13.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3898
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 13.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3898
Кучга кириш санаси
15.10.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3898]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J. XATAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 3-iyundagi 3-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-iyundagi 25-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar talablari sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilariga tatbiq qilinadi. Bunda sugʻurta agentlariga nisbatan mazkur Qoidalarda sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning xodimlari uchun belgilangan talablar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki uning mulkiga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek u(lar)ning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat — sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilarining mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida, terrorizmni moliyalashtirishda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qoidalar — sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari, shu jumladan, ularning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul shaxs hamda sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilarining xatti-harakatlari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi yuridik shaxsni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish boʻyicha sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) yoki sugʻurta vositachisining xizmatidan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslar bilan ijtimoiy va kasbiy jihatdan chambarchas bogʻliq boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishning oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotganini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) yoki sugʻurta vositachisi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida tashkilot tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirishda tashkilotda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkini koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, taʼsischilar, aksiyadorlar va boshqa ishtirokchilar) va ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki nazoratning vazifalari (sugʻurtalovchi sugʻurta agenti ishtirokida yoki uning ishtirokisiz sugʻurta shartnomalari tuzishidan qatʼi nazar) quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va tashkilotning ichki qoidalariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini oʻrganish boʻyicha mumkin boʻlgan choralarni koʻrish va operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarini hamda mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga qaratilgan zarur boʻlgan tadbirlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro almashib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan Roʻyxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki nazorat tizimi tashkilotning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida joylashgan alohida boʻlinmalarining (shuʼba, vakolatxona, filial, boʻlim va boshqalar) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini nazarda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki nazorat tizimini tashkil etish maqsadida tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan rahbarning oʻrinbosarlari orasidan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga masʼul boʻlgan shaxs (bundan buyon matnda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxs bevosita tashkilot rahbariga hisobdordir va tashkilotning boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan mustaqil faoliyat yuritadi, shuningdek, lavozimlarni qoʻshib olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq masʼul shaxs(lar) haqidagi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda tashkilot yangi tayinlangan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni u tayinlanganidan keyingi ish kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot belgilangan tartibda litsenziya olgandan keyin bir oy muddatda masʼul shaxs tayinlanishini taʼminlashi va Agentlikka masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuqorida belgilangan tartibda yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan masʼul shaxslarning roʻyxatlarini maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi va ushbu roʻyxatlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida besh ish kuni mobaynida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining xorijdagi alohida boʻlinmalaridan mazkur boʻlinmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlmagan holatlar toʻgʻrisida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishi hamda bu haqida Agentlik va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanishning oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayinlash, tayyorlash va oʻqitishga, shu jumladan ularning ishchanlik obroʻsi va malakasiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanishning oldini olishga qaratilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda ular tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarni monitoring qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish hamda bunday mijozlarning operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovlarini va mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasini oʻz vaqtida bajarish boʻyicha choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxsning ichki nazorat boʻyicha sugʻurta agentlari bilan oʻzaro ishlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotning nazorati ostida yoki sezilarli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplayens nazorati, audit va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarining muvofiqligini guruh darajasida taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilotlarning ichki qoidalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi, shuningdek aniqlangan tavakkalchiliklar va ularni baholash hisobga olingan holda tuzilishi shart. Ichki qoidalar, ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlarning chet eldagi alohida boʻlinmalari (mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilot oʻz tashkiliy tuzilmasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda masʼul shaxs boshchilik qiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha alohida tarkibiy boʻlinmani tashkil qilishi yoki belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tarkibiy boʻlinma tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat yuritadi va ushbu nizom tarkibiy boʻlinmaga nisbatan quyidagi talablarni aks ettirishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsad va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning boshqa boʻlinmalaridan mustaqil boʻlishini taʼminlash usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning rahbariyati, kuzatuv kengashi, boshqaruvi va qoʻmitalari, tashkilotning boshqa boʻlinmalari, shu jumladan ichki audit xizmati, chet eldagi alohida boʻlinmalari hamda sugʻurta agentlari bilan oʻzaro munosabatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olishga doir huquqlar, shuningdek mazkur maʼlumotlarni taqdim etish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish yuzasidan tashkilotning boshqa boʻlinmalari, shuʼba korxonalari, chet eldagi alohida boʻlinmalari va sugʻurta agentlarining (sugʻurtalovchi uchun) majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan maʼlumotlarni tashkilotning rahbariga va zarur boʻlganda kuzatuv kengashiga taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning rahbariga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha hisobotni taqdim qilish majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablarining buzilish holatlarini oʻrganishni amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbariyatiga qonunchilik hujjatlari yuzasidan maslahatlar berish, shuningdek, mazkur sohadagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot xodimlarini tanlash boʻyicha malaka talablari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinma xodimlarining malaka oshirish boʻyicha maxsus kurslarda muntazam ravishda (yiliga kamida bir marta) oʻqib borish majburiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilot boʻlinmalari xodimlarining masʼul shaxs (tarkibiy boʻlinma boshligʻi va uning xodimlari) bilan oʻzaro munosabatlari tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼul shaxsga va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma xodimlariga (tarkibiy boʻlinma mavjud boʻlsa) ishchanlik obroʻsi va malakasiga doir mazkur bandda nazarda tutilgan talablar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchanlik obroʻsiga doir talablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlik holatlarining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning, moliya (kredit) tashkilotining iqtisodiy ahvoli yomonlashishiga yoki uning bankrot boʻlishiga, litsenziyasi bekor qilinishiga olib kelgan harakatlar sodir etishga va (yoki) harakatsizlikka aloqadorligi toʻgʻrisidagi dalillarning mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka talablari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) masʼul shaxsga — tarkibiy boʻlinma boshligʻiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotli boʻlish va sugʻurta sohasida rahbarlik lavozimlarida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlish, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda — ushbu sohada (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchiligini hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlarni, shuningdek tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tarkibiy boʻlinma xodimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotli boʻlish va sugʻurta sohasida texnik va xizmat koʻrsatish lavozimlaridan tashqari 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlish, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda — ushbu sohada (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini bilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishning joriy etilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va tashkilot rahbariga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarning maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovlari va mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmalarining bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli maʼlumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yigʻish, rasmiylashtirish, saqlashni amalga oshiradi hamda ularning maxfiyligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda nazorat oʻtkazish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi hamda ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Masʼul shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalarida, mahalliy hisoblash va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayl va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga oid kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatib turish boʻyicha) rahbariyatga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Masʼul shaxs quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan doimiy monitoringni amalga oshirish va identifikatsiyalash hamda Roʻyxat bilan solishtirishni taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning faoliyatini (biznesini), uning mulki va boshqaruv tuzilmasini tushunish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlarni aniqlash, identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan barcha murakkab, gʻayrioddiy va yirik miqdordagi operatsiyalar, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish sxemalari boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma yoki elektron ravishda qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalar va ularni amalga oshirishga urinishlar aniqlanganda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyasini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha oʻquv kurslarida qatnashish va oʻquv kurslarida olingan maʼlumotlarni tashkilot xodimlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Qoidalarning 15 — 17-bandlaridagi talablar tashkilotning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinmasining (agar mavjud boʻlsa) xodimlariga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Masʼul shaxs muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta maxsus oʻquv kurslarida oʻqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqitish quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish muammolariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda (mahalliy va xalqaro) ishtirok etish (imkoniyat darajasida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilotning qolgan xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish masʼul shaxs tomonidan muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqitish xodimlarning mansab vazifalaridan kelib chiqqan holda, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan xodimlarni tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot tomonidan ichki nazorat qoidalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sharti bu — mazkur jarayonda har bir xodim oʻz vakolati doirasida qatnashishi nuqtayi nazaridan oʻqitilishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Agentlikka oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarni lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi mijozlar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mavjud mijozlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozni lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, sugʻurtalangan shaxsni, foyda oluvchini va benefitsiar mulkdorni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya oʻtkazilayotgan kunda ekvivalenti 15 000 AQSh dollaridan oshgan miqdordagi bir martalik operatsiyalar (bitimlar) amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni va benefitsiar mulkdorni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qilish yoki qayta sugʻurta qilish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuv, agentlik kelishuvi, tashkilot faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan mablagʻlarni joylashtirish (qoʻyish) toʻgʻrisidagi shartnoma va boshqa xoʻjalik yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishda — mijozni va benefitsiar mulkdorni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar mijoz Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmasa, unda mijoz faoliyat yuritayotgan yoki yashayotgan davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi haqidagi maʼlumotni aniqlash lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarni lozim darajada tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar ham asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubhaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning haqiqiy va toʻgʻri ekanligiga shubhaning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli manba va hujjatlardan foydalangan holda (bunda, uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanilishi mumkin) mijozni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan amaliy ish munosabatlarining maqsadi va xarakterini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarning bunday mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga, uning faoliyati maqsadi va xususiyatiga muvofiqligini tekshirish hamda pul mablagʻlari yoki mol-mulklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, tashkilot mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilot mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 23-bandida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslarga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilot rahbari (oʻrinbosari) ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, tashkilot mijoz bilan amaliy ish munosabatlariga kirishishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini toʻxtatishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralarni amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchiliklarning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda, tashkilot mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz haqida ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlarni toʻplash va qayd etish, shuningdek mijoz va uning benefitsiar mulkdori haqidagi maʼlumotlarni tez-tez yangilash va verifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlarining manbalari haqida maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomasini yoki avval tuzilgan sugʻurta shartnomalarini tuzish sabablari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan sugʻurta shartnomalarining tahlili orqali, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar, shuningdek ochiq manbalardan olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar taqdim etilgan sana holatiga koʻra haqiqiy boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot benefitsiar mulkdorni aniqlash uchun mijoz boshqa shaxs nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va shundan keyin mijoz qaysi shaxs nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart. Bunda naf oluvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilishidan avval oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yuqori mansabdor shaxslarga hayotni sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta xizmatlari koʻrsatilganda tashkilot mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni hamda sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan naf oluvchini identifikatsiyalashni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday holatda ham naf oluvchini identifikatsiyalash sugʻurta tovonining (sugʻurta toʻlovining) toʻlanishidan oldin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayotni sugʻurta qilish shartnomalari (sugʻurta polislari) bilan bogʻliq hollarda tashkilotlar benefitsiar mulkdorlarni aniqlash uchun oqilona choralarni koʻrishi kerak. Ushbu choralar eng kechi bilan sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) amalga oshirilishidan oldin amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tavakkalchilik darajasi aniqlangan hollarda, tashkilot sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashdan oldin oʻz rahbariyatini xabardor qilishi, sugʻurta qildiruvchi bilan butun biznes munosabatlarini sinchkovlik bilan tekshirishi hamda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida (agar mavjud boʻlsa) xabar yuborishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mijoz xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish uchun murojaat qilganda tashkilotlar quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijozni va (yoki) foyda oluvchini identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyaning turini hamda uning yuridik shaxs boʻlgan mijozning taʼsis hujjatlarida belgilangan faoliyat maqsadi va turiga muvofiqlilik darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyaning turini hamda uning jismoniy shaxs boʻlgan mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat maqsadi va turiga muvofiqlilik darajasini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek operatsiya va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar hamda boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jismoniy shaxs boʻlgan mijozni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mijoz yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozni identifikatsiyalashda yuqoridagi hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida joriy etilgan unifikatsiyalangan raqamli servislari ham majburiy tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yuridik shaxs boʻlgan mijozni identifikatsiyalashda va (yoki) lozim darajada tekshirishda davlat roʻyxatiga olinganligi, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni boʻlmaganda, bevosita mijozdan olish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik shaxs boʻlgan mijoz nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish koʻrayotgan boʻlsa, tashkilot mijozdan ushbu jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha ham maʼlumotlarni olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkilot yuridik shaxs boʻlgan mijozni yanada batafsil oʻrganish va uning faoliyati mazmuni, mulki va boshqaruv tuzilmasini tushunish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida 10 foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga hamda mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizidan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning boshqaruv organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan mazkur Qoidalar bilan yuridik shaxs boʻlgan mijozlar uchun oʻrnatilgan talablar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashkilot mijoz tomonidan taqdim etilgan axborotni quyidagi yoʻllar orqali tekshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz toʻgʻrisida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning avvalgi tashkilot bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan identifikatsiyalash va boshqa maʼlumotlar tashkilot tomonidan yiliga kamida bir marta yangilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Agar tashkilot mijozni va (yoki) benefitsiar mulkdorni avval mazkur Qoidalarga muvofiq indentifikatsiyalagan boʻlsa, tashkilot tomonidan ularni qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davlat organlari va idoralariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarini oʻtkazish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning boshqaruv organi yoki mijozning nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish koʻrayotgan shaxs joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs boʻlgan mijoz oʻzining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlariga muvofiq) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilikka muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdorni lozim darajada tekshirish choralarini yakunlash imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarga operatsiyani amalga oshirish rad etilgan taqdirda tashkilot shubhali operatsiya sifatida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi hamda oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar tavakkalchilik darajasini monitoring qilishi hamda uni pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan maʼlumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar hamda mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida masʼul shaxs tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablar asosida mijozga operatsiyalarni bajarishning tegishli (yuqori yoki quyi) tavakkalchilik darajasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma yoki elektron ravishda rasmiylashtirilishi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga toʻgʻri keladigan operatsiya ishtirokchilari kiritilishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan manzilga toʻgʻri kelmaydigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdori mazkur bandning ikkinchi va (yoki) uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda (uch oy ichida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tashkilot zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak. Ushbu operatsiyalarga nisbatan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari haqidagi maʼlumot tashkilot rahbariyatiga taqdim qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrishi lozim. Ushbu maqsadda tashkilot xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyotini ishlab chiqishi, shuningdek yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash tashkilotning yangi xizmat turlarini (yangi texnologiyalarni) bevosita joriy qilayotgan boʻlinmasi tomonidan masʼul shaxs (tarkibiy boʻlinma) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot bunday tavakkalchilikni monitoring qilishi va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim. Har bir koʻrilgan chora boʻyicha tashkilot rahbariyatiga maʼlumot taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlari hamda ularni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, oʻzining ishonch bildiruvchisi toʻgʻrisidagi (agar mijoz yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili sifatida ish olib borsa) maʼlumotlarni taqdim etish mijoz tomonidan sababsiz rad etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning amalga oshirilayotgan operatsiyaning maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyaning aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining xususiyatiga muvofiq kelmasligi hamda tavakkalchilik xavfini sugʻurta qilish maqsadlariga ega boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning bekor qilingan bitim boʻyicha olishi lozim boʻlgan summalarni uchinchi shaxslarga, shu jumladan, norezident bank hisobiga qaytarishni taklif etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan operatsiyaga (bitimga) tashkilot faoliyatining odatiy ish amaliyotiga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) uni bevosita amalga oshirishdan oldin sezilarli, ayniqsa, pul mablagʻlari harakati bilan bogʻliq oʻzgartirishlarning kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan operatsiyani vakil (vositachi) orqali amalga oshirish haqida topshiriq berilishi, agar vakil (vositachi) topshiriqni tashkilot bilan bevosita aloqa oʻrnatmasdan amalga oshirayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning kontragentlarini aniqlashning imkoni yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va (yoki) jismoniy shaxs bilan tuzilgan amaldagi hayotni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti miqdorini mos ravishda oshirish bilan birga sugʻurta summasi miqdorini sezilarli darajada (2 barobardan ortiq) oshirish boʻyicha mijozning taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs, foyda oluvchining almashtirilishi munosabati bilan sugʻurta shartnomasiga tez-tez oʻzgartirishlarning kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan uchinchi shaxs foydasiga besh yilgacha muddatga hayotni sugʻurta qilish shartnomalarining yilning bir choragida ikki va undan ortiq marotaba tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan miqdordagi naqd pul mablagʻlarini bir yoʻla yoki qismlarga boʻlib tashkilotning kassasiga topshirilishi hisobidan umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan kam boʻlmagan bitta yoki bir nechta operatsiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarining xorijga anonim hisobraqamga (jamgʻarmaga) oʻtkazilishi va pul mablagʻlarining xorijdan anonim hisobraqamdan (jamgʻarmadan) kelib tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan tashkilot tomonidan toʻlangan ixtiyoriy sugʻurta shartnomasining mijoz tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida mijozga sugʻurta mukofotining qaytarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta sugʻurta qildiruvchiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutada (sugʻurta tovonining (sugʻurta toʻlovining) toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta sugʻurta vositachisiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutada vositachilik haqining toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayotni sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan naf oluvchini (naf oluvchi yuridik shaxs boʻlgan holatda uning benefitsiar mulkdorini) identifikatsiyalashning imkoniyati yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy sugʻurtalovchilardan (qayta sugʻurtalovchilardan) qayta sugʻurta qilish komissiyalari va tantyemalarning olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning shaxsi, uning ishchanlik obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarning qoʻshimcha belgilari va mezonlari oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tashkilot Agentlik tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni erta aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarni joriy qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng masʼul shaxs quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya haqidagi maʼlumotlarni maxsus jurnalga qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni toʻxtatish boʻyicha tashkilotning rahbariga taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabar tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq shubhali operatsiya aniqlangan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabar maxsus vakolatli davlat organiga axborotni kriptografik himoyalash vositalari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud maxsus vakolatli davlat organining shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish tizimidagi shaxsiy kabinet yordamida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy kabinetga ulanish uchun tashkilotlar ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etgan holda Agentlikka murojaat qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashkilot tegishli operatsiyaga nisbatan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tashkilotlar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish davrida yoki pul mablagʻlari yoxud boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishda tashkilotning xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular kechiktirmasdan va mijozni xabardor qilmasdan operatsiyani toʻxtatishlari va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishlari hamda bu haqida masʼul shaxsga xabar berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida masʼul shaxs operatsiya ishtirokchilaridan birining va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya maʼlumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga yangi shaxslar kiritilganda masʼul shaxs yangi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlarini mijozlar bazasi bilan solishtirishi va toʻliq moslik aniqlangan shaxslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan operatsiyalar aniqlangan taqdirda, ushbu mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishi hamda uning natijalari boʻyicha axborotni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Quyidagi holatlardan biri yuzaga kelsa, operatsiyalar tashkilot tomonidan kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatib turiladi va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ishga solinmay toʻxtatib qoʻyiladi hamda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlgan operatsiya ishtirokchisi Roʻyxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorati ostida boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Operatsiyalarni toʻxtatish va tiklash Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish
va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxs mazkur Qoidalarning 52-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilganidan keyin Roʻyxatga kiritilgan shaxsga uning operatsiyasi toʻxtatib turilganligi va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki ishga solinmay toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida imkon qadar qisqa vaqtda xabar berishi hamda operatsiyani tiklash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Maxsus vakolatli davlat organining soʻrovlari va koʻrsatmalarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni tashkilotdan yozma ravishda soʻrashga, shu jumladan tashkilotning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot maxsus vakolatli davlat organining mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklari bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilikka va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga masʼul shaxs tomonidan quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni, uning benefitsiar mulkdori yoki vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya boʻyicha foyda oluvchi va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda arxivga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiriladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Tashkilotlar ichki qoidalariga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklda chiqarilganda masʼul shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Mijozlarning soʻrovnomalari alohida xronologik tartibda masʼul shaxsda saqlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot zarurat tugʻilganda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tashkilot tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar hamda mijozlarning tavakkalchilik darajalari bir yilda kamida bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Masʼul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita masʼul shaxs tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (shaxsiy maqsadlar yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar mijozlarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Tashkilotlar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Agentlik tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tashkilotning rahbari ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning ichki nazorat xizmati faoliyati samaradorligining monitoringi tashqi audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tashkilotning rahbari va masʼul shaxs mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilarining masʼul shaxsi va ichki qoidalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________________________

(tashkilot nomi)

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, telefon raqami.

2. Masʼul shaxs etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq sanasi va raqami.

3. Oʻtgan yil uchun tashkilot tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot, shu jumladan:

filiallar yoki alohida boʻlinmalar mavjudligini koʻrsatuvchi tashkiliy tuzilmaning tavsifi;

sugʻurta bozorida koʻrsatiladigan xizmat turlari;

mijozlarning turi va soni;

amalga oshirilgan bitimlarning umumiy miqdori va soni;

aniqlangan xatarlar va ularni kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumot.

4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni taʼminlash boʻyicha sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachisi tomonidan tasdiqlangan hujjat nomi va sanasi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan keyingi hujjatlar hamda oʻzgartirishlar kiritish sabablari va maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumot.

5. Masʼul shaxs va xodimlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.

6. Maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlar soni (xabarlarning mazmuni oshkor qilinmasdan faqatgina ularning umumiy soni beriladi).

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tugʻilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) roʻyxatdan oʻtganligi va yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatning rekvizitlari (hujjatning seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organning nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mobil telefon raqami (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) litsenziyalanadigan yoki ruxsat etiladigan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziya yoki ruxsatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya yoki ruxsatnoma raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiya maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yuridik shaxsning taʼsischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) shakllantirilgan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) yuridik shaxsning boshqaruv organlari (tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) telefon raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) elektron pochta va (yoki) veb-sayt manzili (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mazkur Qoidalarning 2-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud litsenziya yoki ruxsatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya yoki ruxsatnoma raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organining shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish tizimidagi shaxsiy kabinetga ulanish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Tashkilot haqidagi maʼlumotlar

1.

Tashkilotning nomlanishi (oʻzbek tilida, lotin alifbosida)

2.

Tashkilotning nomlanishi (oʻzbek tilida, kirill alifbosida)

3.

Tashkilotning nomlanishi (rus tilida)

4.

Tashkilot turi

5.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

6.

Tashkilot bankining MFOsi

7.

Tashkilot bankining SWIFT raqami

8.

Tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan hudud (viloyat, tuman)

9.

Tashkilotning toʻliq manzili

10.

Tashkilotning telefon raqami

11.

Tashkilotning elektron pochta manzili

II. Tashkilotning masʼul xodimi (masʼul shaxs) haqidagi maʼlumotlar

1.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

2.

Xodimning F.I.O.

3.

Xodimning elektron pochta manzili

4.

Xodimning telefon raqami

5.

Xodimning yashash manzili

6.

Xodimning lavozimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 2 yoki 3-ilovalarida koʻrsatilgan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila aʼzosi yoki unga yaqin boʻlgan shaxs) ekanligi haqidagi belgi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tavakkalchilik darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan tavakkalchilikni baholash asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Masʼul shaxs tomonidan mijozni identifikatsiyalash jarayonida amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarning natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijoz bilan amaliy ish munosabatlarining boshlanish sanasi va xizmat koʻrsatish davrining davomiyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻrsatilgan xizmat turlari, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va unga oʻzgartirish kiritilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mijoz bilan ishlashga masʼul boʻlgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi hamda amaldagi telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi (qogʻoz shaklida toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi uchun xodimning imzosi ham).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 3-iyundagi 3-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-iyundagi 25-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104 va 41-son “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2036, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 494-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44, 14-son “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2036-1, 2010-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 176-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-son “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2036-2, 2015-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 172-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-son “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2036-3, 2021-yil 26-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 2021-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 103-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son) bilan tasdiqlangan Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 25-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026 y., 10/26/3898/0729-son)