17.11.2011 yildagi PQ-1642-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DEHQONOBOD KALIY OʻGʻITLARI ZAVODINING ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARINI KENGAYTIRISH (II BOSQICH)” INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega boʻlgan kaliy oʻgʻitlari ishlab chiqarilishini koʻpaytirish, eksport salohiyati yanada kengaytirilishini taʼminlash, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” DAKning “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalarni yetkazib berish va “tayyor holda topshirish” shartlarida ishga tushirish-sozlash ishlariga quyidagi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) — 116,3 mln AQSH dollari miqdorida yiliga 400 ming tonna kaliy oʻgʻitlari ishlab chiqarish boʻyicha qayta ishlash kompleksi qurilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZUMK-Injiniring” (Rossiya) — umumiy qiymati 122,3 mln AQSH dollari boʻlgan 1 400 ming tonna silvinit rudasini qazib olish boʻyicha togʻ-kon kompleksi, yiliga 2 100 ming tonna rudani tashish uchun yuk osma dor yoʻli va tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” loyihasini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan XXR Hukumatining imtiyozli kredit liniyasi doirasida ajratiladigan 110,5 mln AQSH dollari miqdoridagi XXR Eksimbanki krediti — 20 yil muddatga, shu jumladan imtiyozli davr — 5 yilga, qayta ishlash kompleksi qurilishiga shartnoma qiymatining 95 foizini toʻlash uchun qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasini qoʻshgan holda yillik 2,25 foizli foiz stavkasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 128,1 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti — 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan, qayta ishlash kompleksi qurilishi uchun shartnomaning 5 foizi miqdoridagi boʻnak toʻlovini va kon qazish kompleksi, yuk osma dor yoʻli va tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishi uchun shartnoma qiymatining 100 foizini toʻlash uchun yillik 2,25 foizli foiz stavkasi bilan, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 0,83 mln AQSH dollariga teng miqdordagi qarz mablagʻlari va “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasining 15,36 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari — foizlar va vositachilik haqini toʻlash, Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirilgunga qadar XXR Eksimbanki va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va obyektlar 2013-yilning IV choragida ishga tushirilishi bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit resurslarini qaytarishning prognoz jadvallari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda quyidagi kafolatlarni berish vakolati berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXR Eksimbankiga — “Oʻzsanoatqurilishbank” OATBning toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATBga — “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasining XXR Eksimbanki krediti boʻyicha majburiyatlari yuzasidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB XXR Eksimbanki bilan qayta ishlash kompleksi qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan yakka tartibdagi qarz bitimi tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi qarz oluvchi hamda qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qarzni qaytarish, foizlar, vositachilik haqi va kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB “CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga belgilangan tartibda yuklashdan oldingi inspeksiya mexanizmini qoʻllagan holda asbob-uskunalar va materiallar spetsifikatsiyasi aniqlashtirilishiga qarab, loyihaning tasdiqlangan TIA asosida, keyinchalik ularni yakuniy ekspertizadan oʻtkazgan holda xulosalar bersinlar va moliyalashtirishni ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilardan ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 1-yanvargacha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, “tayyor holda topshirish” shartlarida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi, “CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shu jumladan texnik va loyiha hujjatlari — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXR Eksimbanki, “CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari mazkur loyihani amalga oshirish doirasida olingan daromadlar boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 17-dekabrdagi PQ-748-son qarori doirasida “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha — qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 1-yanvargacha “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi — yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va yer soligʻidan, hisoblangan summani jalb qilingan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltirgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasiga, istisno tariqasida, 2012-yil 31-dekabrgacha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK buyurtmanomalari boʻyicha “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasiga koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1642-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Jami

Shu jumladan, quyidagi manbalar boʻyicha:

TTJ krediti

XXR Eksimbanki krediti

oʻz mablagʻlari

“Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming dollarga teng

254795,2

128115,3

110491,2

15356,5

832,2

2.

Kapital qoʻyilmalar summasi, jami

ming dollarga teng

254795,2

128115,3

110491,2

15356,5

832,2

shu jumladan:

2.1.

mashina va asbob-uskunalar:

ming dollarga teng

105189,5

71807,3

33382,2

0,0

0,0

EAVda

ming doll.

105189,5

71807,3

33382,2

0,0

0,0

2.2.

qurilish-montaj ishlari:

ming dollarga teng

120783,0

49508,0

71275,0

0,0

0,0

EAVda

ming doll.

120783,0

49508,0

71275,0

0,0

0,0

2.3.

boshqa xarajatlar

ming dollarga teng

15128,8

6800,0

5834,0

1662,6

832,2

EAVda

ming doll.

12634,0

6800,0

5834,0

0,0

0,0

milliy valyutada

ming dollarga teng

2494,8

0,0

0,0

1662,6

832,2

2.4.

investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar*

ming dollarga teng

12244,7

0,0

0,0

12244,7

0,0

milliy valyutada

ming dollarga teng

12244,7

0,0

0,0

12244,7

0,0

2.5.

boshlangʻich aylanma kapital

ming dollarga teng

1449,2

0,0

0,0

1449,2

0,0

EAVda

ming doll.

201,7

0,0

0,0

201,7

0,0

milliy valyutada

ming dollarga teng

1247,5

0,0

0,0

1247,5

0,0

3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati

ming dollarga teng

127006,4

61741,0

41705,0

491,6

23068,8

4.

Korxona quvvati, shu jumladan:

ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi

kaliy oʻgʻitlari — 400,0 ming tonna (fizik vaznda)

taxminiy yillik eksport hajmi

kaliy oʻgʻitlari — 300,0 ming tonna (fizik vaznda)

5.

Ish bilan band boʻlganlarning taxminiy soni

944 kishi

6.

Hisoblangan qoplash muddati

7,5 yil — diskontsiz

11,1 yil — diskontlash bilan

7.

Investitsiya davrining davomiyligi

29 oy

8.

Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati

253 132,3 ming AQSH dollariga teng

9.

Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini qaytarish muddati

TTJ krediti — 7 yil, XXR Eksimbanki krediti — 20 yil, “Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari — 5 yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qaytarish paytida toʻlovlarning amaldagi summasidan kelib chiqib oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZSANOATQURILISHBANK” OATB TOMONIDAN QAYTA MOLIYALASHTIRILADIGAN XXR EKSIMBANKI KREDITINI QAYTARISHNING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi

110 491,18 ming AQSH dollari

Kredit muddati

20 yil

shu jumladan, imtiyozli davr

5 yil

Foiz stavkasi

2,25%

shu jumladan, bank marjasi

0,25%

Tashkil etish uchun komissiya (bir martalik)

0,30%

Majburiyatlar uchun komissiya

0,30%

Kafolat uchun komissiya

0,10%

Asosiy summani toʻlashlar soni

30

ming AQSH dollari

Toʻlash davrlari

Tanlov

Toʻlov summasi

Quyidagilar uchun komissiya:

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa*

asosiy qarz

foiz*

tashkil etish

kafolat

majburiyat*

2011-yil II yarim yillik

331,47

331,47

2012-yil I yarim yillik

99187,355

885,43

39,35

120,43

1045,21

2012-yil II yarim yillik

10691,250

1195,27

53,13

9,13

1257,53

2013-yil I yarim yillik

262,530

1252,35

55,65

0,60

1308,60

2013-yil II yarim yillik

1259,73

55,98

0,54

1316,25

2014-yil I yarim yillik

350,040

1256,17

55,81

0,09

1312,07

2014-yil II yarim yillik

207,17

9,21

216,38

2015-yil I yarim yillik

1270,65

56,47

1327,12

2015-yil II yarim yillik

1249,93

55,55

1305,48

2016-yil I yarim yillik

1270,65

56,47

1327,12

2016-yil II yarim yillik

1256,84

55,86

1312,70

2017-yil I yarim yillik

3683,04

1270,65

56,47

5010,16

2017-yil II yarim yillik

3683,04

1208,27

53,70

4945,01

2018-yil I yarim yillik

3683,04

1185,94

52,71

4921,69

2018-yil II yarim yillik

3683,04

1124,94

50,00

4857,98

2019-yil I yarim yillik

3683,04

1101,23

48,94

4833,21

2019-yil II yarim yillik

3683,04

1041,61

46,29

4770,94

2020-yil I yarim yillik

3683,04

1016,52

45,18

4744,74

2020-yil II yarim yillik

3683,04

963,58

42,83

4689,45

2021-yil I yarim yillik

3683,04

931,81

41,41

4656,26

2021-yil II yarim yillik

3683,04

874,95

38,89

4596,88

2022-yil I yarim yillik

3683,04

847,10

37,65

4567,79

2022-yil II yarim yillik

3683,04

791,62

35,18

4509,84

2023-yil I yarim yillik

3683,04

762,39

33,88

4479,31

2023-yil II yarim yillik

3683,04

708,29

31,48

4422,81

2024-yil I yarim yillik

3683,04

677,68

30,12

4390,84

2024-yil II yarim yillik

3683,04

628,42

27,93

4339,39

2025-yil I yarim yillik

3683,04

592,97

26,35

4302,36

2025-yil II yarim yillik

3683,04

541,64

24,07

4248,75

2026-yil I yarim yillik

3683,04

508,26

22,59

4213,89

2026-yil II yarim yillik

3683,04

458,31

20,37

4161,72

2027-yil I yarim yillik

3683,04

423,55

18,82

4125,41

2027-yil II yarim yillik

3683,04

374,98

16,67

4074,69

2028-yil I yarim yillik

3683,04

338,84

15,06

4036,94

2028-yil II yarim yillik

3683,04

293,26

13,03

3989,33

2029-yil I yarim yillik

3683,04

254,13

11,29

3948,46

2029-yil II yarim yillik

3683,04

208,32

9,26

3900,62

2030-yil I yarim yillik

3683,04

169,42

7,53

3859,99

2030-yil II yarim yillik

3683,04

124,99

5,56

3813,59

2031-yil I yarim yillik

3683,04

84,71

3,76

3771,51

2031-yil II yarim yillik

3683,04

41,66

1,85

3726,55

Jami

110491,18

110491,20

30654,23

331,47

1362,35

130,79

142970,04

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kreditning amaldagi summalari va tanlov sanalaridan kelib chiqib aniqlik kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZSANOATQURILISHBANK” OATB TOMONIDAN QAYTA MOLIYALASHTIRILADIGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASI KREDITINI QAYTARISHNING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi

128 115,33 ming AQSH dollari

Kredit muddati

7 yil

shu jumladan, imtiyozli davr

3 yil

Foiz stavkasi

2,25%

shu jumladan, bank marjasi

0,25%

Tashkil etish uchun komissiya (bir martalik)

0,30%

Majburiyatlar uchun komissiya

0,30%

Asosiy summani toʻlashlar soni

9

ming AQSH dollari

Toʻlash davrlari

Tanlov

Toʻlov summasi

Quyidagilar uchun komissiya:

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa*

asosiy qarz

foiz*

tashkil etish

majburiyat *

2011-yil II yarim yillik

69160,33

384,35

69,84

454,19

2012-yil I yarim yillik

58955,00

885,96

36,32

922,28

2012-yil II yarim yillik

1334,68

1334,68

2013-yil I yarim yillik

1437,35

1437,35

2013-yil II yarim yillik

1445,25

1445,25

2014-yil I yarim yillik

1437,35

1437,35

2014-yil II yarim yillik

14235,04

1445,25

15680,29

2015-yil I yarim yillik

14235,04

1277,64

15512,68

2015-yil II yarim yillik

14235,04

1124,08

15359,12

2016-yil I yarim yillik

14235,04

963,50

15198,54

2016-yil II yarim yillik

14235,04

802,91

15037,95

2017-yil I yarim yillik

14235,04

638,82

14873,86

2017-yil II yarim yillik

14235,04

481,75

14716,79

2018-yil I yarim yillik

14235,04

319,41

14554,45

2018-yil II yarim yillik

14235,01

160,58

14395,59

Jami

128115,33

128115,33

13754,53

384,35

106,16

142360,37

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kreditning amaldagi summalari va tanlov sanalaridan kelib chiqib aniqlik kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZKIMYOSANOAT” DAK HUZURIDAGI KIMYO SANOATI TASHKILOTLARINI RIVOJLANTIRISH VA QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASINING QARZ MABLAGʻLARINI QAYTARISHNING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi

832,205 ming AQSH dollariga teng

Kredit muddati

5 yil

Foiz stavkasi

0,00%

shu jumladan, bank marjasi

0,00%

Tashkil etish uchun komissiya (bir martalik)

0,00%

Asosiy summani toʻlashlar soni

3

Toʻlash davrlari

Tanlov

Toʻlov summasi

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa

asosiy qarz

foiz

2011-yil II yarim yillik

832,21

2012-yil I yarim yillik

2012-yil II yarim yillik

2013-yil I yarim yillik

2013-yil II yarim yillik

2014-yil I yarim yillik

2014-yil II yarim yillik

2015-yil I yarim yillik

568,93

568,93

2015-yil II yarim yillik

215,56

215,56

2016-yil I yarim yillik

47,72

47,72

Jami

832,21

832,21

0,00

832,21