21.06.2024 yildagi PQ-228-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etilib, ularning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, aholi va davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish tizimini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi bosqichga olib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borishning keng qamrovli tizimini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va Bosh prokuraturasining aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini (keyingi o‘rinlarda — Virtual akademiya) 2025-yil 1-yanvardan joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitilishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik o‘qitish reja-grafigini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va tadqiqot natijalarini inobatga olib, yangi o‘quv modullarini joriy etish bo‘yicha Akademiyaga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘quv jarayoniga jalb qilingan davlat organlari va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Akademiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashini, o‘quv kontenti va materiallari bilan muntazam to‘ldirilishi va yangilab borilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv jarayonini tashkil etadi, shu jumladan o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi, o‘quv kurslari haqidagi ma’lumotlarni Virtual akademiyada joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning bilimlarni o‘zlashtirishi natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, o‘quv kurslarini tamomlagan shaxslarning reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayoniga davlat organlari va tashkilotlarining, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Virtual akademiyada o‘qitish quyidagi kontingent uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Virtual akademiyada o‘qitish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bazaviy hamda maxsus o‘quv kurslari bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy o‘quv kurslarida o‘qitish barcha foydalanuvchilar uchun bepul asosda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirish to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat xizmatchilariga Virtual akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish majburiy hisoblanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchisi ishga qabul qilinganidan so‘ng uch oy ichida o‘quv kursidan o‘tadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun maxsus kurslar chuqurlashtirilgan o‘quv dasturlari asosida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat xizmatchilari hisoblanmaydigan shaxslarni maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Virtual akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maxsus o‘quv kurslarida to‘lov-shartnoma asosida malaka oshirish uchun to‘lov miqdori Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga Agentlik va Akademiya tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi sertifikat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli davlat organi yoki tashkilotiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida yoxud ularning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar Akademiya hisobvarag‘ida jamlanadi va quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatida foydalanishga oid materiallarni tayyorlash uchun buyurtmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatini ta’minlashga mas’ul xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashi va uning faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitish jarayoniga tegishli xodimlar, ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar yuqorida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan so‘ng Agentlik va Akademiyaning budjetdan tashqari jamg‘armalariga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda o‘z xodimlarining Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarga xodimlarini Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish choralarini ko‘rib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tizimli va samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini Agentlikka taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda yuritish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va Akademiya sohadagi ilmiy tadqiqotlarni maqsadli va sifatli amalga oshirish, natijalarini ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga muntazam ravishda takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik va Akademiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Virtual akademiyada o‘qitishni tashkil etish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiya Agentlik, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun Virtual akademiyada tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontentning ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun maxsus dasturlar va kontentning yangilab borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ta’lim oluvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik va Bosh prokuratura O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov va Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-228-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi faoliyatini samarali tashkil etish

1.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — Virtual akademiya)da o‘qitishni tashkil etish tartibini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni �uhofaza qilish akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish tartibini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil oktyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitilishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantirish, yillik o‘qitish reja-grafigini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil oktyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

4.

Tinglovchilarning bilimlarni o‘zlashtirishi natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, o‘quv kurslarini tamomlagan shaxslarning reyestrini yuritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

5.

Virtual akademiyada o‘quv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilish tartibini belgilash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

6.

Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga taqdim etiladigan sertifikat namunasini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

7.

Virtual akademiyada ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun o‘quv dasturlarini tasdiqlash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

Ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun o‘quv kontentini ishlab chiqish va doimiy yangilab borilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

9.

Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida:

sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilish choralarini ko‘rish;

o‘quv materiallarini davlat tiliga tarjima qilish (multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni dublyaj qilish) va Virtual akademiyaga joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

10.

Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv jarayonini tashkil etish, shu jumladan o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqib, kurslar haqidagi ma’lumotlarni Virtual akademiyada joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

11.

Virtual akademiya elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil 1-yanvarga qadar

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

12.

Virtual akademiyadagi o‘quv jarayoniga davlat organlari va tashkilotlarining, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

13.

Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashini, o‘quv kontenti va materiallari bilan muntazam to‘ldirilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

14.

Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda o‘z xodimlarining Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borish ishlarini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Vazirlik va idoralar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

15.

Davlat ishtirokidagi korxonalar xodimlarini Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Davlat ishtirokidagi korxonalar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

16.

Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot va takliflarni tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yil yakuni bo‘yicha

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish

17.

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili noyabr-dekabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

18.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini Agentlikka taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

-

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy-amaliy ishlanmalar va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda yuritish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Keyinchalik doimiy

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni maqsadli va sifatli amalga oshirish, natijalarini ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga takliflar kiritib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

21.

Yoshlar orasida Virtual akademiya imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish orqali jalb qilingan yoshlar sonini oshirib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

III. Virtual akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

22.

Virtual akademiyada o‘qitishni tashkil etish uchun qo‘shimcha zamonaviy uskunalar, serverlar va boshqa jihozlarni xarid qilish va o‘rnatish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Xalqaro donorlarning mablag‘lari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Keyinchalik zaruratga ko‘ra

23.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Virtual akademiyaning samarali ishlashi uchun mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy elektron nashrlarga muntazam obunasini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Xalqaro donorlarning mablag‘lari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Keyinchalik doimiy

25.

Virtual akademiyani Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Xalqaro donorlarning mablag‘lari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiya�ar agentligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

26.

Virtual akademiyani sifatli o‘quv kontenti va materiallari bilan ta’minlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining multimedia studiyasini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro donorlarning mablag‘lari,

to‘lov-shartnomadan tushgan mablag‘lar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

27.

Virtual akademiyada o‘qitish va malaka oshirish o‘quv dasturlarini kontingent uchun moslashtirish va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro donorlarning mablag‘lari,

to‘lov-shartnomadan tushgan mablag‘lar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Virtual akademiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;

Virtual akademiyaning faoliyatini tashkil etuvchi o‘qituvchi-xodimlarning malakasini oshirish va o‘qitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish;

o‘qituvchi-xodimlarni xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro donorlarning mablag‘lari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2024-y., 07/24/228/0437-son)