23.11.2007 yildagi PQ-738-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING KOREYA RESPUBLIKASIDAGI MEHNAT FAOLIYATI DAVRIDA TO‘LANGAN PENSIYA AJRATMALARINI OLISHDA ULARGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KO‘RSATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasida ishlab kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalarini olishda davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasida ishlagan xorijiy fuqarolarning pensiya ajratmalari, Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatida tuziladigan ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolarning bankdagi shaxsiy hisobvarag‘iga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning Koreya Respublikasida ishlagan davrida to‘langan pensiya ajratmalarini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Koreya Respublikasining Milliy pensiya xizmati tomonidan taqdim etilgan fuqarolar ro‘yxati asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qaytariladigan mablag‘larni olish tartibini ko‘rsatgan holda ularga pensiya ajratmalari qaytarilishi to‘g‘risidagi shaxsiy bildirishnomalarni yo‘llasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat-aksiyadorlik Xalq banki mazkur ro‘yxatga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun boshlang‘ich mablag‘lar qo‘yilmagan va to‘lovlar undirilmagan holda valyuta hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalari qaytarilishini rasmiylashtirish uchun yuboriladigan zarur hujjatlarni diplomatik kanallar orqali uzatishga ko‘maklashsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati bilan Xalq banki Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalari oladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida Koreya Respublikasidagi ish davrlarini davlat pensiya ta’minoti huquqini beruvchi mehnat stajiga qo‘shish uchun majburiy sug‘urta badallarini O‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-738-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 23-noyabrdagi PQ-738-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning Koreya Respublikasida ishlagan davrida to‘langan pensiya ajratmalarini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasida ishlagan davrida to‘langan pensiya ajratmalarini Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan olishda ularga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Koreya Respublikasi korxonalarida ishlagan davrda to‘langan pensiya ajratmalari ularga qaytarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan Koreya Respublikasida ishlagan va qaytariladigan pensiya ajratmalarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar (keyingi o‘rinlarda “fuqarolar” deb yuritiladi) ro‘yxatini oladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi o‘rinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) fuqarolarning ro‘yxatlari asosida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan fuqarolar ro‘yxatini olgan paytdan boshlab ikki haftada fuqarolar pensiya ajratmalari olishi tartibini tushuntirgan holda ularga shaxsiy yozma bildirishnomalar yuboradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolarning ro‘yxatlari, shuningdek Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan so‘rovnoma-ariza blankasi shakllari hamda valyuta hisobvarag‘i mavjudligi to‘g‘risidagi hujjat ular olingan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida Agentlik tomonidan Xalq bankining hududiy bo‘limlari e’tiboriga yetkaziladi. Mazkur bo‘limlar ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarni ikki ish kuni mobaynida Xalq bankining tuman va shahar filiallariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati ro‘yxatlariga kiritilgan fuqarolarning shaxsiy arizalari asosida ushbu fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha Xalq bankining tuman, shahar filiallari belgilangan tartibda fuqarolarga depozit valyuta hisobvaraqlari ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga depozit valyuta hisobvaraqlari ochish uchun ushbu hisobvaraqlariga oldindan pul mablag‘lari qo‘yish, shuningdek hisobvarag‘i ochilgani uchun haq to‘lash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq bankining tuman, shahar filiallari fuqaroga depozit valyuta hisobvarag‘i ochilgandan keyin unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha so‘rovnoma-ariza blankasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha valyuta hisobvarag‘i mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. So‘rovnoma-ariza blankasi va valyuta hisobvarag‘i mavjudligi to‘g‘risidagi hujjat fuqaroning o‘z qo‘li bilan to‘ldiriladi va imzolanadi. Fuqaroning imzolari belgilangan tartibda notarius orqali tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalari, fuqaroning notarial tartibda tasdiqlangan imzolari bilan, shuningdek fuqaro pasportining nusxasi (2 va 3-sahifalar) fuqaro tomonidan depozit valyuta hisobvarag‘i ochilgan joy bo‘yicha Xalq bankining tegishli filialiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq bankining tegishli tuman, shahar filiallari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan olingan hujjatlarni maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga hujjatlar olinganligi to‘g‘risida yozma tasdiqnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Agentlikka reyestrning nusxasi ilova qilingan holda fuqarolardan tushgan hujjatlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik Xalq bankining filialidan hujjatlar olingandan keyin ikki hafta mobaynida Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati talablariga muvofiq har bir fuqaro bo‘yicha hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshiradi va har oyda ushbu hujjatlar komplektlarini diplomatik kanallar orqali Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatiga jo‘natish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatining tegishli hujjatlari olingandan keyin fuqarolarga pensiya ajratmalarini qaytarish Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar depozit valyuta hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalq bankining filiali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda fuqaroni uning depozit valyuta hisobvarag‘iga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan mablag‘ tushganligi to‘g‘risida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan fuqaroning depozit valyuta hisobvarag‘iga tushgan naqd chet el valyutasi uning birinchi talabi bilan berilishini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolarning Koreya Respublikasida ishlagan davri O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqni beradigan stajga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolar zarur hujjatlarni shaxsan rasmiylashtirish va depozit valyuta hisobvarag‘ini ochish imkoniga ega bo‘lmagan hollarda, ushbu sa’y-harakatlar mazkur Nizomga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risida sudning qarori qonuniy kuchga kirgan taqdirda — vasiylar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli muassasalarning boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda, — ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro vafot etgan hollarda hujjatlarni rasmiylashtirish uning merosxo‘rlari tomonidan meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarilayotgan pensiya ajratmalarini ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslar toifasi bo‘yicha o‘tkazish uchun depozit valyuta hisobvaraqlari ochish chog‘ida Xalq bankining filiallariga vasiylar va merosxo‘rlarning, ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslar vakillarining tegishli huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi. Xalq banki filiallari qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlarni Agentlikka boshqa hujjatlar bilan birga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarga kiritilgan, biroq hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan shaxslar o‘zlariga pensiya ajratmalarini qaytarish masalasi bo‘yicha Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatiga mustaqil ravishda murojaat qiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 482-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)