toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarorining 12-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-oktabrdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli ichimliklar va pivo bilan chakana savdo qilish qoidalarining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 36-modda; 1998-y., 2-son, 5-modda) sakkizinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“mayda chakana savdo tashkilotlarida (savdo zaliga ega bo‘lmagan do‘konlar, kioskalar, palatkalarda), dehqon bozorlarida va ulgurji bozorlarda (alkogolli mahsulotlar uchun)”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qaroriga 2-ilova — “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan aksiz solig‘i solinadigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari”da keltirilgan 2204—2206, 2208 tovar kodlari bo‘yicha alkogolli mahsulotlarning barcha turlariga (pivodan tashqari) aksiz solig‘i stavkasidagi “75” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov
Toshkent sh.,
1998-yil 16-iyun,
256-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami 1998-y., 6-son, 21-modda)