1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va bu borada yagona davlat siyosatini yuritish, yoʻl harakati qoidalarini xalqaro “Yoʻl harakati haqidagi” Konvensiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoʻl harakati qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2001-yil 1-martdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Qoidalar talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va boshqa tashkilot va muassasalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Yoʻl harakati qoidalari amalga kiritilishi munosabati bilan yoʻl harakatining tashkil etilishini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda maktabgacha bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilariga, maktab oʻquvchilariga Yoʻl harakati qoidalarini oʻqitish dasturini uch oy muddatda qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasi, Toshkent avtomobil va yoʻllar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy kengashi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda haydovchilarni tayyorlash, va ularning malakasini oshirish oʻquv dasturlarining ushbu Qoidalar asosida qayta ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu Qoidalarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Yoʻl harakati qoidalarini nashr etilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ.T. Komilov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-dekabr,
472-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qaroriga ILOVA
YOʻL HARAKATI QOIDALARI
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Yoʻl harakati qoidalari (keyingi oʻrinlarda “Qoidalar” deb ataladi) respublika hududidagi yoʻllarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida transport vositalarining oʻng taraflama harakatlanish tartibi belgilangan.
1.3. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova)ning oʻzlariga tegishli boʻlgan talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, oʻzlariga berilgan huquq doirasida yoʻllarda harakatni boshqarayotgan tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.
1.4. Yoʻl harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tugʻdirmasliklari kerak. Vakolati boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻl qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yoʻl belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlash, oʻrnatish, toʻsib qoʻyish, shikastlantirish, yoʻllarda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.
Harakatga toʻsqinlik tugʻdirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʻrishi, agarda buning iloji boʻlmasa, oʻzida boʻlgan barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va militsiyaga xabar berishi shart.
1.5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
2. QOIDALARDA QOʻLLANILGAN ASOSIY TUShUNChA VA ATAMALAR
Ajratuvchi boʻlak — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan alohida qismi.
Ajratuvchi boʻlak yotiq chiziq, yoʻl sathidan baland qurilma, koʻkalamzorlashtirilgan joylar koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Arava — ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qoʻshib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga moʻljallangan qurilma.
Asosiy yoʻl — tuproqli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement betonli, tosh yotqizilgan va shunga oʻxshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1—2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yoʻl yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.
Aholi yashaydigan joy — kirish va chiqish yoʻllari 5.22—5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Belgilangan yoʻnalishli transport vositasi — belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yoʻnalishli taksi).
Velosiped — odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq gʻildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari).
Etarli koʻrinmaslik — yomgʻir, qor yogʻishi, tuman tushishi va shunga oʻxshash sharoitlarda, shuningdek, kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinishi 300 metrdan kam boʻlishi.
Yondosh hudud — bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish tarmoqlari, korxona va shunga oʻxshashlar).
Imtiyoz — moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Yoʻl — transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi. Yoʻl oʻz ichiga avtomobil yoʻllarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yoʻllarini), shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi yashash joylarining koʻchalari va yoʻlkalarini, shuningdek, shahar elektr transporti yoʻllarini oladi.
Yoʻl bering — yoʻl harakati qatnashchisiga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati qatnashchilarining harakat yoʻnalishini yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biron-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.
Yoʻlovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs.
Yoʻl–transport hodisasi — transport vositasining yoʻldagi qatnovi jarayonida sodir boʻlib, odamlarning oʻlimi yoki ularning sogʻligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan hodisa.
Yoʻl harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.
Yoʻl harakatini tashkil etish — yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy–texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
Yoʻl harakati xavfsizligi — yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl–transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati.
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʻl–transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat.
Yoʻl harakati qatnashchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasi haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.
Majburiy toʻxtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf tugʻilganda yoki ob–havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatlanishining toʻxtatilishi.
Mexanik transport vositasi — yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.
Moped — ish hajmi 50 santimetr kubgacha boʻlgan va yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch gʻildirakli transport vositasi.
Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi taʼrifga ega boʻlgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.
Mototsikl — kajavali yoki kajavasiz ikki gʻildirakli mexanik transport vositasi.
Yuklanmagan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch gʻildirakli mexanik transport vositalari ham mototsikllarga tenglashtiriladi.
Ogohlantiruvchi ishoralar — falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishda qoʻllaniladigan ishoralar.
Piyoda — yoʻlda transport vositasidan tashqarida boʻlgan va ish bilan band boʻlmagan shaxs.
Velosiped, moped, mototsikl va chana yetaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.
Piyodalar oʻtish joyi — yoʻlning qatnov qismini piyodalar kesib oʻtishi uchun moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1 —1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi.
Chiziqlar boʻlmasa piyodalar oʻtish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Piyodalar yoʻlkasi — yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — qoidalarning 5.2 bandi talablariga muvofiq yoʻlda bir yoʻnalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.
Reversiv harakat — yoʻl qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yoʻl belgilari, 1.9 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor oʻrnatilgan boʻlagida harakat yoʻnalishining qarama–qarshi tomonga oʻzgarishi.
Ruxsat etilgan toʻla vazn — aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori).
Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vaznlari yigʻindisi kiradi.
Tartibga soluvchi — tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qoʻl bogʻichi, jezl, qizil ishorali yorugʻlik qaytargich yoki yorugʻlik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) boʻlgan militsiya, harbiy avtonazorat xodimi, yoʻldan foydalanish idoralarining xizmatchisi, temir yoʻl kesishmasi, sol kechuvlari (parom) navbatchisi, jamoatchi avtonazoratchi va militsiyaning shtatdan tashqari xodimi.
Temir yoʻl kesishmasi — yoʻlning temir yoʻl bilan bir sathda kesishgan joyi.
Transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma.
Transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — bevosita bir–birining ketidan bitta harakatlanish boʻlagida faralarini doimiy yoqib kelayotgan, oldida yalt–yalt etuvchi koʻk rangli yoki koʻk va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi.
Trotuar — yoʻlning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi.
Tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan, yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi.
Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.
Toʻxtash — transport vositasining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish).
Toʻxtab turish — transport vositasining, unga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish.
Qorongʻi vaqt — kechki gʻira–shiraning oxiridan tonggi gʻira–shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.
Qatnov qismi — yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi.
Quvib oʻtish — egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan oʻzib ketish.
Chorraha — yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama–qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashtiruvchi xayoliy chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
Yoʻl harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha tartibga solinmagan chorraha deb hisoblanadi.
Haydovchi — yoʻllarda biron–bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.
Boshqarishni oʻrgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.
Harakatlanish boʻlagi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun kengligi yetarlicha boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi.
3. HAYDOVChILARNING UMUMIY MAJBURIYATLARI
3.1. Mexanik transport vositasining haydovchisi:
haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgan boʻlsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qoʻyilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani;
vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda esa haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti va h.k.);
transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgani haqidagi hujjatni, transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini beruvchi, tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, belgilangan hollarda yoʻl varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini yonida olib yurishi, militsiya xodimlari talab qilganda tekshirish uchun berishi shartdir.
3.2. Tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan shaxs oʻziga qarashli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi, yoxud tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin.
3.3. Konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasi harakatlanib borayotganda haydovchi xavfsizlik kamari taqib olishi va xavfsizlik kamarlari taqilmagan yoʻlovchilarni tashimasligi shart. Quyidagilarga xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beriladi:
Qoidalarning 25.8-bandiga muvofiq orqa oʻrindiqdagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
transport vositasini haydovchilikka oʻqiyotgan oʻquvchi boshqarayotganda boshqarishni oʻrgatayotgan shaxs;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yoʻlovchilar;
orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
aholi punktlarida harakatlanishda — yoʻnalish taksilari haydovchilari, taksining orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar;
aholi punktlarida — tashqi qismiga tegishli rangli grafik sxemalar chizilgan maxsus transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari.
Mototsiklni boshqarayotganda haydovchi tugmalangan maxsus bosh kiyimi kiyishi va tugmalangan maxsus bosh kiyimi kiymagan yoʻlovchilarni tashimasligi kerak.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-martdagi 44-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 86-modda)
3.4. Xalqaro yoʻllardagi harakatlanishda ishtirok etayotgan mexanik transport vositasi haydovchisining yonida “Yoʻl harakati haqida”gi Konvensiya talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi hujjat, transport vositasida esa roʻyxatdan oʻtgan davlatning raqamli va taniqlik belgisi boʻlishi shart.
3.5. Transport vositasi haydovchisi quyidagilarga amal qilishga majburdir:
harakatlanishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirishi;
harakatlanish vaqtida transport vositasining texnik holatini soz holda boʻlishini taʼminlashi;
harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilarning transport vositasiga toʻliq chiqib joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yoʻlovchilar tashish uchun maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida yoʻlovchilar tashiyotganda ushbu Qoidalarning 6.2 bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;
harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi;
militsiya xodimlarining talabiga koʻra mastlik holatini aniqlovchi maxsus tekshiruvdan oʻtishi;
yoʻl–transport hodisasi tufayli shikastlangan transport vositasini shatakka olish (faqat yuk avtomobilida), tabiiy ofatlar sodir boʻlgan joylarga yetib borish, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish zarurati tugʻilgan hollarda militsiya xodimlariga, yoʻlakay yoʻnalishda tibbiy yordam koʻrsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga, zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash muassasasiga olib borish uchun tibbiyot va militsiya xodimlariga, militsiyaning shtatdan tashqari xodimlariga va jamoatchi avtonazoratchilarga transport vositasidan foydalanishga imkon berishi.
Eslatma: tibbiy xizmatlar uchun transport vositasidan foydalanishga imkon berishdan boshqa hollar fuqarolarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas.
Transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yoʻl varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib oʻtilgan masofani, oʻz ism-sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yoʻl varaqasi boʻlmagan taqdirda tegishli namunadagi maʼlumotnoma yozib berishi lozim.
Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs haydovchining talabiga muvofiq oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatishi shart.
3.6. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositasini har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori–darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshqarish;
har qanday mastlik holatida, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori–darmonlar taʼsirida, yoʻl harakatli xavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblikda boʻlgan, shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi boʻlmagan yoki yoʻl varaqasida ismi–sharifi koʻrsatilmagan shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;
texnik nosoz transport vositasini, moped, motoroller va mototsikllarni tovush pasaytirgichsiz boshqarish;
transport vositasining tormoz tizimi yoki boshqaruvi ishdan chiqsa, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlsa, qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida – faralar va orqa gabarit chiroqlari yonmasa, yomgʻir, qor yogʻayotgan vaqtda esa haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamay qolsa, bunday transport vositalarida harakatlanish;
Eslatma: ishchi tormoz tizimi yoki boshqaruvi sekin harakatlanayotgan transport vositasini toʻxtashi yoki manevr qilishiga imkon bermasa, ular ishlamayotgan hisoblanadi.
transport vositalariga tegishli ruxsatsiz maxsus texnik jihozlar (ratsiya, sirena va h.k.)ni oʻrnatish;
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (shuningdek, piyodalar jamlanmalari) harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish;
transport vositasini boshqarish paytida telefondan, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan transport vositasi salonining old qismida oʻrnatilgan tele-, videomonitordan foydalanish;
(3.6-band toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-oktabrdagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 41-42-son, 419-modda)
transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan priborlar paneliga, quyosh soyavoniga va orqa tomonni koʻrish koʻzgusiga tele-, videomonitorlar oʻrnatish.
(3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-oktabrdagi 216-sonli qarori asosida oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan -— OʻR QHT, 2007-y., 41-42-son, 419-modda)
4. YOʻL–TRANSPORT HODISASI SODIR ETGAN HAYDOVChILARNING VAZIFALARI
4.1. Yoʻl–transport hodisasi sodir boʻlganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:
transport vositasini darhol toʻxtatishi, falokat yorugʻlik ishoralarini yoki falokat sababli toʻxtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq)ni oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qoʻzgʻatmasligi;
shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi, “Tez tibbiy yordam”ni chaqirishi, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash muassasasiga yoʻlakay transportda joʻnatishi, buning iloji boʻlmagan hollarda oʻz transport vositasida olib borishi, u erda oʻz ism-sharifini, transport vositasining raqamli belgisini bildirishi (haydovchilik guvohnomasini yoki oʻz shaxsini tasdiqlovchi, transport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik hujjatini koʻrsatishi) va hodisa roʻy bergan joyga qaytib kelishi;
agar boshqa transport vositalarining harakatiga toʻsqinlik qilsa, avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador buyumlar va izlarning holatini qayd etib (imkoniyati boʻlgan hollarda guvohlar ishtirokida), ularning yoʻqolmasligini taʼminlashi, soʻngra qatnov qismini boʻshatishi yoki hodisa roʻy bergan joyni aylanib oʻtishni tashkil qilishning oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarini koʻrishi;
hodisa haqida militsiyaga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va manzilgohini yozib olib, militsiya xodimlarining kelishini kutishi.
4.2. Agar yoʻl–transport hodisasida shikastlanganlar boʻlmasa va haydovchilar hodisa vaziyatiga baho berishda oʻzaro kelisha olsalar, oldindan hodisa chizmasini tuzib va uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskani yoki militsiya organiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin.
5. PIYODALARNING VAZIFALARI
5.1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʻlkasidan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan yurishlari kerak. Qoʻpol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yoʻl yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan boʻlsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yoʻlkasi, yoʻl yoqasi boʻlmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati boʻlmagan hollarda piyodalar velosiped yoʻlkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda qatnov qismining oʻng chetidan) bir qator boʻlib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yoʻlkasida, trotuarlarda, yoʻlning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan qurilma va jihozlar oʻrnatish man etiladi.
5.2. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan yoʻlning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
5.3. Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular boʻlmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi boʻylab kesib oʻtishlari kerak.
Koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi boʻlaksiz va toʻsiqsiz yoʻllarda piyodalarga yoʻlning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida kesib oʻtishlariga ruxsat etiladi.
5.4. Piyodalar yoʻl harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular boʻlmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.
5.5. Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida, yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha boʻlgan masofani va uning tezligini chamalab koʻrib, oʻtish oʻzlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng yoʻlning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.
Shuningdek, ular yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida kesib oʻtishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib koʻrinishni cheklovchi toʻxtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror toʻsiq panasidan chiqmasliklari kerak.
Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.
5.6. Agar yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va toʻxtamasliklari kerak.
Oʻtishga ulgurmagan piyodalar qarama–qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻxtashlari lozim.
Keyingi harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda oʻtishni davom ettirishlari mumkin.
5.7. Yalt–yalt etuvchi koʻk rangli yoki koʻk va qizil rangli chiroq–mayoqchasi va (yoki) maxsus tovush ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yoʻl berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.
5.8. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular boʻlmagan taqdirda esa trotuarlar yoki yoʻl yoqasida kutish kerak.
Maxsus jihozlangan bekatlari boʻlmagan toʻxtash joylarida transport vositasi toʻla toʻxtagandan soʻng unga chiqish uchun yoʻlning qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan yoʻlning qatnov qismini boʻshatishlari shart.
Bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar Qoidalarning 5.4—5.7 bandlari talablariga amal qilishlari kerak.
6. YOʻLOVChILARNING VAZIFALARI
6.1. Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻliq toʻxtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomonidan chiqishga va tushishga majburdirlar. Yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomonidan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda u yoʻlning qatnov qismi tomondan amalga oshirilishi mumkin, bunda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit berilmasligi va xavf tugʻdirilmasligi kerak.
Xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositasida yurishda yoʻlovchilar xavfsizlik kamari taqqan boʻlishlari (Qoidalarning 3.3-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari), mototsiklda yurganda esa tugmalangan maxsus bosh kiyimi kiyishlari shart.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-martdagi 44-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 86-modda)
6.2. Yoʻlovchilarga:
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish va unga xalaqit berish;
bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlar sathidagi yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish taqiqlanadi.
7. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYOZLARI
7.1. Koʻk rangli yalt–yalt etuvchi chiroq–mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 8-bob (8.9 bandidan tashqari), 10—15, 18—19 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Koʻk rangli chiroq mayoqchaga qoʻshimcha qizil rangli chiroq–mayoqcha ham yoqilishi mumkin.
Boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishlari uchun bunday transport vositalarida yalt–yalt etuvchi chiroq mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
Tezkor xizmat va maxsus xizmat transport vositalari kuzatib kelayotgan transport vositalari ham shu imtiyozlardan foydalanadilar.
7.2. Haydovchilar koʻk rangli chiroq–mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralarni yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek, ularning kuzatuvidagi yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlgan hollarda ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun oʻzlari boshqarib borayotgan transport vositalarini yoʻlning oʻng tomoniga olib toʻxtatishlari shart.
7.3. Koʻk rangli chiroq–mayoqchasini yoqib turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlib qolganda darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada harakatlanish tezligini kamaytirishlari shart.
7.4. Zargʻaldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, yoʻldan foydalanish xizmatiga tegishli moslama va transport vositalarining haydovchilari ish bajarish jarayonida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yoʻl belgilari, chiziqlari hamda 11.4, 11.5, 11.8 va 18.1 bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Boshqa haydovchilar ularning ish bajarishlariga toʻsqinlik tugʻdirmasliklari shart. Zargʻaldoq va sariq rangli chiroq–mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va u faqat boshqa harakatlanish qatnashchilarining eʼtiborini jalb etish uchun xizmat qiladi.
8. SVETOFOR VA TARTIBGA SOLUVChINING IShORALARI
8.1. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorugʻlik ishoralari qoʻllaniladi.
Svetofor ishoralari vazifasiga bogʻliq ravishda doirasimon, yoʻnaltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X–simon koʻrinishda boʻlishi mumkin.
Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda joylashgan yashil yoʻnaltirgich koʻrinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qoʻshimcha tarmoq boʻlishi mumkin.
8.2. Svetoforning doirali ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi:
yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning taʼsir vaqti tugashi hamda koʻp oʻtmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi;
yashil ishora oʻchishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qoʻllanilishi mumkin;
sariq ishora harakatni taqiqlaydi (faqat Qoidalarning 8.13 bandida koʻzda tutilgandan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf–xatar haqida ogohlantiradi;
qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taʼqiqlaydi va koʻp oʻtmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
8.3. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.
Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
8.4. Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yoʻnaltirgich (yoʻnaltirgichlar)ning shakli tushirilgan boʻlsa, u haydovchilarga svetoforning qoʻshimcha tarmogʻi borligi haqida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi yoʻnaltirgichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini koʻrsatadi.
8.5. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat piyodalarning harakatiga taʼsir koʻrsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.
8.6. Qatnov qismidagi harakat yoʻnalishi qarama–qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan boʻlaklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X–simon qizil ishorali va pastga yoʻnalgan yoʻnaltirgich koʻrinishdagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qoʻllaniladi. Bu ishoralar qaysi boʻlak ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 chizigʻi bilan belgilangan boʻlak ustiga oʻrnatilgan ishoralari oʻchirilgan reversiv svetofor shu boʻlakka kirishni taqiqlaydi.
8.7. Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yoʻnalishli boshqa transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus boʻlakda tartibga solish uchun T–harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rangli ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin.
Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻng tomonga burilishga, oʻrtasidagi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
8.8. Temir yoʻl kesishmalarida oʻrnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi.
Koʻrinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) boʻlmasa, oʻchirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruxsat beriladi.
8.9. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi:
QOʻLLARI YoN TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUShIRILGANDA, chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;
OʻNG QOʻLI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi. Orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi;
QOʻLINI YUQORIGA KOʻTARGANDA, Qoidalarning 8.13 bandida koʻrsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi.
Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi koʻrinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorugʻlik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qoʻllashi mumkin.
8.10. Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini oʻtayotgan militsiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qoʻl ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini toʻxtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa koʻrsatilgan joyda toʻxtashi kerak.
8.11. Yoʻl harakati qatnashchilarining eʼtiborini jalb etish uchun hushtak bilan qoʻshimcha ishora berilishi mumkin.
8.12. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻxtash chizigʻi (5.33 belgisi) oldida, bunday chiziq boʻlmaganda esa:
chorrahada Qoidalarning 15.7 bandini hisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida;
temir yoʻl kesishmasi oldida Qoidalarning 17.4 bandiga muvofiq;
boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda toʻxtashi kerak.
8.13. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qoʻli yuqori koʻtarilganda, Qoidalarning 8.12. bandida koʻzda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan toʻxtashga ulgiraolmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida boʻlgan piyodalar uni boʻshatishlari, agar buning iloji boʻlmasa, qarama–qarshi yoʻnalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻxtashlari kerak.
8.14. Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va koʻrsatmalariga ular svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.
8.15. Temir yoʻl kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.
9. OGOHLANTIRUVChI VA FALOKAT IShORALARI, FALOKAT SABABLI TOʻXTASh BELGISINING QOʻLLANILIShI
burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʻl bilan beriladigan ishoralar;
tovushli ishoralar;
fara chiroqlarining yoqib–oʻchirilishi;
kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirogʻining yoqilishi.
9.2. Harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻxtashdan oldin haydovchi tegishli yoʻnalishni bildiruvchi burilish yorugʻlik koʻrsatgichi, ular boʻlmaganda yoki buzuq boʻlganda, qoʻl bilan ishoralar berishi shart.
Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yoki tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukilgan oʻng qoʻlni yonga uzatish mos keladi.
Oʻngga burilishni bildiruvchi ishoraga oʻng qoʻlni yoki tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukilgan chap qoʻlni yonga uzatish mos keladi.
Toʻxtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqori koʻtarib beriladi.
9.3. Burilish koʻrsatgichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach darhol toʻxtatilishi lozim (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevr qilishdan bevosita oldin tugallash mumkin).
Ishoralar berish boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak.
Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish masʼuliyatidan ozod qilmaydi.
9.4. Haydovchi oʻzidan orqada kelayotgan, quvib oʻtishni boshlagan va boshqa transport vositalariga halal bermasligiga ishonch hosil qilgandan keyingina, harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish haqida ogohlantiruvchi ishora berishi kerak.
9.5. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
aholi yashaydigan joylardan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun;
zarur boʻlgan hollarda yoʻl–transport hodisasining oldini olish uchun.
9.6. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib–oʻchirib ogohlantirish ishorasini berish mumkin.
9.7. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi falokat ishoralari boʻlib hisoblanadi.
Falokat yorugʻlik ishoralari quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
yoʻl–transport hodisasi sodir boʻlganda;
toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtalganda;
fara chiroqlari haydovchining koʻzini qamashtirganda;
shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).
Haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini, oʻzi boshqarayotgan transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham ogohlantirish uchun falokat yorugʻlik ishoralarini yoqishi kerak.
9.8. Quyidagi hollarda falokat yorugʻlik ishoralari yoqilgandan keyin, shuningdek, u boʻlmaganda yoki buzuq boʻlganda, falokat sababli toʻxtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq) darhol oʻrnatilishi kerak:
yoʻl–transport hodisasi sodir boʻlganda;
taqiqlangan va koʻrinish sharoitini hisobga olgan holda transport vositasi boshqa haydovchilar tomonidan oʻz vaqtida payqab boʻlmaydigan joylarda majburiy toʻxtab qolganda.
Bunday belgi (chiroq) muayyan vaziyatda xavf haqida haydovchilarni oʻz vaqtida ogohlantirishni taʼminlaydigan masofada oʻrnatilishi kerak. Lekin bu masofa aholi yashaydigan joylarda transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
9.9. Shatakka olingan transport vositasida falokat yorugʻlik ishoralari buzuq boʻlganda yoki boʻlmagan hollarda uning orqa tomoniga falokat sababli toʻxtash belgisi oʻrnatilishi kerak.
10.1. Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, burilish (qayrilib olish), yoʻnalishini oʻzgartirish va toʻxtashdan oldin oʻz harakati bilan boshqa transport vositalariga xavf solmayotganligiga va toʻsqinlik qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
10.2. Yondosh hududlardan yoʻlga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalariga va piyodalarga, shuningdek, undan chiqishda oʻzining harakat yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.
10.3. Haydovchi qayta tizilishda yon boʻlakda yoʻlakay harakat yoʻnalishini oʻzgartirmasdan ketayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Yoʻlakay yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
10.4. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda haydovchi oʻngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.
10.5. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama–qarshi yoʻnalishdagi harakat tomoniga oʻtib ketmasin.
Oʻngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
10.6. Transport vositasi oʻzining gabarit oʻlchamlariga yoki boshqa texnik sabablariga koʻra Qoidalarning 10.4 bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlab va boshqa transport vositalariga halaqit bermasdan undan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.
10.7. Relssiz transport vositasining haydovchisi yoʻlning chorrahadan tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama–qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalariga va yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvayga yoʻl berishi shart.
Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap vaziyatdan qayrilib olish uchun yetarli boʻlmasa, uni qatnov qismining oʻng chetidan (yoʻlning oʻng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi yoʻlakay va qarama–qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.
10.8. Transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan va oʻtish navbati ushbu Qoidalarda koʻzda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
10.9. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi oʻz vaqtida shu boʻlakka oʻtishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yoʻlga chiqish joyida tezlanish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni boʻlakda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi, soʻngra oqimga qoʻshilishi kerak.
10.10. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:
piyodalarning oʻtish joylarida;
tonnellarda;
koʻpriklar, osma yoʻl (estakada)lar, osma koʻpriklar va ularning ostida;
temir yoʻl kesishmalarida;
yoʻlning koʻrinishi biron–bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.
10.11. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga halaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda, haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi mumkin.
11. YOʻLNING QATNOV QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING JOYLAShIShI
11.1. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar soni chiziqlar yoki 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar yoʻl boʻlaklarini oʻzlari, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi qarama–qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan, deb hisoblanadi.
11.2. Toʻrt va undan ortiq boʻlakli, harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻllarda qarama–qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlaklarga chiqish taqiqlanadi.
11.3. Harakat ikki tomonlama boʻlgan uchta boʻlakli (1.9 chizigʻi bilan belgilangandan tashqari) yoʻllarda oʻrta boʻlakka faqat quvib oʻtish, chapga burilish, qayrilib olish va aylanib oʻtish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap boʻlakka chiqish taqiqlanadi.
11.4. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqqa olib harakatlanishlari kerak.
Aholi yashaydigan joylarda Qoidalarning 11.6, 19.1, 26.2 bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish, toʻxtash oldidan harakatlanish boʻlagini oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
Biroq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq boʻlakli har qanday yoʻlda harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga esa faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap boʻlakni egallashga ruxsat etiladi.
Harakat bir tomonlama boʻlgan yoʻlning chap boʻlagida toʻxtash va toʻxtab turish Qoidalarning 14.1 bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Biror boʻlakda qoʻshni boʻlakdagi transport vositalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanish quvib oʻtish deb hisoblanmaydi.
11.5. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish, aylanib oʻtish uchun qayta tizilishdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng boʻlakda harakatlanishlari kerak.
11.6. Yoʻlakay yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklar band boʻlganda harakatlanishga, aylanib va quvib oʻtishga, shuningdek, 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan belgilanmagan hollarda esa chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
11.7. Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan boʻlaklarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qatʼiy ravishda belgilangan boʻlaklarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq–uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
11.8. Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng boʻlakni egallashi kerak. Haydovchiga shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklarda ham harakatlanishga ruxsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.
11.9. Qoidalarning 14.1, 27.2 bandlarida koʻzda tutilgandan boshqa hollarda transport vositalarining yoʻl yoqasi, trotuar va piyodalar yoʻlkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat boʻlmagan hollarda bevosita yoʻl yoqasida, trotuar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda yoʻl harakati xavfsizligi toʻla taʼminlangan boʻlishi shart.
11.10. Haydovchi oʻzidan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin toʻxtaganda u bilan toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq masofani, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
11.11. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, ruxsat etilgan toʻla vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalarining haydovchilari oʻzi va oldida ketayotgan transport vositasi oraligʻida, ularni quvib oʻtishi mumkin boʻlgan transport vositalari bemalol yoʻlning oʻng tomoniga qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Quvib oʻtishga tayyorlanayotgan, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida, serqatnov boʻlgan yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilariga bu talab taalluqli emas.
11.12. Agar biron–bir toʻsiq sababli qarama–qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.
12. HARAKATLANISh TEZLIGI
12.1. Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yoʻl va ob–havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yoʻnalishidagi koʻrinishni hisobga olgan holda transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak.
Transport vositasining tezligi haydovchiga Qoidalar talablarini bajarish uchun uning harakatini doimo nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.
Harakatlanishda, haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida boʻlgan xavf yoki toʻsiq paydo boʻlsa, u transport vositasining tezligini toʻla toʻxtashini taʼminlaydigan darajada kamaytirish yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.
12.2. Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
12.3. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida:
yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;
boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
12.4. Har qanday yoʻllarda:
odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;
mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;
xavfli, ogʻir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DAN bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
12.5. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;
zarurat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;
yoʻl–transport hodisasining oldini olish zarurati boʻlmaganda, keskin tormoz berish.
13. QUVIB OʻTISh
13.1. Haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin:
oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, bu qarama–qarshi yoʻnalishdagi va shu boʻlakdagi transport vositalarining harakatiga xalaqit bermasligiga;
shu boʻlakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganligiga;
quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan boʻlakka qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
13.2. Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib oʻtishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib oʻtish oʻng tomondan amalga oshiriladi.
13.3. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti–harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
13.4. Quvib oʻtishni tugallagandan soʻng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish boʻlagiga qaytishi shart (oʻng tomondan ruxsat etilgan quvib oʻtishdan tashqari).
Biroq ushbu yoʻnalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq boʻlak boʻlsa, quvib oʻtayotgan haydovchi oʻzi egallagan boʻlakka qaytgani zahoti keyingi quvib oʻtishni boshlashga toʻgʻri keladigan hollarda orqada oʻzidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, chap boʻlakda harakatlanishni davom ettirishi mumkin.
13.5. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
tartibga solingan chorrahalarda qarama–qarshi yoʻnalishda harakatlanish boʻlagiga chiqib;
tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy boʻlib hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib oʻtish, kajavasiz ikki gʻildirakli transport vositalarini quvib oʻtish va ruxsat etilgan hollarda oʻng tomondan quvib oʻtish bundan mustasno);
piyodalar oʻtish joylarida piyodalar boʻlganda;
temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini;
tepalikka koʻtarilishning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan boshqa joylarida qarama–qarshi harakatlanish yoʻnalishiga chiqib.
13.6. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻxtashi kerak.
14. TOʻXTASh VA TOʻXTAB TURISh
14.1. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonidagi yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat beriladi.
Aholi yashaydigan joylarda yoʻllarning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga har yoʻnalishda kamida bittadan harakatlanish boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan hamda harakat faqat bir tomonlama boʻlgan yoʻllarda ruxsat etiladi.
Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari harakat bir tomonlama boʻlgan yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻxtashlari mumkin.
14.2. Transport vositalarini qatnov qismining cheti boʻylab bir qator qilib, kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.
Yoʻlning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarida boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda ham qoʻyishga ruxsat etiladi.
Piyodalar harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
14.3. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda toʻxtab turish faqat buning uchun koʻzda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruxsat etiladi.
14.4. Quyidagi joylarda toʻxtash taqiqlanadi:
tramvay yoʻllarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan boʻlsa;
tonnellarda, temir yoʻl kesishmalarida;
bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan koʻpriklar, osma yoʻl (estakada)lar, osma koʻpriklar va ularning ostida;
toʻxtagan transport vositasi bilan sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilagan chiziqdan tashqari) orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda;
piyodalar oʻtish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda;
qatnov qismining xavfli burilishlarida;
loaqal bir yoʻnalishdagi koʻrinish 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida;
qatnov qismlari kesishmalarida va kesilayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (qarama-qarshi harakat yoʻnalishlari sidirgʻa chizigʻi yoki ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan yoʻlda, unga yondan tutashgan yoʻlning qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
bekat maydonchalariga, ular boʻlmaganda esa harakatga xalaqit beradigan boʻlsa, belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoki taksining toʻxtash joyi koʻrsatkichlariga 15 metr qolganda;
transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan yoki boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
“Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi (3.27) hamda chizigʻi (1.4) ning taʼsirlari doirasida.
14.5. Toʻxtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:
toʻxtash taqiqlangan joylarda;
aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 belgisi bilan belgilangan yoʻllarning qatnov qismida;
temir yoʻl kesishmalariga 50 metr qolganda;
toʻxtash va toʻxtab turishni taqiqlovchi yoʻl belgilari (3.27 — 3.30) va chiziqlari (1.4, 1.10) taʼsirlari doirasida.
14.6. Toʻxtash taqiqlangan joyda majburiy toʻxtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini koʻrishi kerak.
14.7. Agar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarning harakatiga xalaqit beradigan boʻlsa yoki xavf tugʻdirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
14.8. Haydovchi transport vositasini oʻz–oʻzidan harakatlanishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini koʻrgandan keyingina oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.
15. ChORRAHADA HARAKATLANISh
15.1. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.
15.2. Tirbandlik tufayli toʻxtashga majbur boʻlgan haydovchi, agar u koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
15.3. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan oʻtish qoidalariga, chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.
TARTIBGA SOLINGAN ChORRAHALAR
15.4. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama–qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham oʻzaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak.
15.5. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
15.6. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
15.7. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qatʼi nazar, belgilangan yoʻnalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chiziqlari (yoki 5.33 belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.
15.8. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda oʻtishni tugallayotgan piyodalarga yoʻl berishi shart.
TARTIBGA SOLINMAGAN ChORRAHALAR
15.9. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yoʻldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.
15.10. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
15.11. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.
15.12. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama–qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
15.13. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor–yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda u oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak.
16. PIYODALARNING OʻTISh JOYLARI VA BELGILANGAN YOʻNALIShDAGI TRANSPORT VOSITALARINING BEKATLARI
16.1. Transport vositasining haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalarga yoʻl berishi shart.
16.2. Agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtatsa, qoʻshni boʻlaklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
16.3. Tartibga solingan piyodalar oʻtish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodalarga qatnov qismini shu yoʻnalishda kesib oʻtishni tugallashga imkon berishlari kerak.
16.4. Agarda, piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻxtashga majbur boʻladigan boʻlsa, bunday piyodalar oʻtish joylariga kirish taqiqlanadi.
16.5. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyodalarni oʻtkazib yuborishi kerak.
16.6. Agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan belgilangan yoʻnalishdagi transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yoʻl berishi kerak.
16.7. “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositasi toʻxtab turganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur boʻlsa toʻxtashi va bolalar guruhini oʻtkazib yuborishi kerak.
17. TEMIR YOʻL KESIShMALARI ORQALI HARAKATLANISh
17.1. Transport vositalarining haydovchilari temir yoʻllarni faqat temir yoʻl kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina)larga yoʻl berib kesib oʻtishlari mumkin.
17.2. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yoʻl belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining koʻrsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yoʻqligiga ishonch hosil qilishi shart.
17.3. Temir yoʻl kesishmasiga kirish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qatʼi nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda;
shlagbaumning bor–yoʻqligidan, uning holatidan qatʼi nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani boshidan koʻtarib tursa yoki qoʻllarini yonga uzatsa);
kesishmadan keyin hosil boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada toʻxtashga majbur boʻladigan hollarda;
agar koʻrinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan boʻlsa.
Bundan tashqari:
kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama–qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtish;
shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish;
kesishma orqali zanjirli qishloq xoʻjaligi, yoʻl qurilishi va boshqa mashina va mexanizmlarning yurib oʻtishi (mexanik transport vositalariga yuklab olib oʻtish ruxsat etiladi);
temir yoʻl distansiyasi boshligʻining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarini olib oʻtish taqiqlanadi.
17.4. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumgacha kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻxtashi kerak.
17.5. Temir yoʻl kesishmasida majburan toʻxtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi kerak.
Agarda kesishmani boʻshatishni iloji boʻlmasa haydovchi:
imkoniyati boʻlganda yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga toʻxtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yoʻl yoqasi boʻylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi boʻlsa uni yoʻl yaxshi koʻrinmaydigan tomonga) yuborishi;
transport vositasining yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi;
poyezd koʻringanda toʻxtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.
Eslatma: Toʻxtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq koʻrinadigan biror narsa bilan, tunda esa mashʼala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
Umumiy xatar ishorasi bitta uzun va uchta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi.
18. AVTOMAGISTRALLARDA HARAKATLANISh
18.1. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot–aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va oʻzi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;
ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi boʻlaklardan boshqa boʻlaklarda harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 belgilar bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash;
ajratuvchi boʻlakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.
18.2. Qatnov qismida majburiy toʻxtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan boʻlakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.
19. TURAR–JOY DAHALARIDA HARAKATLANISh
19.1. Turar-joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
19.2. Turar–joy dahalarida:
mexanik transport vositasini boshqarishni oʻrgatish;
yurgizgichi ishlab turgan holda toʻxtab turish;
ruxsat etilgan toʻla vazni 3.5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, belgi yoki chiziqlar bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻxtab turishi taqiqlanadi.
19.3. Turar–joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va oʻsimliklarning shikastlanmasligini taʼminlashlari zarur.
19.4. Turar–joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.
19.5. Ushbu boʻlimdagi talablar hovlili hududlarga ham tegishlidir.
20. TIK NIShABLIK VA BALANDLIKLARDA HARAKATLANISh
20.1. 1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda yoʻlda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi yoʻl berishi kerak.
20.2. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 belgisi oʻrnatilgan yoʻlda toʻxtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari oʻz harakatini toʻxtatish uchun 5.40 belgisi bilan belgilangan falokatli holatlar uchun yoʻlga kirishlari shart.
20.3. Yoʻlning 1.13 “Tik nishablik” yoʻl belgisi bilan belgilangan qismida uzatma yoki tishlashish mexanizmini ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
21. BELGILANGAN YOʻNALIShDAGI TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYOZLARI
21.1. Tramvay yoʻli chorrahadan boshqa joylarda yoʻl qatnov qismini kesib oʻtadigan boʻlsa, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylaridan tashqari).
21.2. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1—5.10.3 belgilari bilan ajratilgan boʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi.
Agar bu boʻlak yoʻl qatnov qismining boshqa joyidan uzuq–uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu boʻlakka qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.
21.3. Aholi yashaydigan joylarda bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga haydovchilar yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari ularga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganlik–laridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
22. TAShQI YORITISh ASBOBLARIDAN FOYDALANISh
22.1. Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek, tonnellarda harakatlanayotgan barcha transport vositalari:
yoʻlning yoritilmagan qismida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi faralarini;
yoʻlning yoritilgan qismida yaqinni yorituvchi faralarini;
yoʻlning yoritilganligidan qatʼi nazar, tirkamalarning gabarit chiroqlarini yoqishi kerak.
22.2. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara yaqinni yorituvchi fara bilan almashtirilishi kerak:
aholi yashaydigan joylarda yoʻl yoritilgan boʻlsa;
qarama–qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga 150 metrdan kamroq masofa qolganda, shuningdek, haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqti–vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada;
qarama–qarshi va bir yoʻnalishdagi haydovchilarning koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha hollarda.
Koʻzi qamashgan haydovchi falokat yorugʻlik ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi kerak.
22.3. Qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻxtagan yoki toʻxtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.
Etarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha qilib yaqinni yorituvchi faralar, tumanga qarshi faralar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin.
22.4. Quyidagi hollarda tumanga qarshi faralarni qoʻllash mumkin:
yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi faralar bilan;
qoidalarning 22.5 bandida koʻzda tutilgan hollarda yaqinni yorituvchi fara oʻrnida.
22.5. Kunning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak:
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi safida harakatlanayotganda;
umumiy harakat oqimiga qarshi yoʻnalishda maxsus ajratilgan boʻlakda harakatlanayotgan belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarida;
avtobus va yuk avtomobillarida bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).
22.6. Fara–projektor va izlovchi faralardan faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida qarama–qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari boʻlmaganda foydalanish mumkin.
Aholi yashaydigan joylarda esa bunday faralardan faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilariga foydalanishga ruxsat etiladi.
22.7. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Orqadagi toʻxtash chiroqlari (stop–signal)ga tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulash taqiqlanadi.
22.8. “Avtopoyezd” taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, kunning qorongʻi vaqtida esa yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish paytida ham yoqib qoʻyilishi kerak.
22.9. Zargʻaldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq–mayoqcha yoʻlda qurilish, taʼmirlash yoki tozalash ishlari olib borayotgan, shuningdek, ogʻir vaznli, katta oʻlchamli yoki xavfli yuklarni tashish qoidalarida koʻzda tutilgan hollarda ularni tashiyotgan transport vositalarida yoqilishi kerak.
23. MEXANIK TRANSPORT VOSITALARINI ShATAKKA OLISh
23.1. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakda olib yurish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak. Qattiq ulagichning tuzilishi (konstruksiyasi) shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan borishini taʼminlagan hollar bundan mustasno.
23.2. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek, shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
23.3. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4—6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich yordamida esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak. Egiluvchan ulagichga Qoidalarning 28.4 bandiga muvofiq taxtacha yoki bayroqcha qoʻyilishi kerak.
23.4. Shatakka olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
ikki va undan koʻproq transport vositalarini;
shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq boʻlsa;
toʻxtatish tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;
yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.
24. TRANSPORT VOSITALARINI BOShQARIShNI OʻRGATISh
24.1. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda oʻtkazilishi kerak.
24.2. Yoʻllarda boshqarishni oʻrgatishga faqat yoʻriqchi ishtirokida, oʻrganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini yetarlicha egallagandan soʻnggina ruxsat etiladi. Oʻrganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.
24.3. Boshqarishni oʻrgatayotgan yoʻriqchi oʻrgatish huquqini beruvchi hujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va u bevosita 3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega boʻlishi kerak.
24.4. Haydovchilarni tayyorlash mashgʻulotlari oʻquv yakunida avtomobil boshqarishni oʻrganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni oʻrganuvchi 21 yoshga, mototsikl boshqarishni oʻrganuvchi esa 16 yoshga toʻladigan shaxslar bilan olib boriladi.
24.5. Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va yoʻriqchi uchun orqani koʻrsatuvchi koʻzgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari boshqarishni oʻrgatish transport vositalarida yoʻriqchi uchun qoʻshimcha ulovchi (ssepleniye) va toʻxtatish tepkilari ham boʻlishi kerak.
24.6. Boshqarishni oʻrgatish yoʻnalishlari Davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishilishi shart. Boshqa yoʻllarda boshqarishni oʻrgatish taqiqlanadi.
25. ODAM TAShISh
25.1. Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “S” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda esa “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Eslatma: Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarda odam tashishiga yoʻl qoʻyish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25.2. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan oʻrindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi oʻrindiqlar mustahkam suyanchiqqa ega boʻlishi kerak.
25.3. Tashiladigan odamlar soni jihozlangan oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
25.4. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yoʻlovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yoʻlovchilarni xavfsiz tashish sharoiti taʼminlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
25.5. Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan oʻrindiqlar bilan taʼminlanishlari kerak.
25.6. Avtobuslarda yoki furgon–yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs boʻlishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi oʻrnatilishi kerak.
Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qoʻshimcha ravishda bort balandligi 1 (bir) metrdan kam boʻlmasligi kerak.
25.7. Haydovchi transport vositasi toʻla toʻxtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan soʻnggina harakatlanishni boshlashi va toʻla toʻxtamaguncha ularni ochmasligi shart.
25.8. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon–yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);
traktorlar va boshqa oʻzi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama–uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
mototsikllarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindigʻida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, uning oldingi oʻrindigʻida;
12 yoshga toʻlmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan toʻla vazndan ortmasligi kerak.
26. YuK TAShISh
26.1. Tashilayotgan yukning vazni va oʻqlarga tushadigan ogʻirlik miqdorining taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
26.2. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning toʻgʻri joylashganligi va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini taʼminlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.
26.3. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi:
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;
tashqi yoritish asboblari va yorugʻlik qaytargichlarini, davlat raqami belgilarini va taniqlik belgilarni, shuningdek, ishoralarni va qoʻl bilan beriladigan ishoralarni koʻrishni toʻsmasa;
shovqin solmasa, chang koʻtarmasa, yoʻlni va atrof–muhitni iflos qilmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab oʻtilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʻrishi, uning iloji boʻlmasa, bundan keyingi harakatlanishni toʻxtatishi shart.
26.4. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq “Katta oʻlchamli yuk” belgisi bilan belgilanishi, qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha qilib oldi oq chiroq yoki yorugʻlik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorugʻlik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
26.5. Ogʻir, katta oʻlchamli yoki oʻta xavfli yuklarni tashish uchun tasarrufida avtomobil yoʻllari boʻlgan yuridik shaxslarning hamda ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi talab qilinadi.
(26.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
27. VELOSIPED VA ARAVALAR HARAKATLANIShI, ShUNINGDEK, HAYVONLARNI HAYDAB OʻTIShGA DOIR QOʻShIMChA TALABLAR
27.1. Yoʻlda velosiped, aravani boshqarish, hayvonlarni haydab oʻtish yoki ularni minib oʻtish 14 yoshga toʻlgan, mopedni boshqarish esa 16 yoshga toʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.
27.2. Velosipedlar, mopedlar, aravalarni boshqarish, hayvonlarni minib borish yoki haydab ketish paytida yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yoʻl yoqasida ham harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yoʻlning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, minib olingan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar toʻdasi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan hamda ularni quvib oʻtishni osonlashtiradigan guruhlarga boʻlinishi kerak.
27.3. Velosiped tovush bergich moslamasi bilan jihozlangan va uning tormozi soz boʻlishi zarur. Qorongʻi vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida velosipedning old tomoniga oq rangli, orqa tomoniga qizil rangli chiroqcha yoki qizil rangli nur qaytargich, yon tomonlariga esa zargʻaldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.
27.4. Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
rulni bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
yoʻlovchi tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchini tashish bundan mustasno);
gabaritdan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish;
velosiped yoʻlkasi boʻlgani holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanish;
tramvaylar harakatlanadigan yoʻllarda va tegishli yoʻnalishda boʻlagi bittadan koʻp boʻlgan yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped yoki mopedlarga moʻljallangan tirkamalar bundan mustasno).
27.5. Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped yoʻlkasida borayotgan velosiped va moped haydovchilari bu yoʻlka bilan kesishgan yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari kerak.
27.6. Ot–aravalarda orqaga tisarilib ketishga yoʻl qoʻymaydigan tirgaklar va uni toʻxtatib turadigan moslama boʻlishi kerak.
Qorongʻi vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida yoʻlda harakatlanayotgan ot–aravaning old tomoniga oq rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yoʻldan koʻrinish cheklangan joylarda yoʻlga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qoʻyib yubormasligi kerak.
27.7. Hayvonlar yoʻllarda asosan kunning yorugʻ vaqtida haydab boriladi. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yoʻlning oʻng chetidan olib yurishlari kerak.
27.8. Temir yoʻl kesishmalari orqali oʻtishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar podasi xavf–xatarsiz haydab oʻtilishi taʼminlanadigan toʻdalarga boʻlinishi lozim.
27.9. Aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib yoki haydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
yoʻllarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
podani temir yoʻldan va yoʻlda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek, ruxsat etilgan joylarda esa qorongʻi vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida haydab oʻtish;
hayvonlarni mukammal qoplamali yoʻllardan haydab borish;
koʻkalamzorlashtirilgan joylarda (yoʻl, yoʻl yoqasi, ajratuvchi boʻlak va h.k.) hayvonlarni boqish va bogʻlab qoʻyish.
28. MANSABDOR ShAXSLAR VA FUQAROLARNING YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh, TRANSPORT VOSITALARINI YOʻLGA ChIQARISh, ULARGA RAQAM VA TANIQLIK BELGILARINI OʻRNATISh BOʻYIChA VAZIFALARI
28.1. Mexanik transport vositalari va tirkamalari, ularning texnik holatidan qatʼi nazar, xarid qilingan yoki bojxonada rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida DANda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
28.2. Mexanik transport vositalari (tramvay, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning koʻzda tutilgan joylarida tegishli namunadagi raqam belgilari oʻrnatilgan boʻlishi shart. Avtomobilda esa old peshoynaning oʻng tomonidagi yuqori burchagiga davlat texnik koʻrigidan oʻtganligi haqidagi talon ham oʻrnatilishi kerak.
Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning raqam belgisi va harfi yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 mm, raqamlar kengligi 120 mm, chiziqning yoʻgʻonligi 30 mm, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi lozim.
Tramvay va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan roʻyxatga olingan raqamlar yoziladi.
28.3. Transport vositalariga quyidagi koʻrinishda boʻlgan taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak:
“Avtopoyezd” – yuk avtomobillari va gʻildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek, tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zargʻaldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
“Turumlangan” (tishli, shipli) – turumlangan shinali mexanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda “T” harfi tushirilgan, qizil xoshiyali oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi;
Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200–300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.
“Bolalar guruhini tashish” – avtobus yoki maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar tashilganda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi toʻrtburchak koʻrinishidagi belgi;
toʻrtburchakning tomonlari 250–300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi toʻrtburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.
“Kar haydovchi” — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etgan sariq rangli doira shaklidagi belgi;
“Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi” — boshqarishni oʻrgatishda foydalanadigan transport vositalarining old va orqa tomoniga ichiga qora rangda “O'” harfi tushirilgan, transport vositasining turiga qarab tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha boʻlgan, qizil hoshiyali oq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
“Tezlik cheklangan” – juda ogʻir, xavfli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 12.2, 12.3 va 12.4 bandlarida belgilangan tezlikdan past boʻlgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 – “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgisining kichraytirilgan rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi;
Belgining diametri 160 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.
“Xavfli yuk” — xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatilgan oʻlchami 690x300 millimetr, zargʻaldoq rangli oʻng qismi 400x300 millimetr boʻlgan, chap qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora xoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi toʻrtburchak shaklidagi belgi (4-ilova);
“Katta oʻlchamli yuk” — ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal boʻyicha galma–gal joylashgan qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, oʻlchami 400x400 millimetrli toʻrtburchak shaklidagi belgi;
“Uzun oʻlchamli transport vositasi” – yukli yoki yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan koʻproq tirkamali avtopoyezdlarning orqasiga kengligi 40 millimetr boʻlgan qizil hoshiyali, oʻlchami 1200x200 millimetr boʻlgan, tarkibning tasviri tushirilgan sariq rangli toʻrtburchak shaklidagi belgi;
koʻrsatilgan oʻlchamli belgini joylashtirishning imkoniyati boʻlmasa, bir xil ikkita 600x200 millimetrli oʻlchamdagi belgini transport vositasining oʻqiga simmetrik ravishda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
“Falokat sababli toʻxtash” – miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi.
Haydovchilarning xohishiga koʻra quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi mumkin:
“Shifokor” – shifokor–haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan, tomonlari 140 millimetrdan boʻlgan koʻk rangli toʻrtburchak ichida, diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi;
“Nogiron” – birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan barcha tomonlari 150 millimetrdan boʻlgan va qora rangdagi 7.17 yoʻl belgisining tasviri tushirilgan sariq rangli toʻrtburchak shaklidagi belgi;
28.4. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi qurilma oʻlchami 200x200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma–ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki taxtachalar koʻrinishida tayyorlanishi kerak.
Egiluvchan ulagichning har bir metriga bittadan ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi.
28.5. Qattiq ulagichli qurilmaning tuzilishi davlat standarti talablariga mos boʻlishi kerak.
28.6. Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
agar avtomobillar, avtobuslar, avtopoyezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, traktorlar va boshqa oʻziyurar mashinalarning texnik holati va jihozlanishi 3–ilovadagi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar roʻyxatining biron–bir talabiga javob bersa;
trolleybus va tramvaylarda tegishli texnik foydalanish qoidalarida koʻzda tutilgan nosozliklardan birortasi boʻlsa;
transport vositalari davlat texnika koʻrigidan oʻtmagan, shuningdek, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan boʻlsa;
transport vositalari davlat avtomobil nazorati organlarining ruxsatisiz miltillovchi chiroq–mayoqcha va maxsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon tomoniga DAN bilan kelishmasdan qiya oq chiziq tortilgan, koʻzda tutilmagan joylarga tegishli raqam belgilari oʻrnatilgan, agregat va qismlarining raqamlari yoki raqam belgilari koʻrinmaydigan, qalbakilashtirilgan, oʻzgartirilgan boʻlsa.
28.7. Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
texnik nosozligi tufayli foydalanish taqiqlangan, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki davlat texnika koʻrigidan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish;
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday mastlik (alkogol, giyohvand va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori–darmonlar taʼsirida, charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, giyohvand yoki spirtli ichimliklarni surunkali istemol qiluvchi shaxs sifatida hisobda turgan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish;
asfalt yoki sement–beton qoplamali yoʻllarga zanjirli traktor va boshqa oʻzi yurar mexanizmlarni chiqarish.
28.8. Yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarining holatiga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaxslar:
yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan holatda saqlashga;
yoʻl harakatiga halaqit beradigan har qanday toʻsqinlik vujudga kelsa ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, yoʻlning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishga majburdirlar.
28.9. Yoʻllarda taʼmirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga majburdirlar. Bunday joylar, shuningdek, yoʻldan tashqariga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan ish bajarmayotgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga oʻxshashlar tegishli yoʻl belgilari, yoʻnaltiruvchi va toʻsuvchi moslamalar bilan, sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa qoʻshimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.
Taʼmirlash ishlari tugallangandan soʻng yoʻllarda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
28.10. Amaldagi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan DAN organlari bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishiladi:
shaharlarda va avtomobil yoʻllarida harakatni tashkil etishni loyihalash, yoʻllarni harakatni tashkil etuvchi texnik vositalar bilan jihozlash;
yoʻllarni, yoʻl inshootlarini qurish, qayta rekonstruksiya kilish va taʼmirlash ishlarini loyihalash;
yoʻlning bevosita yaqinida (tashqi reklamani joylashtirish joylaridan tashqari) koʻrishni cheklovchi yoki piyodalar harakatini qiyinlashtiradigan joylarga kioskalar, transparantlar, plakatlar va shu kabilarni oʻrnatish;
(28.10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
yoʻnalishli transport vositalari yoʻnalishlari va bekatlarining joylanishi;
yoʻllarda ommaviy, sport va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maxsus yorugʻlik va tovush ishoralarini oʻrnatish, transport vositalari kuzovining yon tomoniga qiya oq chiziqlar tortish;
mazkur Qoidalarning 26.5 bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;
boshqarishni oʻrgatish ruxsat etilgan yoʻllar roʻyxati va chizmasi;
yoʻllarda transport vositalari va piyodalarning harakatiga xavf tugʻdiruvchi har qanday ishlarni olib borish.
Ogoxlantiruvchi belgilar yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʻrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi.
1.15. “Sirpanchiq yoʻl”. Yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismi.
1.16. “Notekis yoʻl”. Qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl (oʻnqir-choʻnqir, oʻydim-chuqur joylar, koʻprikning yoʻlga notekis tutashuvi va shu kabilar).
1.17. “Tosh otilishi xavfi”. Mukammal qoplamali yoʻl qismida transport vositasi gʻildiragi ostidan shagʻal, tosh va shunga oʻxshashlarning otilib chiqish ehtimoli.
1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish manzillari va shunga oʻxshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimoli.
1.29. “Tonnel”. Sunʼiy ravishda yoritilmagan yoki kiraverish peshtogʻining koʻrinishi cheklangan tonnel.
1.30. “Boshqa xavf-xatarlar”. Ogohlantiruvchi belgilarda koʻzda tutilmagan xavf-xatarlar boʻlgan yoʻl qismi.
1.31.1, 1.31.2. “Burilishning yoʻnalishi”. Kichik radiusda qurilgan, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishi. Yoʻlning taʼmirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishi.
1.31.3. “Burilishning yoʻnalishi”. “T” simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishi. Yoʻlning taʼmirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishi.
1.1, 1.2, 1.5 — 1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli joydan 50—100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150—300 metr oldin oʻrnatiladi. Zarurat boʻlganda bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha belgida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10—15 metr masofa yetmasdan (7.11 qoʻshimcha belgisiz) oʻrnatilishi mumkin.
1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmasining oldiga oʻrnatiladi.
2. Imtiyoz belgilari
Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʻllaniladi.
2.1. “Asosiy yoʻl”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasidan oldin oʻtish huquqi beriladigan yoʻlning boshlanishi.
2.4. “Yoʻl bering!” Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
2.5. “Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻlda 7.13 qoʻshimcha belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan chiqayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.
2.6. “Roʻpara harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
2.7. “Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz”. Yoʻlning tor qismida harakatlanmoqchi boʻlgan haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasidan oldin oʻtish huquqiga ega.
3. Taqiqlovchi belgilar
Taqiqlovchi belgilar yoʻl harakatiga maʼlum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi.
3.1. “Kirish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanadi.
3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.3. “Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan”.
3.4. “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan”. Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.
3.8. “Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan”. Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab oʻtish taqiqlanadi.
3.9. “Velosipedda harakatlanish taqiqlangan”. Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.11. “Vazn cheklangan”. Haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.12. “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan”. Birorta oʻqiga tushadigan haqiqiy ogʻirligi belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.13. “Cheklangan balandlik”. Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.14. “Cheklangan kenglik”. Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.15. “Cheklangan uzunlik”. Gabarit uzunligi (yukli yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalari tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.16. “Eng kam oraliq”. Belgida koʻrsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.
3.17.1. “Bojxona”. Bojxona (tekshiruv maskani) oldida toʻxtamasdan oʻtish taqiqlanadi.
3.17.2. “Xavf-xatar”. Yoʻl-transport hodisasi yoki boshqa xavfli holatlar tufayli barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.20. “Quvib oʻtish taqiqlanadi”. Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.
3.22. “Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan”. Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23. “Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.26. “Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan”. Yoʻl transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqilanadi.
3.27. “Toʻxtash taqiqlangan”. Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi.
3.28. “Toʻxtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi.
3.29. “Oyning toq kunlarida toʻxtab turish taqiqlanadi”.
3.30. “Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlanadi”.
3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26—3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
3.1—3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga, 3.2—3.8 belgilari taʼsir oraligʻida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga tegishli yoxud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga daxli yoʻq. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
Ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga binoan “Nogiron” taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 qoʻshimcha axborot belgisi boʻlganda 3.27 belgisining taʼsir oraligʻida toʻxtashga ruxsat etiladi.
3.28—3.30 — belgilari taksometri ishlab turgan taksilarga daxli yoʻq.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26—3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi boʻlmagan aholi yashaydigan joylarda aholi yashaydigan hududning oxirigacha, yoʻlga yondosh hududlardan dala va oʻrmonlarning yoʻl bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yoʻllardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqolmaydi.
Aholi yashaydigan joylarga yetmay oʻrnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
3.27—3.30 belgilarining amal qilish oraligʻi oxiriga 3.27—3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 bilan qoʻllanadi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizigʻi bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizigʻi bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27—3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomoniga oʻrnatilgan boʻlsa, ularga faqat oʻsha tomonda amal qilinadi.
4. Buyuruvchi belgilar
Transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi.
4.1.6. “Harakatlanish oʻngga yoki chapga”. Faqat yoʻnaltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yoʻnalishiga tegishli yoʻnaltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1—4.1.6 belgisini qoʻllash mumkin).
4.1.1—4.1.6 belgilarining belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga daxli yoʻq.
4.1.1—4.1.6 belgilarining taʼsiri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
4.1.1 belgisi yoʻl boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va yoʻlga tutash boshqa xududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4.2.2. “Toʻsiqni chapdan chetlab oʻtish”. Toʻsiqni koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha chetlab oʻtishga ruxsat etiladi.
4.2.3. “Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan chetlab oʻtish”. Toʻsiqni har tomondan chetlab oʻtishga ruxsat etiladi.
4.3. “Aylanma harakatlanish”. Yoʻnaltirgichlarda koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi.
4.4. “Yengil avtomobillar harakatlanadi”. Yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositlarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Belgining taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi.
Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
4.5. “Velosiped yoʻlkasi”. Faqat velosiped va mopedlarlar harakatlanishga ruxsat etiladi. Velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
4.6. “Piyodalar yoʻlkasi”. Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.
Axborot-ishora belgilari harakat qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi
5.1. “Avtomagistral”. Yoʻl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻl.
5.3. “Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl”. Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl.
5.4. “Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻlning oxiri”.
5.5. “Bir tomonlama harakatlanish yoʻli”. Transport vositalarining butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻli yoki uning qatnov qismi.
5.6. “Bir tomonlama harakatlanish yoʻlining oxiri”.
5.7.1, 5.7.2. “Bir tomonlama harakatlanish yoʻliga chiqish”. Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqish.
5.8.1. “Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi”. Boʻlaklar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi.
5.8.2. “Boʻlak boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi”. Boʻlak boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu boʻlakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin oʻrnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining taʼsiri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.
5.8.3. “Boʻlakning boshlanishi”. Yoʻlning balandlikka koʻtarilish yoki toʻxtash qismidagi qoʻshimcha boʻlagining boshlanish joyi. Agar qoʻshimcha boʻlak oldiga 4.7 “Eng kam tezlik” belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy boʻlakdan qoʻshimcha boʻlakka qayta tizilishi kerak.
5.8.4. “Boʻlakning boshlanishi”. Uch boʻlakli yoʻllarda harakatlanish uchun oʻrta boʻlakning boshlanishi.
5.8.5. “Boʻlak oxiri”. Balandlikka koʻtarilish yoki toʻxtash qismidagi qoʻshimcha boʻlakning oxiri.
5.8.6. “Boʻlak oxiri”. Uch boʻlakli yoʻlda harakatlanish uchun moʻlajallangan oʻrta boʻlakning oxiri.
5.8.7. 5.8.8. “Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi”.
Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan boʻlsa, unda bu transport vositasining tegishli boʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi.
5.8.7 va 5.8.8 belgilari yoʻnalishlar soniga koʻra toʻrt va undan ortiq boʻlakli yoʻllarga ham tadbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.
5.9. “Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak”. Transport vositalari yoʻnalishida harakatlanadigan belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak.
Belgi qaysi boʻlak ustida joylashgan boʻlsa, shu boʻlakka tatbiq etiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgining taʼsiri oʻng boʻlakka tatbiq etiladi.
5.10.1. “Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl”. Belgilangan yoʻnalishli transport vositlarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan boʻlak.
5.10.2. 5.10.3. “Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlga chiqish”.
5.10.4. “Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlning oxiri”.
5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar oʻtish joyi”. Oʻtish joyi oldida 1.14.1—1.14.3 yotiq chizigʻi boʻlmaganda 5.16.2 belgisi yoʻldan oʻng tomonga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomon oʻtish joyining orqa chegarasiga oʻrnatiladi.
5.17.1, 5.17.2. “Piyodalarning yer ostidan oʻtish joyi”.
5.17.3, 5.17.4. “Piyodalarning yer ustidan oʻtish joyi”.
5.18. “Tavsiya etilgan tezlik”. Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qoʻllansa, uning taʼsir oraligʻi havfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.
5.19.1—5.19.3. “Oxiri berk yoʻl, koʻcha”. Yoʻl yoki koʻchaning koʻrsatilgan yoʻnalishda oxiri berk.
5.20.1, 5.20.2. “Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi”. Belgida koʻrsatilgan aholi yashaydigan joyga va boshqa manzillarga tomon harakatlanish yoʻnalishi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisi yoʻlning 3.11—3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan qismlarini aylanib oʻtish kerakligini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi.
5.20.3. “Harakatlanish tasviri”. Chorrahada ayrim harakatlar taqiqlangan vaqtda harakatlanish yoʻnalishi yoki serqatnov chorrahada ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi.
5.21.1. “Yoʻnalish koʻrsatkichi”. 5.21.2. “Yoʻnalishlar koʻrsatkichi”. Manzillar tomon harakatlanish yoʻnalishlari.
Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan boʻlishi mumkin.
5.22. “Aholi yashaydigan joyning boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishi.
5.23. “Aholi yashaydigan joyning oxiri”. Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibi talablari bekor qilingan joy.
5.24. “Aholi yashaydigan joyning boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joyning nomi hamda uning boshlanishi.
5.25. “Aholi yashaydigan joyning oxiri”. 5.24 belgisi bilan koʻrsatilgan aholi yashaydigan joyning oxiri.
5.26. “Manzil nomi”. Aholi yashamaydigan joylar (daryo, koʻl, dovon, xushmanzara joy va h.k.)ning nomi.
5.27. “Masofalar koʻrsatkichi”. Yoʻnalish boʻyicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha boʻlgan masofa (km).
5.28. “Kilometr belgisi”. Yoʻlning boshi yoki oxirigacha boʻlgan masofa (km).
5.30.1—5.30.3. “Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi”. Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va oʻziyurar moslamalarga biror yoʻnalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlari.
5.31. “Aylanib oʻtish tasviri”. Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish chizmasi.
5.32.1—5.32.3. “Chetlab oʻtish yoʻnalishi”. Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish yoʻnalishi.
5.33. “Toʻxtash”. Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻxtaydigan joy.
5.34.1, 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlangʻich koʻrsatkichi”. Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishi.
5.35. “Reversiv harakatlanish”. Bir yoki bir necha boʻlaklarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishi.
5.40. “Falokatli holatlar uchun kirish yoʻli”. Yoʻl harakati qoidalaridagi 20.2 bandda koʻrsatilgan hollarda foydalaniladigan yoʻl.
Aholi yashaydigan joylarda oʻrnatilgan yashil yoki koʻk asosdagi 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 belgilarida koʻrsatilgan aholi yashash joylariga shu hududdan chiqqach, tegishli avtomagistral yoki boshqa yoʻllar orqali borilishini bildiradi. Oq asosda koʻrsatilgan manzil shu aholi yashaydigan joyda ekanligini bildiradi.
6. Servis belgilari
Servis belgilari transport vositalari, yoʻlovchilar va haydovchilarga xizmat koʻrsatish joylari haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qoʻllangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʻllaniladi.
7.1.1. “Manzilgacha boʻlgan masofa”. Belgidan yoʻlning xavfli joyigacha boʻlgan masofani, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritilgan joyni yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joyni koʻrsatadi.
7.1.2. “Manzilgacha boʻlgan masofa”. Chorraha oldida 2.5 belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, 2.4 belgisidan chorrahagacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.
7.1.3, 7.1.4. “Manzilgacha boʻlgan masofa”. Yoʻldan manzilgacha boʻlgan masofa.
7.2.1. “Taʼsir oraligʻi”. Ogohlantiruvchi, buyuruvchi, axborot-ishora belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
7.2.2—7.2.6. “Taʼsir oraligʻi”. Bu belgilar faqat taqiqlovchi 3.27—3.30 belgilari bilan qoʻllaniladi.
7.2.2 — belgining taʼsiri saqlangan oraliqni koʻrsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga belgi taʼsirida ekanliklari xaqida maʼlumot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga oʻxshash joylar chetida toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanganda belgining taʼsir oraligʻi va yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.3.1—7.3.3. “Taʼsir yoʻnalishlari”. Chorraha oldida oʻrnatilgan belgilarning taʼsir yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.4.1—7.4.7. “Transport vositasining turi”. Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.
7.4.1 qoʻshimcha belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 qoʻshimcha belgisi esa yengil avtomobillarga, shuningdek, toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
7.5.1. “Shanba, yakshanba va bayram kunlari”. 7.5.2. “Ish kunlari”. 7.5.3. “Hafta kunlari”. Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi koʻrsatilgan.
7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi.
7.5.5—7.5.7. “Amal qilish vaqti”. Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni koʻrsatadi.
7.6.1—7.6.9. “Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli”. 7.6.1 — barcha turdagi transport vositalarini toʻxtab turish uchun yoʻlning qatnov qismida, piyodalar yoʻlkasi yoniga qoʻyish usuli.
7.6.2 —7.6.9 piyodalar yoʻlkasi yonidagi toʻxtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qanday qoʻyish usuli koʻrsatilgan.
7.7. “Yurgizgichni ishlatmasdan toʻxtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan birgalikda qoʻllanganda, toʻxtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalarigina toʻxtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi.
7.8. “Pullik xizmat koʻrsatish joyi”. Naqd pulga xizmat koʻrsatilishini bildiradi.
7.9. “Toʻxtab turish muddati cheklangan”. 5.15 belgisi oʻrnatilgan toʻxtab turish joyida transport vositalari toʻxtab turishining eng koʻp muddatini koʻrsatadi.
7.10. “Avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazish joyi”. 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan koʻrsatilgan maydonlarda estakada yoki koʻzdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11. “Toʻla vazni cheklangan”. Toʻla vazni qoʻshimcha belgida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlgan transport vositalariga taalluqli.
7.12. “Xavfli yoʻl yoqasi”. Yoʻl ishlari bajariliyotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi, 1.23 belgisi bilan qoʻllaniladi.
7.13. “Asosiy yoʻlning yoʻnalishi”. Chorrahada asosiy yoʻlning yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.14. “Harakatlanish boʻlagi”. Belgi yoki svetofor taʼsiridagi harakatlanish boʻlagini koʻrsatadi.
7.15. “Koʻzi ojiz piyodalar”. 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan qoʻllaniladi, piyodalar oʻtish joyidan koʻzi ojiz kishilar foydalanishi haqida ogohlantiradi.
7.16. “Nam qoplama”. Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda taʼsir etishini koʻrsatadi.
7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻxtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.
7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan, transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi.
Qoʻshimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2—7.2.4, 7.13 qoʻshimcha belgilari yoʻlning, yoʻl yoqasining, piyodalar yoʻlkasining tepasiga oʻrnatilgan belgining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Eslatma: Ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ishora yoʻl belgilarining tagida mazkur yoʻl belgisining taʼsir oraligʻini koʻrsatuvchi 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, yoʻl belgilarining taʼsir oraligʻi oxirini koʻrsatuvchi yoʻl belgisi oʻrnatilishi shart emas.
Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibini belgilaydi.
Yoʻl yuzasidagi yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi).
1.1 — qarama—qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismini anglatadi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistrallar qatoriga kiritilmagan yoʻlning harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.
1.2 (enli sidirgʻa chiziq) — avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.
1.3 — toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama—qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.
1.4 — toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning harakatlanish qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq (bordyur) ustidan chiziladi.
1.5 — ikki yoki uch boʻlakli yoʻllarda qarama—qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki koʻproq boʻlakli yoʻllarda boʻlaklarning chegaralarini bildiradi.
1.6 (yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq—uzuq chiziq) — qarama—qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.7 — (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq—uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish boʻlaklarini bildiradi.
1.8 (enli uzuq—uzuq chiziq) — tezlanish yoki sekinlanish boʻlagi bilan yoʻlning harakatlanish qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va h.k.).
1.9 — reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama—qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi.
1.10 — toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning harakatlanish qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq (bordyur) ustidan chiziladi.
1.11 — faqat biror boʻlakka qayta tizilishga ruxsat etadi, bir yoʻnalishdagi yoki qarama—qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish uchun moʻljallangan joylarda manyovr faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi.
1.12 (toʻxtash) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻxtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi.
1.13 — kesishgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish zarur boʻlganda haydovchi transport vositasini toʻxtatishi lozim boʻlgan joyni koʻrsatadi.
1.14.1, 1.14.2 (zebra) yoʻlning harakat tartibga solinmagan qismida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.
1.14.2 belgining ishorali yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.
1.14.3 — piyodalarning harakati svetofor yordamida tartibga solinganini bildiradi.
1.15 — yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi.
1.16.1—1.16.3 — transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi.
1.17 — belgilangan yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joylari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi.
1.18 — chorrahada boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Yakka holda yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan qoʻllaniladi. Oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq, shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatadi. Chetki chap boʻlakdan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu boʻlakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
1.19 — harakatlanish qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlaklarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama—qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 yoʻl belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin.
1.20 — haydovchini 1.13 chizigʻiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.
1.21 (“toʻxtang” yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
1.22 — yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi.
1.23 — yoʻlning faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, harakatlanish qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli boʻlaklarni ajratayotgan 1.9 chizigʻini istalgan tomonidan bosib oʻtishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizigʻidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama—qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq tomondan, shuningdek, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki chetlab oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Koʻchma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yoʻl belgilari va chiziqlar maʼno jihatidan bir—biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.
2. TIK ChIZIQLAR
Tik chiziqlar — yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl—yoʻl oq-qora chiziqlar majmuisidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tugʻdiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar va osma yoʻllar, ustunlar va h. k.) ni bildiradi.
2.2 — tonnellar, koʻpriklar, osma yoʻl va koʻpriklarning pastki qirrasini bildiradi.
2.3 — ajratish boʻlaklaridagi yoki “xavfsizlik orolchalari”dagi dumaloq ustunlarni bildiradi.
2.4 — yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi.
2.5 — yoʻlning kichik radiusli burilishlari, tik nishabliklari va boshqa xavfli joylarida yoʻl chetiga oʻrnatilgan toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi.
2.6 — boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi.
2.7 — yoʻlning xavfli joylarida uning chetidagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan “xavfsizlik orolchalari” chetini bildiradi.
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar
1. Tormoz tizimi
1.1. Tormoz tizimining tuzilishi oʻzgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida koʻzda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qoʻllanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi quyidagi meʼyorlar talabini taʼminlamasa:
T/r
Transport vositasi turi
Tormoz yoʻli (koʻpi bilan) metr hisobida
1981-yil 1.01dan ishlab chiqarila boshlangan
1981-yil 1.01dan oldin ishlab chiqarila boshlangan
aslahalangan holda
toʻla vaznda
aslahalangan holda
toʻla vaznda
1
Yengil avtomobillar va ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari
12,2
12.9
14.5
10.2
ular shatakka olganda
13.6
10.5
14.5
10.5
2
Avtobuslar:
toʻla vazni 5 tonna va undan kam boʻlgan
13.6
17.0
18.7
21.2
toʻla vazni 5 tonnadan ortiq boʻlgan
16.8
17.4
19.9
21.2
3
Yuk avtomobillari:
toʻla vazni 3,5 tonna va undan kam boʻlgai
15.1
19.0
19.0
23.0
toʻla vazni 3,5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna boʻlgan
17.3
20.1
18.4
23.0
toʻla vaznli 12 tonnadan ortiq boʻlgan
16.0
19.7
17.7
23.0
4
Avtopoyezdlar shatakchi transport vositasi bilan
toʻla vazni 3,5 tonna va undan kam boʻlgan
17.7
21.8
22.7
25.0
toʻla vazni 3,5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna boʻlgan
18.8
21.3
22.1
25.0
toʻla vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan
18.4
20.8
21.9
25.0
5
Ikki gʻildirakli mototsikl va mopedlar
7.5
7.5
7.5
7.5
6
Kajavali mototsikllar
8.2
8.2
8.2
8.2
Izoh: 1. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi davlat namunasiga muvofiq boshqa oʻlchamlar bilan ham belgilanishi mumkin.
2. Ishchi tormoz tizimi — yoʻlning beton, asfaltbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km boʻlganda sinovdan oʻtkaziladi. Agar haydovchi tormozlash vaqtida toʻgʻri yoʻnalishnn saqlash uchup harakatlanish izini oʻzgartirishga majbur boʻlsa yoki toʻgʻri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.
1.3. Gidravlik tormoz uzatmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa.
1.4. Pnevmatik tormoz uzatmasining zichligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagn havo bosimn 0,05 MP (0,5 kg/sm2)dan koʻp pasayishiga sabab boʻlsa.
1.5. Tormoz uzatmasidagi havo bosimini oʻlchaydigan asbob (monometr) ishlamasa.
1.6. Toʻxtatib turish tormoz tizimi transport vositalarining quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
toʻla vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi yengil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoyezdlarni 31 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda.
Izoh: Toʻxtatib turish tormoz tizimi sinovdan oʻtkazilayotganda yurgizgich transmissiyadan ajratilgan boʻlishi kerak.
1.7. Qulflovchi moslama toʻxtatib turish tormoz tizimining dastagi (richagi)ni ushlab tura olmasa.
2. Boshqaruv qurilmasi
2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft (qismlar birikmasidagi yoyilish) yigʻindisi quyidagi koʻrsatgichdan katta boʻlsa:
t/r
Transport vositasining turi
Erkin qismlar oʻrtasidagi yoyilish yigʻidisi, koʻpi bilan gradus hisobida
1
Yengil avtomobillar va ular asosida yaratilgan yuk avtomobillari hamda mikroavtobuslar
10
2
Avtobuslar
20
3
Yuk avtomobillari
25
2.2. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida koʻzda tutilmagan sezilarli oʻzgarishlar yoki transport vositasida yukxonasi (rama, kabina, shassi)ga nisbatan qoʻzgʻalgan boʻlsa, qurilmadagi rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan boʻlsa.
2.3. Boshqaruv qurilmasining tuzilishida koʻzda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi asbob (dempfer) nosoz boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.
2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari boʻlgan qismlar oʻrnatilgan, shu transport vositasi turida koʻzda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qoʻllangan boʻlsa.
3. Tashqi yoritgichlar
3.1. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmasa.
Izoh: 1. Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan boʻlishi mumkin.
Tumanga qarshi faralar yoʻl yuzidan 250 mm dan kam boʻlmagan balandlikda joylashishi, lekin yaqinni yorituvchi faralardan baland boʻlmasligi, transport vositasining oʻqiga mutanosib va tashqi gabaritdan koʻpi bilan 400 mm uzoqlikda joylashishi kerak.
2. Tumanga qarshi bitta yoki ikkita qizil chiroq transport vositalarining orqasiga 400—1200 mm balandlikda va toʻxtatish ishorasida kamida 100 mm yaqinlikda oʻrnatiladi.
3. Tumanga qarshi fara, orqa chiroqlar, gabarit chiroqlari va davlat raqami belgisini yorituvchi chiroqlar bir vaqtda yoqilishi kerak.
4. Yengil transport vositasi va avtobusga bitta yoki ikkita qoʻshimcha kizil rangli, tormoz berganda yonuvchi chiroqni 1250—1400 mm balandlikda oʻrnatishga ruxsat etiladi.
5. Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi, rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritkichlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
3.2. Yorituvchi fara nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa.
3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa.
3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoxud nur sochuvchi va lampalar tegishli yorugʻlik asboblari turiga mos boʻlmaganidan foydalanilgan boʻlsa.
4. Oyna tozalagich va oyna yuvgichlar
4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan boʻlsa.
4.2. Transport vositasining tarkibida koʻzda tushgan oyna yuvgich ishlamayotgan boʻlsa.
5. Shinalar
5.1. Yengil avtomobillar shinasi naqshlari izlarining qoldiq chuqurligi 1,6 mm dan, yuk avtomobillarniki – 1,0 mm dan, avtobuslarniki – 2,0 mm dan, mototsikl va mopedlarniki – 0,8 mm dan kam boʻlsa.
Izoh: Tirkamalar shinasi naqshlari izlarining qoldiq chuqurligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan meʼyor kabidir.
5.2. Shinalarning baʼzi joylari shikastlangan yoki boshqa nuqsonlarga (kesilgan, yorilgan) ega boʻlsa.
5.3. Qoʻshaloq shinalar orasiga xavf-xatar tugʻdiruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan boʻlsa.
5.4. Shina oʻlchamlari yoki unga cheklangan ogʻirlik transport vositasining turiga mos kelmasa.
5.5. Transport vositasining bitta oʻqiga diagonal va radial, shuningdek, har xil naqshli shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.
5.6. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi oʻqiga naqshi qayta tiklangan shina, boshqa oʻqiga esa ikkinchi marta (2-darajali) taʼmirlash yoʻli bilan tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.
5.7. Yengil aptomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan tashqari) oldingi oʻqiga ikkinchi marta (2-darajali) taʼmirlash yoʻli bilan tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.
6. Yurgizgich (motor)
6.1. Ishlab chiqqan gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan meʼyordan ortiq boʻlsa.
6.2. Yonilgʻi uzatish tizimi zich (germetik) boʻlmasa.
6.3. Radio toʻlqinlaridagi shovqinni soʻndiruvchi moslamalar boʻlmasa.
6.4. Ishlab chiqarilgai gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq boʻlsa.
6.5. DAN organlari ruxsatisiz yurgizgich tuzilishiga oʻzgartirish kiritilgan, boshqa turdagi yonilgʻida ishlatish uchun qoʻshimcha moslama va jihozlar oʻrnatilgan boʻlsa.
7. Transport vositasi tuzilishining boʻlak qismlari
7.1. Transport vositasining tuzilishida koʻzda tutilgan orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgu boʻlmasa.
7.2. Tovush moslamasi (signal) ishlamasa.
7.3. Transport vositasiga tevarak-atrof koʻrinishini cheklangan qoʻshimcha narsalar, koʻzgusimon, shuningdek, tegishli davlat standartlarida belgilangan meʼyorlarni buzgan holda tayyorlangan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan boʻlsa.
Izoh: 1. Yengil avtomobillarning oldingi ikki yoniga orqa tomon koʻrinishini taʼminlaydigan tashqi koʻzgu oʻrnatilgandagina orqa oynasiga parda oʻrnatishga ruxsat etiladi.
2. Transport vositalarining faqat orqa va yon oynalari yorugʻlik oʻtkazuvchanligini 70% dan kam boʻlmaydigan qilib, davlat standarti talablarini buzmagan holda tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ga ruxsat etiladi. Avtomobillarning tom qismidagi lyuk oynasi bundan mustasno.
7.4. Tarkibida koʻzda tugilgan yukxona, kabina eshiklari, qulflari, yuk platformasi bortlarining temir yopqichlari, yonilgʻi idishi va tsisternalar ogʻzining qulflari, haydovchi oʻrindigʻi holatini sozlovchi moslama, falokat yuz bergan vaqtida chiqish joylari, eshiklarni ochish va yopish moslamasi, spidometrlar, haydab olib qochishga qarshi, oynani isituvchi va havo almashtirish moslamalari buzuq boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.
7.5. Spidometr qurilmasi nosoz yoki tamgʻalanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl va mopedlardan tashqari) boʻlsa.
7.6. Tarkibida koʻzda tutilgan, oʻzi yurib ketganda xavfsizlikni taʼminlovchi orqa bufer, loy toʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa.
7.7. Ressorlarning asosiy qatlami yoki markaziy bolti shikastlangan boʻlsa.
7.8. Shatak tirkama boʻgʻimining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi hamda koʻzda tutilgan ehtiyot (poʻlat arqon) zanjirlari nosoz boʻlsa. Mototsikl bilan kajava ramasi mahkamlangan joyda lyuft (ramalar oʻrtasida oraliq, yoyilish) boʻlsa.
7.9. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa:
avtobuslarda tibbiyot qutichasi (aptechka), favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalanadigan bolgʻacha, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);
mikroavtobus, yuk va yengil avtomobillarda tibbiyot qutichasi (aptechka), oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);
ishlab chiqargan korxona tomonidan nazarda tutilmagan va belgilanmagan joyda antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar va har xil bezaklar tegishli ruxsatsiz oʻrnatilsa;
toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgai yuk avtomobillarida va toʻla vazni 5 tonnadan ortiq boʻlgan avtobuslarda tisarilishga qarshi tirgak (boshmoq);
avtopoyezdlar, tirkamalar, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda tashqi yorugʻlikni qaytaruvchi (qizil-oq rangli) xavfsizlik moslamalari;
kajavali mototsikllarda tibbiyot qutichasi, (falokat sababli toʻxtashga majbur boʻlganini bildiruvchi belgi.
Izoh: Tibbiyot qutichasi oʻt oʻchirgich transport vositalarini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan joyga mustahkam oʻrnatiladi. Agar transport vositasini konstruksiyasida bunday joyida koʻzda tutilmagan boʻlsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyga, oʻchirgich esa yengil avtomobillarning salonida yoki yukxonasida, avtobuslarda esa bitta oʻt oʻchirgich haydovchining kabinasida, ikkinchisi yoʻlovchilar salonida boʻlishi kerak (mikroavtobuslarda bitta oʻt oʻchirgich haydovchiga qulay joyda oʻrnatiladi). Katta va oʻrta avtobuslar bundan tashqari favqulodda holatlarda avtobus oynasini sindirish uchun maxsus bolgʻachalar bilan (avtobus salonida) jihozlangan boʻlishi lozim.
7.10. Maxsus transport vositalarida koʻzda tutilgan chiroq-mayoqcha, navbatma-navbat chalinadigan maxsus tomonlar har va rangdor chizmalardan foydalanayotgan boʻlsa.
7.11. Transport vositasida uni ishlab chiqargan korxona tomonidan koʻzda tutilmagan boshqa nusxadagi yukxona (kuzov) qismlari oʻrnatilgan boʻlsa.
7.12. Yukxona, kabina qismlari toʻla taʼmirlanmagan va boʻyogʻi tashqi koʻrinishini buzadigan hamda bir necha xil rangga boʻyalgan boʻlsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno).
7.13. Ikki gʻildirakli mototsikl tarkibida koʻzda tutilgan xavfsizlik yoyi (duga) boʻlmasa.
7.14. Mototsikl va mopedlarda koʻzda tutilgan oyoq tiragich, egarida yoʻlovchi uchun koʻndalang tutqich oʻrnatilmagan boʻlsa.
Izoh: Bir turdagi transport vositalarida buferlar, moldinglar, qoplamalar, gʻildirak qopqoqlari va h.k.ni oʻzaro almashtirishga ruxsat etiladi.
7.15. Ilovada koʻrsatilgan texnika talablariga Davlat namunalari boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYALOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!
YO
FAQAT YoNGʻIN ChIQQANDA NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYALOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!
K
HIMOYALOVChI KIYIM-BOShLARNING TOʻLIQ TOʻPLAMI VA NAFAS OLISh APPARATI QOʻLLANSIN!
E
ODAMLAR EVAKUATSIYA QILINIShI ZARUR!
* — Yongʻin yoki modda sizib chiqqandagi shoshilinch choralar kodi.
** — Xavflilik belgisi.
*** — BMT tartib raqami.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 59-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 75-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 459-modda; 2007-y., 9-10-son, 86-modda; 41-42-son, 419-modda; 2011-y., 7-8-son, 59-modda, 45-46-son, 470-modda; 2013-y., 41-son, 550-modda)