01.03.2024 yildagi PQ-108-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sug‘urta xizmatlarining ommabopligini va sifatini oshirish, shuningdek, sohani tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi hamda sug‘urtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitalining eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi transport vositalarini sug‘urtalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, O‘zbekistonning yagona sug‘urta portali, Sug‘urta polislarining yagona reyestri va “E-Sugurta servis” yagona mobil ilovasini Jamg‘arma tomonidan Agentlik balansiga beg‘araz balans qiymatida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yangi axborot tizimlarini xarid qilish, ularning to‘liq ishlashini ta’minlash va saqlash, shu jumladan dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va axborotlarni aktuallashtirish (yangilash) bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar va mutaxassislarning xizmatlariga haq to‘lash Agentlik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga shartnomalarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash majburiyati yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qo‘mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga tegishliligi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik sug‘urtaning yuqorida ko‘rsatilgan turlari bo‘yicha shartnomalarning majburiy tuzilishi bo‘yicha tegishli tizimni (modullar, dasturiy mahsulotlar) ishlab chiqish va joriy etish uchun mas’ul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab sug‘urtalovchilarning hisobotlarini soddalashtirish, avtomatlashtirish va yagona axborot tizimida shakllantirishga bosqichma-bosqich o‘tish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta tavakkalchiligi darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardan kelib chiqqan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflarini aktuar hisob-kitoblarga asosan qayta ko‘rib chiqib, uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda sug‘urta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish, sug‘urtalovchini tanlash huquqi bilan elektron shaklda shartnomani majburiy tuzish imkoniyatini yaratish orqali majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish jarayonlari soddalashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda sug‘urta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarni tuzish, sug‘urta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish va sug‘urta hodisalari bo‘yicha arizalarni elektron shaklda yuborish tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish uchun qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, Agentlikning texnik shartlari va talablariga muvofiq keladigan tashkilotlarni hamkorlik kelishuvi asosida jalb etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish Agentlikning, manfaatdor vazirlik va idoralarning, shuningdek, boshqa jalb qilingan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali ommaviy oferta shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh prokuratura Agentlik bilan birgalikda majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining aniq va bir xilda bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 3-ilovaga muvofiq belgilanadigan sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) kalendar badallari mablag‘lari Agentlikka yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) tomonidan 2023-yil uchun to‘lanmagan kalendar badallarining tegishli summalari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik bilan birgalikda milliy sug‘urta bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida oliy ta’limning milliy standartlari va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish orqali bakalavriatning sug‘urta ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini tayanch bo‘lmagan fanlarni qisqartirish hisobiga to‘rt yildan uch yilgacha qisqartirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2024-yil 1-iyuldan Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimlarida tegishli modullarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va Agentlikning yagona axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (to‘liq qurilish davri uchun) mavjud bo‘lmagan taqdirda, davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etiladigan obyektlarni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik 2025-yil 1-yanvarga qadar ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takaful tamoyillarini va mahsulotlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan sug‘urta turlarini bosqichma-bosqich kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil sug‘urta” (Green insurance) mahsulotlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning qamrovini oshirish va yanada rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Agentlik, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, shuningdek, sug‘urta madaniyati va aholining sug‘urta xizmatlariga ishonchini oshirishga qaratilgan mavzuli ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Xalqaro sug‘urta tamoyillari (Sug‘urta asosiy prinsiplari) asosida sug‘urta xizmatlari iste’molchilari manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yaratish

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlariga sug‘urta faoliyatini tartibga solishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

a) qayta sug‘urta brokerlari, syurveyerlar, adjasterlar, assistanslar va aktuar tashkilotlar faoliyatining boshlanishi yoki tugatilishi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilish tartibini joriy etish;

b) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) va sug‘urta brokerining rahbarlari va bosh buxgalterlari bilan ularning sug‘urta faoliyati va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini bilishini aniqlash maqsadida suhbat o‘tkazish;

v) vakolatli davlat organiga sug‘urta va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash huquqini berish;

g) prudensial me’yorlar buzilganda, shuningdek, to‘lovga layoqatsizlik (to‘lovga qobiliyatsizlik) yoki bunday taqsimlash natijasida to‘lovga layoqatsizlik (to‘lovga qobiliyatsizlik) belgilari paydo bo‘lganda, sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) foydasini taqsimlashni cheklash chora-tadbirlari;

d) sug‘urta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etish.

Qonun loyihasi

2024-yil sentabr

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(ILMA)

2.

Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan, belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganlik uchun sug‘urtalovchilarga (qayta sug‘urtalovchilarga) jarimalar qo‘llashning yangilangan tartibini tasdiqlash.

Jarima sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, qo‘shimcha ravishda quyidagi javobgarliklarni nazarda tutish:

a) majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda:

arizalarni ko‘rib chiqmaganlik (sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish);

sug‘urta tovonini to‘lamaganlik uchun;

b) sug‘urtalovchilar, sug‘urta brokerlari va ularning alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlarini vakolatli organ bilan kelishmagan holda tayinlaganlik uchun;

v) vakolatli davlat organining majburiy taqdimnomalari va/yoki ko‘rsatmalarini bajarmaganlik, shu jumladan o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun;

g) sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning hisob (valyuta) va boshqa bank raqamlarida o‘tgan o‘n ikki oy mobaynida hisoblangan sug‘urta tovonlari summasining 3 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘lari mavjud bo‘lishiga oid talabga rioya qilmaganlik uchun.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

ILMA

3.

Sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish tartibini takomillashtirish.

Elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishning yangilangan tartibini ishlab chiqish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

a) yagona axborot tizimi orqali sug‘urta shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini shakllantirish;

b) sug‘urta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish, sug‘urtalovchini tanlash huquqi bilan shartnomani elektron shaklda majburiy tartibda tuzish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar orqali majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish jarayonlarini soddalashtirish;

v) sug‘urta da’volarini tartibga solish;

g) sug‘urtalovchilar tomonidan yagona axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlari, shuningdek, Agentlikning ko‘rsatmasiga asosan qonunbuzilishlarni bartaraf etish davrida yagona axborot tizimidan to‘liq yoki qisman foydalanishni to‘xtatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

ILMA,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4.

Tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ustidan nazoratni kuchaytirish.

Tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lish talabini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar yo‘l harakati qoidalariga kiritilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Ichki ishlar vazirligi,

Transport vazirligi

5.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish talablarini kuchaytirish.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini belgilash.

Qonun loyihasi

2024-yil may

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

II. Xorijiy davlatlarning ilg‘or sug‘urta tajribasini joriy etish orqali milliy sug‘urta bozori infratuzilmasini kengaytirish

6.

Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibini joriy etish.

Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifati bo‘yicha, shu jumladan quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

a) sug‘urta tashkilotining to‘lovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik me’yori;

b) umumiy sug‘urta da’volari soniga nisbatan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan sug‘urta da’volarining soni;

v) umumiy sug‘urta da’volari soniga nisbatan o‘z vaqtida to‘langan sug‘urta tovonlari soni;

g) umumiy sug‘urta qildiruvchilar soniga nisbatan Agentlikka kelib tushgan sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining murojaatlari (shikoyatlar) soni;

d) umumiy sug‘urta da’volari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sug‘urta da’volarining nisbati;

e) sug‘urta turlari bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari va sug‘urta to‘lovlarining nisbati.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

ILMA,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

7.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni faqatgina hayotni sug‘urta qilish sohasida litsenziyaga ega sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish.

2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

3. Tahlillar natijalariga ko‘ra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2024-yil noyabr

ILMA

8.

Turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish amaliyotini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish.

2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

3. Tahlillar natijalariga ko‘ra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2024-yil dekabr

ILMA

III. Sug‘urta bozorini jadal raqamlashtirish va sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlari sifatini va ommabopligini oshirish

9.

Vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va yagona axborot tizimi bilan majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.

1. Quyidagi ma’lumotlar almashinuvini nazarda tutuvchi idoralararo axborot tizimlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish:

yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

faoliyati boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ish beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

majburiy sug‘urta shartnomalari va sug‘urta polislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Texnologik yo‘riqnoma

2024-yil aprel

ILMA

Transport vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qo‘mitasi

2. Majburiy sug‘urta shartnomalari tuzilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni keyinchalik uzatgan holda yig‘ish va qayta ishlash.

3. Axborot almashinuvi bo‘yicha sinovlar o‘tkazish.

4. Onlayn axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Axborot almashish tizimi

2024-yil iyul

10.

Soliq qo‘mitasining “my.soliq.uz” elektron tizimida ish beruvchi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish mexanizmini joriy etish.

Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish:

1. Muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etishda amaldagi majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan ish beruvchilar va tashuvchilarni avtomatik ravishda aniqlash.

2. Sug‘urta shartnomasini majburiy tartibda tuzish uchun sug‘urtalovchini tanlash huquqi bilan ommaviy ofertani qabul qilish imkoniyati.

3. Qonunchilikka muvofiq avtomatik ravishda sug‘urta mukofoti miqdorini hisoblash.

4. Sug‘urta polisini soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborish.

5. Sug‘urta hodisasi bo‘yicha arizalarni sug‘urta tashkilotiga yuborish.

Elektron shakldagi sug‘urta xizmatlari

2024-yil iyul

ILMA,

Soliq qo‘mitasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Transport vazirligi

11.

Davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan obyektlarni qurish jarayonida qurilish tavakkalchiligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish mexanizmini elektron tizimda joriy etish.

Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish:

1. Amaldagi majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarni avtomatik tarzda aniqlash.

2. Sug‘urtalovchini tanlash huquqi bilan sug‘urta shartnomasini tuzish imkoniyati.

3. Sug‘urta polisini sug‘urta qildiruvchiga yuborish.

4. Sug‘urta hodisasi bo‘yicha arizalarni sug‘urta tashkilotiga yuborish.

Elektron shakldagi sug‘urta xizmatlari

2024-yil iyul

ILMA,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

12.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz berganda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalarni elektron tizimda tuzish mexanizmini joriy etish.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi mavjudligi to‘g‘risidagi talabni xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga kiritish.

Normativ huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

ILMA,

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

2. Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish:

a) amaldagi majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarni avtomatik tarzda aniqlash.

b) sug‘urtalovchini tanlash huquqi bilan sug‘urta shartnomasini tuzish imkoniyati.

v) sug‘urta polisini sug‘urta qildiruvchiga yuborish.

g) sug‘urta hodisasi bo‘yicha arizalarni sug‘urta tashkilotiga yuborish.

Elektron shakldagi sug‘urta xizmatlari

2024-yil iyul

13.

Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar)ning sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va to‘lov qobiliyatini aniqlash metodikasini Solvency II me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish.

2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

3. Tahlillar natijalariga ko‘ra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2025-yil iyul

ILMA

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi,

O‘zbekiston aktuariylar uyushmasi

14.

Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalashda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni belgilash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash pasportiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

15.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlari va ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifini koeffitsiyentlar va IFUT kodini kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlari) kesimida belgilash yuzasidan qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqish orqali o‘zgartirishlar kiritish, xususan:

har bir klass bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlari;

kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyotning har bir tarmog‘i (kichik tarmog‘i) uchun IFUT kodini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil oktabr

ILMA,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Statistika agentligi,

Soliq qo‘mitasi

16.

Sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta va investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning yangilangan tahririni tayyorlash:

1. Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizomni, jumladan, unda quyidagilarni nazarda tutish:

sug‘urta agentiga to‘lanadigan to‘lovlarning ishlab topilmagan qismini hisobga olish uchun akvizitsion xarajatlar zaxirasini joriy etish, bunda, akvizitsion xarajatlar zaxirasini shakllantirish sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng to‘liq hisoblangan holda amalga oshirilishini va sug‘urta davrining qolgan qismiga mutanosib ravishda hisoblanishini belgilash.

2. Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom.

3. Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom.

4. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

5. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari.

6. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati to‘g‘risidagi nizom.

7. Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizom.

8. Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizom va uni zamonaviy talablarga moslashtirish, bunda tabiiy va texnogen ofatlarni qayta sug‘urtalashni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-2025-yillar davomida

ILMA,

O‘zbekiston aktuariylar uyushmasi

17.

Sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish maqsadida targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tarqatish.

1. Sug‘urta xizmatlari va ularning afzalliklari haqida targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2. Aholi o‘rtasida sug‘urtani ommalashtirish va uni keng targ‘ib qilish maqsadida sug‘urta xizmatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini ommaviy axborot vositalarida tarqatish.

3. Mazkur yo‘nalishda brifing, konferensiya va amaliy seminarlar o‘tkazish.

4. Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz “E-Sugurta servis” mobil ilovasi orqali yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani (yevroprotokol) tuzgan holda yo‘l-transport hodisasining soddalashtirilgan tartibini qayd etish to‘g‘risida ma’rifiy teledasturlar va radioeshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2024-2025-yillar davomida

ILMA,

AOKA,

O‘zMTRK,

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

IV. Sug‘urta bozorida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning sug‘urta madaniyatini oshirish

18.

Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi (IAIS) bilan hamkorlikni kengaytirish.

Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab har yili

ILMA,

Tashqi ishlar vazirligi

19.

Xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sug‘urta faoliyati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar ekspertlari bilan seminar va uchrashuvlar o‘tkazish.

2. Xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari bilan tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024 — 2027-yillar davomida

ILMA

20.

Sug‘urta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining sug‘urta ishi bo‘yicha malakasini muntazam ravishda oshirib borishni ta’minlash.

Ikki yilda kamida bir marta sug‘urta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining malakasini oshirish. Bunda:

a) xodimlarni tayyorlash:

yuqori boshqaruv organlari xodimlari uchun — 80 akademik soat;

o‘rta boshqaruv organlari xodimlari uchun — 100 akademik soat;

bo‘linmalar rahbarlari va ularning xodimlari uchun — 120 akademik soat;

b) xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish uchun ish haqi fondining kamida 3 foizi miqdorida mablag‘ ajratish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024 — 2027-yillar davomida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

ILMA,

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitalining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ENG KAM MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mln so‘mda

T/r

Sug‘urta faoliyati turlari

1-oktabrdan

2025-yil

2027-yil

2029-yil

1.

Umumiy sug‘urta sohasida ixtiyoriy sug‘urta

35 000

45 000

60 000

2.

Umumiy sug‘urta sohasida majburiy sug‘urta

50 000

75 000

100 000

3.

Hayotni sug‘urta qilish sohasida ixtiyoriy sug‘urta

25 000

30 000

35 000

4.

Hayotni sug‘urta qilish sohasida majburiy sug‘urta

40 000

45 000

50 000

5.

Faqat qayta sug‘urta

80 000

100 000

120 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar badali miqdorini aniqlash va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlari har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan xabardor qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tegishli miqdorda pul mablag‘i o‘tkazish yo‘li bilan kalendar badalini to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kalendar badali stavkasi sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlari sof sug‘urta mukofotlarining 0,2 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir o‘tgan chorak uchun sof sug‘urta mukofotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta va birgalikda sug‘urta (sug‘urta tashkilotining birgalikda sug‘urtalash shartnomasida belgilangan ulushi) bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hamda kiruvchi qayta sug‘urta mukofotlari yig‘indisidan chiquvchi qayta sug‘urta mukofotlarini chegirib tashlagan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kalendar badalining 80 foizi miqdoridagi mablag‘ sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) bankrot deb topilganda, sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) sug‘urta (qayta sug‘urta) to‘lovlarining yoki qaytarilishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofotlarining yetishmagan qismini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar badal summasining qolgan qismi quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta bozorini rivojlantirishga, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sug‘urta madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar va forumlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xorijiy mutaxassislarni, xalqaro va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, konsalting tashkilotlarini jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning joriy xarajatlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning idora qilish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq sarflar, shu jumladan, elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlarini ishlab chiqish, sotib olish, joriy etish va ulardan foydalanish, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni aktuallashtirish (yangilash) bilan bog‘liq uchinchi tomon tashkilotlari va mutaxassislarining xizmatlariga haq to‘lash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi sohasidagi xarajatlarni, shu jumladan muhandislik va konsalting xizmatlari uchun to‘lovlarni, ma’lumotlarni qayta ishlash xizmatlarini va boshqalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan vakillik va tadbirlar xarajatlarini (videoroliklar, davriy nashrlar, broshyuralar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar tayyorlash, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va hokazolarni o‘tkazish) qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga ish haqi to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish: jumladan mukofotlash, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar to‘lash, shuningdek, ijtimoiy ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlariga sug‘urta sohasida va (yoki) Agentlik tizimida ko‘p yillik xizmatlari uchun mukofotlar to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kalendar badallarining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Tartibda nazarda tutilmagan maqsadlarda Agentlikning hisobvaraqlaridan kalendar badali mablag‘larini o‘tkazish va vaqtinchalik olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-872-son qarorida 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sug‘urtalovning, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarori 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar tomonidan qo‘llanilayotgan sug‘urta tariflarini, iste’molchilarning sug‘urta xizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek, sug‘urta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sug‘urta zaxiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini ta’minlaydigan sug‘urta zaxiralarining minimal darajasini belgilaydi, shuningdek, aktuar hisob-kitoblarga asoslangan tavsiyaviy xarakterdagi sug‘urta tariflarining minimal miqdorini o‘rnatish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “2024-yil” so‘zlari “2028-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 141-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining Kuzatuv kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

D.S. Maksudov

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining o‘rinbosari, Jamg‘arma kuzatuv kengashi raisi

O.Ch. Saidov

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i

O.O. Fayziyev

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi departamenti boshlig‘i

K.A. Abduraximov

O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining bosh direktori

L.X. Zakirov

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi direktori (maslahat ovozi huquqi bilan), Jamg‘arma kuzatuv kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Jamg‘arma kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, Jamg‘arma kuzatuv kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamg‘arma kuzatuv kengashi zarur hollarda Jamg‘arma direksiyasi tuzilmasi va soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi kirish qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” so‘zlari “sug‘urta sohasida vakolatli davlat organi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ish beruvchi mazkur sug‘urta shartnomasini imzolash orqali shartnoma tuzilganidan boshlab besh ish kuni ichida sug‘urta mukofoti to‘lanmagan hollarda sug‘urtalovchi tomonidan ish beruvchining hisob raqamidan sug‘urta mukofotini so‘zsiz tartibda bank muassasasi orqali undirib olinishiga roziligini bildiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi kirish qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” so‘zlari “sug‘urta sohasida vakolatli davlat organi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashuvchi mazkur sug‘urta shartnomasini imzolash orqali shartnoma tuzilganidan boshlab besh ish kuni ichida sug‘urta mukofoti to‘lanmagan hollarda sug‘urtalovchi tomonidan tashuvchining hisob raqamidan sug‘urta mukofotini so‘zsiz tartibda bank muassasasi orqali undirib olinishiga roziligini bildiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomga 6-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;

v) litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;

g) quyidagi shaxslarni sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yo‘l qo‘ymaslik:

terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;

shaxsga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar;

d) “g” kichik bandda belgilangan shaxslarning sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining ustav kapitalida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik;

e) litsenziya talabgorining (litsenziatning) va ular alohida bo‘linmalarining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, jumladan, kasbiy ko‘nikmalar, bilim va tajribaning korporativ boshqaruv standartlariga muvofiqligi va ijobiy ishchanlik obro‘siga ega bo‘lishi;

j) litsenziya talabgorining (litsenziatning) rahbarlik lavozimlarida ishlovchi shaxslarining boshqa sug‘urta tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida o‘rindoshlik asosida ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik;

z) besh yil mobaynida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga oid barcha ma’lumotlarni, jumladan ish yozishmalarini saqlash.

Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) uchun qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari:

a) ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud bo‘lishi;

b) Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida o‘zaro axborot almashish bo‘yicha tegishli kelishuvning mavjudligi;

v) qonunchilik talablari asosida elektron sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash uchun axborot tizimining mavjudligi;

g) sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va ushbu tizim orqali sug‘urta polislarini rasmiylashtirish;

d) aksiyadorlar bo‘lgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pog‘onadan ko‘p) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud bo‘lmasligi;

e) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi)ning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o‘z filiallariga ega bo‘lishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun;

j) sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan unga a’zolik to‘g‘risidagi yozma bitimning mavjud bo‘lishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun;

z) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan o‘z filiallari mavjud bo‘lishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalovchilar uchun;

i) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sug‘urta tovoni haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta tovonini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallariga ega bo‘lishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun;

k) sug‘urtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning mavjud bo‘lishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun.

Sug‘urta brokerlari uchun qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari:

a) sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;

b) sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;

v) sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.

Litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishi jumlasiga kiradigan harakatlar O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 54-moddasida belgilangan.

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618-son qarorining 2-bandi va 2-ilovasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qaroriga ilovaning 14-pozitsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarorining 1 — 6-bandlari hamda qarorga 1 — 3-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-dekabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgustdagi “Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 332-son qarorining 8-bandi hamda ilovaning 9-pozitsiyasi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)