04.05.2017 yildagi PQ-2950-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishini ta’minlash hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshkent” xalqaro aeroporti” davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining har tomonlama tayyorlanishini va asoslanishini ta’minlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan Kompleks chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejim-qo‘riqlash chora-tadbirlari tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, aeroportda zamonaviy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yo‘lovchilarning bojxona, chegara va immigratsiya tartibotlaridan o‘tish vaqtini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud tarkibni tanqidiy tahlil qilish hamda bojxona, chegara va immigratsiya xizmatlari, ichki ishlar organlari va aeroportda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi xodimlari barcha toifalarini tanlashga nisbatan talabchanlikni oshirish, ular tomonidan xizmat vakolatlarining har qanday tarzda suiiste’mol qilinishining oldini olish va ularga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poytaxtga va respublikaga keladigan yo‘lovchilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlash, O‘zbekistonning bosh havo bandargohida o‘zbek xalqiga qadimdan xos bo‘lgan samimiy iltifot va mehmondo‘stlik muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutgan holda aeroportning tegishli infratuzilma xizmatlari faoliyati samaradorligini ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va ularning bagaji bilan ishlashning texnologik jarayonini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatib qoluvchilar va kutib oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maxsus ajratilgan hududda avtotransportlar to‘xtash joylarini tashkil etish, obodonlashtirish masalalarini kompleks hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportning barcha xizmatlari faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yanada qulay shart-sharoitlarini yaratish uchun ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2950-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2950-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha Maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

Ramatov A.J.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari

Komissiya a’zolari:

Tyan V.N.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining bosh direktori

Azizov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Komilov A.X.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

Xo‘jayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

G‘aniyev E.M.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri

Muratov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Mirzayev R.E.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — chegara qo‘shinlari qo‘mondoni

Toxiriy V.M.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

Sharapov A.K.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

Usmanov R.J.

Toshkent shahri hokimi

Maxkamov I.R.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, komissiya kotibi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)