Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
PF-5204-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatining 1-boʻlimi 4-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli Farmoni 5-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, lizensiyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli Farmonining:
a) 2-ilovasida:
40-bandidagi “Maʼlumotning kompensatsiya manbai” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Sogʻlikni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
56-bandidagi “Maʼlumotning kompensatsiya manbai” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovasida:
3-bandidagi “Maʼlumotning kompensatsiya manbai” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim qilinuvchi” pozitsiyasi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim qilinuvchi” pozitsiyasi bilan almashtirilsin;
v) 4-a-ilovasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim qilinuvchi” pozitsiyasi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim qilinuvchi” pozitsiyasi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli Farmoni 1-ilovasida 17- va 18-bandlarining “Masʼul ijrochilar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy koʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-sonli Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturida “Masʼul ijrochilar” grafasining 9- va 31-pozitsiyalaridagi “(Mehnat vazirligi)” soʻzlari “(Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida:
a) 3-, 4- va 6-ilovalaridagi “mehnat” soʻzi “bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlariga almashtirilsin;
b) 8-ilovasi “Ijro uchun masʼullar” grafasining oʻzbek tili matnida 18-, 26-, 60-, 112-, 135-, 194-, 195-, 204 — 210-, 239- va 279-pozitsiyalardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi teleradiokanallari va tashkilotlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomining 8-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli qarorining 9-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-iyuldagi PQ-404-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-sonli qarorining 17-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qarorida:
a) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandida:
ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 10-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 1-ilovaning 1-, 3- va 6-bandlaridagi “Bajarish uchun masʼullar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 8-ilovasida:
Nizom nomidagi hamda 1-, 2- va 18-bandlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Bandlikka koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi tushumlari mablagʻlarining 5 foizi;
qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar.
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaraklarida jamlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda mehnat organlari oʻrtasida taqsimlanadi.
7. Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetasi tegishli ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) boʻlinmalari xarajatlar smetalarini ilova qilgan holda tasdiqlanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan Jamgʻarma tushumlarining hajmlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda roʻyxatga olingan holda Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetasiga har chorakda oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
10. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarining, Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlaridan, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari, tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlarining direktorlari, ular boʻlmagan taqdirda esa — ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tegishli ravishda Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
11. Jamgʻarma mablagʻlari kuyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
a) Jamgʻarma mablagʻlarining kamida 50 foizi miqdorida — mehnat organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga, shu jumladan, belgili xizmat muddatini ado etganlik uchun har yili bir yoʻla beriladigan mukofot pulini toʻlashga;
b) Jamgʻarma mablagʻlarining 50 foizigacha miqdorda — mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek, kadrlar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha sarf-xarajatlarga, shu jumladan:
vazirlik, unga tegishli boʻlgan tashkilotlar, hududiy boshqarmalar hamda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashuvchi markazlar uchun binolar va xonalar qurish, sotib olish, taʼmirlashga, shuningdek, ularni zarur asbob va anjomlar bilan jihozlashga;
binolar, inventarlar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, kompyuter va tashkiliy texnika sotib olish, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va ularni ekspluatatsiya qilishga, dasturiy taʼminot vositalari xarid qilish va xizmat koʻrsatishga;
davriy matbuot nashrlarini, maxsus adabiyotlar, kitob mahsulotlari, idoraviy ashyolarni sotib olishga;
kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha xarajatlarga;
mehnat organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi navbatdagi moliya yiliga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari zarur hollarda Jamgʻarma mablagʻlarini Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda, kuyi mehnat organlariga qaytadan taqsimlashlari mumkin”;
19-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasi investitsiya bloklarida “Gazprom” OAJ bilan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-maydagi PQ-642-sonli qarorining 10-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi mehnat faoliyati davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini olishda ularga davlat tomonidan yordam koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-noyabrdagi PQ-738-sonli qarorida:
a) 3- va 5-bandlaridagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 3- va 4-bandlaridagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 18-fevraldagi PQ-797-sonli qarorining 14-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Jeneral Motors Oʻzbekiston” korxonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2008-yil 21-fevraldagi PQ-800-sonli qarorining 11-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-Xitoy” gaz quvurini qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ-824-sonli qarorining 11-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3752-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3752-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy shahri aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 31dekabrdagi PQ-1027-sonli qarorining 7-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-sonli qarorining 9-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-sonli qarori 5-ilovasining toʻrtinchi xatboshidagi “mehnat vaziri v.b.” soʻzlari “bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Qoʻqon toʻqimachilik kombinati” DKning qurilishi tugallanmagan mulkiy kompleksi negizida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 6-maydagi PQ-1333-sonli qarorining 11-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida “Mersedes-Bens” rusumli avtobuslarni ishlab chiqarish boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 1-iyundagi PQ-1346-sonli qarorining 7-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangiyoʻl sellyuloza-qogʻoz fabrikasi negizida zamonaviy paxta sellyulozasi ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 17-avgustdagi PQ-1390-sonli qarorining 8-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy toʻqimachilik uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 21-fevraldagi PQ-1484-sonli qarorining 9-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqonobod kaliy oʻgitlari zavodining ishlab chiqish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-sonli qarorining 14-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Olmalik KMK” OAJning kislorod stansiyasini texnik qayta jihozlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 28-sentabrdagi PQ-1826-sonli qarorining 10-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi OAJ talabnomalari boʻyicha” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi AJ talabnomalari boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-sonli qarorining 14-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisida” 2014-yil 19-sentabrdagi PQ-2237-sonli qarorining 11-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Angren” erkin industrial zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2269-sonli qarorining 16-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 16-dekabrdagi PQ-2272-sonli qarorining 14-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKka karashli “Navoiyazot” AJning talabnomalariga koʻra” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJga karashli “Navoiyazot” AJning talabnomalariga koʻra” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida:
a) 13- va 15-bandlarining “Masʼul bajaruvchilar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14- va 32-bandlarining “Masʼul bajaruvchilar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 53-bandida:
“Amalga oshiriladigan tadbirlar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Sogʻlikni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul bajaruvchilar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Sogʻlikni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorida:
a) 3-ilovasi 136-bandidagi:
“Balans saqlovchi” grafasidagi “Jizzax viloyati hokimligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi” soʻzlari “Jizzax viloyatining bandlik bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Idoraviy mansubligi” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovasi 61-bandidagi:
“Balans saqlovchi” grafasidagi “Shahrisabz shahri hokimligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimi” soʻzlari “Shahrisabz shahrining Bandlikka koʻmaklashuvchi markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Idoraviy mansubligi” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-sonli qarori 2-, 4- va 5-bandlarining birinchi xatboshilaridagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 29-iyundagi PQ-2364-sonli qarorining 11-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-avgustdagi PQ-2580-sonli qarorining 5-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-sonli qarorining 1-ilovasida:
a) “Amalga oshiriladigan loyihalar va chora-tadbirlar” grafasi 4-pozitsiyasidagi “mehnat” soʻzi “bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4 — 7-pozitsiyalardagi “Masʼullar” grafasida “mehnat” soʻzi “bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son)
44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-sonli qarori 4-ilovasining izohidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori 2-, 4- va 6-ilovalaridagi “mehnat” soʻzi “bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori 2-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 30.05.2018-y., 07/18/3752/1283-son; 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)