

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2619558" id="onLBC-2619558">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6876"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2619558" id="onLS-2619558">[<b>TSZ:</b><div id="LS3733"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2619562" id="-2619562">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2619563" id="-2619563">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2619564" id="-2619564">Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2619565" id="-2619565"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619566" id="-2619566">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 22-yanvardagi 8-son <a href="/mact/-2546691">qaroriga</a> muvofiq hamda chetdan olib kirilayotgan va sotilayotgan maishiy elektr priborlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarning energiya samaradorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619567" id="-2619567">1. Belgilab qoʻyilsinki, 2016-yil 1-yanvardan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619568" id="-2619568">a) texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlarning majburiy mavjud boʻlishi haqidagi talab ilovaga<a href="/mact/-2619558#-2619575">*</a> muvofiq roʻyxat boʻyicha chetdan olib kirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlariga tatbiq etiladi;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-2619575" id="-2619575">* Ilova <a href="/mact/2619560#2619613">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619569" id="-2619569">b) maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi klasslarini aniqlash uchun “A”, “V”, “S”, “D”, “E”, “F”, “G” belgilari joriy etiladi. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619570" id="-2619570">“A” klassi energiya samaradorligi eng yuqori boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun va tegishli ravishda “G” klassi — (tavsiflarini hisobga olgan holda) bir toifaga kiritilgan maishiy elektr priborlari jumlasidagi energiya samaradorligi eng kam boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qoʻllanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619571" id="-2619571">energiya samaradorligining “A+”, “A++” (ortib borishiga koʻra — A+”, “A++” va shu kabi) hamda undan yuqori qoʻshimcha klasslari “A” klassi uchun belgilangan energiya samaradorligi darajasidan oshadigan energiya samaradorligiga mansub boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619572" id="-2619572">2. Texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida elektr samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish 2016-yil 1-yanvardan boshlab, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish esa — 2016-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin (ilgari foydalanishda boʻlgan maishiy elektr priborlarini sotish bundan mustasno).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619573" id="-2619573">Bunda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan, 2016-yil 1-yanvargacha “vaqtincha saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimlarida joylashtirilgan maishiy elektr priborlari, istisno tariqasida erkin muomalaga chiqarilishi va 2016-yil 1-iyulgacha sotilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2993005" id="-2993005">2-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli <a href="/mact/-2989282">qarori</a> bilan oʻzgartirish kiritilgan. <a href="/mact/2619560#2619599">Rus tili</a> matniga qarang.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6232067" id="edi-6232067"><a href="/mact/-2619558?ONDATE=13.04.2015 00#-2619574">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6232067" id="-6232067"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6232070" id="-6232070">3. Energiya samaradorligining “G” toifadagi maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish va sotish — 2017-yil 1-yanvardan boshlab, “F” toifadagilari uchun — 2018-yil 1-yanvardan boshlab, “E” toifadagilari uchun — 2019-yil 1-yanvardan boshlab va “D” toifadagilari uchun — 2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich taqiqlansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6232081" id="-6232081">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 567-sonli qarori tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619576" id="-2619576">4. Belgilansinki, ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan, texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish maqsadida saqlash ushbu qarorda nazarda tutilgan muddatlar oʻtgandan keyin sotish qoidalarini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619577" id="-2619577">5. “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan maishiy elektr priborlarining texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar majburiy boʻlishi haqidagi talabni nazarda tutuvchi standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni 2015-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7202318" id="-7202318">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-7766987">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619578" id="-2619578">6. “Oʻzstandart” agentligi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi boʻyicha muayyan klassga muvofiqligini baholash va tasdiqlash boʻyicha sinash (oʻlchash) laboratoriyalarining (markazlarining) hamda elektrotexnika mahsulotlarini sertifikatlash organlarining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilinishini taʼminlasin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7202331" id="-7202331"><em>Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-4305425">qarori</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619579" id="-2619579">7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning talablariga muvofiq energiya samaradorligi klassi toʻgʻrisidagi tegishli axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarining chetdan olib kirilishiga va respublika hududida sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazorat oʻrnatsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619580" id="-2619580">8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik normalari va qoidalarini ularda yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarga nisbatan qoʻyiladigan energiya samaradorligi toʻgʻrisidagi tegishli talablarning mavjudligi yuzasidan olti oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619581" id="-2619581">9. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2015-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619582" id="-2619582">10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2619583" id="-2619583">11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Gʻ.I. Ibragimov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2619584" id="-2619584">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2619585" id="-2619585">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2619586" id="-2619586">2015-yil 9-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2619587" id="-2619587">86-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2619976" id="-2619976">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 171-modda, 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 09/19/860/3898-son) </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
