28.09.2022 yildagi 542-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish imkoniyatini yaratsin;
4. Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlar ikki oy muddatda mazkur qarorga 1-ilova bilan belgilangan tartibda Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilishi uchun o‘zlari haqidagi ma’lumotlarning (nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va ta’sis hujjatlari) tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni davomida olingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 10-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
10. Mazkur Reglamentning 6-bandiga muvofiq hujjatlarning taqdim etilmaganligi, davlat tashkilotining ustavi yoki nizomi yuqori turuvchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan taqdim etilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
11. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xulosani olgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida davlat organining vakiliga ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat organini tugatilganligi to‘g‘risida xabarnoma taqdim etadi hamda Tizim orqali davlat soliq xizmati, bank va statistika organlarini xabardor qiladi.
11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
mazkur Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi;
14. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizimda ro‘yxatdan o‘tadi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Ariza beruvchi

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun Qonunda belgilangan miqdorda davlat bojini to‘lash.

Murojaat qilingan vaqtda

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lganda yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshirish.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish va bu haqida ariza beruvchini xabardor qilish.

2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad etilgan taqdirda tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish

Xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Yuridik shaxslar birlashmalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qilish (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuborish.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng real vaqt rejimida

11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga Tizim orqali elektron ravishda yuboradi.
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;
15. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Ariza beruvchi

Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) uchun Qonunda belgilangan miqdorda davlat bojini to‘lash.

Murojaat qilingan vaqtda

3-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

Muassislarning litsenziyalari va advokat maqomiga ega bo‘lmagan muassislarning malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini adliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalaridan o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali so‘rab oladi. Bunda, ushbu tashkilotlar ma’lumotning 1 ish kuni ichida taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘ladi.

So‘rovnoma kelib tushgach 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lganda Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni amalga oshirish.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni rad qilish va bu haqida ariza beruvchini xabardor qilish.

So‘rovnoma kelib tushgach 4 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Advokatlik tuzilmasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) rad etilgan taqdirda tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish.

Xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

Advokatlik tuzilmalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarini ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuborish.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng real vaqt rejimida

I. Ariza beruvchi jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.Sh.:

2. JShShIR.:

3. Ariza beruvchining Advokatlik tuzilmalariga aloqadorligi:

II. Advokatlik tuzilmalari to‘g‘risida ma’lumot:

1. Advokatlik tuzilmasining nomi (to‘liq va qisqartirilgan (mavjud bo‘lsa)):

2. Muassislar litsenziyalarining rekvizitlari (raqami va sanasi), advokatlik byurosi kompozit shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlar bundan mustasno:

3. Malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori rekvizitlari (raqami va sanasi), advokatlik byurosi kompozit shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlar bundan mustasno:

4. Advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakli:

Advokatlik byurosi

Advokatlik firmasi

Advokatlik hay’ati

Yuridik maslahatxona

5. Advokatlik tuzilmalarining pochta manzili:

6. Aloqa bog‘lanish uchun telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud bo‘lsa):

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Davlat tilidagi ta’sis yig‘ilishining bayoni, yuridik maslahatxona uchun O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i.

2. Davlat tilidagi ta’sis shartnomasi va ustav, advokatlik byurosi uchun faqat ustav, yuridik maslahatxona uchun nizom.

3. Advokatlik tuzilmasini ajratib chiqarish yoki qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.

4. Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh: so‘rovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

So‘rovnoma to‘ldirish sababi:

yangi ro‘yxatdan o‘tish (hisobga olish)

qayta ro‘yxatdan o‘tish (hisobga olish)

10. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;
13. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
10. Ushbu Nizom 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida Reyestrga tegishli yozuv kiritadi.
14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari yoxud boshqa tashkilotlarning (ushbu Nizomning 13-bandida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlaridan tashqari) yozma so‘rovnomasi bo‘yicha Reyestrdan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakl bo‘yicha aniq yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, yuridik shaxslarning ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda) taqdim etiladi.
15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan paytdan boshlab bir ish kuni muddatda taqdim etiladi.

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan yuridik shaxslar to‘g‘risida

KO‘ChIRMA

20__ yil “___” _________

_______-son

Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan ko‘chirmani bergan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi:____________________________________________________________

1.

Yuridik shaxslar to‘liq nomi

2.

Yuridik shaxslar qisqartirilgan nomi

3.

Tashkiliy-huquqiy shakli

4.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

5.

A’zolar soni*:

7.

Joylashgan joyi (pochta manzili)

8.

Ta’sis etilgan sana (yil, oy, sana)

9.

Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va raqami

10.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami

11.

Asosiy faoliyat turi:

12.

Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi

13.

Yuqori turuvchi tashkilot nomi (davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari uchun, agar ularning yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘lganda)

14.

Huquqiy vorisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

15.

Yuridik shaxslarning maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatish jarayonida, tugatilgan)

16.

Faoliyat muddati (agar yuridik shaxslar aniq vaqtga tashkil etilgan bo‘lsa)

17.

Bog‘lanish ma’lumotlari (telefon, faks, elektron pochta, veb-sayt — mavjud bo‘lganda)

18.

_______________________________________

(ko‘chirmani bergan mas’ul shaxsning lavozimi)

_______________

_______________________

(familiyasi, initsiallari)

19.



__
QR-kod__


Advokatlik byurosining rahbari bo‘lgan advokatning litsenziyasi “Advokatura to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilganda advokatlik byurosini tugatish sud tomonidan amalga oshiriladi.
4. Yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
22. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 18-19-bandlari ijrosi ta’minlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda Reyestrga yuridik shaxslar tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi hamda yuridik shaxslarning vakiliga ushbu reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuridik shaxslar tugatilganligi to‘g‘risida xabarnomani taqdim etadi yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Nizomning 18-19-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar Tizimda mavjud bo‘lmasa yoki 21-banddagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ Reyestrga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgunga qadar ushbu Reglamentning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga to‘liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to‘xtatilganligi to‘g‘risida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yuridik shaxslar boshqaruv organlari

Tugatuvchi tayinlangandan so‘ng yuridik shaxslar boshqaruv organlari tomonidan unga yuridik shaxslar faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, yuridik shaxslarning muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulkni topshirish.

2 (ikki) kun muddatda

2-bosqich

Tugatuvchi

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror nusxasini Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga va yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilish.

1 (bir) ish kuni ichida

3-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

Tugatish to‘g‘risida qaror taqdim qilingandan so‘ng yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish va bu to‘g‘risida tegishli idoralarni Tizim orqali xabardor qilish hamda o‘zining rasmiy saytiga yuridik shaxslar tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lon joylashtirish.

1 (bir) ish kuni ichida

4-bosqich

Majburiy ijro byurosi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning xabarnomasini olgandan boshlab ish yuritishda ijro hujjatini davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijro ishini tugallash va belgilangan tartibda tugatishni ijro etish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuborish.

10 (o‘n) kunlik muddatda

5-bosqich

Davlat soliq xizmati organi

1. Yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning xabarnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.

1. 3 ish kunida, 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan

2. Tugatish balansi qabul qilingandan keyin yuridik shaxslarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuborish.

2. 1 (bir) ish kuni ichida

 

6-bosqich

Majburiy ijro byurosi

Yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati �ning ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabarnoma yuborish.

3 (uch) ish kuni ichida

7-bosqich

Tugatuvchi va bank

Davlat soliq xizmati organi va Majburiy ijro byurosining xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qilish va yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

1 (bir) ish kuni ichida

8-bosqich

Tugatuvchi

Yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘i yopilgandan so‘ng davlat arxiviga yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshirish.

3 (uch) ish kuni ichida

9-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

1. Barcha hujjatlar taqdim qilingan taqdirda davlat reyestriga yuridik shaxslar tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish.

1. 2 (ikki) ish kuni ichida;

2. Qaror qabul qilingan kundan keyin uni tugatuvchiga berish yoki unga pochta orqali jo‘natish. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa) qaytarish.

2. 1 (bir) ish kuni ichida

10-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

Davlat reyestriga yuridik shaxslar tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qilish.

3 (uch) ish kuni ichida