21.05.2019 yildagi PQ-4328-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali va shaffof mexanizmlarini yaratish, mazkur sohadagi loyihalarni, loyiha va texnik hujjatlarni sifatli ekspertizadan o‘tkazish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5624-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyati sohasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda boshqa loyihalar tashabbuskorlari (buyurtmachilar) shartnoma asosida texnik topshiriq yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun mustaqil ravishda Markazga “Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri” axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari, beg‘araz texnik ko‘maklashish (grantlar) mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari hisobidan loyihalarni ishlab chiqishni, amalga oshirishni va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish Markaz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyundan boshlab qiymatidan qat’i nazar, narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish yakunlari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan loyihaning cheklangan qiymati belgilangan holda loyihalarning texnik topshiriqlari va tender hujjatlari Markazga ekspertizaga kiritiladi. Bunda, loyihalarning texnik topshiriqlari va tender hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida kelishilmaydi va ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirish natijasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini “Raqamli hukumat”ning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etishga ularning texnik topshiriq va axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalari olinganidan so‘ng ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijobiy xulosaga ega bo‘lmagan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini foydalanishga qabul qilish, ishga tushirish hamda “Raqamli hukumat” doirasidagi tizimlar va servislar bilan integratsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnik topshirig‘ini yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda, loyiha cheklangan qiymatining 0,5 foizi miqdorida (tender hujjatlari bo‘yicha — har bir lot summasidan), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi. Bunda, ushbu ekspertiza 100 foiz oldindan haq to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifalarni bajarishda Markaz davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz 2022-yil 1-yanvarga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik bir oy muddatda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnik resurslar bilan jihozlashni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4328-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish hamda boshqa loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — loyihalar) kompleks ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, shuningdek amalga oshirishni muvofiqlashtirish va loyihadan keyingi monitoring tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma — loyihaning maqsad va vazifalarini, shuningdek, asosiy parametrlarini, uni amalga oshirish zarurligi asoslarini o‘z ichiga olgan belgilangan namunadagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-sayt — tashabbuskorlar (buyurtmachilar) tomonidan hujjatlarini yuborish va joylashtirish, shuningdek, tender va texnik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirishni ta’minlovchi Internet tarmog‘idagi ixtisoslashtirilgan veb-sayt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha pasporti — loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar hajmi va ehtiyojlar, loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy tadbirlar ko‘lamini, o‘lchamda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlarda samaradorlikni dastlabki baholashni, loyihani amalga oshirishdan kutilgan natijalarni, uning asosiy parametrlarini tavsiflovchi belgilangan namunadagi texnik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasi — loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi)ning vazifalarini bosqichma-bosqich va tizimli hal etishni ta’minlovchi, axborotlashtirish obyektini rivojlantirishning asoslantirilgan yo‘llarini o‘z ichiga olgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq — loyihani ishlab chiqish, amalga kiritish va qabul qilish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qarorlarga qo‘yiladigan talablarni belgilab beruvchi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatlar — idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, axborot resurslari, dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni loyihalashtirish, yaratish va joriy etish (ekspluatatsiya qilish)da foydalaniladigan hujjatlar (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq) majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlari — tenderni tashkil etish jarayoni va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi birlamchi axborotni, shuningdek, tenderga qo‘yilayotgan tovar (ish, xizmat)ning malaka, texnik, narx va boshqa tavsiflarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
postmonitoring (loyihadan keyingi monitoring) — loyiha parametrlarining loyihani amalga oshirish tugallangandan so‘ng belgilangan muddat ichida uning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligini baholash bo‘yicha tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirishda ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, nazorat qilish, hisobini yuritish, moliyaviy mablag‘larni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish, yagona davlat siyosatini, yagona texnologik yondashuvni amalga oshirish maqsadida yaratilgan axborot resursi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarni normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalariga kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Loyiha pasporti va konsepsiyasini kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazga buyurtmanoma topshirish tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan pochta yoki elektron aloqa, shu jumladan veb-sayt orqali mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq loyiha pasportini ilova qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyiha pasporti axborotlashtirish obyektini dastlabki tekshirish asosida ishlab chiqiladi va quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning maqsad va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning umumiy tavsiflari va parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihadan kutilayotgan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun taxminiy muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lchamda ifodalanadigan ko‘rsatkichlarda samaradorlikni dastlabki baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning dastlabki qiymati va zarur tashkiliy tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha pasporti kelib tushgan kundan e’tiboran yetti ish kuni mobaynida quyidagi talablarni hisobga olgan holda Markaz tomonidan ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyot doirasida yagona davlat siyosatining maqsad va vazifalariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarni bajarish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha amalga oshirilishining davlat axborot xavfsizligiga ta’siri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi amaldagi standartlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyiha pasportini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Markaz tashabbuskorga (buyurtmachiga) yozma yoki elektron shaklda, shu jumladan veb-sayt orqali quyidagi mazmundagi xabarnomani yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyihaning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligini va yanada batafsil o‘rganishlarni o‘tkazish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta ishlanishi to‘g‘risidagi tavsiyalar, shu jumladan loyihani amalga oshirish muddatlarini ko‘chirish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sabablari asoslantirilgan holda loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi haqida xabarnoma olingan taqdirda, tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan loyiha konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi va pochta yoki elektron aloqa, shu jumladan veb-sayt orqali Markazga ko‘rib chiqish va kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashabbuskor (buyurtmachi) Markazga bir vaqtning o‘zida loyiha pasporti va konsepsiyasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyiha pasporti va konsepsiyasini ko‘rib chiqish va kelishish uchun to‘lov olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyiha konsepsiyasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning maqsad va vazifalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or, shu jumladan xorijiy tajribani o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani yanada rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish va kuzatib borish, shu jumladan axborot xavfsizligini ta’minlash uchun zarur resurslarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishning dastlabki qiymatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan samarani baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish bo‘yicha xavf-xatarlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnologik yondashuvlardan foydalanganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish tadbirlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirish doirasida biznes jarayonlarini maqbullashtirish bo‘yicha ish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani rivojlantirish, modernizatsiyalash istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishning taxminiy muddatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani qabul qilish shartlari va sifatini baholash tartibini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan loyihaning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini, xususan ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani dastlabki baholash, moliyaviy xarajatlar va daromadlarni, moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini asoslash, loyihaning amalga oshirilishiga inflyatsiyaning ta’sirini hisobga olish, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligi va modelini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Loyiha konsepsiyasi tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Loyiha konsepsiyasi Markaz tomonidan, zarur hollarda manfaatdor vazirliklar va idoralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Texnik ko‘maklashish markazi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator (keyingi o‘rinlarda — manfaatdor vazirliklar va idoralar) bilan birgalikda u kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirliklar va idoralar konsepsiya kelib tushgan kundan e’tiboran yetti ish kuni mobaynida Markazga loyiha konsepsiyasi bo‘yicha tegishli xulosa yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Konsepsiya loyihasi bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lgan yoki konsepsiya loyihasi mazkur Nizomning 12-bandiga to‘liq ravishda muvofiq kelmagan taqdirda, Markaz tashabbuskorga (buyurtmachiga) loyiha konsepsiyasini qayta ishlash lozimligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashabbuskor (buyurtmachi) xabarnoma olgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida loyiha konsepsiyasi bo‘yicha qayta ishlangan hujjatlarni mulohazalar haqidagi ma’lumotnoma bilan birga Markazga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan e’tirozlar bartaraf etilganda, loyiha konsepsiyasi ko‘pi bilan o‘n ish kuni ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Loyihaning qayta ishlab chiqilgan konsepsiyasini ko‘rib chiqishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga yangi asoslar bo‘yicha e’tirozlar berishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval berilgan kamchiliklarni bartaraf etish doirasida qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlar bilan bog‘liq e’tirozlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz loyiha konsepsiyasini quyidagilar bo‘yicha ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda rasmiylashtirilganligi va barcha zarur hujjatlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha pasportiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy va funksional qismlarning samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha zimmasiga yuklatiladigan vazifalarni bajarish imkoniyatlari va taklif qilinayotgan yechim variantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional va operatsion jarayonlarni qayta tashkil etish va optimallashtirish zaruriyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyot doirasida yagona siyosat amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishga yagona texnologik yondashuv qo‘llanilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ustuvorlik darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasining mazkur Nizom 12-bandiga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Loyiha konsepsiyasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning xulosalarini hisobga olgan holda Markaz tashabbuskor (buyurtmachi)ga loyiha Reyestrga kiritilganligi va uning ustuvorlik darajasi aniqlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda, shu jumladan veb-sayt orqali xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Loyihalarning ustuvorligi Markaz tomonidan quyidagilarni inobatga olgan holda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va Milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasiga (“Raqamli O‘zbekiston — 2030”) muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik tahlilining ko‘rsatkichlari, shuningdek, loyihani amalga oshirishdan kutiladigan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo‘nalishlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyot doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalga oshirish, joriy etish, rivojlantirish va yanada takomillashtirishda yagona texnologik yondashuvning qo‘llanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning aksariyat qismi, aholining keng ijtimoiy qatlamlari va (yoki) tadbirkorlik subyektlarining manfaatlariga daxldor davlat funksiyasini ijro etish yoki davlat xizmatini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish natijasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilishi nazarda tutilayotgan elektron xizmatlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish hisobiga qisqartirilayotgan tartib-taomillar soni va vaqt hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari sohasida mahalliy ishlanmalardan foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va (yoki) xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit mablag‘larini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirishga tayyorligi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirilgandan keyingi ekspluatatsiya xarajatlari miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyihani ustuvor deb topish to‘g‘risidagi qaror loyihani amalga oshirish uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan kelgusidagi ishlarni, shu jumladan texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlarini tayyorlash, loyihani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Loyiha ustuvor deb topilgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) axborot-kommunikatsiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashabbuskor (buyurtmachi) ustuvor deb hisoblangan loyihaning amalga oshirilishini rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Texnik topshiriqni va/yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik topshiriqni va/yoki tender hujjatlarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlari tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlari Markazga pochta yoki elektron aloqa, shu jumladan veb-sayt orqali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda buyurtmanoma to‘ldirilgan holda ekspertizadan o‘tkazish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlari ular kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida Markaz tomonidan, zarur holatlarda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralar tegishli xulosalarini o‘n kun ichida Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Markaz O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari va korxonalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining axborot tizimlari va resurslarini loyihalashtirish, yaratish va modernizatsiyalash bo‘yicha texnik topshiriqlarini “raqamli nazorat” funksiyasi mavjudligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-204-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/204/1013-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Markaz texnik topshiriqni quyidagilar yuzasidan shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazadi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” yagona identifikatorlarining qo‘llanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur ma’lumotlarni izlash, to‘plash, qayta ishlash va saqlash imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq ma’lumotlar to‘plamini generatsiya qilish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” tamoyili asosida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlash uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi bilan integratsiya qilish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud bo‘lgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar bazalarini, axborot resurslarini, dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan apparat va dasturiy vositalarni modernizatsiya qilish, yangi komponentlarni ko‘paytirish va boshqalar orqali yanada kengaytirish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyot doirasida boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaz tender hujjatlarini quyidagilar yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlar va atamalarni turlicha talqin qilish imkoniyatini istisno etgan holda ularning bir xilda qo‘llanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi (litsenziyaning mavjudligi, ish tajribasi, moliyaviy ahvoli, texnik jihozlanganligi, davlat xaridlarining aniq obyektiga bog‘liq holda boshqa malaka talablari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va moliyaviy baholash mezonlarining xolisligi va asoslantirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlari qayta kiritilganda ijobiy xulosa berilmaganligi sabablari bartaraf etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender hujjatlari va/yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish mobaynida xarid qilinadigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tender hujjatlari va/yoki texnik topshiriqning to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markaz manfaatdor vazirliklar va idoralarning xulosalarini inobatga olgan holda, tender hujjati va/yoki texnik topshiriq bo‘yicha ekspertiza xulosasini (ijobiy yoki qayta ishlash zarurligi to‘g‘risida) yozma ravishda yoki elektron shaklda, shu jumladan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda veb-sayt orqali tashabbuskorga (buyurtmachiga) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Loyihani qayta ishlash zarurati to‘g‘risida xulosa berilgan taqdirda, tashabbuskor (buyurtmachi) qayta ishlab chiqilgan texnik topshiriqni va/yoki tender hujjatini mulohazalar haqidagi ma’lumotnomasi bilan birgalikda takroran ko‘rib chiqish uchun Markazga taqdim etadi. Bunda takroran ko‘rib chiqish uchun to‘lov olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnik topshiriq va/yoki tender hujjati texnik topshiriq takroran kiritilgan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda takroran ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qayta ishlab chiqilgan texnik topshiriq va/yoki tender hujjatini ko‘rib chiqishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga yangi asoslar bo‘yicha e’tirozlar berishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval berilgan kamchiliklarni bartaraf etish doirasida qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlar bilan bog‘liq e’tirozlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va ishga tushirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Loyihani amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirishda loyihaning samarali, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga oid ishlar Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Loyihani ishga tushirish tashabbuskorning (buyurtmachining) qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bunda komissiya tarkibiga Markaz vakillari kiritilishi shart, shuningdek, zarur hollarda manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qabul komissiyasi amalga oshirilgan loyihaning texnik topshiriqqa muvofiqligi yuzasidan xulosani, shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan, sotib olingan va joriy qilingan axborot tizimlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Loyihaning postmonitoringi (loyihadan keyingi monitoring)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Loyihaning postmonitoringi qabul komissiyasi tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan vaqtdan boshlab o‘n ikki oy davomida Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Postmonitoring va muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishishni baholash natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyiha konsepsiyasida ko‘rsatilgan muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga to‘liq ravishda erishmadi, uni modernizatsiyalash zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyiha muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishmadi, batafsil tahlil qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyihadan foydalanish muddatining yakunlanganligi, agar shunday muddat normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihadan foydalanishning maqsadga muvofiq emasligi, jumladan texnik vositalar va dasturiy ta’minot samaradorligining pastligi, huquqiy tartibning o‘zgarganligi, boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi va loyihadan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi boshqa o‘zgarishlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihadan foydalanishning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarasizligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash uchun mazkur Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga loyihani foydalanishdan chiqarish bo‘yicha taklif kiritadi. Bunda, Vazirlik taklifni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va loyihadan foydalanishning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarasizligi yoki maqsadga muvofiq emasligi, jumladan texnik vositalar va dasturiy ta’minot samaradorligining pastligi kabi bir nechta sabablarni topganda loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori ustidan tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Markaz yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlarini ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlar va materiallarni tashabbuskordan (buyurtmachidan) talab qilib olishga, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarning, loyiha institutlari, muhandislik va konsalting kompaniyalari, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy va milliy tashkilotlarning mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Markazning mansabdor shaxslari loyiha pasporti va konsepsiyasini kelishish, loyihaning texnik va/yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, loyiha amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va postmonitoringi uchun mas’uldirlar hamda ushbu tadbirlarda xolislikni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tashabbuskor (buyurtmachi) quyidagilar uchun javobgardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va/yoki tender hujjatlarining mazkur Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan hujjatlar, ma’lumotlar va axborotlarning o‘z vaqtida, sifatli va ishonchli bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari tartibi va talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY SXEMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddatlar

Mas’ullar

1-bosqich

Loyiha pasportini ishlab chiqish va Markazga buyurtmanoma berish

Tashabbuskor
(buyurtmachi)

2-bosqich

Loyiha pasportini ko‘rib chiqish, loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish va tashabbuskorga xabarnoma yuborish

yetti ish kuni ichida

Markaz

3-bosqich

Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va Markazga kelishish uchun kiritish

Tashabbuskor
(buyurtmachi)

4-bosqich

Loyiha ustuvorligini inobatga olgan holda loyiha konsepsiyasini ko‘rib chiqish va kelishish hamda Reyestrga kiritish

o‘n besh ish kuni ichida

Markaz,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

5-bosqich

Texnik topshiriqni va/yoki tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritish

Tashabbuskor
(buyurtmachi)

6-bosqich

Ekspertiza o‘tkazish va texnik topshiriq va/yoki tender hujjatlari bo‘yicha xulosa taqdim etish

o‘ttiz kalendar kuni ichida

Markaz,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

7-bosqich

Loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va foydalanishga topshirish

o‘rnatilgan tartibda

Tashabbuskor
(buyurtmachi),
Markaz,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

8-bosqich

Postmonitoring va loyiha samaradorligini baholash

o‘n ikki oy ichida

Markaz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMga

‎‎sana:___________ __________-son

BUYURTMANOMA

Sizdan, ilovaga muvofiq _______________________________________________________________ loyihaning pasport/konsepsiyasini ko‘rib chiqishingizni va kelishishingizni so‘raymiz.

Buyurtmachining aloqa raqamlari (ijrochisi ko‘rsatilgan holda):
____________________________________________________________________________.
Ilovalar elektron shaklda quyidagi manzilga yuborildi: ______________________________________________.
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
_______________________________
‎‎_______________________________
_______________________________
Buyurtmachi

‎‎__________________(Imzo)

‎‎F.I.O.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM direktori

sana: __________ __________-son

BUYURTMANOMA

Sizdan, ___________________________________________________________________________________ishlab chiqish/modernizatsiyalash/texnik qo‘llab-quvvatlash loyihasi bo‘yicha texnik topshiriqqa va/yoki tender hujjatiga xulosa berishingizni so‘raymiz.

Loyihaning dastlabki taxminiy qiymati ___________________________________________________________.

Loyiha (ishlar, xizmatlar) ni moliyalashtirish manbalari(quyida ko‘rsatilganlardan biri tanlanadi):

o‘z mablag‘lari;
budjet mablag‘lari;
kreditlar (qarzlar);
boshqa manbalar (ko‘rsatiladi).
Texnik topshiriq va/yoki tender hujjatini ekspertizadan o‘tkazish uchun oldindan to‘lovni kafolatlaymiz.
Arizachi/buyurtmachining pochta manzili (joylashgan joyi):_____________________________________________;
Arizachi/buyurtmachining bank rekvizitlari: __________________ (bank kodi, STIR, hisob raqami, bank nomi).
Arizachi/buyurtmachining aloqa raqamlari (ijrochisi ko‘rsatilgan holda):
Ilovalar elektron shaklda quyidagi manzilga yuborildi: ______________________________________________.
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
________________________________
________________________________
________________________________

Buyurtmachi

(imzo)

F.I.O.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM direktori

______________________________________
“____” _____________________________________ yil

Xulosa _______ -son

__________________________________________________ bo‘yicha‎‎

(loyiha nomi)

“____”________y.

Toshkent sh.
1. Ekspertiza o‘tkazish uchun asos:
2. Loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi) nomi:
3. Ekspertiza o‘tkazishda foydalaniladigan hujjatlar ro‘yxati:
______________________________
______________________________
______________________________
4. Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar:
______________________________
______________________________
______________________________
5. Kiritilgan hujjatlar bo‘yicha xulosa:
______________________________
______________________________
______________________________
Markaz direktori o‘rinbosari:
_____________________________________________________________________________
Markaz departamenti boshlig‘i:
_____________________________________________________________________________
Markaz bo‘lim boshlig‘i:
_____________________________________________________________________________
Mutaxassis:
_____________________________________________________________________________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2019-y., 07/19/4328/3162-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son; 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 05.11.2025-y., 06/25/204/1013-son)