09.12.2019 yildagi PQ-4546-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va aholini tashvishga solayotgan jiddiy muammolarni aniqlashning butunlay yangicha tizimining joriy etilishi qisqa vaqt ichida fuqarolarning davlat institutlariga ishonchi darajasini ortishiga va davlat xizmatchilari tomonidan oʻziga yuklatilgan ish sohasiga munosabati va masʼuliyatini tubdan oʻzgartirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu jumladan hujjatlar aylanmasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish darajasining pastligi, qogʻozbozlik hajmining yuqoriligi, shuningdek, amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan koʻplab yigʻilish va majlislar oʻtkazish amaliyoti saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish, maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga 1-ilovaga muvofiq oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagilarni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik, oʻrmon-melioratsiya, agrotexnik, gidrotexnik, sanitariya-texnik tadbirlarni kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buzilishi uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan, jamoat tartibini saqlash masalalari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek, tabiiy ofat va epidemiyalar bilan kurashish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosini ifloslantirishning turgʻun manbalari tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablar buzilishi bilan bogʻliq faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish boʻyicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor faoliyatini toʻxtatib turish boʻyicha qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron koʻrinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda 2021-yil 1-yanvarga kelib qogʻoz koʻrinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan toʻliq voz kechish imkonini beradigan Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning toʻlaqonli ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5527-son Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoralararo kollegial organlarning faoliyati tahlil qilinganligi va samaradorligi baholanganligi, natijasiga koʻra ularni yanada qisqartirish va maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari bilan tuzilgan 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazgan holda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ularni tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar mazkur qarorning 3-ilovasini amalga oshirishga qaratilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan xatlov va oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) ikki oy muddatda vaqtni toʻgʻri tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish texnologiyalari (time management), byurokratiya, qogʻozbozlik va yigʻilishlar oʻtkazish amaliyotini bekor qilish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqib, Akademiya va uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya va uning filiallaridagi oʻquv kurslari pullik asosda olib boriladi va ushbu kurslarda ishtirok etish tasdiqlangan kurslar grafigiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya va uning filiallaridagi oʻquv kurslarida oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, shuningdek, xodimlari kurs tinglovchilari hisoblangan davlat organlari va tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qaror talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish respublika markaziga davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida mazkur qaror talablariga rioya qilish holati boʻyicha anonim soʻrovnomalar oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning tarkibiy boʻlinmalari davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani, qogʻozbozlikni yanada qisqartirish boʻyicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi boʻyicha taʼsirchan monitoring va tahlillar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4546-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladigan alohida funksiyalari va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari)

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari) beriladigan subyekt

1.

Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari

2.

Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanish va suvni isteʼmol qilish shartlarini belgilash

3.

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari

4.

Davlat oʻrmon fondi yerlariga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruxsatnoma berish

5.

Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yoʻl qoʻyiladigan uzoqlikda ekanligini) belgilash

Aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari

6.

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish

tuman (shahar) soliq inspeksiyalari

7.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish

8.

Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish

tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari

9.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari

10.

Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

11.

Rieltorlik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yashash joyidan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha yashayotganligi (roʻyxatdan oʻtkazilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtib yashovchilar soni toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati koʻrsatilgan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yashovchi shaxslar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turar joyda yashovchi shaxslar koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha bir oʻzi yashashi (roʻyxatdan oʻtkazilganligi) toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqaroning yolgʻiz yashayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oila aʼzolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 80 yoshga toʻlgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qaramogʻida mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari borligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vafot etgan boquvchining qaramogʻidagi oila aʼzolari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vafot etgan xodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shaxs haqiqatan nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishsizlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush oʻrtogʻi, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa-singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vafot etgan shaxsning ota-onalari, turmush oʻrtogʻi yoki oilaning boshqa aʼzosi vafot etgan shaxsning uch yoshga toʻlmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xodimning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning fotosurati yopishtirilgan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vasiylikka olinganlarni taʼminlash va ularni zarur darajada parvarishlash boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzi tayyorlagan tovarlarning chakana savdosi bilan shugʻullanishi uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kasallikka chalingan (sil, teri-tanosil kasalliklarining ogʻir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yalligʻlanishi, psoriaz) ayollarning alohida xonada yashashi kerakligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kam taʼminlangan oilada yolgʻiz oʻzi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarning tavsifi bilan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Dafn oʻtkazilganligi holatini tasdiqlash uchun maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari bilan tuzilgan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Idoralararo kollegial organning nomlanishi

Idoralararo kollegial organ tuzilishi uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat

Tugatilayotgan organ funksiyalarini amalga oshiruvchi subyektlar (vakolatiga oid qismi boʻyicha)

I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar

1.

Toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-330-son qarori

Oʻtkazilmaydi

2.

Xorijiy tillarni oʻrganishni yanada rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1875-son qarori

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

3.

Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha Maxsus komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish toʻgʻrisida”gi PQ-2950-son qarori

Oʻtkazilmaydi

4.

Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3031-son qarori

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

5.

Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3142-son qarori

Oʻtkazilmaydi

6.

Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish boʻyicha Idoralararo kengash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3231-son qarori

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi

7.

Dastur parametrlarini bajarishni taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3301-son qarori

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

8.

Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3377-son qarori

Oʻtkazilmaydi

9.

Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini aniqlash boʻyicha ishchi komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3532-son qarori

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3578-son qarori

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

11.

Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3586-son qarori

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

12.

“Buxoro-agro” EIZ hududida zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3843-son qarori

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13.

Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3846-son qarori

Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar

14.

Til oʻrgatish Jumhuriyat Kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-iyuldagi “Jumhuriyat oʻquvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng koʻlamda oʻqitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida”gi 197-son qarori

Oʻtkazilmaydi

15.

Tibbiyot texnikasi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi “Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 490-son qarori

Sogʻliqni saqlash vazirligi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl xoʻjaligi kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 358-son qarori

Transport vazirligi

17.

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 358-son qarori

Oʻtkazilmaydi

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 256-son qarori

Suv xoʻjaligi vazirligi

19.

Favqulodda vaziyatlarni prognozlash va oldini olish boʻyicha davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-apreldagi “Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish boʻyicha davlat dasturini tasdiqlash haqida”gi 71-son qarori

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

20.

Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish Komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 277-son qarori

Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

21.

Toshkent shahrida transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi “Toshkent shahrida transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 20-son qarori

Oʻtkazilmaydi

22.

Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 377-son qarori

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

23.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-iyundagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 168-son qarori

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

24.

Tomchilatib sugʻorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi “Tomchilatib sugʻorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 176-son qarori

Suv xoʻjaligi vazirligi

25.

Kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishining soʻzsiz taʼminlanishini tahlil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi idoralararo komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi “Respublikaning issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 300-son qarori

Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

26.

Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 19-son qarori

Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

27.

Jizzax viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 332-son qarori

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Jizzax viloyati hokimligi

28.

Oʻquv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 868-son qarori

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 939-son qarori

Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish mexanizmi

Masʼul ijrochilar

I. Davlat boshqaruvi mexanizmlarini byurokratiyadan xoli qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

1.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ayrim funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruv organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash nuqtai nazaridan amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.

2020-yil
1-yanvar

Qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini belgilash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2020-yil
1-mart

Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida yaratish imkonini beruvchi hamda 2021-yil 1-yanvarga kelib qogʻoz koʻrinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan toʻliq voz kechishni nazarda tutuvchi hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sodiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish tartibini takomillashtirish.

2020-yil
1-mart

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda keyinchalik ularni maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini elektron raqamli imzolar bilan taʼminlash.

2020-yil
1-mart

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazish.

2020-yil
1-mart

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan tashkil qilingan va tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishga qaratilgan tadbirlar ijrosi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda:

tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrganish;

oʻtkazilgan xatlov va oʻrganish natijalariga koʻra tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning aniqlangan dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani, qogʻozbozlikni yanada qisqartirish boʻyicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi boʻyicha taʼsirchan monitoring va tahlil olib borish.

doimiy

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va keyinchalik amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Adliya vazirligi (Davletov)

7.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida davriy hisobot berish amaliyotini joriy qilish.

doimiy

Har bir davlat organi va tashkilotining birinchi rahbari tomonidan oʻz faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni boʻyicha jamoatchilik oldida hisobot berilishi va ularni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish amaliyotini joriy qilishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari

8.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2020-yil
1-aprel

Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilovchi normalari mavjud idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlagan holda tasdiqlangan grafikka muvofiq quyidagilar nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazish:

asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish;

normalarni qonun hujjatlari sonini qisqartirish, normalarning koʻpayib ketishini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirishni nazarda tutgan holda konsolidatsiyalash;

davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiqlashtirish.

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

9.

Qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishga yoʻl qoʻymaslik nuqtai nazaridan davlat organlari, tashkilotlar va oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini monitoring qilish.

doimiy

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida yigʻilishlar sonini kamaytirish.

2020-yil
1-fevral

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash:

faqatgina taklif etilayotgan mansabdor shaxslarning funksional majburiyatlariga oid masalalar boʻyicha ishtiroki zarur boʻlgan hollarda yoki davlat siri va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan sirlarga oid masalalarni muhokama qilishda davlat tashkilotlari tomonidan yigʻilishlarni tashkil etish;

muhokamalarni oʻtkazishning masofaviy mexanizmlarini joriy etgan holda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlariga hududlardan xodimlarni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi yigʻilishlarga tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini taklif etishga yoʻl qoʻymaslik;

davlat tashkilotlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yigʻilishlarni oʻtkazish amaliyotini bekor qilish, alohida zarurat yuzaga kelgan holatlarda oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno;

aholiga bevosita xizmat yoki davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi xodimlarni yigʻilishlarga taklif qilish va ularga xos boʻlmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat koʻrsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash (ular ishtirokidagi yigʻilishlar bevosita yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan faqatgina xizmat koʻrsatish sifatiga taʼsir etmaydigan soatlarda ular faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazilishi mumkin).

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari

11.

Kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bir-birini takrorlovchi topshiriqlarini (rezolyutsiya, fishkalar) yuborish amaliyotini bekor qilish yoʻli bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini takomillashtirish.

2020-yil
1-yanvar

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Davlat organlari va tashkilotlarining tashabbuskorligini oshirish.

2020-yil
1-fevral

Har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan yil davomida oʻz faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kamida uchta yangi tashabbusni roʻyobga chiqarishi amaliyotini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish beruvchi va nomzod oʻrtasida video-suhbatni masofaviy intervyu yoʻli bilan maxsus telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda videokonferensiya vositalari yordamida oʻtkazish mexanizmlarini joriy qilish.

2020-yil
1-may

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi tashkiliy chora-tadbirlar

14.

Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) texnologiyalari boʻyicha oʻqitish, byurokratiya va yigʻilish oʻtkazish amaliyotini bekor qilish chora-tadbirlarini tashkil etish.

ikki oy muddatda

Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) texnologiyalari, byurokratiya, qogʻozbozlik va yigʻilish oʻtkazish amaliyotini bekor qilish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etish.

DBA (Azizov)

15.

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini qoʻllash masalalari boʻyicha davlat xizmatchilarining malakasini oshirish.

2020-yil
1-aprel

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini qoʻllash masalalari boʻyicha davlat xizmatchilarining malakasini oshirish yuzasidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish.

2020-yil
1-iyun

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish boʻyicha oʻquv-metodik materiallar va amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 07/19/4546/4126-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)