30.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3565
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qarori, 30.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3565
Кучга кириш санаси
01.11.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3565]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 30-sentabrdagi 6-son, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 27-sentabrdagi 55-QQ-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom davlat xizmatchilari va aholining (bundan buyon matnda taʼlim oluvchilar deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida (bundan buyon matnda Virtual akademiya deb yuritiladi) oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy oʻquv kurslari — Virtual akademiyada joylashtiriladigan hamda foydalanish uchun barcha taʼlim oluvchilarga ochiq boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha tashkil etiladigan oʻquv kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus oʻquv kurslari — davlat xizmatchilari uchun majburiy, davlat xizmatchilari hisoblanmaydigan shaxslar uchun ixtiyoriy ravishda Virtual akademiya orqali korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha tashkil etiladigan oʻquv kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari — davlat organlari va tashkilotlarda oʻz faoliyatini mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida yoki saylab qoʻyiladigan yoxud tayinlanadigan lavozimlarda amalga oshirayotgan boshqaruv xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasi — taʼlim oluvchi tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tyutor (oʻqituvchi-konsultant) — bazaviy va maxsus oʻquv kurslarida tegishli oʻquv moduli boʻyicha taʼlim oluvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi, metodik yordam koʻrsatuvchi, oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish funksiyalarini amalga oshiruvchi masʼul xodim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Virtual akademiyada oʻquv faoliyatini tashkil etish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bazaviy oʻquv kurslaridan barcha taʼlim oluvchilar uchun bepul va unda istalgan vaqtda va cheklanmagan miqdorda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Virtual akademiyaning maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus oʻquv kurslarida toʻlov-shartnoma asosida malaka oshirish uchun toʻlov miqdorlari Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmatchilarini Virtual akademiyada oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli davlat organi yoki tashkilotiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida yoxud ularning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnomada koʻrsatilgan oʻqitish qiymati buyurtmachi tomonidan toʻliq toʻlangandan soʻng, taʼlim oluvchilar tomonidan yagona identifikatsiya tizimi (One ID) yordamida roʻyxatdan oʻtish orqali Virtual akademiyaning maxsus oʻquv kurslarida oʻqish imkoniyati tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Virtual akademiyada oʻqitish jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Virtual akademiyada oʻqitish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bazaviy va maxsus oʻquv kurslari boʻyicha yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bazaviy va maxsus oʻquv kurslari ishdan ajralmagan holda, asinxron rejimida masofadan turib elektron taʼlim resurslarini mustaqil ravishda oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bazaviy oʻquv kurslari taʼlim oluvchilarga korrupsiya tushunchasi, tarixi, oqibatlari, unga qarshi kurashish va oldini olishga doir masalalarni tushuntirish orqali ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan shaklda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bazaviy oʻquv kurslari bir necha daqiqalar ichida oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan yangiliklar, muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari, savol-javob hamda turli xil sinovlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiya Agentlik, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat xizmatchilarining maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilinganidan soʻng uch oy ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har uch yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maxsus kurslar chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatchilari uchun tashkil etiladigan maxsus oʻquv kurslari kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha mustaqil oʻzlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashgʻulotlar jadvalida asinxron rejimdagi mashgʻulotlar va oraliq nazorat ishini bajarish kuniga 2 soatdan rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asinxron mashgʻulotlarda taʼlim oluvchilar Virtual akademiyaga joylashtirilgan asosiy va qoʻshimcha elektron oʻquv materiallarini mustaqil ravishda oʻzlashtiradi va mavzular boʻyicha olgan bilimlarini tekshirish uchun nazorat ishlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatchilariga maxsus oʻquv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitish quyidagi majburiy kurslar asosida olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilinganidan soʻng uch oy ichida 36 soatdan kam boʻlmagan maxsus oʻquv kursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har uch yilda kamida bir marta malakasi oshirilganda 12 soatdan kam boʻlmagan va 24 soatdan koʻp boʻlmagan maxsus oʻquv kursi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun tashkil etiladigan maxsus oʻquv kurslari 24 soatdan kam boʻlmagan va 36 soatdan koʻp boʻlmagan oʻquv kursi sifatida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maxsus oʻquv kurslari 12 soatdan kam boʻlmagan va 24 soatdan koʻp boʻlmagan oʻquv kursi sifatida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akademiya tomonidan oʻquv rejalari, dasturlari, kurslari haqidagi maʼlumotlar Virtual akademiyada joylashtiriladi va ularning asosida taʼlim oluvchilarga oʻquv kurslarini erkin tanlash orqali taʼlim oluvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus oʻquv kurslari jarayonida tyutor (oʻqituvchi-konsultant) tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati, oʻquv guruhi va mavzuning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻqitishning zamonaviy yondashuvlari va pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Akademiya tomonidan maxsus oʻquv kurslari boʻyicha Virtual akademiyaga kiritilgan oʻquv-metodik materiallar, taʼlim oluvchilarning oʻquv faoliyati natijalariga oid maʼlumotlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi hamda maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan shaxslarning reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Virtual akademiyada oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib borish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik tomonidan Virtual akademiyada oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilishda quyidagilar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning uzluksiz faoliyat koʻrsatishi taʼminlanayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning oʻquv kontentlari va materiallari bilan muntazam toʻldirilayotganligi va yangilab borilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilganligi, oʻquv kurslari haqidagi maʼlumotlar Virtual akademiyada joylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning bilimlarni oʻzlashtirish natijalari, xususan kirish testlari bilan yakuniy natijalar oʻrtasidagi ijobiy oʻzgarishlar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyada oʻqitish taʼlim oluvchilar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturlari asosida olib borilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz davlat xizmatchilarining Virtual akademiyada oʻqitishni tashkil etish muddatlariga rioya etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarida ishtirok etgan shaxslarning takliflari oʻrganilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Virtual akademiyada davlat xizmatchilarini oʻqitishda ularning miqdorini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik tomonidan davlat xizmatchilarining miqdorini shakllantirish uchun davlat organlari va tashkilotlariga har uch yilda bir marotaba malaka oshirish muddati kelgan davlat xizmatchilarining roʻyxatini taqdim etish boʻyicha har yili avgust oyida soʻrov xati bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari ushbu soʻrov xati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida Agentlikka har uch yilda bir marotaba malaka oshirish muddati kelgan davlat xizmatchilarining roʻyxatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha har uch yilda bir marotaba malakasi oshirilishi lozim boʻlgan davlat xizmatchilarining miqdori soha va tarmoqlar kesimida har yili noyabr oyiga qadar shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlik tomonidan shakllantirilgan davlat xizmatchilarining miqdori asosida Akademiya bilan kelishilgan holda yillik oʻqitish reja-grafigini har yili dekabr oyida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlari va tashkilotlari Agentlikning soʻroviga koʻra har chorakning oxirgi oyi 25-sanasiga qadar ishga qabul qilinganiga uch oy toʻlgan davlat xizmatchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agentlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan ishga qabul qilinganiga uch oy toʻlgan davlat xizmatchilarining miqdori asosida Akademiya bilan kelishilgan holda har chorakning oxirgi oyi yakuniga qadar oʻqitish reja-grafigi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat organlari va tashkilotlari Virtual akademiyaning maxsus oʻquv kurslarida oʻz xodimlarining oʻqishga qatnashishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tyutor (oʻqituvchi-konsultant) faoliyatini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Virtual akademiyada tyutor (oʻqituvchi-konsultant) faoliyati Akademiya professor-oʻqituvchilari va xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari ham tyutor (oʻqituvchi-konsultant) faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tyutor (oʻqituvchi-konsultant) faoliyatining maqsadi — oʻquv kurslarida tegishli modullar doirasida taʼlim oluvchilar oʻquv faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga metodik yordam koʻrsatish, nazorat qilish, sinov topshiriqlarini baholash hamda elektron oʻquv-metodik majmualarini ishlab chiqishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tyutorning (oʻqituvchi-konsultant) vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning ehtiyojlari, diagnostika natijalaridan kelib chiqib, amaliyotdagi mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan majburiy va tanlov modullari oʻquv-metodik materiallarini ishlab chiqish, Virtual akademiyaga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarga modullarni tanlash orqali individual taʼlim trayektoriyasini shakllantirish va mustaqil ravishda uzluksiz taʼlim olishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning asinxron rejimda mustaqil taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, oʻquv faoliyatini nazorat qilish, nazorat ishlarini xolislik bilan baholash va ularga zarur hollarda asoslangan izohlar yozish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus oʻquv kurslarida taʼlim oluvchilarning bilimlarini baholash va sertifikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maxsus oʻquv kurslarida kirish, joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarida taʼlim oluvchilarning bilimlarini baholash turli xil interfaol sinovlar, muammoli vaziyatlar va boshqa topshiriqlar hamda test shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish nazorat turidan uning natijalarini yakuniy nazorat turi natijalari bilan solishtirish maqsadida foydalaniladi va nazorat turlarini umumiy hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Joriy nazorat maxsus oʻquv kursida oʻqishi rejalashtirilgan modullar boʻyicha taʼlim oluvchilarning bilim va koʻnikmalarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Joriy nazorat taʼlim oluvchilarning har bir mavzu boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlarini tekshirish, qayta takrorlash, mustahkamlash va xatolarini tuzatish maqsadida oʻtkaziladi. Joriy nazorat turli xil interfaol sinovlar, muammoli vaziyatlar va boshqa topshiriqlardan iborat boʻlib, elektron tarzda avtomatik ravishda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oraliq nazorat maxsus oʻquv kursida oʻquv dasturining tegishli (bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugaganidan keyin taʼlim oluvchining oʻzlashtirgan bilim va amaliy koʻnikmasi darajasini test asosida aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yakuniy nazorat maxsus oʻquv kursi yakuni boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning taʼlim oluvchilar tomonidan oʻzlashtirish darajasini test asosida aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Taʼlim oluvchilar maxsus oʻquv kurslari mobaynidagi oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy nazorat 25 ta turli xil interfaol sinovlar, muammoli vaziyatlar va boshqa topshiriqlar shaklida har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball va jami toʻplanishi mumkin boʻlgan ball 25 balni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq nazorat 25 ta test savollaridan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball va jami toʻplanishi mumkin boʻlgan ball 25 balni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy nazorat 25 ta test savollaridan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball va jami toʻplanishi mumkin boʻlgan ball 50 balni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Taʼlim oluvchilarning joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarida toʻplagan natijalari umumlashtiriladi. Bunda, taʼlim oluvchining umumiy toʻplagan natijasi 56 va undan yuqori balni tashkil etgan taqdirda u maxsus oʻquv kursini tugatgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari natijalari boʻyicha taʼlim oluvchi 56 baldan kam toʻplagan hollarda u maxsus oʻquv kursidan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarini uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, mehnat taʼtili, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) topshira olmagan taʼlim oluvchiga ularning natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida qayta topshirish uchun imkoniyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, taʼlim oluvchidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarini qayta topshirish mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan toʻlov-shartnoma qayta rasmiylashtirmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarini topshira olmagan taʼlim oluvchi maxsus oʻquv kursini bepul asosda qayta oʻqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Akademiya tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga asosan maxsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan taʼlim oluvchiga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning amal qilish muddati uch yil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Taʼlim oluvchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Taʼlim oluvchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan Akademiyaning kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Akademiya boshligʻining koʻrsatmasiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslarida joriy, oraliq va yakuniy nazoratni oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻquv kurslarida joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim oluvchilar mazkur imtihonlar natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan taʼlim oluvchilarni shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki ish kuni oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan taʼlim oluvchilar mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida taʼlim oluvchilariga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalariga yoki ulardan biriga oʻzgartirish kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda taʼlim oluvchining sinov natijasida olgan balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan taʼlim oluvchining oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Apellyatsiya komissiyasining joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalariga yoki ulardan birga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qarori asosida taʼlim oluvchiga maxsus oʻquv kursini tugatganligi boʻyicha sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan taʼlim oluvchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar Akademiya hisobvaragʻida jamlanadi va quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatida foydalanishga oid materiallarni tayyorlash uchun buyurtmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatini taʼminlashga masʼul xodimlarning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashi va uning faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish jarayoniga tegishli xodimlar, ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatini taʼminlashga masʼul xodimlarni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar yuqorida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan soʻng moliyaviy yilning oxirgi ish haftasida Agentlik va Akademiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Har uch yilda bir marotaba malaka oshirish muddati kelgan davlat xizmatchilarining* roʻyxatini taqdim etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga soʻrov xatini yuborish.

Har yili avgust oyida

2-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga har uch yilda bir marotaba malaka oshirish muddati kelgan davlat xizmatchilarining roʻyxatini taqdim etish.

Soʻrov xati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida

3-bosqich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha har uch yilda bir marotaba malakasi oshirilishi lozim boʻlgan davlat xizmatchilarining miqdori soha va tarmoqlar kesimida shakllantirish.

Har yili noyabr oyiga qadar

2. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan kelishgan holda yillik oʻqitish reja-grafigini tasdiqlash.

Har yili dekabr oyida

4-bosqich

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Davlat xizmatchilarining toifasiga qarab oʻqish davri, yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirishning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Har yili dekabr oyida

5-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan malaka oshirish zarurati boʻlgan davlat xizmatchilari boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish.

Har yili dekabr oyida

(keyinchalik zaruratga koʻra)

2. Davlat xizmatchilar tomonidan yagona identifikatsiya tizimi (One ID) roʻyxatdan oʻtishi orqali o
oʻqish.

Har oyda

6-bosqich

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

1. Malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlarini tashkil etish va davlat xizmatchilarining bilimlarini baholash.

2. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan davlat xizmatchilariga sertifikatlarni taqdim etish.

Ishchi oʻquv rejalar asosida

7-bosqich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib borish.

Doimiy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Har chorakning oxirgi oyi 25-sanasiga qadar ishga qabul qilinganiga uch oy toʻlgan davlat xizmatchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va ularga tegishli miqdorni shakllantirish mazkur sxemada koʻrsatilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

SERTIFIKAT

___________________________________________________________________________________________________________________________

(xodimning F.I.O)

20__ yil “____” ________________ kunlari oʻtkazilgan_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________

(oʻquv kurs nomi)

mavzusidagi “_____” soatlik_______________________________________________________________________________________________________

(oʻquv kurs turi (maxsus yoki maxsus chuqurlashtirilgan)

oʻquv kursida qatnashib, “_____” ball (aʼlo, yaxshi yoki qoniqarli) bilan tamomladi.

Oʻzbekiston Respublikasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish

agentligi direktori

Oʻzbekiston Respublikasi

Huquqni muhofaza qilishi

akademiyasi boshligʻi

(rahbarning F.I.O.)

(rahbarning F.I.O.)

QR- kod (matrik shtrix kod)

______________________

(sertifikat raqami)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 10/24/3565/0876-son)