07.07.2006 yildagi PQ-404-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASHNING QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning dolzarb muammolarini ishlab chiqishda, davlatimizning ichki va tashqi siyosati toʻgʻrisidagi xolisona axborotni keng jamoatchilikka, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga yetkazishda, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqishda Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutiga yordam koʻrsatish, shuningdek, fuqarolarning, eng avvalo yoshlarning siyosiy, huquqiy madaniyatini oshirishda ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi (MSJ) Muassislar kengashining MSJ tuzilmasiga 1-ilovaga* muvofiq mamlakat hududlarida uning filiallarini tuzishni, shuningdek, Jamgʻarma kadrlari tarkibini 20 nafarga koʻpaytirish hamda MSJ xodimlarining umumiy sonini 35 nafarga yetkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi hamda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutiga respublika oliy oʻquv yurtlarining eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan oʻqituvchilari, olimlari, ekspertlarini ularning asosiy ish joyidagi oylik maoshi toʻliq saqlangani holda oʻrindoshlik shartlarida oʻz faoliyatiga pullik asosda jalb qilishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi hamda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti uchun leksiyalar oʻqiganlik, maqolalar, axborot-tahliliy materiallar tayyorlaganlik uchun ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslar, Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi hamda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutining shtatdagi xodimlari tomonidan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslar daromadlari soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. Qosimov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Samarqand, Buxoro, Qoraqalpogʻiston davlat universitetlari va Fargʻona politexnika institutida Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasining tayanch punktlari (filiallari)ni joylashtirish va obod qilishni, ularga bepul ijara sharti bilan zarur xonalar ajratishni, ularni kompyuter va tashkiliy texnika, idora mebeli, aloqa bilan jihozlashni, shuningdek, ajratilgan xonalar mazkur bandda koʻrsatilgan taʼlim muassasalari mablagʻlari hisobidan saqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch punktlariga axborot-tahlil, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, ustav hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa vazifalarni hal etishda, Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi, uning joylardagi boʻlinmalarida ishlash uchun mamlakat oliy oʻquv yurtlarining eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan oʻqituvchilari, tadqiqot muassasalarining ekspertlari va olimlari orasidan yuqori malakali kadrlar tanlashda yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari MSJ va FJOʻI hamda ularning tayanch punktlari (filiallari)ga oʻz ustav vazifalarini bajarishlarida koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari materiallaridan bir nusxa joʻnatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat raqobat qoʻmitasining statistik axborotnomalari joʻnatilishi majburiy boʻlgan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Sharq” kompaniyasi (O. Yunusov), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) Jamgʻarmaning kutubxona fondini toʻldirish uchun uni bosma nashrlar (ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, iqtisodiy, huquqiy, tarixiy adabiyotlar)ning bepul nusxalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-404-son