OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
DAVLAT ULUSHLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA DAVLATNING ISHONCHLI VAKILLARI, BOSHQARUVCHI KOMPANIYALAR VA ISHONCHLI BOSHQARUVCHILAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORINGINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 15-dekabrda 1394-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish jarayonida davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati samaradorligining zarur nazoratini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasining 2005-yil 1-noyabrdagi 01/06-18/06-sonli qarori (2005-yil 11-noyabr, roʻyxat raqami 1394 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 30-son, 351-modda; 2005-yil, 45-son, 348-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-noyabr,
01/12-18/17-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 528-modda)