1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-fevral,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 17-fevraldagi 9-sonli buyrugʻiga ILOVA
Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
1-bob. Sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shakli
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalarga (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217-modda) muvofiq tuzilgan sugʻurtalovchilarning yillik moliyaviy hisobot shakllari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-3, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2564-3/0261-son)
majburiy auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha tuzilgan auditorlik xulosasi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq yillik moliyaviy hisobotni tuzuvchi sugʻurtalovchi, uni Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin eʼlon qiladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-3, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2564-3/0261-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
2. Sugʻurtalovchi qoʻshimcha ravishda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa axborotni ham eʼlon qilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-bob. Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi va muddatlari
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
3. Sugʻurtalovchi yillik moliyaviy hisobotni majburiy auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan keyin oʻn besh kun ichida, lekin sugʻurtalovchining yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin, oʻzining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 68-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564-2, 23.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
4. Sugʻurtalovchi oʻzi tomonidan eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotdagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda besh ish kuni ichida oʻzgartirilgan maʼlumotlar, oʻzgartirish sabablari hamda oldin eʼlon qilingan axborotni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda koʻrsatgan holda oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilishi shart.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
5. Sugʻurtalovchi ushbu Nizomning 3 va 4-bandlariga muvofiq oʻzi tomonidan yillik moliyaviy hisobot (oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobot) eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligini xabardor qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
3-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
6. Sugʻurtalovchi oʻzi tomonidan eʼlon qilingan yillik moliyaviy hisobotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgardir.
7. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1751-moddasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 102-modda; 2016-y., 9-son, 96-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 25.08.2023-y., 10/23/2564-2/0653-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.03.2026-y., 10/26/2564-3/0261-son)