21.04.2025 yildagi PQ-147-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari ishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ustuvor vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlaridagi (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat xizmatlarini koʻrsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va yakunlari boʻyicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish boʻyicha taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, davlat xaridlari boʻyicha preventiv oʻrganishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) elektron hisobot taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) tegishli soha va tarmoqda korrupsiyaviy xavf-xatarlar roʻyxatini shakllantirish, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni amalga oshirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beruvchi situatsion markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish va joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari oʻz faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga (kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda korxona rahbariga) boʻysunadi va uning oldida hisobdor boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tarkibiy tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi hamda faoliyati ular tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Agentlikning taqdimnomalari ular faoliyat olib borayotgan tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarini tashkil etishning minimal mezonlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Hisob palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili davlat organlari va tashkilotlarida mazkur minimal mezonlarga asosan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari tashkil etilishini monitoring qilib, natijalari boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha huquqiy eksperiment
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJning (keyingi oʻrinlarda — eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlar) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbari lavozimiga Agentlik xodimlari tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari bevosita Agentlikka boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Huquqiy eksperiment doirasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari shtat birliklari huquqiy eksperiment davrida Agentlikka oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur shtat birliklari uchun Agentlikning boʻlim boshligʻiga belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari qoʻllanadi. Bunda ushbu lavozim uchun mehnatga haq toʻlash xarajatlari, shuningdek, Agentlikda va eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlarda ushbu lavozim uchun toʻlanadigan ish haqi oʻrtasidagi tafovut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirliklarida faoliyat yurituvchi Agentlik xodimlari uchun — Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJda faoliyat yurituvchi Agentlik xodimlari uchun — Agentlikning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik (A. Burxanov) eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda eksperiment oʻtkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi xodimlari faoliyatining huquqiy eksperiment davomidagi eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) huquqiy eksperimentning amalga oshirilishi haqida har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ikki oy muddatda huquqiy eksperimentni amalga oshirish jarayonini tartibga solish boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) huquqiy eksperimentning natijalarini tahlil qilish asosida 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu tizimni boshqa davlat organlari va tashkilotlariga ham tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari malakasini oshirish va ular faoliyatining samaradorligini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish hamda malakasini oshirish boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining ilk marta lavozimga tayinlangan masʼul xodimlari quyidagi tartibda ikki haftalik stajirovkadan oʻtishi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining rahbarlari va xodimlari — Agentlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududiy boʻlinma va tarkibiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlari — davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ularning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari uchun har yili korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini hamda ularning qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash va baholash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uch oy muddatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining kasbiy standartlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2025-yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reyestrini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish, anonim soʻrovnomalar oʻtkazib, natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish imkonini beruvchi elektron modulni ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash natijalari boʻyicha har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “E-anticor.uz” elektron platformasini funksional kengaytirishga qaratilgan modulni yaratish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro va milliy donorlar tomonidan ajratilgan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad, vazifalari, undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik (A. Burxanov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-147-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MINIMAL MEZONLARI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mavjud shtat birliklari va tizim tashkilotlari soni

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi minimal shtat birligi soni*

Markaziy apparatda shtat birligi soni

Tizimda hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) boʻlinmalar va tarkibiy tashkilotlar (qoʻmita, agentlik, inspeksiya, markaz, muassasalar va respublika darajasidagi boshqa tashkilotlar) mavjudligi

1.

150 gacha

Mavjud emas

1 ta xodim

Mavjud

Markaziy apparatda 2 ta xodimdan iborat boʻlim va har bir hududiy boʻlinma** va tarkibiy tashkilotlarda*** 1 tadan xodim

2.

150400 gacha

Mavjud emas

Markaziy apparatda 2 ta xodimdan iborat boʻlim

Mavjud

Markaziy apparatda 3 ta xodimdan iborat boʻlim va har bir hududiy boʻlinma** va tarkibiy tashkilotlarda*** 1 tadan xodim

3.

400 va undan ortiq

Mavjud emas

Markaziy apparatda 3 ta xodimdan iborat boʻlim

Mavjud

Markaziy apparatda 4 ta xodimdan iborat boʻlim va har bir hududiy boʻlinma** va tarkibiy tashkilotlarda*** 1 tadan xodim****

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻzlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari uchun ushbu minimal mezonlarda nazarda tutilganidan koʻproq shtat birliklarini belgilashi mumkin. Bunda belgilangan masʼul xodimlar shtat birliklari soni 7 va undan ortiq boʻlgan hollarda boshqarma, 2 va undan ortiq boʻlgan hollarda boʻlim tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Agar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) boʻlinmasida umumiy shtatlar soni 100 ta va undan kam boʻlsa, ushbu hududiy boʻlinmaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Agar davlat organlari va tashkilotlarining tizimidagi tarkibiy tashkilotning shtatlar soni 100 ta va undan kam boʻlsa hamda tarkibiy tashkilotning oʻzida hududiy yoki tarkibiy tashkilotlar mavjud boʻlmasa, ushbu tarkibiy tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Agar tizimdagi tarkibiy tashkilotning umumiy shtatlari soni (hududiy boʻlinma va tarkibiy tashkilotlarining shtat birligi bilan birgalikda) 400 va undan ortiq boʻlsa, yuqoridagi jadvalga asosan minimal mezonlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi 4-kichik bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish holatini baholaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarori 11-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4653-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning oʻn birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-bandning ikkinchi xatboshisidan “Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 10-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qarori 2-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markazga kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan chet elda ishlab chiqarilgan axborot qurilma, uskunalar, barcha turdagi axborot tizimlari, mobil ilovalar va boshqa dasturiy taʼminotlarni xarid qilish boʻyicha loyihalar “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining ijobiy qarori taqdim etilganidan keyin koʻrib chiqiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-avgustdagi “Faol tadbirkor” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi PQ-356-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. “Faol tadbirkor” koʻkrak nishonini berish, uni tayyorlash hamda “Yilning ilgʻor tadbirkorlari” kitobini chop etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Savdo-sanoat palatasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)