|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Bajarish uchun masʼullar |
Tadbirlarni amalga oshirish shakllari |
Kutilayotgan natija | |
|
I. Aholining ish bilan bandligini oshirish | |||||
|
1. |
Har yili kamida 550 ming yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan: |
Har yili |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
Bandlikning hududiy dasturlari |
Tumanlar, shaharlar, viloyatlar va umuman respublikada ish oʻrinlari hamda aholining bandligi oʻsishini tashkil etish. |
|
2. |
2007-yilda, asosan qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasida ish oʻrinlarining mahallalar boʻyicha joylashuvini belgilab va ushbu maqsadlarga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan har yili kamida 3 mlrd. soʻm ajratilishini nazarda tutgan holda 100 ming yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash. |
2007-yil davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Bandlikning hududiy dasturlari |
Aholining ish bilan bandligi, shu jumladan xizmat koʻrsatish va servis sohasidagi bandligining oʻsishi. |
|
3. |
Oilaviy biznesni tashkil etishga imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda har yili kam taʼminlangan oilalardan, ayniqsa qishloq joylarda kamida 15 ming kishini ishga joylashtirish. |
Har yili |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tumanlar hokimliklari |
Mikrokreditlarga boʻlgan talablar toʻgʻrisidagi axborot, Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari |
Kam taʼminlangan oilalardagi, eng avvalo qishloq joylarda yashovchi ishlamaydigan aholining bandligini taʼminlash. |
|
4. |
Qoramol yetishtiruvchilarni ish bilan band shaxslar sifatida hisobga olish, ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi kamida 270 ming kishiga mehnat daftarchasi berish va yuritish, shuningdek qoramol sotib olish uchun Bandlikka |
2007-yil davomida |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, qishloq tumanlari hokimliklari |
Qoramol yetishtirish chora-tadbirlari parametrlari |
Ishlamaydigan qishloq aholisining bandligi va ijtimoiy muhofazasini taʼminlash. |
|
5. |
Ish bilan band va ishga joylashishga muhtoj shaxslarning haqiqiy sonini aniqlash uchun mehnat bozoridagi vaziyatga baho berish koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
Koʻrsatkichlar tizimini tasdiqlash |
Mehnat bozoridagi vaziyatni va ishga muhtojlar sonini yanada toʻliq va sifatli baholash. |
|
6. |
Tasdiqlangan koʻrsatkichlar tizimi boʻyicha mehnat bozori va bandlik ustidan monitoring tashkil etish. |
Har chorakda |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
Har chorakda chiqadigan “Mehnat bozori va aholi bandligi monitoringi” byulletenini chop etish |
Mintaqalar boʻyicha mehnat bozoridagi vaziyatni tezkor ravishda baholash tizimini shakllantirish. |
|
7. |
Goʻsht-sut va meva-sabzavot mahsulotlari, boshqa turdagi mahalliy xom ashyoni qayta ishlash, teriga ishlov berish, xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish boʻyicha kichik korxonalarni tashkil etish innovatsiya loyihalarini ragʻbatlantirish mexanizmi ishlab chiqilishini taʼminlash hamda ularni Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy qayta qurish jamgʻarmasi mablagʻlaridan grantlar va kreditlar ajratish yoʻli bilan moliyalashtirish. |
Ishlab chiqish — 2007-yil, moliyalash-tirish — 2008-yildan boshlab |
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
Kichik innovatsiya loyihalarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom |
Kichik korxonalarda muqim ish oʻrinlarini tashkil etish. |
|
II. Mehnat organlari ish bilan band boʻlmagan fuqarolarga koʻrsatadigai xizmat, shu jumladan ularni qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar turi va sifatini kengaytirish | |||||
|
8. |
Har bir yirik qishloq fuqarolari yigʻini hududida aholini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish muqim punktlarini tashkil etish. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, qishloq tumanlari hokimliklari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari |
Tuman markazlaridan uzoqda yashaydigan qishloq aholisining hududiy mehnat organlari xizmatidan foydalanishini yaxshilash, ularning doirasini band boʻlmagan aholining bevosita yashash joyi tomon kengaytirish. |
|
9. |
Axborot xizmati turlari doirasini kengaytirish uchun barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻzlaridagi ishchilar soni va ularning maqomidan qatʼi nazar, boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mehnat organlariga oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etishning yangi tartibini tasdiqlash. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
Mehnat organlariga boʻsh ish oʻrinlari va lavozimlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom |
Ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish va sonini koʻpaytirish. |
|
10. |
Ish izlayotgan fuqarolarga kerakli maʼlumot olish imkonini beradigan maʼlumotlarning mintaqaviy elektron tarmogʻini (hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari, aniq ish oʻrinlari boʻyicha) shakllantirishni nazarda tutuvchi boʻsh oʻrinlar va boʻsh ish joylari bankidan aholi kengroq foydalanishini, shuningdek mehnat bozori toʻgʻrisida davriy axborot materiallari (byulletenlar) chop etilishini, ushbu maqsadlarga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 450 mln. soʻm ajratilishini nazarda tutgan holda taʼminlash. |
Tashkil etish — 2007-yil I-III choraklar, tatbiq etish — 2007-yil IV chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari, axborot materiallari |
Mehnat organlari tomonidan band boʻlmagan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish. |
|
11. |
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironlar, parvarishga muhtoj insonlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish orqali. kamida 1000 kishining ish bilan band boʻlishini taʼminlash. |
2007-yil davomida |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi |
Mahalliy mehnat organlari tomonidan band boʻlmagan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish. |
|
12. |
Mavjud kasb-hunar kollejlari negizida ish bilan band boʻlmaganlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hajmlarini kengaytirish (har yili kamida 10 ming kishi) boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2007-yil davomida |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari |
Ish bilan band boʻlmaganlarga kasbiy qayta tayyorlash boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish. |
|
13. |
Bandlikni taʼminlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlarga muhtoj toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari zaxirasi yaratiladigan (kvotalashtiriladigan) korxonalar doirasini kengaytirish. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari zaxirasini yaratish toʻgʻrisida yangi nizom |
Kasb-hunar taʼlimini tamomlab mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarni, nogironlar, jazodan ozod etilgan shaxslarni ishga joylashtirishni taʼminlash. |
|
14. |
Joylarga chiqish orqali mehnat munosabatlarini takomillashtirish va mehnatga oid qonunchilikka rioya etish masalalarida korxonalarga tizimli huquqiy yordam koʻrsatish. |
Yil davomida |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Ish beruvchilar bilan birgalikdagi tadbirlar |
Mehnat, bandlik va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarida ish beruvchilarga xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirish. |
|
III. Xalqaro standartlar va mehnat bozorining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, aholi bandligini hisobga olish hamda baholash mexanizmlari va usullarini takomillashtirish | |||||
|
15. |
Bandlik va ishsizlik toifalari mazmun-mohiyatini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga muvofiqlashtirish. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
Uslubiy va instruksiyaviy hujjatlarni ishlab chiqish |
Xalqaro standartlar va Oʻzbekistondagi mehnat bozorining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, bandlik koʻrsatkichlarining hisobga olinishini taʼminlash. |
|
16. |
Xalqaro standartlar va mehnat bozorining oʻziga xos milliy xususiyatlariga muvofiq mintaqalar boʻyicha ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholi hisobi metodikasini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2007-yil I chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
Uslubiyat |
Mehnat bozoridagi vaziyatni baholash sifatini oshirish va ish oʻrniga boʻlgan talabni aniqlash. |
|
17. |
Bandlik masalalari boʻyicha tekshiruv dasturlarini milliy hisob raqamlar tizimi doirasida va xalqaro qoidalarga muvofiq norasmiy sektordagi band boʻlgan barcha toifalarni qamrab olgan holda takomillashtirish. |
2007-yil IV chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
Takomillashtirilgan soʻrovnomalar va tekshiruvni oʻtkazish yoʻriqnomalari |
Bandlikni hisobga olishni va uslubiyatini takomillashtirish. |
|
18. |
Xalqaro standartlarda qabul qilingan qoidalar tizimida va statistik hisobot maʼlumotlarini bandlik masalalari boʻyicha tekshiruv materiallari bilan toʻldirish asosida bandlik maqomi, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari boʻyicha mehnat resurslari balansini ishlab chiqish. |
2008-yildan boshlab |
Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari |
Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda bandlik va ishsizlikni sifatli hamda xolis baholash. |
|
19. |
Tashqi mehnat migratsiyasini hisobga olish shakl va usullarini ishlab chiqish hamda migratsiya siyosatini amalga oshirishga masʼul idoralar tomonidan vakillik tekshiruvlarini oʻtkazish. |
2007-yil IV chorak |
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
Tashqi mehnat migratsiyasini hisobga olishning tasdiqlangan shakllari va vositalari |
Aholining mehnat migratsiyasini yanada toʻliq va sifatli hisobga olishni taʼminlash. |
|
IV. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish | |||||
|
20. |
Tuman (shahar) mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlarini Bandlikka koʻmaklashuvchi markazlar sifatida qayta tashkil etish. |
2007-yil I-II choraklari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman, shahar hokimliklari |
Tashkiliy tadbirlar |
Tuman va shaharlardagi mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish. |
|
21. |
Faoliyat koʻrsatayotgan Vaqtincha bir martalik ish bilan taʼminlash markazlarini Vaqtinchalik ishlarni tashkil etish byurosi sifatida qayta tashkil etish hamda mehnat bozorida vaziyat mushkul boʻlgan mintaqalar hisobiga ularning tarmoqlarini kengaytirish. |
2007-yil I- II choraklari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman, shahar hokimliklari |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Vaqtinchalik ishlarni tashkil etish samaradorligini oshirish. |
|
22. |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy, hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini tasdiqlash. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyati samara-dorligini oshirish. |
|
23. |
Nogironlarni ekspertizadan oʻtkazish va reabilitatsiya qilish masalalari inspeksiyasi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va Inspeksiya, TMEKlar, mintaqaviy reabilitatsiya markazlari toʻgʻrisidagi yangi nizomni tasdiqlash. |
2007-yilning II yarim yilligi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
Jarayonlarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish va nogironlikni ekspertizadan oʻtkazish hamda reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish |
|
24. |
Mehnatni meʼyorlashtirish va muhofaza qilish Markazi hamda Mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini oʻrganish Respublika markazini Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish Respublika ilmiy markazi sifatida qayta tashkil etish hamda uning Nizomini tasdiqlash. |
2007-yil I-II choraklari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi |
Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish. |
|
25. |
2007/2008 oʻquv yilidan boshlab yetakchi oliy oʻquv yurtlari va alohida kasb-hunar kollejlarida mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kadrlar, shu jumladan “Mehnat iqtisodiyoti” va “Ijtimoiy ish” mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda tayyorlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2007-yil II-III choraklari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Bajaruvchilarning birgalikdagi qarori |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash. |
|
V. Aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasida qonunchilik bazasini rivojlantirish, shu sohada davlat nazorati mexanizmlarini kuchaytirish | |||||
|
26. |
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2007-yil III chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Qonun loyihasi |
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarida ishchilarga kafolatlarni, mehnatni muhofaza qilish masalalarida ishchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibini belgilash. |
|
27. |
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2007-yil III chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, “Mahalla”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi |
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi |
Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish shart-sharoitlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini kengaytirish hamda ish beruvchilarning nogironlarni ish bilan taʼminlashdan manfaatdorligini oshirish. |
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi |
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi |
Bandlikning hamda ishsizlikdan muhofaza qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish. |
|
29. |
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaydigan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan) tugatilgan korxonalardagi bandlikni va ish oʻrinlarini hisobga olgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2007-yil III chorak |
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Ishlovchilar harakati va ish oʻrinlari, shu jumladan ularning chiqib ketishini yanada toʻliq hisobga olish. |
|
30. |
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish mexanizmini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2007-yil III chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi |
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar |
Ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda davlat nazoratini taʼminlash. |
| R.S. Azimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, moliya vaziri — komissiya raisi; |
| A.A. Xaitov | — | mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini bajaruvchi — komissiya raisining oʻrinbosari; |
| F.X. Boqiyev | — | Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari QATD mudiri; |
| N.Q. Allayorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti; |
| J.A. Qoʻchqorov | — | moliya vazirining oʻrinbosari; |
| A.I. Komilov | — | sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari; |
| R.M.Shoabdurahmonov | — | iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari; |
| E.S. Kanyazov | — | adliya vazirining oʻrinbosari; |
| B.X. Xodiyev | — | Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining rektori; |
| T.M. Ahmedov | — | Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktorining oʻrinbosari. |