Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1322-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorning 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-mart,
2019-12-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/1322-2/2768-son)