Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 18-son, 147-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104 va 41-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs va (yoki) manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha sug‘urtalovchi va sug‘urta vositachisining faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirish to‘g‘risida sug‘urtalovchi yoki sug‘urta vositachisiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni sug‘urtalovchi yoki sug‘urta vositachisi tomonidan aniqlanishi;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganish;
tashkilot — faoliyati litsenziyalanadigan sug‘urtalovchi yoki sug‘urta vositachisi — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida tashkilot tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida uning amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Ro‘yxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati;
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va to‘xtatish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotning ichki hujjatlariga og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini o‘rganish bo‘yicha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish va operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mazkur Qoidalarning 24-bandi va tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
(3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlarini va materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlash;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
tashkilot rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur bo‘lgan tadbirlar qo‘llash;
(3-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash;
(3-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.
(3-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish maqsadida tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga mas’ul bo‘lgan shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ichki nazorat tizimi tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, mijozlar bazasi hamda mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning ham O‘zbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida joylashgan alohida bo‘linmalarining (sho‘ba bo‘linmalar, vakolatxonalar, filiallar, bo‘limlar va boshqalar — ular mavjud bo‘lsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini ham nazarda tutishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan o‘zining chet eldagi alohida bo‘linmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishi;
(5-1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zining chet eldagi alohida bo‘linmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchilik hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. O‘z navbatida, tashkilot bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi;
(5-1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining suiiste’mol qilinishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.
(5-1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-2. Tashkilotlarning chet eldagi alohida bo‘linmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar bunday talablar O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqoriroq standartlar qo‘llaniladi.
(5-2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilot o‘z tashkiliy tuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs boshchilik qiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmani tashkil qilishi yoki belgilashi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Yuqorida ko‘rsatilgan bo‘linma tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan mazkur bo‘linma to‘g‘risidagi nizom asosida harakat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6-1. Tashkilot bo‘linmalari xodimlarining mas’ul shaxs — tarkibiy bo‘linma boshlig‘i yoki uning xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
(6-1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mas’ul shaxsga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma xodimlariga (bo‘linma mavjud bo‘lgan holda) quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
oliy ma’lumotlilik va sug‘urta sohasida rahbarlik lavozimlarida 2 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lishlik, oliy ma’lumot mavjud bo‘lmaganda esa — uch yildan kam bo‘lmagan bunday ish tajribasiga ega bo‘lishlik;
oliy ma’lumotlilik va tashkilotda 2 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega bo‘lishlik, oliy ma’lumot mavjud bo‘lmaganda esa — tashkilotda uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega bo‘lishlik;
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga tashkilotdagi mas’ul shaxslarning ro‘yxatini taqdim etadi va bu ro‘yxatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishini ta’minlaydi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan ro‘yxatlarni maxsus vakolatli davlat organiga beradi va bu ro‘yxatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishini ta’minlaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amalga oshirilishini tashkil etadi;
tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli ma’lumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yig‘ish, rasmiylashtirish, saqlashni amalga oshiradi, ularning maxfiyligini ta’minlaydi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda monitoring va nazorat o‘tkazilish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
o‘z tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkilotning elektron ma’lumotlar bazalarida, mahalliy hisoblash va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayl va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha kelgusidagi xatti-harakatlarga oid (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatib turish bo‘yicha) takliflarni rahbariyatga kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan choralarni amalga oshirish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq bo‘lgan operatsiyalarni g‘ayrioddiy amalga oshirish sxemalari bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etishi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv tadbirlarida qatnashish va o‘quv tadbirlarida olingan ma’lumotlarni tashkilot xodimlariga yetkazish;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mas’ul shaxslar zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(11-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Mas’ul shaxs lavozimiga tayinlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchiligini hamda xalqaro standartlarni bilishi lozim.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Qoidalarning 9, 10 va 11-bandlarining talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma (u mavjud bo‘lgan taqdirda) xodimlariga ham qo‘llaniladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mas’ul shaxsni o‘qitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda o‘tkaziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini o‘rganish;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mas’ul shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbir (shuningdek, xalqaro)larda ishtirok etish (imkoniyat darajasida).
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
14. Tashkilotning qolgan xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish mas’ul shaxs tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan xodimlarni tanishtirish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini o‘rganish;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Tashkilot tomonidan ichki nazorat qoidalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sharti bu — mazkur jarayonda har bir xodim o‘z vakolati doirasida qatnashishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda o‘qitish o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga o‘zining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartibi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish hamda bunday shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarni monitoring qilish tartibi;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish tartibini;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
16. Tashkilot mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni quyidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishda amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
shaxsiy sug‘urta qilish yoki birgalikda sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, sug‘urtalangan shaxsni, foyda oluvchini, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiya amalga oshirish kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
sug‘urta qilish yoki qayta sug‘urta qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv, agentlik kelishuvi, tashkilot faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘larni joylashtirish (qo‘yish) to‘g‘risida shartnoma va boshqa xo‘jalik yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, agar mijoz O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmasa, unda mijoz hududida joylashgan (ro‘yxatdan o‘tgan) davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni aniqlash lozim bo‘ladi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubhaning mavjudligi;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarni haqiqiy va to‘g‘ri ekanligiga shubhaning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgan paytda amalda bo‘lgan shartnomalar asosida tashkilot bilan fuqarolik — huquqiy munosabatlarda bo‘lgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16-1. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha tashkilotlar tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
mijozning va u tegishli hujjatlar asosida qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazishni.
(16-1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni bo‘lmasa, takshilot mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim.
Tashkilot mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilot rahbari (o‘rinbosari) ruxsati bilan kirishish (yoki davom ettirish);
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, tashkilot mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini to‘xtatishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lgan mijozga mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
162. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchiliklarning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
sug‘urta shartnomasini yoki avval tuzilgan sug‘urta shartnomalarini tuzish sabablari to‘g‘risida ma’lumot olish;
tuzilgan sug‘urta shartnomalari tahlili orqali, mijoz bilan ish munosabatlari monitoringini o‘tkazish.
(162-163-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mijozni tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanaga haqiqiy bo‘lishi lozim.
18. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Benefitsiar mulkdorni aniqlash uchun tashkilot mijoz boshqa shaxs nomidan harakat qilayotganligini aniqlashga majbur va shundan keyin mijoz qaysi shaxs nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart. Bunda naf oluvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bo‘yicha choralar sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilishidan avval ko‘rilishi shart.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
19. Mijoz operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganida, tashkilot quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha mijozni yoki foyda oluvchini identifikatsiyalash;
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, o‘rganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyat maqsadlariga muvofiqlilik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi mijoz — jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan faoliyat maqsadi va turiga muvofiqlilik darajasini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) asosida amalga oshiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Agar mijoz — jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, agar mijoz-yuridik shaxs nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish ko‘rayotgan bo‘lsa, tashkilot bunday jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha ham ma’lumotlarni olishi lozim.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Tashkilot mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsil o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan identifikatsiyalash va boshqa ma’lumotlar tashkilot tomonidan yilida kamida bir marta yangilanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
22-1. Mijoz va (yoki) mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tashkilot olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tashkilotga taqdim qilinadigan Ro‘yxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(22-1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-2. Mijozni va (yoki) benefitsiar mulkdorni qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdor mazkur Qoidalarga muvofiq tashkilot tomonidan avval indentifikatsiyalangan bo‘lsa.
(22-2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan— O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22-3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi talab qilinmaydi.
(22-3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan— O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning boshqaruv organi yoki mijozning nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish ko‘rayotgan shaxsning o‘zi joylashgan yeri (pochta manzili) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz-jismoniy shaxsning o‘zining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (pasport yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlariga muvofiq) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida;
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shak-shubhasiz noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot tomonidan so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdorni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni yakunlash imkoni bo‘lmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda bunday operatsiyalar shubhali deb tan olinadi va tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ular haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
(231-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.
(231-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
232. Tashkilot avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
(232-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
(232-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar;
muntazam ravishda (uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(232-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
233. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tashkilot zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
Tashkilot barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari haqidagi ma’lumot tashkilot rahbariyatiga taqdim qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
234. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak. Bu maqsadlarda tashkilot:
(234-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim.
Tashkilot bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim.
(III1 bob O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
235. Tashkilotning chet eldagi alohida bo‘linmalari (mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talbalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim.
Tashkilot o‘zining chet eldagi bo‘linmalaridan ular joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tashkilotlarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tashkilot bu haqda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.
(235-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
24. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya quyidagi holatlarda shubhali deb topilishi mumkin:
amaliyotga asosan so‘ralayotgan ma’lumotlarni mijoz tomonidan taqdim etilishi asossiz ravishda rad etilsa, shu jumladan, o‘zining ishonch bildiruvchisi to‘g‘risida (agar mijoz yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili sifatida ish olib borsa), shuningdek amalga oshirilayotgan operatsiyaning maxfiyligi masalalari bo‘yicha mijoz ortiqcha tashvishlansa;
mijozning xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek, mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif etilishi;
agarda mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmasa, mijoz faoliyatining xususiyatiga to‘g‘ri kelmasa va tavakkalchilik xavfini sug‘urta qilish maqsadlariga ega bo‘lmasa;
mijozning bekor qilingan bitim bo‘yicha olishi lozim bo‘lgan summalarni uchinchi shaxslarga, shuningdek, norezident bank hisobiga qaytarishni taklif etishi;
mijoz tomonidan operatsiyaga (bitimga) tashkilot faoliyatining odatdagi amaliyotiga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘shimcha va o‘zgartishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin ko‘proq, ayniqsa, pul mablag‘lari harakati yo‘nalishiga taalluqli o‘zgartirishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan operatsiyani vakil (vositachi) orqali amalga oshirish haqida topshiriq berilishi, agar vakil (vositachi) topshiriqni tashkilot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri (shaxsiy) aloqa o‘rnatmasdan amalga oshirayotgan bo‘lsa;
ko‘rsatilgan bog‘lanish ma’lumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal ma’lumotlari bo‘yicha mijoz bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatining mavjud emasligi;
yuridik va jismoniy shaxs bilan tuzilgan amaldagi hayotni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdorini mos ravishda oshirish bilan birga sug‘urta puli miqdorini sezilarli darajada (2 barobardan ortiq) oshirish bo‘yicha mijozning taklifi;
sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, foyda oluvchining almashtirilishi munosabati bilan sug‘urta shartnomasiga tez-tez o‘zgartishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan uchinchi shaxs foydasiga besh yilgacha muddatga ikki va undan ortiq hayotni sug‘urta qilish shartnomalarining davriy tuzilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdoridagi naqd pul mablag‘larini bir marta yoki qismlarga bo‘lib tashkilotning kassasiga mijoz tomonidan topshirilishi hisobidan umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan kam bo‘lmagan bir necha operatsiyalarning bajarilishi;
(24-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
pul mablag‘larining xorijga anonim (raqamli) hisobga (jamg‘armaga) o‘tkazilishi va pul mablag‘larining xorijdan anonim (raqamli) hisobdan (jamg‘armadan) kelib tushishi;
mijoz tomonidan ixtiyoriy sug‘urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinishida sug‘urta mukofotining qaytarilishi, agar pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan kredit tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
bitta sug‘urta qildiruvchiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta pulining to‘lanishi;
bitta sug‘urta vositachisiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada komission to‘lovlarning to‘lanishi;
(24-bandning o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy sug‘urtalovchilardan (qayta sug‘urtalovchilardan) qayta sug‘urta qilish bo‘yicha komissiyalar va tantyemalarning olinishi.
(24-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatib turiladi va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay to‘xtatib qo‘yiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Operatsiyani to‘xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yilgan, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan so‘ng, mas’ul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni to‘xtatish haqida.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabar operatsiya shubhali deb topilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tashkilot tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
29. Har bir shubhali operatsiya to‘g‘risidagi ma’lumot mas’ul shaxs tomonidan qog‘oz va elektron ko‘rinishda yuritiluvchi maxsus jurnalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tashkilot tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qo‘shimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30-1. Tashkilot ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni har bir operatsiya bo‘yicha, jumladan lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha shubhali deb tan olinmagan operatsiyalar bo‘yicha talab qilib oladi va yig‘adi.
30-2. Tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, hamda mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar asosida ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantiradi.
30-3. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo bo‘lgan taqdirda, tashkilot tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
30-4. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan barcha ma’lumotlar va hujjatlar tashkilotning mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun ochiq bo‘lishi lozim.
30-5. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
30-6. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, mijoz bilan 1 yildan ortiq muddatga amaliy ish munosabatlari o‘rnatilgan hollarda har yili, shuningdek mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki u bilan o‘rnatilgan amaliy ish munosabatlari xarakteri o‘zgarishi bilan yangilanib borilishi lozim.
(30-1, 30-2, 30-3, 30-4, 30-5 va 30-6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 21-maydagi 44,14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan— O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
operatsiyani topshirig‘i bo‘yicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya bo‘yicha foyda oluvchi va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilot pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan ish yozishmalari, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlarini va materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashi shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydi, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emas.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Tashkilot o‘z xodimlari tomonidan ichki nazorat bo‘yicha vazifalarni bajarish jarayonida olingan axborotning e’lon qilinmasligini yoxud shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
331. Mas’ul shaxsning faoliyatida ishlatilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni o‘tkazishga taalluqli yozishmalar, shu jumladan, maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
(331-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
332. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(331-332-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 18-martdagi 25, 7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-2, 06.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
333. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi tashkilot tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(333-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
341. Tashkilotlar ichki va tashqi vaziyatlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda, tashkilotning ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Tashkilotida ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(341-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2036-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)