisining vafoti natijasida zarar koʻrgan shaxslarga, jabrlanuvchilarning merosxoʻrlariga hamda fuqarolik qonunchiligiga muvofiq boshqa shaxslar tomonidan transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega boʻlgan oʻzga shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(19-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Sugʻurta hodisasining toʻgʻridan-toʻgʻri hal etilishi
Sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etishda sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) boʻlgan jabrlanuvchi oʻzi bilan majburiy sugʻurta shartnomasini tuzgan sugʻurtalovchiga hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.
Sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish qoʻllanilganda aybdor tarafning sugʻurtalovchisi jabrlanuvchining sugʻurtalovchisiga jabrlanuvchiga sugʻurta tovonini toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish uchun asoslar
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi. Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning oʻzida quyidagilar asos boʻladi:
yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan boʻlsa;
yoʻl-transport hodisasida ishtirokchi boʻlgan haydovchilardan biri oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlsa;
yoʻl-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan boʻlsa;
yoʻl-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan tirkamali transport vositalari) toʻqnashuvi natijasida roʻy bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan boʻlsa;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yoʻl-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sugʻurta qilingan boʻlsa;
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma (bundan ishonchnoma talab etilmaydigan hollar mustasno), yoʻl varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud boʻlib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati oʻtmagan boʻlsa;
yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari boʻlgan haydovchilarda mastlik holati boʻlmasa;
yoʻl-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va roʻyxati yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari oʻrtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan bittasi mavjud boʻlmagan taqdirda, tuzilgan yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sugʻurtalovchi tomonidan ishni koʻrib chiqish jarayonida aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon boʻlganda) sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlangan hollarda) oʻsha kunning oʻzida ichki ishlar organlariga yuboradi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani koʻrib chiqish chogʻida aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari boʻlmaganda sugʻurtalovchining yigʻilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni asossiz rad etgan deb baholanadi.
202-modda. Transport vositalari egalarining va sugʻurtalovchilarning yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish chogʻidagi harakatlari
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan hodisa sodir boʻlganidan keyin haydovchilar tomonidan darhol joyning oʻzida va ikki nusxada tuziladi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilgan sugʻurtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
yoʻl-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari toʻqnashgan joyning (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;
yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yoʻl-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran toʻrt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari, shuningdek sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning tanloviga koʻra aybdor tarafning sugʻurtalovchisidan sugʻurta tovonini olish maqsadida sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi ariza oʻrniga sugʻurta tovonini toʻlash haqidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sugʻurtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin. Bunda ariza aybdor tarafning sugʻurtalovchisi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
(202-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasi sugʻurtalovchiga ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan oʻtkazish qiymati sugʻurtalovchi tomonidan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Transport vositalari egalari yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan transport vositalarini koʻrikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun soʻrov olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida sugʻurtalovchining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sugʻurtalovchining yozma roziligisiz yoki sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoxud uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar taʼmirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoki uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalarini koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda, sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
(202-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida belgilangan sugʻurta tovoni miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sugʻurtalovchiga taqdim etilganidan soʻng oshgan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurta summasining faqat ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlmagan qismini sugʻurta tovoni sifatida toʻlaydi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(201 va 202-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining V1 boʻlimi va 8-ilovasi.
21-modda. Jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan hamda majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanadigan zararning miqdorini aniqlash
Jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan hamda majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanadigan zararning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Jabrlanuvchi (uning merosxoʻri) oʻz tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining soʻroviga binoan sugʻurtalovchiga ushbu Qonun 19-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan barcha hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek unga hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning hajmi hamda xususiyatini tasdiqlovchi barcha maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni yozma shaklda xabar qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining V1 boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash uchun koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertizani tashkil etish hamda oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish maqsadida sugʻurtalovchiga oʻz tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining soʻroviga binoan taqdim qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilish sugʻurta hodisasi mavjudligini toʻgʻri belgilash, oʻtkazilgan baholash natijalari esa majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini toʻgʻri aniqlash imkonini bermasa, mazkur holatlarni aniqlash uchun sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan shikastlangan transport vositasini koʻzdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasi yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertizani tashkil etishga, shuningdek jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishga haqli. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining talabiga koʻra ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) yozma ravishda murojaat etgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, agar ular oʻrtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan boʻlsa, koʻzdan kechirishi, uning mustaqil ekspertizasini va baholashdan oʻtkazishni tashkil etishi shart.
Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning qoldiqlarining oʻziga xos xususiyatlari mol-mulkni sugʻurtalovchi, ekspert va (yoki) baholovchi tashkilot joylashgan yerda koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertizani va baholashdan oʻtkazishni tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yoʻl harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertiza va baholashdan oʻtkazish shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
Agar sugʻurtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddatda koʻzdan kechirmagan, mustaqil ekspertizani va baholashdan oʻtkazishni tashkil etmagan boʻlsa, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sugʻurtalovchiga koʻzdan kechirish uchun taqdim etmagan holda ekspertizani va baholashdan oʻtkazishni tashkil etish uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sugʻurtalovchi mustaqil ekspertiza va baholash natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
Sugʻurta toʻlovi amalga oshirilishiga asos boʻlgan mustaqil ekspertiza va baholash qiymati sugʻurtalovchi tomonidan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertiza qilish va baholashga qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan mazkur mol-mulkni taʼmirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sugʻurta hodisasining mavjudligini va majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini toʻgʻri aniqlash imkonini bermasa, sugʻurtalovda jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta toʻlovini yoki uning bir qismini toʻlashni rad etishga haqli.
(21-moddaning ikkinchi—sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
22-modda. Sugʻurta tovoni miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda sugʻurta tovonining miqdori sugʻurta summasining 65 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga) tegadigan sugʻurta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sugʻurta tovonining miqdori sugʻurta summasining 35 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Bir nechta jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) tegadigan sugʻurta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi.
Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish boʻyicha xarajatlar sugʻurta tovoni miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Sugʻurta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarni qoplamaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan sugʻurta summasi doirasida qoplanadi.
(22-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 1-bandi.
23-modda. Sugʻurta tovonini toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasidan oshmagan miqdorda sugʻurtalovchi tomonidan bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlanadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Agar sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligi bilan oʻz hisobidan qoplasa, sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibida oʻzi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta toʻlovini toʻlaydi.
Agar sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) transport vositasidan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurtalovchining yozma roziligisiz har qanday usulda qoplasa yoki qoplashni vaʼda qilsa, sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) bu harakatlari sugʻurtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Jabrlanuvchi (uning merosxoʻri) hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan olgan toʻlovlar sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatini kamaytirmaydi.
Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish choralarini koʻrganligi yoxud jabrlanuvchiga kechiktirib boʻlmaydigan yordam koʻrsatganligi sugʻurtalovchi ushbu Qonunda oʻzi uchun belgilangan majburiyatlarni bajarishni rad etishiga asos boʻlolmaydi.
Agar majburiy sugʻurta obyekti bir vaqtning oʻzida ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha ham sugʻurtalangan boʻlsa, ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovoni majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash shartlaridan qatʼi nazar toʻlanadi.
Agar sugʻurta hodisasi sodir boʻlishi natijasida jabrlanuvchi halok boʻlgan yoki uning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan boʻlsa, sugʻurta tovoni ushbu Qonunning 22-moddasi talablari inobatga olinmagan holda, shunday hodisa uchun toʻlovni nazarda tutuvchi barcha turdagi sugʻurta shartnomalariga muvofiq toʻlanadi.
Agar bitta sugʻurta hodisasi natijasida ikki yoki undan ortiq sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxslarning) fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan boʻlsa, sugʻurtalovchilar jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) har bir sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) aybi darajasiga muvofiq sugʻurta tovonini toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta tovoni toʻlovlari bir nechta jabrlanuvchiga (ularning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) toʻlanishi kerak boʻlsa va ularning sugʻurtalovchiga bildirilgan talablari summasi sugʻurta summasi miqdoridan ortiq boʻlsa, sugʻurta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) talablarining umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi.
(23-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdori toʻliq aniqlanguniga qadar sugʻurtalovchi jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) arizasiga koʻra sugʻurta toʻlovining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq boʻlgan qismini toʻlashga haqli.
Jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) bilan kelishuvga koʻra va majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida sugʻurtalovchi shikastlangan mol-mulkning sugʻurta tovoni hisobidan taʼmirlanishini va (yoki) uning qoldiqlari utilizatsiya qilinishini tashkil qilishga va haqini toʻlashga haqli.
Sugʻurta tovonini toʻlash sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi yoki uni toʻlash haqidagi qarori ariza beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay chiqarilishi hamda ariza beruvchiga xabar qilinishi kerak. Tovon toʻlash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilishi lozim.
(23-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sugʻurta tovonini toʻlash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta tovoniga qoʻshimcha ravishda, sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda penya toʻlaydi.
(23-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Agar majburiy sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta tovoni toʻlasa, sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchidan sugʻurta tovoni toʻlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddatda toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga va majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qoʻshimcha sugʻurta mukofotini toʻlaydi.
Sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan zararlarning oʻrnini, agar jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan sugʻurta hodisasi haqida zararlarning oʻrnini majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bergan boʻlsa, qoplaydi.
24-modda. Sugʻurtalovchining regress tartibida talab qilish huquqi
Sugʻurtalovchi zarar yetkazgan shaxsga (sugʻurta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsga) oʻzi toʻlagan sugʻurta toʻlovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan boʻlsa;
zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarilayotganda yetkazilgan boʻlsa;
mazkur shaxs oʻzi foydalanayotganda zarar yetkazgan transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan boʻlsa;
mazkur shaxs yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydan yashiringan boʻlsa;
mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sugʻurta shartnomasiga kiritilmagan boʻlsa (transport vositasidan faqat majburiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganda);
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur shaxs yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilganidan keyin toʻrt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish choralarini koʻrmagan boʻlsa yoki yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani sugʻurtalovchiga uzrli sabablarsiz oʻz vaqtida taqdim etmagan boʻlsa;
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
sugʻurta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir boʻlgan boʻlsa (transport vositasidan majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganda). Bunda sugʻurtalovchi mazkur shaxsdan sugʻurta hodisasini koʻrib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarar yetkazgan shaxsning yoki jabrlanuvchining qasdi oqibatida zarar yetkazilgani sud tartibida aniqlanadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
4-bob. Kompensatsiya toʻlovlari
25-modda. Kompensatsiya toʻlovlarini olish huquqi
Jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kompensatsiya toʻlovi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi quyidagilar oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilganligi;
(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning nomaʼlumligi;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasi uni gʻayriqonuniy yoʻl bilan, egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmaganligi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kompensatsiya toʻlovlarini olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar fuqarolari kompensatsiya toʻlovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan boʻlsa, egadir.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan eʼtiboran uch yil ichida bildirilishi mumkin.
26-modda. Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilganligi oqibatida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda sugʻurtalovchi jabrlanuvchi yoki transport vositasining egasi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani va sugʻurtalovchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga jabrlanuvchilarga (ularning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qiladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasi egasining nomaʼlumligi yoki fuqarolik javobgarligi sugʻurtalanmaganligi yoki transport vositasi uni gʻayriqonuniy yoʻl bilan egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi sababli sugʻurta tovonini toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchi yoki uning merosxoʻrlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari quyidagi hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat etadi:
(26-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
sugʻurta polisi (agar boʻlsa);
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan koʻrilgan boʻlsa;
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan maʼlumotnoma yoxud hayotga yoki sogʻliqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, oʻlim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar);
(26-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxoʻrlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchilarning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga toʻlanishi lozim boʻlsa).
Sugʻurtalovchi kompensatsiya toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda, Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini hamda zarar va sugʻurta tovonining miqdori toʻgʻri aniqlanganligini oʻrganib chiqishga, shu jumladan sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini shartnoma asosida jalb etish orqali oʻrganib chiqishga haqlidir.
Jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) kompensatsiya toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda, Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi zarar va sugʻurta tovoni miqdorini aniqlash uchun sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini shartnoma asosida jalb etishi mumkin.
Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish yoki mazkur toʻlovlarni toʻlashni asoslantirilgan tarzda rad etish toʻgʻrisidagi qaror Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan sugʻurtalovchi yoki jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) iltimosnoma bilan murojaat etgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida qabul qilinadi.
Kompensatsiya toʻlovlari ularni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kompensatsiya toʻlovlari ushbu moddada belgilangan muddatda toʻlanmagan boʻlsa, Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) ularni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda penya toʻlaydi.
(26-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Ushbu Qonun 21-moddasi qoidalarining jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibiga doir qismi Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining yoki shartnoma asosida ushbu maqsadda jalb qilingan sugʻurta bozori professional ishtirokchisining harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar shikastlangan mol-mulkni ushbu Qonun talablariga muvofiq koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilishni hamda baholashdan oʻtkazishni tashkil qilishga qadar shikastlangan mol-mulk taʼmirlanganligi yoki uning qoldiqlari utilizatsiya qilinganligi sugʻurta hodisasi mavjudligini va oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararlarning miqdorini aniq belgilash imkonini bermasa, Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi jabrlanuvchiga kompensatsiya toʻlovini yoki uning bir qismini toʻlashni rad etishga haqli.
(26-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirishni rad etishi ustidan sugʻurtalovchi yoki jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) daʼvo arizasi berishi orqali sud tartibida nizolashilishi mumkin.
27-modda. Kompensatsiya toʻlovlarining miqdori
Kompensatsiya toʻlovlarining miqdori ushbu Qonun 22-moddasining talablariga rioya etilgan holda aniqlanadi.
Kompensatsiya toʻlovlari sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarni qoplamaydi.
Kompensatsiya toʻlovlari zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) tashabbusi bilan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilganligi munosabati bilan vujudga kelgan, uning barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini hatto bu choralar muvaffaqiyatli boʻlmagan hollarda ham qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) tashabbusiga koʻra kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilganligi munosabati bilan vujudga kelgan uning xarajatlari qonunchilikda nazarda tutilgan sugʻurta tovoni miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 22-moddasi.
28-modda. Kompensatsiya toʻlovlari summalarini undirish
Ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlangan kompensatsiya toʻlovi summasi jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining daʼvosiga koʻra regress tartibida undirib olinadi. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi mazkur shaxsdan kompensatsiya toʻlovi haqidagi jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) talabini koʻrib chiqish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini talab qilishga ham haqli.
Jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) sugʻurtalovchiga nisbatan majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta toʻlovini talab qilish huquqi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq toʻlangan kompensatsiya toʻlovi summasi doirasida Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga oʻtadi.
5-bob. Majburiy sugʻurta boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash
29-modda. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi
Majburiy sugʻurta boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi notijorat tashkilot boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
30-modda. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transport vositalaridan foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning oʻrni ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini taʼminlash;
ushbu Qonunga muvofiq sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlar olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali moliyaviy jihatdan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan majburiy sugʻurta shartnomalari, sugʻurta hodisalari, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar shaxsiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek mazkur maʼlumotlar sugʻurtalovchilar va Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi oʻrtasida qonunchilikda belgilangan sugʻurta siri toʻgʻrisidagi talablar taʼminlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish;
(30-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 933-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 62-moddasi.
ushbu moddaga muvofiq Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish boʻyicha uning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.
31-modda. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining mol-mulki va moliyaviy faoliyati
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining mol-mulki quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
sugʻurtalovchilarning bir yoʻla va kalendar muddatlarda toʻlanadigan badallari;
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi amalga oshirgan kompensatsiya toʻlovlari va jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) tegishli talablarini koʻrib chiqish boʻyicha xarajatlar doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar;
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining pul mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(31-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi moliyaviy yordam koʻrsatishi va xayriya faoliyati bilan shugʻullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi boʻlishi hamda sugʻurta tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishi mumkin emas.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻzining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish va sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun moʻljallangan mablagʻlari Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining boshqa mol-mulkidan ajratib qoʻyiladi, ular boʻyicha alohida hisob yuritiladi va alohida bank hisobvaragʻi ochiladi.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish va sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun moʻljallangan mablagʻlarining vaqtincha boʻsh turgan qismini investitsiyalash yoʻnalishlari hamda hajmlari har yili Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kuzatuv kengashi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining mazkur mablagʻlarni investitsiyalash diversifikatsiya, qaytarilish, foydalilik va likvidlik shartlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Maxsus vakolatli davlat organi Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish va sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun bank hisobvaragʻidagi mablagʻlarning eng kam summasiga nisbatan talablar belgilashi mumkin.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining moliyaviy faoliyati har yili auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi shart.
32-modda. Sugʻurtalovchilarning Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga toʻlaydigan majburiy badallari
Bir yoʻla va kalendar muddatlarda toʻlanadigan badallar sugʻurtalovchilarning Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga toʻlaydigan majburiy badallaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchining Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga bir yoʻla toʻlaydigan badali miqdori Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badalni toʻlash kunidagi, qonunchilikda belgilangan sugʻurtalovchi ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Sugʻurtalovchi ustav fondining eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori bilan tasdiqlangan “Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari toʻgʻrisida”gi Nizomning 10-bandida belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Kalendar muddatlarda toʻlanadigan badal sugʻurtalovchilar tomonidan Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga yilning har choragida oʻtkaziladigan pul mablagʻlaridan iborat boʻladi. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi kalendar muddatlarda toʻlanadigan badal miqdorini sugʻurtalovchi tuzgan majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha jami sugʻurta summasining yilning hisobot choragidagi oʻsishi hajmidan kelib chiqib, maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar tomonidan kalendar muddatlarda toʻlanadigan badallarni toʻlash kalendar muddatlarda toʻlangan badallar summasi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha jami sugʻurta summasidan kelib chiqib, maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan belgilangan miqdorga yetganda toʻxtatiladi. Majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha jami sugʻurta summasining miqdori oʻzgarganda, sugʻurtalovchi tomonidan Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga kalendar muddatlarda toʻlangan badallar summasi qaytadan hisob-kitob qilinishi kerak.
(32-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Kalendar muddatlarda toʻlanadigan badal stavkasi oʻzgargan taqdirda, Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bu haqda sugʻurtalovchilarga keyingi toʻlov muddatidan kamida oʻttiz kun oldin xabar qilishi shart.
Sugʻurtalovchilarning Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga toʻlaydigan majburiy badallari ularning koʻrsatilayotgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlariga tegishli boʻladi.
33-modda. Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Kuzatuv kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Kuzatuv kengashiga rais boshchilik qiladi.
Kuzatuv kengashining majlislari kengash raisi yoki kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismi tomonidan zaruriyatga koʻra, biroq yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Kuzatuv kengashi, agar majlisda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qarorlar qabul qilishga vakolatlidir. Kuzatuv kengashining qarori, agar uni majlisda hozir boʻlganlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Kuzatuv kengashi:
sugʻurtalovchilarning kalendar muddatlarda toʻlanadigan badallari stavkalarini, kalendar muddatlarda toʻlanadigan badallarning eng yuqori summalarini, badallarni hisob-kitob qilish tartibini va toʻlash muddatlarini tasdiqlaydi;
maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda agent bankni tanlaydi;
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini davlat qimmatli qogʻozlari va boshqa aktivlarga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyatga doir xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining ijro etuvchi organini shakllantiradi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(33-modda oltinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
34-modda. Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining moliyaviy va boshqa hisobotlari
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi maxsus vakolatli davlat organiga moliyaviy hamda boshqa hisobotlarni shu organ belgilagan shaklda va muddatlarda taqdim etadi.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhri boʻladi.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi yillik moliyaviy hisobotining toʻgʻriligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining yillik moliyaviy hisoboti kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining yillik moliyaviy hisoboti maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklda va muddatlarda matbuotda eʼlon qilinadi.
35-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilarning huquqlari va majburiyatlari
Sugʻurtalovchilar:
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasidan uning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrash va olishga;
tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomalarining soni, majburiy sugʻurta boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlarining, majburiyatlarning va toʻlangan sugʻurta tovonlarining miqdorlari haqidagi axborotni Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasidan soʻrash hamda olishga haqli.
Sugʻurtalovchilar:
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan yozma bitimlar tuzishlari;
ushbu Qonunda belgilangan majburiy badallarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda toʻlashlari;
tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomalarining soni, majburiy sugʻurta boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlarining, majburiyatlarning va toʻlangan sugʻurta tovonlarining miqdorlari haqida Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga axborot taqdim etishlari shart.
36-modda. Axborotni ayirboshlash
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sugʻurta tovonining miqdorini aniqlash maqsadida sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining sabablari va holatlari toʻgʻrisidagi hamda yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va xulosalarni sugʻurtalovchilarning hamda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 149-modda)
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi va maxsus vakolatli davlat organi Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborotni muntazam ayirboshlaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
37-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunda belgilangan majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta oʻtkazishda), ularning majburiy texnika koʻrigini tashkil etishda va yoʻl harakati qoidalariga, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositasi haydovchisi oʻz yonida sugʻurta polisini olib yurishi va uni tekshirish uchun qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli boʻlgan davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga koʻrsatishi shart, bundan haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan hollar mustasno.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sugʻurta boʻyicha ushbu Qonunda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiradi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi OʻRQ-815-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
38-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining1351-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(40-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
41-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 22-apreldagi 79-80 (4489-4490)-sonida eʼlon qilingan.
Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi (“Sugʻurta”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-aprel,
OʻRQ-155-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 128-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 15-son, 149-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)