O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 7-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish va sotish qoidalariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
16-bandning birinchi xatboshidagi “shuningdek, korxonalarning ushbu turi va klassi uchun standartlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
18-bandning birinchi xatboshidagi “shuningdek, mahsulot (xizmat) sertifikatini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Oshpazlik mahsulotini tayyorlovchilar sanitariya qoidalariga rioya qilishga, shu jumladan, tibbiy tekshiruvlarni, xodimlarning sanitariya bo‘yicha bilimlarini oshirish tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazishga majburdirlar”;
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyorlovchi korxonaning savdo zalidan tashqarida sotiladigan har bir turkumi tayyorlovchi korxonaning nomi ko‘rsatilgan, tayyorlangan vaqti, sotishning so‘nggi muddati va bir idishga joylangan mahsulot vazni ko‘rsatilgan holda narxnomaga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar ham ushbu Qoidalari, amaldagi sanitariya qoidalarini va boshqa normativ hujjatlarni bajarishga majburdirlar”;
27-banddagi “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida” so‘zlari chiqarib tashlansin.