12.07.2018 yildagi PQ-3846-son
4. Chora-tadbirlar dasturi amalga oshiriladigan muddatga 2-ilovaga muvofiq tarkibda Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Summa

Hujjatni taqdim etish shakllari

Bajaruvchilar

I. Profilaktika, diagnostika va davolashning klinik bayonnomalari va standartlarini qayta ko‘rib chiqish va yangilash yo‘li bilan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish

1.

Davolash-diagnostika xizmatlarining zamonaviy, isbotlovchi tibbiyotga asoslangan usullari va texnologiyalarini joriy etishni, shuningdek, bemorlarni tanlash va gemodializga yuborishning op�imallashtirilgan tartibotlarini hisobga olgan holda katta yoshdagilar va bolalarda (jumladan, o‘rnini bosuvchi terapiyaga muhtoj bo‘lgan bemorlarda) nefrologik kasalliklarning majburiy klinik bayonnomalari diagnostikasi va ularni davolash standartlarini ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish, yangilash va tasdiqlash.

2018-yil dekabr

-

-

Kompleks chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2.

Davolash muassasalarida bo‘lish muddatlari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi kompleks axborotni o‘z ichiga olgan, shuningdek, ushbu sohada nazorat qilishni va ishlarning holati haqidagi axborotni tezlikda olish imkonini beradigan dispanser kuzatuvidagi shaxslar hisobga olinishi va monitoringi yuritilishining yagona elektron registri haqida takliflar tayyorlash va amaliyotga joriy etish.

2019-yil fevral

AKTni rivojlantirish mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari
va grantlari

-

Qo‘shma buyruq

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Gemodializ xizmat sohasida davlat-xususiy sheriklikka bosqichma-bosqich o‘tish va joriy etish.

2018 — 2020-yillar mobaynida

-

-

Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish

Sog‘liqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

4.

“O‘zbekiston dializ jamiyati” NNTni tashkil etish.

2018-yil sentyabr

-

-

NNTni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

“Sog‘lom avlod uchun” Fondi,
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Adliya vazirligi

5.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ apparatlari va sarflash materiallari yetkazib berish, gemodializ xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur ruxsatnomalar berishning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil oktyabr

-

-

Idoraviy hujjat

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Adliya vazirligi

6.

Birinchi navbatda birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami tizimida nefrologik kasalliklarning erta oldini olish va ularni davolash tizimi ishini qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil
oktyabr

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida,
xalqaro moliya institutlari
va donor mamlakatlarning kreditlari
va grantlari

-

Kompleks
chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar uchun filtrlar va gemodializ sarflash materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar kiritish.

2018-yil noyabr

-

-

Aniq takliflar va loyihalar

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Fanlar akademiyasi

8.

Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi sohasida fundamental, amaliy
va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning natijalari
va yutuqlarini amaliy sog‘liqni saqlashga keng joriy etish.

doimiy

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida,
xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari

-

Kompleks chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

9.

Toshkent shahri tibbiyot tashkilotlarining mavjud budjet o‘rin fondi doirasida Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik kasalxonasida 20 o‘rinli nefrologiya va gemodializ bo‘linmasini tashkil etish.

Yangidan tashkil etiladigan bo‘linma uchun binoni rekonstruksiya qilish.

2019-yil yanvar

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, Tibbiyot ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

LSHga muvofiq

Rivojlanish dasturi

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

2019-yil

II. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlar

10.

Toshkent shahar nefrologiya kasalxonasining mavjud binosini rekonstruksiyasi qilish hamda Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida yangisini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, uni 2019-yilgi rivojlanish davlat dasturiga kiritish.

2018-yil noyabr

Tibbiyot ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

-

Loyiha-smeta hujjatlari

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

11.

Quyidagilarni amalga oshirish orqali Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

Markaz bo‘linmalarini kapital ta’mirlash;

Toshkent shahar nefrologiya kasalxonasining (100 o‘ringa mo‘ljallangan) mavjud binosini rekonstruksiya qilish.

Tibbiyot ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

LSHga muvofiq

Rivojlanish dasturi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

2019-yil mobaynida

2019-2020-yillar mobaynida

12.

Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tibbiyot va diagnostika uskunalari, jumladan yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash.

2019-2020-yillar mobaynida

Tibbiyot ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari
va donor mamlakatlar mablag‘lari

2 mln. AQSh dollari

Rivojlanish dasturi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

13.

Butun respublika bo‘ylab gemodializ xizmati uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun ularni har yili Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq bir martalik filtrlar, sarflash materiallari, shuningdek, dializ apparatlarining ehtiyot qismlari bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash.

2019-2020-yillar mobaynida

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘lari

226,7
mlrd. so‘m

Har yili
Davlat budjeti parametrlariga kiritish

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

14.

Mintaqadagi mavjud o‘rin fondi va moddiy-texnik bazasi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tuzilmasida ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarni bosqichma-bosqich tashkil etish yo‘li bilan tuman (shahar) darajasida aholining ixtisoslashtirilgan nefrologik yordamdan foydalanishini kengaytirish.

Mintaqalarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida gemodializning tumanlararo bo‘linmalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-yil dekabr

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘lari kreditlari
va grantlari

-

Idoraviy hujjat

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Katta yoshdagilar va bolalar nefrologlari va gemodializ bo‘yicha mutaxassislar uchun, shuningdek o‘rta tibbiyot xodimlari uchun malaka talablarini ishlab chiqish.

2018-yil dekabr

-

-

Idoraviy hujjat

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

16.

“JICA”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun zarur uskunalarning bir qismini sotib olishga grant ajratishni ishlab chiqish.

2018-yil sentyabr

“JICA”ning grant mablag‘lari

1,5 mln.
AQSh dollari

Loyihani amalga oshirish

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

17.

“TIKA”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda gemodializ uskunalari va sarflash materiallari xarid qilish uchun “TIKA” tomonidan grant ajratish masalasini ishlab chiqish.

2018-yil sentyabr

“TIKA”ning grant mablag‘lari

-

Loyihani amalga oshirish

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

III. Tibbiyot mutaxassislarini respublikada va chet elda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,
jumladan yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalardan mutaxassislarni taklif qilish

18.

Har yili:

nefrologiya mutaxassisligi bo‘yicha 5 nafar;

transplantologiya mutaxassisligi bo‘yicha 5 nafar;

gemodializ mutaxassisligi bo‘yicha 20 nafar mutaxassisni tayyorlash orqali Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kadrlar salohi�tini mustahkamlash.

2019-yil
mobaynida

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

19.

Xorijiy mamlakatlardan yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha kamida 5 ta seminar-trening va mahorat darsi o‘tkazish.

2019-yil mobaynida

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

-

Kompleks chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik
va idoralar

20.

Nefrologiya va gemodializ bo‘yicha kamida 40 nafar, buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha 5 nafar kadrni hamda o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, Samarqand va Andijon davlat institutlarining malaka oshirish fakultetlarida birlamchi ixtisoslash yo‘li bilan kadrlar tayyorlash.

2019-yil mobaynida

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

21.

Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida nefrolog vrachlar, gemodializ va buyrak transplantologlari uchun malaka oshirishning mavzuli turkumlarini tashkil etish.

2019-yil mobaynida

har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

22.

Xorijiy markazlar va klinikalar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning mintaqaviy bo‘linmalarining kamida 10 nafar mutaxassisi malakasini oshirish.

2018-2019-yillar mobaynida

har yili ajratiladigan budjet ma�lag‘lari doirasida

-

Hamkorlik to‘g‘risida shartnoma

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

IV. Tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini amaliyotga joriy etish

23.

Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga laparoskopik asboblardan foydalanish yo‘li bilan operatsiya qilishning zamonaviy yuqori texnologik va kam invaziv usullarini joriy etish.

2019-yil
mobaynida

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

Sog‘liqni saqlash vazirligi

24.

Ko‘chirib o‘tkazilgan buyrakning ajralib chiqishi ilk diagnostika markyerlarini aniqlashga yo‘naltirilgan nefrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar loyihalarini, nefroproteksiyaning zamonaviy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, keyinchalik manbalar bo‘yicha grantlar ajratishni nazarda tutgan holda belgilangan tartibda grant tanlovlarida ishtirok etish.

2019-yil
mobaynida

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)