Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2011-yilga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2011-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-dekabr,
147-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2011-yilga moʻljallangan
ISh REJASI
I. Nazorat faoliyati
Xalq deputatlari Surxondaryo va Fargʻona viloyat Kengashlarining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2. va 2.2-bandlariga muvofiq).
|
Yilning birinchi yarmi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorini bajarishning borishi haqida”gi 709-I-sonli qarorining ijrosini oʻrganish va muhokama qilish (Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 2.1. va 2.2-bandlariga muvofiq).
|
Yilning ikkinchi yarmi |
II. Tadbirlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining majlislarida, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari sessiyalarida davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasini muhokama qilishni tashkil etish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
|
Yilning birinchi choragi |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda quyi turuvchi prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli toʻgʻrisidagi axboroti tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tinglanishini tashkil etish va yakunlarini Komissiya majlisida muhokama qilish (Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda, Senat Komissiyasining 2010-yil 20-maydagi ish rejasining I.5-bandiga muvofiq).
|
Yilning birinchi choragi |
Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputatlari uchun davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasida ilgari surilgan qoida va xulosalarni tushuntirishga bagʻishlangan mintaqaviy oʻquv seminarlari va davra suhbatlari oʻtkazish (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2010-yil 29-oktabrdagi OAVda yoritish dasturining 2-bandini hisobga olgan holda).
|
Yilning birinchi choragi |
Ijtimoiy sherikchilikning turli shakllarini, mahalliy hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari yuzasidan davra suhbati oʻtkazish (Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturining 3.1.3-bandiga muvofiq).
|
Yilning ikkinchi choragi |
Andijon va Buxoro viloyatlarida amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash vazifalarining mahallalar tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, “Mahalla” jamgʻarmasi, boshqa jamoat birlashmalari vakillarini jalb qilgan holda sayyor seminarlar oʻtkazish (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 5.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
|
Yilning uchinchi choragi |
“Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda hokimiyat vakillik organlarining roli” hokimiyat vakillik organlarining uslubiy qoʻllanmasini tayyorlash va nashr etish hamda uni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlariga yetkazib berish (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda, Senat Komissiyasining 2010-yil 20-maydagi ish rejasining III. 4-bandiga muvofiq).
|
Yilning uchinchi choragi |
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli va oʻrni toʻgʻrisida mintaqaviy oʻquv seminarlarini oʻtkazish (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturiga qoʻshimchaning 2.4-bandiga muvofiq).
|
Yilning uchinchi choragi |
Senat Komissiyasining davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasida belgilab berilgan vazifalarni roʻyobga chiqarishga qaratilgan faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida OAV vakillari uchun brifing oʻtkazish (Senat qoʻmitalari va Senatning matbuot xizmati bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.2-bandiga, 2010-yil 29-oktabrdagi OAVda yoritish dasturning 14-bandiga muvofiq).
|
Yilning toʻrtinchi choragi |
Izohlar: ushbu rejaga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturi — Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senat komissiyasining 2010-yil 20-maydagi ish rejasi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha 2010-yil uchun ish rejasi toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 20-maydagi 66-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 29-oktabrdagi OAVda yoritish dasturi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari va senatorlarning parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishning 2010-2011-yillarga moʻljallangan dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 105-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturiga qoʻshimcha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturiga tavsiya etilayotgan qoʻshimchalar (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 104-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 544-modda)