Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2023 03.06.2017 yildagi PQ-3031-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli “Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurtimiz vakillarining Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlari ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga oʻz qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarni toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman hokimliklari tomonidan ushbu qaror va dasturdan kelib chiqqan holda hududiy dasturlarni ishlab chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan barcha sport turlari boʻyicha tegishli respublika va hududiy sport federatsiyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish boʻyicha takliflari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir barcha masalalarni hal etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkillashtirish va nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari muntazam ravishda hukumatning yarim yillik majlislarida muhokama qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari, jamgʻarmalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari aholi, oʻquvchi va talabalarni sport musobaqalariga, respublika sport tadbirlariga yuborish uchun mablagʻlar Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan loyihaviy va qurilish-montaj ishlari sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin hamda buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan bildirilgan hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti boʻlimlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur va uning asosida ishlab chiqilgan hududiy dasturlarda belgilangan barcha chora-tadbirlarni ijrosini oʻz muddatida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy ishchi guruhlarga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston terma jamoalari sportchilarining oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, jahon birinchiliklari, Osiyo oʻyinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida musobaqalar yakunlarida erishilgan natijalarni chuqur tahlil qilish va tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablariga, taʼlim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash yuzasidan doimiy ravishda taʼsirchan choralar koʻrish hamda har chorak yakunlari boʻyicha qoʻmitaning majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan oʻtkazish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootlari yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ehtiyojga koʻra sport inshootlarini muqobil energiya manbalari bilan jihozlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda sport federatsiyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish turlari (bino va inshootlardan bepul foydalanish, mablagʻlar hamda sport anjomlari bilan taʼminlash va h.k.) boʻyicha takliflari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir barcha masalalar hal etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport taʼlim muassasalari va majmualari ixtiyoridagi yer maydonlarini (ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini) tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishiga qatʼiy rioya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturning mazmun-mohiyati hamda uning doirasida tashkillashtiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali aholi orasida muntazam va keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3031-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ–3031-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonunchilikni
yanada takomillashtirish

1.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Kengashini tashkil etish, uning Nizomini tasdiqlash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2017-yil

III chorak

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

2.

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini va musobaqalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

3.

Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va Respublika sport maktablarining shtatlar jadvaliga “Sportchi” lavozimini joriy etish va lavozim majburiyatlarini belgilash.

2018-yil

I chorak

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

4.

Respublika hududlarida joylashgan mahallalarda jamoatchilik asosida Jismoniy tarbiya va sport targʻibotchilari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga oid normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

III chorak

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi

5.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari sport inshootlari va suzish havzalarini sport maktablariga biriktirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, idora va tashkilotlarda hamda mahallalarda sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish tizimini joriy etish.

2017-yil

IV chorak

ijrochila� mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta ?axsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, “Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari

7.

Barcha taʼlim muassasalari sport inshootlarida darsdan soʻng oʻquvchi-talabalar uchun sport toʻgaraklari va klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida “Sport toʻgaragi va seleksiya boʻyicha trener” lavozimini joriy etish va lavozim majburiyatlarini belgilash.

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Yoshlik”, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi “Barkamol avlod”, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarini boshqarish va moliyalashtirish (homiy tashkilotlarni biriktirish) tizimini takomillashtirish.

2017-yil

III chorak

-

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Homiy tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Olimpiya zaxiralari kollejlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va boshqa tashkilotlarning sport inshootlari va majmualari, stadionlari, bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini ekspluatatsiyasi jarayonlariga masʼul xodimlar lavozimlarini (suzish havzalarini filtrlovchisi, dezinfektor, stadiondagi chim oʻtlarini oʻstirish, drenaj ustasi va h. k.) shtatlar jadvaliga kiritish va lavozim majburiyatlarini tasdiqlash.

2018-yil

I chorak

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Hududiy Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar va tadbirlar doirasida asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq mablagʻlar ajratilishini taʼminlash.

2017-yil

III chorak, doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, homiy tashkilotlar va ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), homiy tashkilotlar

11.

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan taʼlim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va noolimpiya sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish.

Bunda quyidagi mezonlarni asos qilib olish:

respublika va xalqaro sport musobaqalarida qoʻlga kiritilgan medallar (oltin, kumush, bronza), litsenziyalar, ishtirok etganlar soni;

mavjud sharoitlar (ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari soni) va moddiy-texnika bazasini holati;

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanuvchilarning soni va shugʻullanish davomiyligi.

2017-yildan boshlab har yil yakunida

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

12.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini joriy etish.

2018-yil

I chorak

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

II. Jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish,
ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish

13.

Sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida jami 90 ta sport inshootlarini, 77 ta suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash va qayta jihozlash. Jumladan,

2017-yilda 24 ta sport majmualari va 15 ta suzish havzalari;

2018-yilda 14 ta sport majmualari va 19 ta suzish havzalari;

2019-yilda 13 ta sport majmualari va 22 ta suzish havzalari;

2020-yilda 10 ta sport majmualari va 13 ta suzish havzalari;

2021-yilda 29 ta sport majmualari va 8 ta suzish havzalari.

2017 — 2021
yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan Universal sport majmualarini Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Fargʻona, Toshkent shaharlarida va Toshkent viloyati Oʻrta-Chirchiq tumanida yangi qurish, Nukus va Urganch shaharlarida qurilish ishlarini yakunlash.

2017-2018-yillar

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vaz�rlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Respublikaning barcha hududlarida (dam olish xiyobonlari va sogʻlomlashtirish oromgohlarida, taʼlim muassasalarida, aholi yashash joylarida) yugurish va velosiped yoʻlakchalari, jismoniy mashqlar bajarish uchun trenajyorlar, yoshlar qiziqishlariga koʻra (rolik va skeytlarda harakatlanish uchun yoʻlakchalar, sunʼiy qoya va h. k.) maxsus inshootlar va sunʼiy qoplamali sport maydonchalarini barpo etish.

2018 — 2021-yillar

homiy tashkilotlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

16.

Olimpiya zaxiralari kollejlarini mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etish choralarini amalga oshirish, ularni xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ehtiyojga koʻra taʼminlash tartibini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

17.

Xususiy tadbirkorlarga, idora va tashkilotlarga oʻrnatilgan tartibda jismoniy tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish majmualari va sport inshootlarini qurish uchun bino ajratish va imtiyozlar yaratib berish.

2017 — 2021-yillar

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Sport inshootlarini, ochiq va yopiq turdagi sport maydonchalarini tungi paytlarda uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida muqobil energiya manbalari (generator va h. k.) bilan taʼminlash.

2018 — 2021-yillar

ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Homiy tashkilotlar, “Oʻzbekenergo” AJ

19.

Ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etish, ularni zarur shart-sharoitlar (bino va sport inshootlari, suzish havzalari, yotoqxona, oshxona va h. k.) bilan taʼminlash, qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari hamda moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash choralarini amalga oshirish.

2018 — 2021-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

20.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

2018-yil
I chorak

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

22.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hududidagi qurilishning 2-bosqich qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlash.

2018-yil

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturi

mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

23.

Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid xususiy sektorning xizmat koʻrsatish turlarini va tartibini ishlab chiqish. Sport sohasida pullik xizmatlar koʻrsatayotgan tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarga ijara, elektr energiya va kommunal (gaz, suv va h. k.) xizmatlar uchun toʻlanadigan toʻlovlarning yagona ijara haqini belgilash, mavjud stavkalar miqdorini kamaytirish hamda imtiyozlar belgilash.

2018-yil

I chorak

-

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Yangidan qurilayotgan va kapital taʼmirlanayotgan yirik sport inshootlarini (stadionlar, sport majmualari va h. k.) loyihalashtirish jarayonida xalqaro musobaqalarni oʻtkazish talabi va qoidalariga rioya qilish hamda televizion translatsiya ishlarini amalga oshirishning texnik shartlariga amal qilish.

2017 — 2021-yillar

-

Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

25.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalarini sport anjomlari va uskunalari bilan ehtiyojga koʻra taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2018 — 2021-yillar

Taʼlim �a tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

26.

Taʼlim muassasalari sport zallarini va inshootlarini, bolalar sporti obyektlari va suzish havzalari, olimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ehtiyojga koʻra taʼminlash tartibini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi

27.

Jismoniy tarbiya va sport vazirliginingSport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan barcha sport turlari boʻyicha tegishli respublika va hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)larining markazlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni xalqaro talablarga mos sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash.

2017 — 2021-yillar

homiy tashkilotlar va ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Homiy tashkilotlar, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sport federatsiyalari (uyushmalari)

28.

Sport inshootlari va suzish havzalari yil davomida, ayniqsa kuz-qish mavsumlarida uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ehtiyojga koʻra sport inshootlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash choralarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar

ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Homiy tashkilotlar

III. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash

29.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash masalalarini Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Kengashining chorak majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan oʻtkazish.

2017-yil

IV choragidan boshlab har chorakda

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

30.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilarining salohiyatini oshirish maqsadida talabalarning doimiy yashash joylarida joylashgan ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida bitiruv oldi amaliyotlarini oʻtkazish va amaliyot xulosalarini taqdim etishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish orqali mutaxassislarni ish bilan taʼminlash darajasini oshirish.

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

31.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga har yili nufuzli xorijiy sport-taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali oʻquv darslarini oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar davomida doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsu? taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

32.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining oʻquv jarayoniga xalqaro tajribalarnitatbiq etish, Oʻzbekiston sport terma jamoalari oʻquv mashgʻulotlariga va tayyorgarlik jarayonlariga oid video va koʻrgazmali materiallar bilan taʼminlash.

2017 — 2021-yillar davomida doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

33.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hamdaJismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining ixtisoslik kafedralarini zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash, xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash.

2018-yil
I chorak, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, homiy tashkilotlar

34.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar salohiyatini oshirish va xorijiy hamkorlikni talab darajasiga koʻtarish maqsadida xorijiy mutaxassislarni (professor-oʻqituvchilar, nomdor sportchilar va murabb�ylarni) taklif qilish, ular ishtirokida Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali oʻquv darslarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

35.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablariga iqtidorli sportchilarni saralash va qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash yuzasidan uslubiy seminar va amaliy mahorat saboqlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillarda, doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzb�kiston davlat jismoniy tarbiya instituti

36.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni ish bilan taʼminlash va salohiyatini yanada oshirish, ayniqsa Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bitiruvchilarini mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish darajasini koʻtarish.

2017-yil

IV chorak, doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

37.

Sport taʼlim muassasalarini jami 60 mingdan ziyod zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash. Jumladan:

2018-yilda 7500 dona darslik, 3500 dona oʻquv-metodik kompleks, 4000 dona dastur, 7500 dona oʻquv qoʻllanma,
350 dona xorijiy adabiyotlar;

2019-yilda 6000 dona darslik, 3000 dona oʻquv-metodik kompleks, 3000 dona dastur, 6000 dona oʻquv qoʻllanma,
200 dona xorijiy adabiyotlar;

2020yilda3000donadarslik,2000 dona oʻquv-metodik kompleks, 2000 dona dastur, 3000 dona oʻquv qoʻllanma,
200 dona xorijiy adabiyotlar;

2021-yilda 2000 dona darslik, 1500 dona oʻquv-metodik kompleks, 1000 dona dastur, 2000 dona oʻquv qoʻllanma,
150 dona xorijiy adabiyotlar bilan taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

38.

Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazuvchi tashkilotchilarga (ijaraga berilayotgan sport inshootlaridan foydalanishda va h. k.) imtiyozlar berish tartibini joriy etish hamda tegishli davlat idoralari xizmatidan begʻaraz foydalanish, musobaqalarning yuqori saviyada oʻtishida masʼul xodimlarning hamkorligini taʼminlash.

2017-yil

III chorak, doimiy

homiy tashkilotlar va ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Homiy tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

39.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida tibbiy xizmat sifatini oshirish, tibbiyot xonalarini talab darajasida jihozlash hamda sport muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash.

2017-yil

IV chorak, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

40.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchi aholining sonini aniqlash, ayniqsa sport turlari boʻyicha muntazam ravishda shugʻullanuvchilarning yagona elektron bazasini shakllantirish va maxsus kompyuter dasturlarini yaratish asosida sport turlari kesimida Oʻzbekiston terma jamoalari sportchilarining oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, jahon birinchiliklari, Osiyo oʻyinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalar yakunlarida olingan natijalarni chuqur tahlil qilish va yagona monitoringini olib borish.

2018-yil

I chorak, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

41.

Musobaqalarga tayyorgarlik bosqichlarida sportchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, diagnostika natijalariga koʻra maslahat berish va davolash, jarrohlik va davolash ishlarini oʻtkazish uchun xorijiy sport tibbiyoti mutaxassislarini ishga taklif etish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.

2018-yil

I chorak, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Oʻzbekiston terma jamoalari sportchilarining oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, jahon birinchiliklari, Osiyo oʻyinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida sportchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va tizimli monitoringini yuritish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

43.

Sport taʼlim muassasalari ixtiyoridagi sport inshootlari va suzish havzalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sport taʼlim muassasalarida ehtiyojga koʻra qoʻshimcha sport turlari va guruhlarini ochish, yuqori malakali va tajribali murabbiylarni jalb etish, sport natijadorligini koʻtarish. Respublika va xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlgan spor�chilarni taʼlim muassasalariga maqsadli qabul qilish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan resp?blika sport maktablari va davlat maktab-internatlari ha?da bolalar-oʻsmirlar sport maktabl?rini sport turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazish qoidalari, dasturlar va maxsus adabiyotlar bilan taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

IV. Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash

a) Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar

45.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlim� vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

46.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlik sport jamoalari” musobaqalarini oʻtkazish:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

47.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

Tasdiqlangan rejaga asosan

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, Ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

48.

Yozgi taʼtil davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yozgi taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan oʻq otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari boʻyicha sport musobaqalari, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, Ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport federatsiyalari (uyushmalari)

49.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan sport musobaqalarini oʻtkazish.

Jumladan:

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bagʻishlab qizlar oʻrtasida “Nafosat olami” shiori ostida;

“Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlab “Miliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida;

1 iyu? “Xalqaro bolalar kuni”ga bagʻishlab “Sogʻlom bola” shio?i ostida;

1-sentabr “Mustaqillik kuni”ga bagʻishlab “Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sport turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha sport tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

b) Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar

50.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarini oʻtkazish:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab har yili

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jami�ti, Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Barkamol avlod” sport jamiyati, sport federatsiyalari (uyushmalari)

51.

Yoz mavsumi davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida “Yozni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan oʻq otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabiturlari boʻyicha sport musobaqalari, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi,

sport federatsiyalari (uyushmalari)

52.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

Tasdiqlangan rejaga asosan

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Barkamol avlod” sport jamiyati, sport federatsiyalari (uyushmalari)

53.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan sport musobaqalarini oʻtkazish:

Jumladan:

14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlab;

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bagʻishlab qizlar oʻrtasida “Nafosat olami” shiori ostida;

“Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlab “Milliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida;

1-sentabr “Mustaqillik kuni”ga bagʻishlab “Biz istiqlol farzandlarimiz” shiori ostida sport turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha sport tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Barkamol avlod” sport jamiyati, “Mahalla” jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

v) Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar

54.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba sport jamoalari” musobaqalarini oʻtkazish:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — hududlar miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” sport jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

55.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada” sport musobaqalari oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — taʼlim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — hududlar miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

Tasdiqlangan rejaga asosan

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” sport jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

56.

Talabalar oʻrtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan sport musobaqalarini oʻtkazish. Jumladan:

14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlab;

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bagʻishlab qizlar oʻrtasida “Nafosat olami” shiori ostida;

“Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlab “Milliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida;

1-sentabr “Mustaqillik kuni”ga bagʻishlab “Biz istiqlol farzandlarimiz” shiori ostida sport turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha sport tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

57.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Sport bilan shugʻullanamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan oʻq otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari boʻyicha sport musobaqalari, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat budjeti, Ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

g) Aholi oʻrtasida sogʻlomlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

58.

Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar, voyaga yetmagan yoshlar, oʻquvchilar va talaba yoshlar, xotin-qizlar, faxriylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, sport inshootlarida va klublarida sport bilan shugʻullanish jadvalini tasdiqlash. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchi aholining sonini aniqlash va muntazam shugʻullanuvchilarning hisobini olib borish. Mazkur sohaning xususiy sektorida va sport inshootlarida shugʻullanuvchi aholini hisobini olib borishning yagona elektron bazasini yaratish va joriy etish.

2017-yil, har yili

“Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari,

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, sport fede?atsiyalari (uyushmalari)

59.

Mahalla hududida joylashgan sport inshootlarida aholi, ayniqsa yoshlar va kam taʼminlangan oilalar uchun bepul shugʻullanish tartibini belgilash. Idora va tashkilotlarda sport inshootlarini va sport-sogʻlomlashtirish klublarini tashkil etish, ishchi-xodimlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoit yaratish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari,

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat budjeti, ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, vazirlik, idora va tashkilotlar,

sport federatsiyalari (uyushmalari)

60.

Davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari va aholi oʻrtasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan oʻq otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari boʻyicha spo�t musobaqalari, oʻquv-mashgʻulotlari va tadbirlarni tashkil etish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, vazirlik, idora va tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

61.

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bagʻishlab “Ayollar sport festivali”ni 4 bosqichda oʻtkazishni joriy etish:

1-bosqich: mahalla miqyosida;

2-bosqich: tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich: hududlar miqyosida;

4-bosqich: respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

vazirlik va idoralar, X�tin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

62.

Faxriylar va keksalar oʻrtasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan oʻq otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari boʻyicha sport musobaqalari va sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

63.

Oilaviy sport jamoalari oʻrtasida “Otam, onam va men — sogʻlom oilamiz” shiori ostida sport musobaqalarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

64.

Mahalla sport jamoalari oʻrtasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan oʻq otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari boʻyicha sport musobaqalari, xalq oʻyinlari va tadbirlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

65.

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini muvaffaqiyatli topshirganlar uchun guvohnoma va uch darajadagi nishonlar bilan musobaqa gʻoliblarini tantanali ravishda taqdirlash.

2017 — 2021-yillar, doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

d) Iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) ishlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

66.

Iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) masalalarini respublika komissiyasi majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan oʻtkazish.

2017-yil

IV chorakdan boshlab

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

67.

Iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkillashtirish va nazorat qilish boʻyicha respublika va hududiy Kengashlar faoliyatini tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablariga, taʼlim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni saralab olish va qabul qilish jarayonida shaffoflik va xolislikni taʼminlash choralarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

68.

Sport turlari boʻyicha “Oʻzbekiston chempionati” musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — mahalla miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Homiy tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

69.

Yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablari, taʼlim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash yuzasidan uzluksiz ravishda video kuzatuv va yozuvlarni joriy etish va saqlanishini taʼminlash.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

70.

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablari, taʼlim muassasalari va sport klublari sportchilari oʻrtasida hududiy, respublika va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish. Sport turlari boʻyicha “Oʻzbekiston chempionati” musobaqalari gʻolib va sovrindorlarini jahon birinchiliklari, Osiyo oʻyinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini taʼminlash choralarini koʻrish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar �a Toshkent shahar hokimliklari,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Homiy tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

71.

Sport taʼlim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha quyidagi respublika sport musobaqalarini oʻtkazish orqali eng kuchli sportchilarni aniqlash:

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh chempionlar”;

Ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya umidlari”;

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarioʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya choʻqqilari”;

Futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida “Futbolimiz yulduzlari”.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

sport federatsiyalari (uyushmalari)

72.

Oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” oʻyinlari dasturiga kurash sport turini qayta kiritish, nufuzli xalqaro sport musobaqalari dasturlariga kurash sport turini kiritish va rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar olib borish.

2018-yildan boshlab

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

e) Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladiganuch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlari hamda musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

73.

Taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talaba yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlarining gʻolib va sovrindor sportchilari, ularning murabbiylari, tegishli taʼlim muassasalari rahbarlari va hududlardagi masʼul xodimlarni taqdirlash va ragʻbatlantirish tiz�mini tubdan takomillashtirish choralarini amalga oshirish.

2018-yil

II chorak

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar va homiy tashkilotlar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

74.

Oʻquvchi va talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlari nufuzini yanada oshirish maqsadida sport musobaqalari dasturlariga qoʻshimcha ommaviy sport turlarini kiritish choralarini koʻrish.

2018-yildan boshlab

ijrochilar va homiy tashkilotlar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

75.

Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlarini samaradorligini oshirish maqsadida xalqaro musobaqalarni oʻtkazish taqvimi va Olimpiya oʻyinlarining toʻrt yillik sikliga mos ravishda mamlakatimizda yakuniy toʻrtinchi bosqich oʻyinlarini joriy etish choralarini amalga oshirish.

2019-yildan boshlab

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar va homiy tashkilotlar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

76.

Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb qilish, ularni salohiyatidan yosh avlodni tarbiyalashda hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamla�da samarali foydalanish va munosib ragʻbatlantirish choralarini amalga oshirish.

2017-yil

III chorakdan boshlab doimiy

ijrochilar va homiy tashkilotlar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

V. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish

77.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon tarmogʻi orqali jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochil�r mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

78.

Mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi

79.

“Olimpiya harakati” mavzusida seminarlar va konferensiyalar tashkil etish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

80.

Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarini toʻliq yoritilishini taʼminlash.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

81.

Jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish tizimini va tartibini joriy etish.

2017 — 2019-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

82.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari, sport taʼlimi muassasalari va sport turlari boʻyicha federatsiyalarining veb-saytlarini yaratish va yangilab borish.

2017 — 2019-yillar, doimiy

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari

2.

Abduvaxitov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya rahbarining oʻrinbosari

3.

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya rahbarining oʻrinbosari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi

4.

Abduxakimov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya rahbarining oʻrinbosari

5.

Sultanov Sh.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

6.

Isroilov Sh.X.

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri

7.

Axmadjanov U.M.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti

8.

Usmonov M.Z.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi faxriy prezidenti

9.

Safoyev S.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi

10.

Mirzayev Z.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston eshkak eshish federatsiyasi raisi

11.

Xolmurodov S.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

12.

Otajonov N.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

13.

Narbayeva T.K.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi

14.

Inoyatov R.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi

15.

Kuranbayev K.K.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi

16.

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori,

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi

17.

Bobojonov P.R.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga masʼul

18.

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri,

Oʻzbekiston oʻq otish federatsiyasiga masʼul

19.

Musayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi v.b.

20.

Tuxtayev A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisi

21.

Inoyatov U.I.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri,

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi

22.

Kudbiyev Sh.D.

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

23.

Xadjayev A.D.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

24.

Sanaqulov Q.S.

Navoiy kon-metall�rgiya kombinati bosh direktori,

Oʻzbekiston suzish federatsiyasi raisi

25.

Kamilov A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

26.

Xaydarov A.Y.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

27.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

28.

Madjidov I.U.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

29.

Shadmanov A.K.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

30.

Ishmetov T.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

31.

Azimov M.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

32.

Qosimov O.O.

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

33.

Mustafoyev U.M.

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

34.

Xakimov B.I.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori v.b.

35.

Matchanov J.M.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi

36.

Sultanov Sh.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori

37.

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

38.

Rafikov K.M.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

39.

Niyazov R.S.

“Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi

40.

Azimov R.R.

“Dori-darmon” AK raisi v.b.

41.

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

42.

Bayazitov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shuʼba mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalar zimmasiga yuklangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratildi, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, ona-Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Yurtimizda oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida tobora ommalashib borayotgan, taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan navqiron oʻgʻil-qizlarimiz uchun chinakam chiniqish va mahorat maktabiga, katta hayot yoʻliga parvoz maydonchasiga aylanib ulgurgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini oʻzida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali bugungi kunda nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda. Eng muhimi, ushbu musobaqalar yoshlarimizni ommaviy tarzda sportga, sogʻlom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.

Faqat soʻnggi besh yil ichida respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan 1 trillion 230 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan qamrab olish, mamlakatimizning barcha hududida jismoniy tarbiya va ommaviy sportning inson hamda oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlik hamda yetuklikning asosiy shartlaridan biri ekanligini faol targʻib etish, yoshlarga oʻz qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar tizimli asosdagi yechimini kutmoqda. Qator sport muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi, sport inshootlaridan samarali foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.

Mazkur sohada toʻplanib qolgan muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng koʻlamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofiq:

jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash;

taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni maqsadli tayyorlash kabi yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Dastur ijrosi doirasida sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga “Sportchi” lavozimi joriy etilishi Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan muhim qadam vazifasini oʻtaydi.

Dasturda, shuningdek, taʼlim muassasalari sport �nshootlarida darsdan soʻng oʻquvchi va talabalar uchun sport toʻgaraklari hamda sport klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida “Sport toʻgaragi va seleksiya boʻyicha trener” lavozimini kiritish belgilangan. Mazkur lavozimni joriy etish orqali taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan sport toʻgaraklari bilan qoʻshimcha ravishda minglab oʻquvchi va talabalarni qamrab olishga erishiladi hamda ularga sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlariga qulay imkoniyatlar yaratiladi.

Bundan tashqari, dasturda jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonining taʼsis etilishi esa soha fidoyilari mehnatini yanada munosib ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Dasturga koʻra, oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport oʻyinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobaqa gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.

Yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha Respublika hamda hududiy kengashlar faoliyatining tashkil etilishi, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda qabul qilish jarayonida shaffoflik va xolislikni taʼminlash choralarining amalga oshirilishi pirovardida xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz yutuqlari salmogʻini oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Qarorda oʻz yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — hud�diy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti boʻlimlarining tashkil etilishi va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qoʻyilganidir.

Dastur doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanishi nazarda tutilgan boʻlib, shundan 706,2 milliard soʻmdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi hamda 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yoʻnaltiriladi.

Qaror va dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, aholining barcha qatlami orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarga oʻz qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitni yaratish orqali ularni ommaviy tarzda sportga, sogʻlom turmush tarziga oshno qilish, qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 455-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)