Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3677]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralarning qonunchilikka nomuvofiq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-sentabr,
22-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Togʻkontexnazorat”ning 1996-yil 12-dekabrdagi va Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining 1996-yil 25-noyabrdagi 84-son qarori bilan tasdiqlangan Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari (roʻyxat raqami 304, 1997-yil 29-yanvar).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2010-yil 21-dekabrdagi 360, 18-1966-son “Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 304-1, 2011-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 21-modda).
3. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining bosh direktori tomonidan 1997-yil 30-sentabrda tasdiqlangan Telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 377, 1997-yil 12-dekabr).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 28-mh-son “Telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 377-1, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 369-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 27-martdagi 103-mh-son “Telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 377-2, 2015-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 164-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi tomonidan 1999-yil 22-fevralda tasdiqlangan Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni davlat roʻyxatiga olish va davlat hisobiga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 692, 1999-yil 5-aprel).
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining bosh direktori oʻrinbosari tomonidan 1999-yil 5-avgustda tasdiqlangan Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻi operatorlari oʻrtasida birgalikda koʻrsatilgan xizmatlar va tarmoq resurslari uchun oʻzaro hisob-kitob yuritishning asosiy qoidalari (roʻyxat raqami 863, 2000-yil 4-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 1-maydagi 21-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻi operatorlari oʻrtasida birgalikda koʻrsatilgan xizmatlar va tarmoq resurslari uchun oʻzaro hisob-kitob yuritishning asosiy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 863-1, 2013-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 19-son, 244-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 11-martdagi 98-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻi operatorlari oʻrtasida birgalikda koʻrsatilgan xizmatlar va tarmoq resurslari uchun oʻzaro hisob-kitob yuritishning asosiy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 863-2, 2015-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 10-son, 125-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-fevraldagi 2002-01-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108, 2002-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 2-iyundagi 2008-10-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-1, 2008-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 235-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 26-sentabrdagi 2008-21-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-2, 2008-yil 22-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 43-son, 437-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 3-dekabrdagi 2013-09-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-3, 2013-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 656-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 27-iyuldagi 2017-05-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-4, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 905-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 2018-yil 30-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son).
16. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-fevraldagi 2019-04-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-6, 2019-yil 6-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1108-6/2718-son).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-2-son “Depozitar faoliyat toʻxtatilgan va tugatilgan taqdirdagi harakatlar tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1130, 2002-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 8-son).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 22-oktabrdagi 2008-26-son “Depozitar faoliyat toʻxtatilgan va tugatilgan taqdirdagi harakatlar tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1130-1, 2008-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 467-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 28-yanvardagi 19-son “Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1213, 2003-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 3-son).
20. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 31-maydagi 63-son “Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1213-1, 2007-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 272-modda).
21. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 7-iyuldagi 95-son “Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1213-2, 2017-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 712-modda).
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 111-modda).
23. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 1-iyundagi 2009-30-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322-1, 2009-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 302-modda).
24. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-12-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322-2, 2019-yil 12-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/1322-2/2768-son).
25. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 20-yanvardagi 2020-03-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322-3, 2020-yil 5-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1322-3/0128-son).
26. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligining 2004-yil 23-apreldagi 01/06-09, 1 va 65-son “Respublika teatr va tomosha muassasalari binolarini chet tashkilotlarga ijaraga berish va ijara haqini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1375, 2004-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 295-modda).
27. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 27-iyuldagi 01/06-15-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 351-modda).
28. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2005-yil 1-noyabrdagi 01/06-18/06-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-1, 2005-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 348-modda).
29. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 22-noyabrdagi 01/12-18/17-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-2, 2007-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 528-modda).
30. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 01/12-02-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-3, 2010-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 123-modda).
31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 24-oktabrdagi 01/12-18/09-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-4, 2011-yil 7-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 505-modda).
32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 15-avgustdagi 01/12-18/12-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-5, 2012-yil 27-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 405-modda).
33. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 22-oktabrdagi 01/09-26/19-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-6, 2013-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 630-modda).
34. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 28-noyabrdagi 01/09-26/43-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-7, 2016-yil 16-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 574-modda).
35. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 01/29-10/19-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1394-8, 2017-yil 11-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 828-modda).
36. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 2019-yil 2-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son).
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 15-iyuldagi 2004-16-son “Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396, 2004-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 361-modda).
38. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 3-oktabrdagi 2008-24-son “Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396-1, 2008-yil 22-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 43-son, 439-modda).
39. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 20-noyabrdagi 2009-45-son “Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396-2, 2009-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 548-modda).
40. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 25-iyundagi 2010-12-son “Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396-3, 2010-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 228-modda).
41. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 3-martdagi 2014-12-son “Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396-4, 2014-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 133-modda).
42. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-07-son “Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1396-5, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1396-5/2753-son).
43. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2004-yil 25-avgustdagi 286-son “Oʻzbekiston Respublikasi televideniye va radio eshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1409, 2004-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 415-modda).
44. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-avgustdagi 47-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi televideniya va radio eshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1409-1, 2013-yil 19-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 459-modda).
45. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 3-sentabrdagi 01/18-48-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410, 2004-yil 16-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 416-modda).
46. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 8-yanvardagi 01/12-18/01-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-1, 2007-yil 7-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4-6-son, 58-modda).
47. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008-yil 27-maydagi 01/12-18/05-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-2, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 245-modda).
48. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 01/12-03-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-3, 2010-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 121-modda).
49. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 5-apreldagi 01/12-18/08-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-4, 2012-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 207-modda).
50. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 22-yanvardagi 01/09-26/03-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-5, 2014-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 70-modda).
51. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 20-iyuldagi 01/09-26/18-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarining 3-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-6, 2015-yil 23-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 394-modda).
52. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 14-martdagi 01/09-26/30-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-7, 2016-yil 24-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 12-son, 115-modda).
53. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 23-noyabrdagi 01/09-10/32-son “Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1410-8, 2017-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 10/17/1410-8/0343-son).
54. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 12-noyabrdagi 374-son “Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1423, 2004-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 480-modda).
55. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 28-fevraldagi 4-Yu-son “Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1423-1, 2011-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 108-modda).
56. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 22-apreldagi 19-mh-son “Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1423-2, 2013-yil 17-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 263-modda).
57. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 15-maydagi 119-mh-son “Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1423-3, 2015-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 263-modda).
58. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 15-iyundagi 2005-06-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495, 2005-yil 15-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 213-modda).
59. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 24-sentabrdagi 2008-18-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida maslahat berish faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-1, 2008-yil 13-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 426-modda).
60. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi qoshidagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 24-dekabrdagi 2010-22-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-2, 2011-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 13-modda).
61. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 31-iyuldagi 2012-14-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-3, 2012-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 388-modda).
62. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 29-noyabrdagi 2013-07-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-4, 2013-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 643-modda).
63. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 29-avgustdagi 2014-25-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-5, 2014-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 36-son, 461-modda).
64. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 4-dekabrdagi 2015-22-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-6, 2015-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 50-son, 630-modda).
65. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-06-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495-7, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1495-7/2751-son).
66. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 14-fevraldagi 26-son “Elektr payvandlash ishlarida ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1574, 2006-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 184-modda).
67. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 14-fevraldagi 27-son “Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1575, 2006-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 185-modda).
68. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 31-dekabrdagi 385-son “Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalariga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1575-1, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 44-5-son, 44-modda).
69. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 14-fevraldagi 28-son “Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1577, 2006-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 199-modda).
70. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 31-dekabrdagi 384-son “Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1577-1, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 45-modda).
71. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 14-fevraldagi 29-son “Kon qazib olish korxonalarining yoʻl transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1579, 2006-yil 7-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 212-modda).
72. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 14-fevraldagi 30-son “Oddiy qumoqlangan va emulsiyalangan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1580, 2006-yil 7-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 213-modda).
73. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 15-noyabrdagi 334-son “Oddiy qumoqlangan va emulsiyalangan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlarning xavfsizligi qoidalarining 18-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1580-1, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 434-modda).
74. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 31-dekabrdagi 383-son “Oddiy qumoqlangan va emulsiyalangan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlarning xavfsizligi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1580-2, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 43-modda).
75. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 14-fevraldagi 32-son “Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda).
76. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 5-noyabrdagi 326-son “Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalarining 5-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1582-1, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 431-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2025-y., 10/25/3677/0863-son)