02.05.2025 yildagi 292-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya samaradorligi sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-martdagi PF-63-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya samaradorligi sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-martdagi PF-63-son Farmoni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini tashkil etish asoslari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati samaradorligini baholash tartibi va mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi va uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va hisobini yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan energiya samaradorligi loyihalarini sifatli amalga oshirish uchun dastlabki bosqichda Avstriya hukumati granti hisobidan xalqaro kompaniya — “ILF Consulting Engineers” strategik konsultant sifatida jalb etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik va strategik konsultant oʻrtasida hamkorlik yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish loyihalari portfelini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish loyihalarining texnik topshiriqlari va loyiha hujjatlarini tayyorlash, loyihalashtirish, qurilish va qabul qilib olish jarayonlarida muhandislik masalalari boʻyicha hamrohlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hamda ijtimoiy soha bino va inshootlarida oʻrnatilgan texnologiya va uskunalarning ekspluatatsiyasini xususiy sektorga oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan keyingi bosqichlarda strategik konsultantning xizmatlari halqaro moliya institutlari kreditlari, shu jumladan, Jahon bankining “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” (iCRAFT) loyihasi doirasida jalb qilingan grantlar, budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirish doirasida sohalar kesimida energiya samarador qurilmalarga xizmat koʻrsatuvchi servis kompaniyalarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish va jalb qilishga ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1 Hududlarda energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslarini tejash, energiya samarador qurilma va uskunalar joriy etilishini jadallashtirish borasida hududiy tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, shuningdek, energiya samaradorligi loyihalarini shakllantirish boʻyicha Agentlik boshqaruv xodimlari doirasida tashkil etiladigan loyiha ofislari 3 ta xodimdan, shu jumladan, 1 ta loyiha ofisi rahbari va 2 ta bosh mutaxassisdan iborat boʻlim sifatida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyiha ofisi rahbari va mutaxassislari ish haqi shartlariga koʻra mos tarzda Agentlikning boʻlim boshligʻi va bosh mutaxassisiga tenglashtiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil qilish uchun talab qilinadigan mablagʻlarni 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratsin hamda Agentlikning 2025-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli Toshkent shahri, Yunusobod tumani Niyozbek yoʻli koʻchasi 1-uy manzilidagi binoda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 292-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 292-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik energiya samaradorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralarni ishlab chiqish va tartibga solish davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish hamda vazirlik va idoralar bilan hamkorligini tashkil qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi, qisqartirilgan nomi — Energiya samaradorligi milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Natsionalnoye agentstvo po energoeffektivnosti pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Natsionalnoye agentstvo po energoeffektivnosti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — National Agency for Energy Efficiency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — National Agency for Energy Effiency.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri Yunusobod tumani Niyozbek yoʻli koʻchasi 1-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda — ESKO) xizmatlari bozorini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi yuqori boʻlgan loyihalar portfelini shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlar oʻrtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrof qilmaslikka asoslangan turmush tarzi va feʼl-atvorni shakllantirishga qaratilgan energiya isteʼmoli madaniyatini oshirish axborot kampaniyalarini tashkil etish va moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozori mexanizmlariga oʻtishning asosiy bosqichlarini va ularda koʻzda tutilgan muhim shartlar va qoidalarni, shu jumladan, namunaviy shartnomalar loyihalarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESKO xizmatlari bozorini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini muntazam ravishda tahlil qiladi, zaruratga koʻra ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESKO xizmatlari bozorining shaffof va raqobatli muhitda ishlashiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) energiya tejashdan daromad oluvchi ESKO xizmatlari bozorini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi sohasidagi konsultantlar va menejerlar hamda energiya auditorlarni boshlangʻich va professional toifalarga ajratgan holda ularning yagona reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda energiya auditi, energiya servis xizmatini koʻrsatish, yashil texnologiya vositalarini ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish kabi yangi tadbirkorlik boʻgʻinlarini (segmentlarini) yaratishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) energiya samaradorligi salohiyati yuqori boʻlgan loyihalar portfelini shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar tomonidan taklif etilayotgan energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESKO xizmatlari bozorini jadal rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESKO xizmatlari bozori faoliyatini muntazam monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESKO xizmatlari bozorida mahalliy tovarlar va xizmatlar xarid qilinishini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESKO xizmatlari bozorining barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni taʼminlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyishni tashkil qilish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda energiya auditorlarini sertifikatlash tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda energiya menejerlari malakasini oshirish va sohada professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borish yuzasidan oʻquv kurslari, seminar, konferensiya va forumlar tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aholi va tadbirkorlar oʻrtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrof qilmaslikka asoslangan turmush tarzi va feʼl-atvorni shakllantirishga qaratilgan energiya isteʼmoli madaniyatini oshirish axborot kampaniyalarini tashkil etish va moliyalashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda axborot kampaniyalari va videoroliklarni tizimli namoyish qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlari boʻyicha reja-jadvallar asosida mahallalar va taʼlim tashkilotlarida tashviqot va targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va biznes subyektlari bilan energiya servis bozoridagi xizmat koʻrsatuvchilar, yetkazib beruvchilar va moliya tashkilotlari oʻrtasida yaqindan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini targʻib qiluvchi axborot kampaniyalarini tashkil etadi va energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovlar va boshqa amaliy chora-tadbirlarni moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligiga qaratilgan chora-tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan bozor ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur maʼlumotlarni statistika va soliq organlari, Davlat xizmatlari markazi hamda vazirlik va idoralardan bepul soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish, ESKO xizmatlari bozorini rivojlantirish, energiya auditorlari, menejerlari, konsultantlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻnalishlarida xorijiy tashkilotlar, fan va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy va boshqa tashkilotlar olimlari va mutaxassislarining, shuningdek, mahalliy va xorijiy ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish va (yoki) ularning xulosa va tavsiyalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyotda qoʻllash tajribasi tahlili, olingan tavsiyalar va xalqaro tajriba asosida normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tashabbuslar bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi boʻyicha yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi, shuningdek, yuklangan vazifalarning sifatli bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish, oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi, ularning ijrosi taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi va natijadorligi taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi PQ-222-son qarori 6-bandi “v” kichik bandida belgilangan davlat organlari va tashkilotlaridagi energiya menejerlari (Energy Efficiency Manager) faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishi va belgilangan muddatlarda ularga javob berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda xodimlar qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining vakolatlarini belgilash va vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, loyihalarning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ–2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Hayʼat majlislarida raislik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq toʻlash shartlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda belgilash hamda ularga Agentlik huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik nomidan ESKO xizmatlari bozori ishtirokchilariga yozma soʻrovlar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlariga vazifalarni yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, direktor oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (viza qoʻyilishi) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlikning xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori muayyan sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktorining qonunchilik doirasidagi buyruq hamda topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik boʻyicha tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya qilish va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi sohasidagi normativ bazaning tizimli asosda qayta koʻrib chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan energiya samaradorligi sohasini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga yakka tartibda rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlik direktori maʼlum sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning birinchi oʻrinbosari direktor vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlik hayʼati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hayʼat Agentlikning kollegial organi hisoblanib, direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozim boʻyicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyatining tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vazifalarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni oʻz vakolatlari doirasida bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik direktori qarori bilan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat ish rejalari va belgilangan vazifalarni bajarish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflar tashabbusi bilan chiqish, loyihalarni boshlash va hisobot berish tartiblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatning faoliyatini samarali taʼminlash uchun Agentlik masʼul tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hayʼat yigʻilishiga Agentlik vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hayʼat majlisi aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Hayʼat qarorlari oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Direktor va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor ushbu kelishmovchiliklar xususida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hayʼat oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlar, hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hayʼat qarorlari Hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Agentlik buyrugʻi (qarori) bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agentlikning moddiy-texnik taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning mehnatiga haq toʻlash fondi lavozim maoshi, koʻp yillik xizmati uchun ustama, mukofotlar, shu jumladan, bayram kunlari uchun mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari uchun Yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda lavozim maoshini hisoblashda tasdiqlangan tarif razryadlari tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlariga koʻp yillik xizmat uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haqlar (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan oshirilgan tarif koeffitsiyenti hisobida):
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yildan ortiq — 1,5.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 292-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda —Agentlik) huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) vazifalari, shuningdek, mablagʻlarni shakllantirish, ulardan foydalanish hamda Jamgʻarmani boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida monitoring qilish, targʻibot ishlarini tashkil etish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga yoʻnaltirilgan energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligi milliy agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi oʻtkazmalar, korxonalarning sof foydasidan dividendga yoʻnaltirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno. Mazkur oʻtkazma mablagʻlari Jamgʻarmaga korxonalar sof foydasining taqsimoti va davlat ulushiga hisoblangan dividendlar toʻgʻrisida ularning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir oy ichida oʻtkazib berilishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani meʼyordan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun korxonalarga qoʻllanadigan oshirilgan tariflardan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning platformada xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiyaning 40 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachini saqlash xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma aktivlarini boshqarish, shu jumladan, boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga asosan yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda energiya auditi oʻtkazish va energiya samaradorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun energiya samarador uskunalarni xarid qilish va oʻrnatishida moliyaviy yordam koʻrsatish (subsidiya ajratish), shuningdek, tijorat banklariga moliyaviy resurslarni ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya auditini oʻtkazish uchun zarur uskunalar va vositalarni xarid qilishni qisman moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish loyihalari doirasida tijorat banklari bilan hamkorlikda energiya servis kompaniyalarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan davlat idoralari bilan energiya servis xizmatlarini koʻrsatishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya auditorlari, konsultantlar, menejerlar va verifikatorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi sohasiga oid ilmiy-texnik dasturlar, metodik hujjatlarni, texnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samarador loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, yuristlar, moliyachilar, ilmiy xodimlar va shu kabilar), shu jumladan, xalqaro ekspert va konsultantlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi sohasida forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimi xodimlarining energiya samaradorligi sohasida xalqaro koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida monitoring qilish, targʻibot ishlarini tashkil etish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda Agentlik faoliyatiga doir shartnomaviy majburiyatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini taʼminlash, xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularni xorijiy taʼlim tashkilotlarida tajriba orttirish hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun barcha zarur asbob-uskunalar, jihozlar, kompyuter dasturlarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat budjetidan Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar hisobidan agentlikni saqlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari uchun sarflash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlarini quyidagi shakllarda moddiy ragʻbatlantirish ustamalari va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash (moddiy yordam) toʻlovlari amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik rahbar va xodimlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentlik direktori tomonidan xodimlarga lavozim maoshiga (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hamda koʻp yillik xizmat qilganlik uchun ustama miqdori hisobga olingan holda) nisbatan 200 foizgacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 208-moddasida keltirilgan bayramlar munosabati bilan lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan bir baravari miqdorida bir martalik mukofot puli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl-transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha hamda xodimning ovqatlanishi xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (sentabr — noyabr oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorida moddiy yordam puli;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) zarur hollarda (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) bir oylik lavozim maoshi miqdorida (Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, xodimning davolanishi, 50, 55, 60 yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda, toʻy, dafn marosimi va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishilgan moddiy yordam puli beriladi.
(6-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaxsiy va ragʻbatlantirish ustamalarini belgilash, maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlar, ijtimoiy muhofaza qilishning aniq miqdorlari va ular tatbiq etiladigan xodimlar ushbu nizomda belgilangan miqdorlar doirasida, Jamgʻarma mablagʻlariga tushumlar hajmidan kelib chiqib, Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik direktori rahbarlik qiluvchi Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengashning shaxsiy tarkibi Agentlik direktori, Vazirlar Mahkamasi masʼul vakili, iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Agentlik direktorining oʻrinbosarlari, bosh hisobchisi, bosh yuriskonsultidan tashkil topadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning yillik xarajatlar smetasini (keyingi oʻrinlarda — Smeta) tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligiga qaratilgan tadbirlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga kiritiladigan takliflarni (arizalarni) koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Smeta asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishni, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya samaradorligi sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-martdagi PF-63-son Farmonida aholi uchun koʻzda tutilgan subsidiya va kreditlarni ajratish yuzasidan yillik xarajatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda tasdiqlangan Smetaga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlariga oʻzgartirishlarni kiritadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Kengashga rais rahbarlik qiladi va Kengashning vazifalari, vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq belgilanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har yarim yillikda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobot yilida foydalanilmagan qismi olib qoʻyilmaydi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun keyingi yilga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 09/25/292/0413-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)