Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning qarori, 09.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3309
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3309]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining boshligʻi D. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2021-yil 8-iyundagi 3-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 16-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini koʻzlangan holda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida, terrorizmni moliyalashtirishda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etivuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qoidalar — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar, shu jumladan ularning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi yuridik shaxsni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xizmatidan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun oʻrnatilgan tartibda litsenziyani olgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotganini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan kripto-aktivlar, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga moʻljallangan kripto-platforma — kripto aktivlarini, shu jumladan tokenlarni sotish, sotib olish va almashtirish, joylashtirish, saqlash va boshqarish uchun moʻljallangan axborot tizimi (resurs, dasturiy taʼminot va apparat, dasturiy taʼminot, mobil dastur);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiya — kripto-aktiv, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarda mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning kripto-aktiv, pul mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim va kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xatti-harakatlari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, taʼsischilari, aksiyadorlari va boshqa ishtirokchilari), ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy kripto-hamyon — kripto-birjalaridan tashqarida yaratilgan kripto-aktivlari va tokenlarni saqlash va ularning egasiga kripto-aktiv va tokenlari bilan barcha turdagi operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi dasturiy va dasturiy-texnik vositasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ichki nazoratning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ichki nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi maʼlumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini oʻrganish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarini hamda mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasini oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro almashib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan Roʻyxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Masʼul xodim kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar rahbarining buyrugʻi bilan rahbar xodimlari orasidan tayinlanadi. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar oʻzining masʼul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.)tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul xodim oʻzgargan taqdirda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, yangi tayinlangan masʼul xodim haqida uni tayinlangan ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maxsus vakolatli davlat organiga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardagi masʼul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Masʼul xodim lavozimiga tayinlanuvchi shaxs kripto-aktivlar muomalasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchiligi hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlarni bilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Masʼul xodim lavozimiga oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqarganini namoyon etgan hamda sudlanganlik muddati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari lavozimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqarganini namoyon etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
offshor hududlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Masʼul xodimlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari muntazam ravishda (yiliga kamida bir marta) xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilikda, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchiligi, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan rioya etilishi nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi axborotni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar rahbariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariga koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar ijrosi natijalari haqida hisobotni bir yilda kamida bir marotaba kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovlarning va mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasining bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organi masʼul shaxslari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xodimlariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Masʼul shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Masʼul shaxs quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid oʻz tavvakalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish, bu tavakkalchiliklarni hujjatlarda qayd qilish va ularni kamaytirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha, shu jumladan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda identifikatsiyalash hamda Roʻyxat bilan solishtirishni taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiyalash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida, shu jumladan ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay ularni amalga oshirishga urinishlar toʻgʻrisida xabarlarni berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyasini toʻxtatib turish haqidagi talabnomasini oʻz vaqtida bajarish boʻyicha choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi, shu jumladan mijozlar tomonidan kripto-aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha tahlil qilish (shu jumladan, mijozlarning kripto-hamyon manzillari foydalanilgan savdo maydonlari, mijozlar kontragentlarining kripto-hamyon manzillari, mijozlarning kripto-hamyon manzillarining boshqa kripto-hamyon manzillari bilan aloqalarini aniqlash va h.q.) va mijozlarning kripto-hamyon manzillari qonunga xilof faoliyatda ishlatilishi tavakkalchiliklarini baholashni amalga oshiruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga qoʻyiladigan malakaviy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda ular tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovlarni va mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish haqidagi talabnomasini oʻz vaqtida bajarish boʻyicha choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklar darajasini va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar aniqlash davomida mazkur sohaga oid barcha tavakkalchiliklarning eʼtiborga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni baholash eng soʻnggi holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organiga va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga tavakkalchiliklarni baholash natijalarini taqdim etishning aniq tartibini belgilash;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa, shu jumladan chet eldagi, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish davomida mumkin boʻlgan usullar orqali, shu jumladan ochiq manbalardan, ularning ish obroʻsi, biznes yuritish usul va uslublari, qonunchilikni boʻzish hollatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning boshqaruv organlarining roziligi olingani va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini oʻrganilishidan soʻng boshqa kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni milliy yoki chet el valyutaga sotish yohud sotib olish, almashtirish operatsiyalarni, shu jumladan mijoz nomidan, amalga oshirish davomida kripto-aktiv junatuvchi/qabul qiluvchi hamda operatsiya amalga oshirish uchun ishlatilgan hamyon manzillari, benefitsiar mulkdorlari haqida toʻliq va aniq maʼlumotlarni olinishi va taqdim etilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, maxsus vakolatli davlat organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovlariga asosan mazkur maʼlumotlarni taqdim etish;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qoidalar qoʻllanilishini doimiy monitoringini amalga oshirib borishlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning yuqori darajadagi tavakkalchilik aniqlangan hollarda tavakkalchiliklarni boshqarish va kamaytirish boʻyicha kuchaytirilgan choralarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki qoidalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi, shuningdek aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi shart. Ichki qoidalar, ularga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning chet eldagi alohida boʻlinmalari (mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talbalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar oʻzining xorijdagi alohida boʻlinmalaridan mazkur ajratilgan boʻlinmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlmagan holatlar toʻgʻrisida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarni lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi mijozlar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mavjud mijozlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mijozning lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz bilan amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz bilan kripto-aktivlar muomalasiga oid xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotganligiga nisbatan har qanday shubhalar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga gumonlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya oʻtkazilayotgan kunda ekvivalenti 1000 (bir ming) AQSh dollaridan oshgan miqdordagi bir martalik operatsiyalar amalga oshirilayotgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli manba va hujjatlardan foydalangan holda mijozni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni, mijozning benefitsiar mulkdor shaxsini verifikatsiyalash boʻyicha tegishli choralar koʻrish, shu jumladan ishonchli manbadan olingan maʼlumotlardan foydalangan holda, yuridik shaxs-mijozlarga nisbatan esa taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz, uning faoliyati maqsad va xarakteri hamda mol-mulk, shu jumladan kripto-aktivlar manbasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish davomida olingan maʼlumotlarni muntazam yangilab borishi va eng soʻnggi holatda ushlab turishi shart. Bunda yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga olingan mijozlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 22-bandida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina rahbariyat ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz haqida ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlarni toʻplash va qayd etish, hamda mijoz va uning benefitsiar mulkdori haqidagi maʼlumotlarni yangilash va verifikatsiyalashni koʻprok oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlarining manbalri yoki uning moliyaviy holati operatsiyalar oʻtkazilishning maqsad va sabablari haqidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki davom ettirishga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning boshqaruv organlarining ruxsatini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan mijoz operatsiyalarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish hamda operatsiyalarni amalga oshirish sxemalarni chuqur oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mijoz xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzish uchun murojaat qilganda, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijozni va/yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida mijozning ilgari oʻtkazgan operatsiyalarini oʻrganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyaning turini va uning mijozning taʼsis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga yoki uning umumiy ish amaliyotiga muvofiqlik darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan mijozning umumiy ish amaliyotiga, taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻzda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek sanasi koʻrsatgan holda masʼul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mijozni identifikatsiyalashda davlat roʻyxatiga olinganligi, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni boʻlmagan holda bevosita mijozdan olish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda amaliy ish munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini qoʻllash imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalashni tugatish imkoni boʻlmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha u bilan ishga oid munosabatlarni oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar olingan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilikka muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarga operatsiyani amalga oshirishni rad etilgan hollarda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tavakkalchilik darajasini aniqlashi, shuningdek uni pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan maʼlumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan talablar asosida mijozga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni bajarishning tegishli (yuqori yoki quyi) tavakkalchilik darajasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga toʻgʻri keladigan operatsiya ishtirokchilari kiritilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chet el korxonalarining vakolatxonalari va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va (yoki) “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muntazam ravishda (3 oy ichida ketma-ket ikki martobadan oshiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ushbu mijozga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari va doimiy monitoring qilib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati oʻzgarishiga qarab, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta koʻrib chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning (operatsiya ishtirokchilarni) hisobini yuritishi kerak. Yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlar (operatsiya ishtirokchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus jurnalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar xizmatlarini koʻrsatish uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak. Tavakkalchilikning bunday baholash yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari, hamda ularni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud boʻlganda operatsiya shubhali deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan choralar asosli qoʻllanilayotganda, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining toʻxtatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozga nisbatan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablar qoʻllanilganda uning tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining toʻxtatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar yoki pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyxatga olingan shaxslarning foydasiga oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda bir xil miqdordagi kripto-aktivlarni bir yoki bir nechta, shu jumladan kripto-birjalarda ochilgan kripto-hamyonlarga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni bir-biriga koʻp marta almashtirish, keyinchalik ularni kripto-birjalarda yoki kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga moʻljallangan kripto-platformalarda ochilgan boshqa kripto-hamyonlarga yoki xususiy kripto-hamyonlarga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24 soat ichida kripto-aktivlar bilan koʻplab yirik bitimlarni amalga oshirish, shuningdek yangi ochilgan yoki ilgari uzoq vaqt davomida ishlatilmay kelgan kripto-hamyonlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz amaliy ish munosabatlarini aniq olib bora olmaydigan mamlakatlardagi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga toʻsatdan kripto-aktivlarni oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni qisqa vaqt ichida kripto-hamyonlariga kiritish va ularni xususiy yoki anonim kripto-hamyonlarga oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni ilgari jinoiy maqsadlarda ishlatilgan kripto-hamyonlardan, shuningdek bunday kripto-hamyonlarga ilgari ega boʻlgan shaxslarning kripto-hamyonlaridan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning odatdagi aylanmasiga aniq mos kelmaydigan kripto-hamyonlarga yirik miqdordagi kripto-aktivlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarini xorijiy yoki milliy valyutaga yuqori komissiya bilan yoki noqulay kursda almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqinda emissiya qilingan kripto-aktiv qiymatining tez oʻsishi va kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga aynan bir kripto-birja yoki kripto-platforma doirasida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar narxlari bilan hiyla-nayrang ishlatish belgilari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq vaqt davomida keng tarqalgan va muomalada boʻlgan kripto-aktivlarni yangi emissiya qilingan kripto-aktivlarga ularni keyinchalik turli xil kripto-hamyonlarga oʻtkazish yoki chet el va milliy valyutaga almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi emissiya qilingan kripto-aktivni “White paper” deklaratsiyasiga (kripto-aktivlar va tokenlarni joylashtirish orqali investitsiyalar jalb qilinadigan emitent tashkilotning faoliyati haqida maʼlumotni oʻz ichiga olgan hujjat) ega emasligi yoki undagi maʼlumotlar haqiqatga muvofiq emasligi, shu jumladan kripto-aktivga ayrim mamlakatlar hukumatlari yoki taniqli xalqaro tashkilotlar tomonidan kafolat berilishi toʻgʻrisida maʼlumotning asossiz keltirilishi hamda olingan mablagʻlarning shubhali investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan doimiy ravishda IP-manzilni yashiradigan va maxfiylikni taʼminlaydigan dasturlardan foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz va uning operatsiya boʻyicha kontragentining haqiqiy domeni, u roʻyxatdan oʻtgan mamlakatdagi domenidan farqliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning aynan bir IP-manzildan kup miqdorda kripto-hamyonlar ochilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiya maʼlumotlarini, shu jumladan elektron pochta manzillari, IP-manzillar va domenlarni, kripto-hamyon egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tez-tez oʻzgartirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz kripto-aktivlar aylanmasi sohasida bilimlarga ega emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarining kelib chiqish manbai, xavf-xatarga asoslangan oʻyinlarni (qimor oʻyinlar) onlayn tarzda tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatadigan servislari boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yoʻli bilan topilgan yoki terrorizmni yohud ommaviy qirgʻin qurollarini tarqalishini moliyalashtirishga moʻljallangan degan har qanday shubhaning mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarning qoʻshimcha belgilari va mezonlari oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan, tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan metodik tavsiyalar asosida shubhali operatsiyalarni erta aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarni joriy qilish huquqiga ega.
(35-bandning oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek mijozga berilgan tavakkalchilik darajasi operatsiyani monitoring qilishga asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mijozni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni olib boruvchi shaxsning xodimi tomonidan oʻtkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita masʼul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mijoz operatsiyalarining keyingi tekshiruvi masʼul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul xodim mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida yozma qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning turidan, operatsiya maqsadlari va hajmidan aniqlanadigan tavakkalchilikdan kelib chiqgan holda va shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng masʼul xodim quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya haqidagi maʼlumotlarni maxsus jurnalga qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni toʻxtatish boʻyicha kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni olib boruvchi shaxsning rahbariga taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar, Roʻyxatiga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat olib boradigan shaxs xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular kechiktirmasdan va mijozni xabardor qilmasdan operatsiyani toʻxtatishlari va (yoki) kripto-aktivlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyishlari va masʼul xodimga xabar berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida masʼul xodim operatsiya ishtirokchilaridan biri va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya maʼlumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kripto-aktivlar bilan bogʻliq operatsiya kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatib turiladi, kripto-aktivlar esa ishga solinmay toʻxtatib qoʻyiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya ishtirokchisi — yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Operatsiyani toʻxtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Maxsus vakolatli davlat organining soʻrovlari va buyruqlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni yozma ravishda soʻrashga, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklari bilan operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmasini oʻz vaqtida bajarish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilikka va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga yozgan holda quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar, kripto-aktivlar, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlashlari shart.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda arxiviga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli “Oʻzbekiston respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda masʼul xodim imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mijozlar soʻrovnomalari xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va masʼul xodimda saqlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Kripto-aktivlar, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Masʼul xodim faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita masʼul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2022-yil 17-iyundagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 15-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 3309-2, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
571. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(571-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3309-1, 05.04.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son — 2022-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari va masʼul xodimi mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1793-moddasi, Jinoyat kodeksining 243-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning masʼul xodimi va ichki qoidalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTLAR
_____________________________________
(shaxsning nomi)
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, telefon.
2. Masʼul xodim etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq sanasi va raqami.
3. Oʻtgan yil uchun tashkilot tomonidan koʻrsatilgan xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan:
a) filiallar yoki alohida boʻlinmalar mavjudligini koʻrsatuvchi tashkiliy tuzilmaning tavsifi;
b) kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmat turlari va foydalaniladigan kripto-aktivlar turlari hamda ularning ishlash mexanizmlarining umumiy tavsifi;
v) mijozlarning turi va soni;
g) amalga oshirilgan bitimlarning umumiy miqdori va soni;
d) aniqlangan xatarlar va ularni kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni taʼminlash boʻyicha kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan tasdiqlangan hujjati nomi va sanasi, shuningdek unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan keyingi hujjatlar, hamda oʻzgartishlar kiritish sabablari va maqsadlari toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Masʼul shaxs va xodimining, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumot.
6. Maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlar soni (xabarlarning mazmuni oshkor qilinmasdan faqatgina ularning umumiy soni beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tugʻilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shaxsni tasdiqlovchi hujjat (hujjatning raqami va seriyasi, berilgan sanasi va berilgan organning nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mobil telefon raqami (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz — yuridik shaxs hamda uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz – yuridik shaxslar hamda uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yuridik shaxs taʼsischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) telefon raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozning soʻrovnomasida koʻrsatiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalariga 2 va 3-ilovalarda koʻrsatilgan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavf darajasi, shu jumladan xavfni baholash uchun asos toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni identifikatsiya qilishda amalga oshirilgan qoʻshimcha tadbir natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mijoz bilan munosabatlarning boshlangan sanasi va xizmat koʻrsatish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻrsatilgan xizmat turlari, miqdori va narxi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijozning soʻrovnomasi toʻldirilgan va unga oʻzgartirish kiritilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mijoz bilan ishlashga masʼul boʻlgan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, amaldagi telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qogʻoz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirilgan xodimning imzosi (familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 10/21/3309/0544-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son, 13.07.2022-y., 10/22/3309-2/0626-son)