O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2886]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-B va 20-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2528, 2013-yil 21-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 47-son, 623-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-aprel,
343-B-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-aprel,
14-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat
qoidalari
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banki — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan bank, shu jumladan mikromoliya banki;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat — tijorat bankining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat xizmati — tijorat bankining ichki nazorat tizimini boshqarishga javobgar bo‘lgan tijorat bankining maxsus bo‘linmasi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
mas’ul xodim — tijorat banki filialida ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs;
Ichki nazorat xizmati xodimlari — ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati xodimlari, tijorat banki filialidagi mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat bankining ichki nazorat tizimi — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga qaratilgan tashkiliy tuzilma, metodika va tartib-taomillar majmui;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki hujjatlar — tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi va uning rahbariyati tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hujjatlar;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
ichki qoidalar — tijorat bankida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
mijoz — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish to‘g‘risida tijorat bankiga topshiriqnoma (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;
(1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
gumonli operatsiya — ichki nazoratni o‘tkazish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida tijorat bankida gumon uyg‘otuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar bo‘lgan operatsiya;
(1-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazoratni o‘tkazish vaqtida tijorat bankida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
(1-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
bir marotabalik operatsiyalar — mijozlar tomonidan bank hisobvarag‘ini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan operatsiyalar;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;
(1-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini tushunish orqali yuridik shaxs bo‘lgan mijozning mulkdori, shu jumladan uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
(1-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjudligi sababli Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (bundan buyon matnda FATF deb yuritiladi) rasmiy bayonotlarida choralar ko‘rishga chaqiriq e’lon qilingan yuqori xavfli davlatlar va hududlar;
(1-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
kuchaytirilgan monitoring ostidagi davlatlar — FATFning rasmiy bayonotlarida kuchaytirilgan monitoring ostida deb ko‘rsatilgan hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish rejimlarida aniqlangan strategik kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish bo‘yicha majburiyat olgan va FATF bilan faol hamkorlik qilib kelayotgan davlatlar va hududlar;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan yigirma birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
masofaviy xizmatlar — mijozning tijorat bankiga kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha bank xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);
(1-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi tomon — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar;
(1-bandning o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari);
(1-bandning o‘ttiz birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
elektron hamyon — elektron pullar saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan elektron pullar tizimining dasturiy ta’minoti, mikroprotsessor (chip) va dasturiy-texnik vositalar;
akkaunt — bankning mobil ilovasida mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuini o‘z ichiga oladigan hisobga olish yozuvi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga ((ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan o‘ttiz ikkinchi va o‘ttiz uchinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nominant — jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs tomonidan uning nomidan tashkilotga nisbatan muayyan maqomda ish yuritish uchun tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
nominator — nominantga bevosita yoki bilvosita o‘z nomidan direktor yoki aksiyador sifatida harakat qilish to‘g‘risida ko‘rsatma beradigan jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs;
aniqlik darajasi — tijorat bankining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida operatsiya ishtirokchilaridan birining identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatdagi shaxslarning identifikatsiya ma’lumotlari bilan solishtirish jarayonida mos kelish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
paketli o‘tkazma — bir nechta alohida to‘lovlar yoki o‘tkazmalardan iborat bo‘lib, ayni bir moliyaviy muassasaga (tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqalar) yuboriladigan, yakunda bir shaxsga yoki turli shaxslarga mo‘ljallangan o‘tkazma.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
2. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarni tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
tijorat bankining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek tijorat bankini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki to‘lov agentlari va (yoki) to‘lov subagentlari orqali harakat qilishidan qat’i nazar, quyidagilardan iborat:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan tartibda gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish;
Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
(3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
tijorat banki rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador bo‘lgan shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar, jamiyat aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlar, ishtirokchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday ma’lumotlarni boshqa tijorat banklari hamda davlat organlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zaro almashib borish;
(3-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
chet eldagi banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatishda ularning ichki nazorat tizimini o‘rganish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur bo‘lgan tadbirlar qo‘llash;
(3-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
so‘rovlar bo‘yicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
(3-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
4. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun Ichki nazorat xizmati quyidagilar bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etilishida tijorat banki xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, ichki hujjatlarda nazarda tutilgan choralarni ko‘rish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banki tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banki faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda maxsus vakolatli davlat organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan ichki nazorat tizimini tashkil etishda va uning faoliyatidagi xato va kamchiliklarning bartaraf etilishini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha Markaziy bank va maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda harakat qilish.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Har bir tijorat banki qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida Ichki nazorat xizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, bank kuzatuv kengashida tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ushbu Nizom o‘zida Ichki nazorat xizmatiga bo‘lgan quyidagi talablarni aks ettirishi kerak:
uning maqsadi va vazifalari;
uning tijorat bankining boshqa bo‘linmalaridan mustaqil bo‘lishini ta’minlash usullari;
Oldingi tahrirga qarang.
uning tijorat bankining rahbariyati, shu jumladan kuzatuv kengashi, uning qo‘mitalari va boshqaruv bilan, shuningdek, boshqa bo‘linmalari, ichki audit xizmati hamda to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari, chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari bilan o‘zaro munosabati;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zining funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek mazkur ma’lumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha tijorat bankining boshqa bo‘linmalari va shu’ba banklari, chet eldagi filiallari va vakolatxonalari, to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari xodimlarining majburiyati;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablari buzilishlarini o‘rganishni o‘tkazish huquqi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
olingan ma’lumotlarni tijorat banki boshqaruvi raisiga va zarur bo‘lganda tijorat banki kengashiga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega bo‘lishi;
tijorat bankining boshqaruv raisiga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banki boshqaruviga qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiqlik masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, shu jumladan, mazkur sohadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish majburiyati;
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
xodimlarni tanlash bo‘yicha malaka talablari va tartiblari;
malakani oshirish bo‘yicha maxsus kurslarda muntazam ravishda o‘qib borish majburiyati.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Ichki nazorat xizmati o‘z funksiyalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi har qanday ta’sirlardan qochish maqsadida bankning foyda olishga qaratilgan bo‘linmalari rahbarlaridan mustaqil hisoblanadi.
Ushbu mustaqillik quyidagi jihatlar bilan ta’minlanadi:
Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlarini tayinlash, lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning faoliyatini baholash va mukofot to‘lovlari miqdori (ish haqi, bonuslar va boshqalar) to‘g‘risidagi qarorlar faqat kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi;
Ichki nazorat xizmati rahbari bankning foyda olishga qaratilgan bo‘linmalarini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha vakolatga va moliyaviy majburiyatlarga ega bo‘la olmaydi, shuningdek lavozimlarni qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
6. Tijorat banklari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks ettirgan holda ichki qoidalarni ishlab chiqishi lozim:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish tartibi;
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdori identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
zarur bo‘lgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati rahbariga (bundan buyon matnda Ichki nazorat xizmati rahbari deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonunchilik hujjatlari buzilishi dalillari to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat xizmatining to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari bilan o‘zaro ishlash tartibi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari;
gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi;
shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish hamda to‘xtatib turilgan operatsiyalarni hamda ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarni doimiy nazorat va monitoring qilish tartibi;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning to‘xtatib qo‘yilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishiga ruxsat olish uchun bergan murojaatlarini maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;
(6-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
pul mablag‘larini oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqida talab qilingan ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan chet el valyutasidagi pul o‘tkazmalari aniqlangan hollarda ko‘riladigan choralar;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar.
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tijorat bankining kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki qoidalar to‘lov agentlari va to‘lov subagentlariga, shuningdek tijorat bankining barcha bo‘linmalariga hamda shu’ba banklariga ijro uchun majburiydir.
(6-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Tijorat bankining chet davlatdagi shu’ba banki, filiali va vakolatxonalari ichki nazorat qoidalari, ularni ro‘yxatga olayotgan davlat qonunchiligi talablari inobatga olingan holda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Bank guruhining ichki qoidalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hollarda filiallardan va shu’ba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olinishini ta’minlash;
maxfiylikni va ma’lumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Banklar, ular va ularning agentlari va subagentlari faoliyat ko‘rsatadigan mamlakatlarning vakolatli organlari foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘lov agentlari va to‘lov subagentlarining yangilangan reyestrini yuritishi kerak.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank ishining jihatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, agentlar, subagentlar, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
8. Tijorat bankining, shu jumladan, uning filiallarining ichki nazorat tizimi tarkibiy tuzilmasi tijorat banki boshqaruvi qarori bilan belgilanadi. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi tarkibiy tuzilmasi aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib hamda Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
9. Tijorat bankining ichki nazorat tizimining tarkibiy tuzilmasi tijorat bankining bosh ofisining Ichki nazorat xizmatini, shuningdek tijorat bankining har bir filialidagi Ichki nazorat xizmatini yoki mas’ul xodimni o‘z ichiga oladi.
Tijorat bankining chet elda shu’ba banki, filiali va vakolatxonasi mavjud bo‘lgan holatda, chet eldagi shu’ba bankining, filialning va vakolatxonaning ichki nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘linmasi tijorat bankining bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmatiga hisobdordir.
10. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Ichki nazorat xizmati xodimlari soni tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda shakllantirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallari va/yoki bank xizmatlari ofislari soni 50 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tijorat banklarining bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati shtat birligi 10 tadan kam bo‘lmasligi lozim.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki bosh ofisining shtat jadvaliga kiradi hamda ularning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari tijorat bankining bosh ofisi xarajatlari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘linmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaxs:
Oldingi tahrirga qarang.
bank va moliya qonunchilik hujjatlarini bilishi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni bilishi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega bo‘lish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslaridan o‘tishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat xizmati rahbari sifatida faqat bankning boshqaruv a’zolaridan biri tayinlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
12. Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
13. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni mobaynida tayinlangan shaxslar to‘g‘risidagi anketa ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka xabar berishi lozim.
14. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari:
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki bo‘linmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, tijorat bankining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllardan va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
tijorat bankining boshqa bo‘linmalari mutaxassislaridan yordam so‘rash va olish;
tijorat banki bo‘linmalarining xonalariga kirish, shuningdek tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul omborlari), kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirish;
boshqaruv raisi yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan uning o‘rinbosariga yuridik va jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga kelib tushayotgan mablag‘lar bo‘yicha operatsiyalarni istisno qilgan holda Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror loyihasini kiritishi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
15. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki nomidan to‘lov (hisob-kitob), kredit va buxgalteriya hujjatlarini imzolash yoki vizalash huquqiga ega emas.
16. Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari o‘z vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
o‘z vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rish;
tijorat bankining tegishli bo‘linmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;
o‘z vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
17. Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita tijorat banki boshqaruvi raisiga hisobdordir va tijorat bankining boshqa bo‘linmalaridan mustaqildir.
Ichki nazorat xizmati xodimlari bevosita Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
18. Tijorat banki bo‘linmalarining xodimlari Ichki nazorat xizmatining vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq ko‘maklashadilar.
19. Tijorat banki bo‘linmalarining xodimlari Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tartibi ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ichki nazorat xizmati, mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘linmalari (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabilar), yuridik xizmat, ichki audit va xavfsizlik xizmati xodimlarining so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida tijorat banklari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ichki nazorat xizmati tijorat bankining boshqa tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlikda har yili jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tijorat banki xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va o‘qitish dasturini (bundan buyon matnda o‘quv dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqadi. Ushbu dasturda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
o‘quvni o‘tkazish tartibi, uning shakllari (birlamchi instruktaj, rejali, rejadan tashqari o‘qitish) va muddatlari;
o‘quvni o‘tkazishni tashkil etishga mas’ul shaxslarni tayinlash;
xodimlarning bilimini tekshirish tartibi.
O‘quv dasturi tijorat bankining boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
22. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak:
a) xo‘jalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishda, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvarag‘ini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
(22-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs bank kartasini olish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
(22-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tijorat banki ustav kapitalining bir foizga teng yoki oshadigan summadagi uning aksiyalariga egalik qilganda;
jismoniy shaxs kredit olish yoki bank depozit yacheykalarida qimmatbaho buyumlarni saqlash xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs bank mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda;
(22-bandnning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
b) bir martalik operatsiyalar, shu jumladan ular o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan quyidagi hollarda:
(22-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlar tomonidan bank kassalaridan boshqa bank tomonidan berilgan bank kartalari orqali naqd chet el valyutasi olinishida;
(22-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-4, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 500 AQSH dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishi;
(22-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
175 million so‘mga teng yoki undan oshgan summada bank hisobvarag‘ini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, operatsiyalarni amalga oshirishda;
(22-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarning 381-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan pul o‘tkazmalarini bajarishda yoki qabul qilishda.
(22-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 343-V-8-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-8, 27.12.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) mazkur Qoidalarda o‘rnatilgan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha shubhalar mavjud bo‘lganda;
(22-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
g) mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud bo‘lganda.
Oldingi tahrirga qarang.
221. To‘lov agentlari va to‘lov subagentlari, agar agentlik va (yoki) subagentlik shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish maqsadida mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilishni mumkin.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
23. Tijorat banklari tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz nomidan ish ko‘rayotgan shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
o‘rnatilgan ish munosabatlari yoki o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning maqsadi va xarakterini o‘rganish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik xususiyati, shu jumladan zarur bo‘lganda mablag‘lar manbasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari mijoz yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaxs ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan:
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina bankning boshqaruvi raisi yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan uning o‘rinbosari ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
(23-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaxslarning oila a’zolariga yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslarga nisbatan ham ko‘rishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda tijorat banki, shu jumladan, u o‘zining to‘lov agentlari va (yoki) subagentlari orqali harakat qilganda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini to‘xtatishi lozim.
(23-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
231. Ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonida masofadan bank hisobvarag‘ini ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda, mazkur Qoidalarning 23-bandi ikkinchi xatboshida keltirilgan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar Davlat xizmatlari markazlari (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi va tijorat banklari ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasiga ishonishlari mumkin. Bunda tijorat banklari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga;
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilinishiga ishonch hosil qilishlari kerak.
(231-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Tijorat banklari mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talablardan biri bajarilmagan taqdirda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilganda, tijorat banklari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish to‘g‘risidagi qarorni o‘z tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunda bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
232. Tijorat banklari mazkur Qoidalarning 23-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik tijorat banklarining zimmasida qoladi. Bunda tijorat banklari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini so‘rov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Tijorat banklari mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Tijorat banklari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish to‘g‘risidagi qarorni o‘z tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.
Tijorat banklari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatishi lozim.
(232-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-4, 17.10.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda tijorat banklari ushbu mijozga nisbatan quyidagi lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish;
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish;
mazkur mijoz tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini o‘rganish;
ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini, aynan mijozdan, u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish va (yoki) mazkur mijoz tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini o‘rganishni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan taqdirda tijorat banki bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
241.Tijorat banklari axborot tizimlaridagi aniqlik darajasini har bir xizmat yoki operatsiya toifasining tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilashi kerak.
Aniqlik darajasi operatsiya ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarining har bir elementi bo‘yicha alohida belgilanishi lozim.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki raqamli identifikatsiya asosida amalga oshiriladi. Bunda tijorat banki jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli bilan tanishib chiqishi;
raqamli identifikatsiya asosida amalga oshirilganda Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) belgilangan choralarni ko‘rishi lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda tijorat banklari ulardan quyidagilarni olishlari lozim:
yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlari;
yuridik shaxslarning rahbarlari to‘g‘risidagi hamda ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan ma’lumotlarni olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ular bevosita mijozni o‘zidan olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs bo‘lgan mijozlarga nisbatan tijorat banklari ularning xo‘jalik faoliyati xususiyatini, shuningdek mulkchilik shakli va boshqaruv tuzilmasini tushunishlari kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori bo‘lgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning benefitsiar mulkdori – jismoniy shaxsni identifikatsiya qilishi, ishonchli manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan ma’lumotlarni o‘rganish orqali, benefitsiar mulkdorning shaxsini tekshirish yuzasidan o‘rinli choralarni ko‘rishi kerak:
mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasi;
mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining/ulushlarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari/ishtirokchilari) to‘g‘risidagi;
pirovardida yuridik shaxsning ulushiga (kamida o‘n foiz) egalik qiluvchi jismoniy shaxs (lar)ning (agar mavjud bo‘lsa) shaxsiy ma’lumotlari;
agar ko‘rilgan choralar bo‘yicha nazorat qiluvchi ulushga ega bo‘lgan shaxs benefitsiar mulkdor ekanligiga shubha tug‘ilsa yoki ulushga bo‘lgan mulk huquqi boshqaruvini amalga oshiruvchi shaxslar bo‘lmasa, yuridik shaxs ustidan nazoratni boshqa usullar bilan amalga oshirayotgan shaxs(lar)ning (agar mavjud bo‘lsa) shaxsiy ma’lumotlari.
Tijorat banklari tomonidan ko‘rilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, tijorat banklari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxsni identifikatsiya qilishi va uning shaxsini tekshirish yuzasidan o‘rinli choralarni ko‘rishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271. Tijorat banklari yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida mijozning direktori yoki ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) nominant ekanligi aniqlagan taqdirda, bu haqida va nominator to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
28. Agar mijoz yoki mijozning benefitsiar mulkdori mulkchilik tarkibi to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
291. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun o‘rnatilgan talablar qo‘llaniladi.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
29. Tijorat banki yuridik shaxs — mijozni batafsil o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
mijoz ustav fondi (kapitali)ning ro‘yxatga olingan miqdoriga.
30. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
32. Tijorat banklari mijozlardan olingan axborotlar (hujjatlar) ishonchliligiga shubhalar mavjud bo‘lganda, ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) bo‘yicha choralarni ko‘rishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari tegishli tashkilotlarga mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun murojaat qilishlari mumkin.
33. Norezident-bank bilan vakillik munosabatlar o‘rnatilishida va amalga oshirilishida norezident-bankni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
norezident-bankning ish faoliyati xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun u haqidagi axborotlarni yig‘ish;
Oldingi tahrirga qarang.
ochiq ma’lumotlar asosida norezident-bankning obro‘sini va nazorat sifatini, shu jumladan, ushbu bankka nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qoidabuzarliklar yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan yoki borilmaganligini yohud nazorat qiluvchi organlar tomonidan unga nisbatan choralar ko‘rilganini aniqlash;
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
norezident bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni baholash;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tranzit hisobvaraqlar”ga nisbatan — bank-respondent bank-korrespondentdagi hisobvaraqlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega o‘z mijozini lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rganligi, shuningdek mijoz to‘g‘risida zarur bo‘lgan identifikatsiya natijasida olingan ma’lumotlarni bank-korrespondentning so‘roviga asosan taqdim qilish imkoni mavjudligi bo‘yicha tegishli tasdiqni olish;
(33-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
tranzit o‘tkazmalarini amalga oshirish maqsadida boshqa banklar bilan munosabatlarni o‘rnatishda elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni saqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
korrespondentlar o‘rtasida majburiyatlarning aniq va to‘liq taqsimlanishini ta’minlash.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Norezident-bank bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
331. Tranzit moliyaviy muassasa sifatida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari, texnik cheklovlar xalqaro elektron o‘tkazma bo‘yicha ichki elektron pul o‘tkazmaga bog‘langan jo‘natuvchi va oluvchi to‘g‘risidagi talab qilinayotgan ma’lumotning saqlanishiga to‘sqinlik qilgan hollarda, jo‘natuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha ma’lumotlar bo‘yicha yozuvlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlashlari kerak.
(331-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 343-V-7, 33-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-7, 08.07.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tijorat banklari vakillik munosabatlari o‘rnatilayotgan norezident-banklar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlar qo‘llanilayotganligi haqida ishonch hosil qilishlari kerak.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar hududida joylashgan norezident-banklar yoki ularning shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari bilan vakillik munosabatlarini davom ettirish jarayonida tijorat banklari ular bilan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
36. Tijorat banklari:
ular ro‘yxatdan o‘tgan davlatlarning hududida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari bo‘lmagan banklar tomonidan hisobvaraqlari foydalanayotganligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan norezident-banklar bilan munosabatlar o‘rnatilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rishlari shart;
xalqaro hisob-kitoblar amalga oshirilishida mazkur hisob-kitoblar bilan bog‘liq to‘lov tafsilotlari va boshqa ma’lumotlarni bank-korrespondentlar bilan o‘zaro almashishlari mumkin;
jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining joylashgan yeri (pochta manzili) va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan o‘zlarining chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zlarining chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchilik hujjatlarida taqiq mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tijorat bankining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha choralarni ko‘rishlari shart.
(36-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarining chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tijorat bankining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan bo‘lsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda tijorat bankining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
(36-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
37. Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniyalar (bundan buyon matnda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari deb yuritiladi) bilan munosabatlar o‘rnatilishida va amalga oshirilishida bunday tashkilotni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha sherigining ish faoliyati xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun u haqidagi axborotlarni yig‘ish;
Oldingi tahrirga qarang.
ochiq ma’lumotlar asosida tashkilotning obro‘sini, jumladan, ushbu tashkilotga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid kamchiliklar yuzasidan tergov olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;
(37-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni saqlash.
Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
38. Xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha, shu jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat banklari:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zlarining bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linmalari (to‘lov agentlari, to‘lov subagentlari, shoxobcha, bo‘lim va shu kabilar) va ushbu bo‘linmalar xodimlarining hisobini yuritishlari;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
pul o‘tkazmalariga oid operatsiyalarni jismoniy shaxs — mijozlarni lozim darajada tekshirgandan so‘ng amalga oshirishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
jo‘natiladigan pul o‘tkazmalarini mijoz-jo‘natuvchi haqidagi (jo‘natuvchining nomi, manzili, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, uning raqami yoki operatsiyani jo‘natuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami; jismoniy shaxslar uchun — ismi, familiyasi, otasining ismi, biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatning seriyasi va raqami, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi, mamlakati va shahri, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, uning raqami yoki operatsiyani jo‘natuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami; jismoniy shaxslar uchun — uning ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash joyi) aniq ma’lumotlar bilan birga yuborilishini ta’minlashlari;
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
norezident-banklardan va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan summadagi pul mablag‘larini jo‘natuvchilari haqidagi minimal ma’lumotlarni (jo‘natuvchining nomi); agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;
(38-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
norezident-banklardan va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablag‘larini jo‘natuvchilari haqidagi minimal ma’lumotlarni (jo‘natuvchining nomi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat) seriyasi va raqami — jismoniy shaxslar uchun; jo‘natuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxslar uchun tug‘ilgan sanasi va joyi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;
(38-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 343-V-9-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-9, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2886-9/0567-son)
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari;
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda tijorat banki tomonidan ko‘riladigan choralar (ijro qilish, rad etish, to‘xtatish yoki boshqalar) tartibini belgilovchi, tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan ichki hujjatni ishlab chiqishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul qiluvchi tijorat banklari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega bo‘lishlari lozim:
oluvchisi yoki jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan elektron pul o‘tkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki to‘xtatishni;
tegishli keyingi xatti-harakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish, maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqish va boshqalar).
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 343-V-7, 33-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-7, 08.07.2021-y.) asosan to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jo‘natuvchi tijorat banklariga, pul o‘tkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pul o‘tkazmalari bo‘yicha, shu jumladan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali xizmatlarni ko‘rsatish taqiqlanadi.
(38-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 343-V-7, 33-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-7, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
381. Bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki to‘lovlar va pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlar xalqaro pul o‘tkazmalari uchun qayd etilgani kabi jo‘natuvchi to‘g‘risidagi identifikatsiya jarayonida olingan ma’lumotlarni hamda oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak, jo‘natuvchi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot oluvchi tijorat banki tomonidan boshqa manbalar orqali olinishi mumkin bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda jo‘natuvchi tijorat bankiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani jo‘natuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini qo‘shib qo‘yish yetarli hisoblanadi.
(381-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravaridan oshmagan summadagi ichki to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini jo‘natuvchi haqidagi (jo‘natuvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani jo‘natuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami) ma’lumotlar bilan birga yuborilishini ta’minlashlari kerak.
(381-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Tijorat banklari mazkur Qoidalarning 76-bandiga muvofiq pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya sifatida ichki elektron pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda ularni tomonlardan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs ekanligi haqidagi ma’lumotlar bilan birga oluvchi bankka yuborilishini ta’minlashlari kerak.
(381-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
382. Tijorat banklari mijoz tomonidan bank kartasi orqali tovar yoki xizmat uchun to‘lov amalga oshirilganda bank kartasining raqamini jo‘natuvchi moliyaviy muassasadan oluvchi moliyaviy muassasagacha kuzatib borilishini ta’minlashi shart.
383. Tijorat banklari mamlakat ichidagi naqd pul yechib olish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha mijozning bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi raqamini moliyaviy muassasaga taqdim etishlari kerak.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi boshqa moliyaviy muassasa orqali naqd pul yechib olish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarning mijozning bank kartasi raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga yuborilishini ta’minlashlari hamda mijozning nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xorijiy moliyaviy muassasaning so‘rovi olingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmagan holda taqdim etishlari kerak.
384. Tijorat banklari ayni bir jo‘natuvchidan xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha paketli o‘tkazma amalga oshirilganda, bunday o‘tkazmalar jo‘natuvchining hisobvarag‘i yoki operatsiyani jo‘natuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini o‘z ichiga olsa hamda paketli o‘tkazmada jo‘natuvchi to‘g‘risidagi zarur va aniq ma’lumotlar, shuningdek oluvchi to‘g‘risida qabul qiluvchi mamlakatda uni to‘liq kuzatib borish imkonini beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 38-bandida belgilangan jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga doir talablarni qo‘llamasliklari mumkin.
(382 — 384-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Tijorat banklari norezident-vakil banklardan va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq pul mablag‘larini jo‘natuvchilari va qabul qiluvchilari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni uch ish kuni davomida olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda, tijorat banklari bunday xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bilan shartnomani bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
391. Tijorat banklari, pul o‘tkazmasi bo‘yicha ham jo‘natuvchi va ham qabul qiluvchi tomonlarga xizmat ko‘rsatgan taqdirda, quyidagilarga majburdirlar:
shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborish zaruriyatini aniqlash maqsadida ham jo‘natuvchi tomondan, ham qabul qiluvchi tomondan olingan barcha ma’lumotlarni hisobga olish;
shubhali pul o‘tkazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday mamlakatda shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni vakolatli organlarga yuborish va pul o‘tkazmasi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.
(391-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
40. Pul o‘tkazilishida vositachi (tranzit bank) sifatida ishtirok etuvchi tijorat banklari:
elektron to‘lovlarga ilova qilinadigan jo‘natuvchi va oluvchi haqidagi barcha ma’lumotlarni, jo‘natuv to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanishini ta’minlashlari;
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari;
tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda tijorat banki tomonidan amalga oshiriladigan choralar tartibini belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari;
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda, bunday o‘tkazmalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tijorat banklari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi va tegishli vaqtda bunday mavjud munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, bunday tekshirishlar qachon o‘tkazilganligi va umuman o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligini hamda olingan ma’lumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda o‘tkazishlari kerak.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
42. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar ishonchliligiga gumon tug‘ilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tijorat banki, shu jumladan, u o‘zining to‘lov agentlari va (yoki) to‘lov subagentlari orqali harakat qilganda, olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan Ro‘yxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda tijorat banki mazkur Qoidalarning 8-bobida o‘rnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
44. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
yuridik shaxsning boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zining joylashgan yeri (pochta manzili) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
(44-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
45. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:
anonim shaxslarga, ya’ni, hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;
o‘ylab chiqarilganligi aniq bo‘lgan hujjatlar bilan tasdiqlanmagan nomlarga hisobvaraqlar ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan hamda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilgan yoki tijorat banklari tomonidan biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga tijorat banklarining ishongan holatlar bundan mustasno;
(45-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-4, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)
o‘zlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular ro‘yxatdan o‘tgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident-banklar bilan munosabat o‘rnatish va davom ettirish;
taqdim etuvchiga bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish;
mijozni identifikatsiyalamasdan chet el valyutasidagi pul mablag‘larini olish yoki jo‘natish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida shu’ba banklari, filiallar yoki vakolatxonalar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
461. Tijorat banklari, bir vaqtning o‘zida mazkur Qoidalarning 49-bandida keltirilgan mezonlarga ega bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk manbalarini shakllanishi bilan bog‘liq va o‘tkazilishi rejalashtirilgan operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga darxol xabar beradi hamda uzog‘i bilan uch ish kuni mobaynida ularning o‘zaro aloqadorligining tavakkalchilik darajasini aniqlash maqsadida to‘liq tahlil qilganidan so‘ng bunday operatsiyalarni amalga oshiradi.
(461-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
462. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha shubhalar mavjud bo‘lgan hollarda lozim darajada tekshirishni amalga oshirish mijozga bu haqidagi ma’lumotning oshkor bo‘lib qolishiga olib keladigan bo‘lsa, tijorat banklari lozim darajada tekshirishni amalga oshirmasligi mumkin, bunda tijorat banklari shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari shart.
(462-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Norezident-bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida axborot mavjud bo‘lgan taqdirda, tijorat banki ushbu vakil bank bilan hamkorlikni to‘xtatishgacha bo‘lgan tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
4-bob. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
48. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo‘lganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:
tijorat banki tomonidan tavakkalchilik darajasi yuqori deb berilgan operatsiya yoki uni amalga oshirayotgan mijoz;
rezident-mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) shartnomasi bo‘yicha avval olingan summaning norezident foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi;
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tug‘ilishi va (yoki) operatsiya to‘g‘risidagi, shu jumladan, operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar tijorat bankida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;
operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining g‘ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan g‘ayrioddiy tashvishlanishi yoki tijorat banki tomonidan operatsiya haqida so‘ralgan ma’lumotlarning mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida asossiz kechiktirilishi;
amalga oshirilayotgan operatsiya bo‘yicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yo‘qligi;
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
mijoz faoliyati tavsifiga bog‘liq bo‘lmagan holda va (yoki) mijoz hisobvarag‘ining faolligi uch oydan ortiq muddat mobaynida past bo‘lib yoki faolligi to‘xtab, so‘ng uning hisobvarag‘ida pul mablag‘lari aylanmasining asossiz ko‘payishi;
mijozni tashabbusi bilan barcha mablag‘larni yechib olish yoki ularni boshqa tijorat banklariga o‘tkazish orqali amaliy ish munosabatlarini asossiz va (yoki) muddatidan oldin to‘xtatilishi;
tijorat bank tomonidan mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan choralarni asosli qo‘llanilganida, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarini to‘xtatilishi;
tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umum qabul qilingan amaliyotiga yaqqol nomuvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada bajarilayotgan operatsiyalarga o‘xshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;
(48-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan 48-band o‘n to‘rtinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 10-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng bo‘lgan yoki undan oshadigan summada bir qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash;
(48-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul ko‘rinishidagi pul mablag‘larini yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvarag‘iga qarz, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qo‘yilma sifatida kiritilishi yoxud aylanma mablag‘larini to‘ldirilishi;
(48-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan 48-band o‘n oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 10-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning foydasiga yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablag‘larining dividend yoki daromad sifatida ko‘chirilishi;
(48-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-4, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxsning hisobvarag‘idan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablag‘larining naqd ko‘rinishda yechilishi;
(48-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-4, 17.10.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bir kontragentning terminalidan bir kun davomida besh va undan ortiq xalqaro to‘lov kartalaridan har bir kartaning operatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravariga teng bo‘lgan yoki undan oshadigan summadagi operatsiyalar (to‘lov yoki naqd pul yechilishi) amalga oshirilishi.
(48-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-4, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi ro‘yxatdan o‘tgan joydan farqlanuvchi hududda joylashgan bankda ochilgan oluvchining hisobvarag‘iga operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summada o‘tkazilishi;
(48-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxsning hisobvarag‘idan ikki ish kuni mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ortiq summadagi pul mablag‘larini kirim yoki chiqim qilish yoxud yechib olish bilan bog‘liq operatsiyalarning amalga oshirilishi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
49. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo‘lganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:
operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
30 kundan oshmagan muddat davomida bir vaqtda yoki ko‘p marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summadagi pul mablag‘larining kuchaytirilgan monitoring ostidagi davlatlardan mijozning hisobvaraqlariga kelib tushishi yoki mijozning hisobvaraqlaridan bunday davlatlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi;
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar tomonidan (shu jumladan, bir nechta jismoniy shaxslar tomonidan bir kontragent nomiga), shu jumladan, pul o‘tkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida chet eldan jo‘natilgan pul mablag‘lari olinishi yoki chet elga pul mablag‘lari jo‘natilishi;
(49-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablag‘lari sotilishi, sotib olinishi yoki xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul ko‘rinishida yechib olinishi;
(49-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga anonim shaxsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablag‘lari ko‘chirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasiga anonim shaxsga ochilgan hisobvaraqdan yoki jo‘natuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan pul mablag‘larining o‘tkazilishi;
pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi ro‘yxatdan o‘tgan joydan farqlanuvchi offshor hududda ro‘yxatga olingan bankda ochilgan oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning hisobvarag‘iga yoki foydasiga o‘tkazilishi, yoxud bunday shaxslarning hisobvarag‘idan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kun davomida oxirgi o‘tkazish (kelib tushish) kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng bo‘lgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablag‘lar bir marotaba yoki ko‘p marotaba o‘tkazilishi (kelib tushishi);
(49-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
ta’sischilari haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan va (yoki) ularni barcha mumkin bo‘lgan usullar orqali olish imkoniyati yo‘q bo‘lgan norezident shaxslar bilan operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(49-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya, shu jumladan uni o‘tkazishga urinish;
(49-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
mazkur bandda nazarda tutilgan mezon va alomatlarga ega bo‘lmagan, mazkur Qoidalar va tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilangan gumonli operatsiyalar toifasiga kirmaydigan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligiga tijorat bankida shubha mavjud bo‘lgan operatsiyalar.
Oldingi tahrirga qarang.
norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki beg‘araz yordam sifatida pul mablag‘lari berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali pul mablag‘larini jo‘natilishi va olinishi (mamlakatlar va hududlar ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);
(49-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
terroristik tusdagi jinoyatni sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarning operatsiyalari (shaxslar ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ro‘yxatidan o‘tganiga yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganiga yoxud bankda hisobvaraq ochganiga uch oydan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxsning pul aylanmasi bazaviy hisoblash miqdorining 20000 baravariga teng yoki undan oshsa;
(49-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 1 oydan oshmagan muddat davomida ko‘p marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini, o‘lchovli yombilarini sotib olinishi.
(49-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning bank kartasidan bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larining bir yoki bir nechta bank kartalariga yoxud elektron hamyonlarga o‘tkazilishi, bundan ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdisi bo‘yicha eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar mustasno;
(49-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning bank kartasiga bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larining bir yoki bir nechta bank kartalaridan yoxud elektron hamyonlardan kelib tushishi, bundan ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdisi bo‘yicha eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar mustasno;
(49-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
5 ta va undan ortiq bank kartasidan (elektron hamyondan) bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta xorijiy elektron hamyonga pul mablag‘larini o‘tkazilishi;
5 ta va undan ortiq bank kartalariga (elektron hamyonlarga) bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta xorijiy elektron hamyondan pul mablag‘larini kelib tushishi;
1 ta bank kartasidan (elektron hamyondan) bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq xorijiy bank kartasiga yoki xorijiy elektron hamyonga pul mablag‘larini o‘tkazilishi;
1 ta bank kartasiga (elektron hamyonga) bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq xorijiy bank kartasidan yoki xorijiy elektron hamyondan pul mablag‘larini kelib tushishi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
norezident shaxsdan (agar bunday ma’lumotlar tijorat bankiga ma’lum bo‘lsa) rezident jismoniy shaxsga bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablag‘larining kelib tushishi;
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning odatiy faoliyatidan farq qiluvchi nostandart yoki g‘ayrioddiy murakkab sxemalardan iborat bo‘lishi;
yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan jismoniy shaxs hisobvarag‘iga operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablag‘larining moliyaviy yordam yoki qarz sifatida ko‘chirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan faqat tovarlar importi uchun chiqarilgan xorijiy valyutalar bo‘yicha bitta shartnoma doirasida uning predmeti qisman yoki to‘liq xizmat ko‘rsatishga o‘zgartirilishi yoki debitor qarzdorlikning xizmat ko‘rsatish orqali so‘ndirilishi, basharti uning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravariga teng yoki undan oshsa.
(49-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
491. Mazkur Qoidalarning 49-bandida ko‘rsatilgan va miqdoriy chegaralarga ega bo‘lmagan shubhali operatsiyalar bo‘yicha tijorat banklari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborgandan so‘ng, o‘n ish kunidan oshmagan muddatda quyidagi kompleks tahlil choralarini ko‘rishlari shart:
operatsiya ishtirokchilari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish va tahlil qilish;
ochiq manbalardan foydalangan holda operatsiya ishtirokchilarining ishchanlik obro‘sini o‘rganish;
pul mablag‘larining kelib chiqish manbalari, operatsiya tuzilishi, operatsiya ishtirokchilarining geografik joylashuvi, operatsiya vaqti va hajmini tahlil qilish;
operatsiyaning mijoz odatiy xo‘jalik faoliyati va moliyaviy profiliga muvofiqligini, oldin amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda baholash;
operatsiya ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tahlil qilish, affillanganlik, nazorat ostida bo‘lish yoki boshqa o‘zaro nazorat shakllarini aniqlash, shuningdek benefitsiar mulkdorni, mablag‘larning kelib chiqish manbasini yoki operatsiyaning haqiqiy maqsadini yashirishga qaratilgan murakkab yoki ko‘p bosqichli tranzaksiya zanjirlarini o‘rganish.
Tijorat banklari kompleks tahlil yakunlangandan so‘ng:
mijozning tavakkalchilik darajasini ko‘rib chiqishlari va zarur bo‘lganda unga o‘zgartirish kiritishlari;
kompleks tahlil natijalari to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga mazkur Qoidalarning 70-bandiga muvofiq xabar yuborishlari;
tavakkalchilik darajasini kamaytirish yuzasidan choralar ko‘rishlari zarur.
(491-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
50. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qo‘shimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Tijorat banklari maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
51. Tijorat banklari barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyani amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.
5-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar ishtirokida amalga oshirilayotgan operatsiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Tijorat banklar, shu jumladan, ular o‘zining to‘lov agentlari va (yoki) to‘lov subagentlari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelgan taqdirda tijorat banki bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turadi (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelgan mijoz hisobvaraq ochish uchun qilgan murojaati bilan ochish so‘ralgan hisobvaraqqa kirim qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini taqdim qilsa, tijorat banki bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turadi va pul mablag‘larini alohida tranzit hisobvaraqqa kirim qilib, ishga solmay to‘xtatib qo‘yadi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
To‘liq mos kelishi tushunchasi ostida mijoz yoki operatsiya ishtirokchisining identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatda keltirilgan barcha tegishli ma’lumotlar bilan aniq va bir xilda bo‘lishini anglatadi.
Quyidagi holatlarda ham operatsiyani to‘xtatib turish va pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish lozim:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
53. Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi to‘xtatib turilganda va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganda tijorat banki ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mulkning miqdori ko‘rsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborish lozim.
6-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tijorat banklari tavakkalchilik darajasini o‘rganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, hujjatlashtirish va uni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi kerak.
Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.
Tijorat banki tavakkalchiliklar turi va darajasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilikning umumiy darajasini, uning talab qilingan pasaytirish darajasini aniqlashi va tegishli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishi kerak.
Aniqlangan tavakkalchiliklar nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qo‘llash hamda resurslarni samarali taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik (mijozlarning turlari va faoliyati, bank mahsulotlari va xizmatlari, ularni taqdim etish kanallari, geografik hududlar bo‘yicha va boshqa) omillarini inobatga olgan holda ma’lumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida, mas’ul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Mijozlar va operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘rganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish tartibi tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi kerak.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
55. Tijorat banki avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(55-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) chet el korxonalarining vakolatxonalari va O‘zbekiston Respublikasining norezident — jismoniy shaxslari (O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega mijozlar bundan mustasno);
(55-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
g) offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
d) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan rezident va norezidentlar;
e) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(55-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
z) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
i) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
k) mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan dasturiy majmualardan foydalanuvchi mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
l) yuqori mansabdor shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
(55-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
l1) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi;
l2) akkauntlariga 20 ta va undan ortiq bank kartalari biriktirilgan shaxslar;
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan “l1” va “l2” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
l3) bir vaqtning o‘zida rahbari va ta’sischilari/benefitsiar mulkdorlari o‘zgargan yuridik shaxslar (agar bunday ma’lumotlar tijorat bankiga ma’lum bo‘lsa);
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) asosan l3-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
m) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
56. Tijorat banki quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 55-bandi “a”, “b”, “z” va “l” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
b) offshor hududda ochilgan hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar;
v) qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud bo‘lgan zargarlik buyumlari bilan operatsiyalar, tijorat banklari o‘zlari amalga oshiradigan bunday operatsiyalardan tashqari;
g) jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining joylashgan yeri (pochta manzili) va hisob raqami) to‘liq hajmda taqdim etilmagan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar;
d) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
58. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, Ichki nazorat xizmati zarur hollarda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib borishi lozim.
59. Ichki nazorat xizmati ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning hisobini yuritishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Tijorat banki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak. Ushbu maqsadda tijorat banki:
(60-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
61. Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlarini, ish amaliyotini tatbiq qilishdan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval o‘tkazilishi kerak. Bunda, bunday tavakkalchilikni aniqlash va baholash tijorat bankining yangi xizmat turlarini (yangi texnologiyani) bevosita joriy qilayotgan bo‘linmasi tomonidan Ichki nazorat xizmati bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Tijorat bankining mazkur bo‘linmasi va Ichki nazorat xizmati ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni ko‘rishlari lozim.
Ko‘rilgan choralar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot bank boshqaruviga taqdim qilinishi kerak.
62. Masofaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tijorat banklari tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida:
masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida mijozlar bilan imzolanadigan shartnomalarda mijoz tomonidan ushbu xizmatlardan foydalangan holda amalga oshirilgan shubhali operatsiyalar aniqlangan taqdirda ko‘riladigan choralar (bajarilgan operatsiyalarning qonuniyligi haqida mijoz yozma tushuntirish bergunga qadar ushbu xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatib turish; ushbu xizmatlarni ko‘rsatishni rad etish)ni ko‘zda tutishlari kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
(62-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
masofaviy xizmatlardan foydalanilgan holda shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda, bunday xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan muddatga masofaviy xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatishlari kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida masofaviy xizmatlardan foydalanilganligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida bunday xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda bekor qilishlari kerak.
(62-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
7-bob. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
63. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlashga berilgan tavakkalchilik darajasi mijoz tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablag‘lar manbalarini o‘rganish uchun monitoringga asos bo‘lib hisoblanadi.
64. Mijozlarni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) xodimlar tomonidan o‘tkaziladi, ular shubhali va (yoki) gumonli alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita o‘z rahbariga va Ichki nazorat xizmati xodimlariga yozma ravishda zudlik bilan xabar berishi lozim.
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o‘tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
65. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlanganda tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirig‘iga binoan zarur hollarda o‘tkazilayotgan operatsiya haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
66. Ichki nazorat xizmati xodimlari mijoz va operatsiya haqidagi ma’lumotlarni o‘rganadilar, tegishli ma’lumotlarni maxsus jurnalga va mijoz anketasida qayd etadilar hamda yetarli asoslar mavjud bo‘lganda Ichki nazorat xizmati rahbariga operatsiyani gumonli yoki shubhali sifatida tasniflash haqida taklif yuboradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Asosli shubhalar mavjud bo‘lgan taqdirda Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi hamda bu haqda tijorat banki rahbariyatiga ma’lum qiladi.
(67-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Rahbariyatni xabardor qilish tartibi va shakli tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilanadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
68. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holatda mazkur Qoidalar hamda tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilangan mezonlar va alomatlardan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
69. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan so‘ng, Ichki nazorat xizmati quyidagi choralarni ko‘rishi kerak:
shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish;
mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish;
mijozning tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish;
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(69-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Shubhali operatsiya haqidagi xabar Ichki nazorat xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Har bir xabar to‘g‘risidagi ma’lumot maxsus jurnalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus jurnal bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron shaklda yuritiladi.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-12, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
(72--band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
73. Tijorat banklari, shuningdek tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari zarur.
8-bob. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
74. Agar mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish davrida yoki operatsiyani amalga oshirishda tijorat bankining xodimlari tomonidan mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda zudlik bilan va mijozni xabardor qilmasdan Ichki nazorat xizmatiga xabar berilishi kerak. O‘z navbatida Ichki nazorat xizmati quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim:
mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya qatnashchilaridan birining shaxsini imkon darajasida batafsil identifikatsiyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ishga solmay to‘xtatib qo‘yish lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyani aniqlash;
(74-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiya bajarilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tijorat banki rahbariyatiga imzolash uchun farmoyish tayyorlash va kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish uchun tayyorlash;
(74-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni olish (shu jumladan, faoliyat turi, aktivlari miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va shu kabilar);
mijozning pul mablag‘lari yoki moliyaviy holatining manbasini, shu jumladan, mijozdan ma’lumot olish orqali aniqlash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
operatsiya haqidagi ma’lumotni maxsus jurnalga kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banki faqat mazkur bandda ko‘rsatilgan choralar qo‘llanilganidan so‘ng, Ro‘yxatga kiritilgan shaxsni uning operatsiyasi to‘xtatib turilganligi va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganligi haqida xabardor qilishi lozim.
(74-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
75. Operatsiya to‘xtatilgan taqdirda mijozning topshirig‘i asosida hisobvaraqlardan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.
Mijoz topshirig‘i operatsiyalari to‘xtatilgan mijozlarning topshiriqlari ro‘yxatga olinadigan alohida jurnalda ro‘yxatga olinishi, shuningdek operatsiya tiklanishiga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Tijorat banki tomonidan ishga solmay to‘xtatib qo‘yish uning bevosita egalik qilayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarga nisbatan amalga oshiriladi.
Operatsiyalari to‘xtatilgan mijozlarning topshiriqlarini ro‘yxatga olish uchun alohida jurnalda to‘xtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Tijorat banki to‘xtatilgan operatsiyani o‘tkazishni tiklashni va ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 343-V-9-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-9, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2886-9/0567-son)
9-bob. Tijorat banklari tomonidan maxsus vakolatli davlat organi so‘rovlarining bajarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
77. Maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni, shu jumladan, tijorat banklarining avtomatlashtirilgan axborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan yozma so‘rash va bepul olish huquqiga ega.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
78. Tijorat banklari maxsus vakolatli davlat organining yozma so‘rovlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
79. Xorijiy davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vakolatli organining so‘rovi mavjud bo‘lganda, maxsus vakolatli davlat organi Markaziy bank orqali tegishli so‘rovni tijorat banklariga taqdim etadi. Tijorat banklari bunday so‘rov asosida so‘ralayotgan ma’lumotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
10-bob. Ma’lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini ta’minlash
80. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘liq yoki qisman xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar tijorat banki tomonidan, zarur hollarda, davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi shart.
81. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo bo‘lgan taqdirda, tijorat banki tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
82. Maxsus jurnalga operatsiya haqidagi barcha ma’lumotlar kiritiladi, xususan maxsus jurnalga kiritiladigan ma’lumot tartib raqami va sanasi, mijoz nomi (mijoz xos raqamini ko‘rsatgan holda), operatsiya turi, summasi va amalga oshirilgan sanasi, mijoz kontragenti haqidagi ma’lumotlar, operatsiya yuzasidan ma’lumot taqdim qilgan bo‘linma nomi, operatsiya bo‘yicha amalga oshirilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot, shu jumladan xabar berilgan sana va raqami va boshqalar.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
83. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz anketasida qayd etiladi. Tijorat banki ichki hujjatlarga muvofiq mijoz anketasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
84. Barcha mijozlar (lozim darajada tekshirish talab etilmaydigan mijozlar bundan mustasno) bo‘yicha anketalar maxsus dasturlar yordamida elektron shaklda to‘ldiriladi. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlar bo‘yicha anketalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
(84-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-2, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son — 2019-yilning 27-yanvaridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(84-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
85. Elektron shaklda to‘ldirilgan anketalar tijorat bankining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga, shu jumladan, to‘lov agentlari va to‘lov subagentlariga mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
86. Mijoz anketasi tijorat bankida mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilgan kundan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
87. Mijoz anketasida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarning o‘zgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tijorat banklari zarur hollarda mijoz bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib borishi lozim.
88. Operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
89. Tijorat banklari operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, hisobraqamlar bo‘yicha fayllarni va xizmat yozishmalarini, o‘tkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari to‘xtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur ma’lumotlar va hujjatlar vakolatli davlat organlari va Markaziy bankka o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydigan shaklda qog‘oz ko‘rinishida va (yoki) elektron tashuvchi vositalarda saqlanishi lozim.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 343-V-7, 33-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-7, 08.07.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90. Ichki nazorat xizmati faoliyatida ishlatilgan hujjatlardan (Markaziy bank va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, shu jumladan maxsus vakolatli davlat organiga berilgan elektron shakldagi xabarlar, mijozlarning elektron shaklidagi anketalari, jurnallar va boshqalar) foydalanish imkoniyatini chegaralash maqsadida bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita Ichki nazorat xizmati (mas’ul xodim) tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki seyfda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin kamida besh yil mobaynida saqlanishi kerak.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga, shu jumladan, tijorat banki arxivida saqlanayotgan hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar.
(92-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-3, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)
Tijorat banki ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarning uning xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) ta’minlaydi, mazkur Qoidalarning 74-bandida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
93. Uchinchi shaxslarga ma’lumotlar, shu jumladan, anketadan mijozning identifikatsiya ma’lumotlarining taqdim qilinishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
94. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi bank tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
95. Bir marotabalik operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar, mijozni lozim darajada tekshirish choralarini ko‘rish talab qilingan keyingi operatsiyalarni bajarishda yangilanadi.
11-bob. Tijorat bankining, ichki nazorat xizmati hamda boshqa bo‘linmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
96. Tijorat banklari, shu jumladan, Ichki nazorat xizmati va boshqa bo‘linmalar rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
961. Tijorat banklari to‘lov agentlari va subagentlarini ushbu Qoidalar va bankning ichki qoidalari talablariga rioya qilishlarini ta’minlashlari shart.
Tijorat banklari o‘z to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablarini buzganlik uchun javobgar hisoblanadi.
(961-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97. Qonunchilik hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tijorat banki xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum bo‘lib qolgan tijorat banki xodimlari ushbu dalillarni darhol Ichki nazorat xizmati rahbariga yoki xodimlariga yozma ravishda yetkazadilar.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
12-bob. Yakuniy qoidalar
98. Tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Markaziy bank tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilayotgan hisobotlar asosida ichki nazoratni tashkil etilishi va uning samaradorligi bo‘yicha mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan distansion monitoring olib boradi.
99. Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
100. Ichki audit xizmati yoki boshqa nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari o‘z vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga ma’lum qilinadi. Ma’lumotni olgandan so‘ng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan
MA’LUMOTLAR
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Tug‘ilgan sanasi va joyi.
3. Fuqaroligi.
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 343-V-9-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-9, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2886-9/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 343-V-7, 33-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-7, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Telefon raqami (agar mavjud bo‘lsa).
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 343-B-13-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-11, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-iyul)
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan
MA’LUMOTLAR
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar:
a) to‘liq, shuningdek, agar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi;
v) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
g) joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek ro‘yxatdan o‘tgan ofisining manzili va bosh ofisining manzili, agar u birinchisidan farq qilsa;
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-5, 17.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)
d) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar;
e) litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
j) imzo huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar;
z) yuridik shaxs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
i) ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
l) telefon raqamlari.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar:
a) Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarning 1-ilovasida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi;
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
g) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar;
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
e) telefon raqamlari.
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Mijoz anketasida ko‘rsatiladigan
MA’LUMOTLAR
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarning 1, 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mijozning benefitsiar mulkdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
12. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila a’zosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi to‘g‘risida belgi.
(11 va 12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2886-6, 25.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)
2. Tavakkalchilik darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan, tavakkalchilikni baholash asoslari.
3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar natijalari.
4. Mijoz bilan munosabatlar o‘rnatilgan sana — tijorat bankidagi birinchi bank hisobvarag‘i (omonati) ochilgan sana.
5. Mijoz anketasi to‘ldirilgan va o‘zgartirish kiritilgan sana.
6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul xodim, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mijoz anketasini to‘ldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 343-V-12-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 1-martdagi 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2886-10, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son)
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 401-modda, 36-son, 973-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son; 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son; 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son; 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 27.12.2021-y., 10/21/2886-8/1201-son; 24.06.2022-y., 10/22/2886-9/0567-son; 04.04.2023-y., 10/23/2886-10/0189-son; 09.04.2025-y., 10/25/2886-11/0318-son; 08.05.2026-y., 10/26/2886-12/0473-son)