Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024 07.05.2010 yildagi 42-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va sud-huquq sohalarida hamda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirish sohasida amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning ustuvor yo‘nalishlarini qonunchilik jihatidan kompleks ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning qo‘mitalarining mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan samarali nazorat-tahlil faoliyatini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 25-fevraldagi 15-II-sonli qarori bilan ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari faol ishtirok etishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKAT DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy hamda sud-huquq tizimlarini doimiy yangilab borish bilan aniq va chuqur o‘zaro aloqasini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazda ijro etuvchi hokimiyat, hukumat va joylarda hokimliklar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday ijro etayotganligi ustidan qat’iy parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Parlamentni kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlarni amalga oshiruvchiga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniye faoliyatini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar siyosatining oshkoraligi va ochiq-oydinligini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mamlakat xavfsizligini, barqarorligini ta’minlash, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament tizimini isloh qilish, ikki palatali parlamentni shakllantirish qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifati va asosliligini yaxshilash bilan bir qatorda o‘zaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish, umumdavlat manfaatlari bilan mintaqalarning manfaatlari mutanosibligini ta’minlash, davlat va jamiyat qurilishida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki ko‘lamlarini ancha kengaytirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) faoliyati jarayonida uning tomonidan sotsial-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi amalga oshirilishini, iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini hamda aholining real daromadlari oshib borishini ta’minlaydigan 250 dan ortiq qonun ma’qullandi. Ijtimoiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi qonun hujjatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yuqori palataning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligi ancha mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning yangi tarkibi oldida qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yanada yaxshilash, ularni amalga oshirishning samarali protsessual mexanizmlarini yaratish, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish borasida ko‘lami va teranligi jihatidan katta vazifalar turadi. Senatorlarning saylovchilar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari bilan olib borayotgan tizimli ishini jiddiy yaxshilash talab qilinmoqda, bu ish ularning qabul qilingan qonunlar qanday ishlayotganligini, hozirgi kunda jamiyat va davlatimiz uchun qanday qonunlar kerakligini aniqlashiga imkon bergan, umumdavlat manfaatlari bilan mintaqalarning manfaatlari uyg‘unlashuviga yordam bergan bo‘lar edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Harakat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini hisobga olgan holda tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakat dasturining asosiy maqsadi mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning qonunchilik, normativ-huquqiy bazasini mintaqalarning manfaatlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirishdan, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida parlament, uning yuqori palatasining rolini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat faoliyatining kelgusi davrdagi eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, iqtisodiyotni hamda ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimlarini doimiy yangilab borish bilan aniq va chuqur o‘zaro aloqasini ta’minlash. Hozir sotsial-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ijtimoiy-siyosiy, gumanitar sohalardagi tizimli, izchil demokratik yangilanishlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador va bog‘liq. Hokimiyatning mahalliy vakillik organlari faoliyatini, parlament nazoratining shakllarini takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, markazda ijro etuvchi hokimiyat, hukumat va joylarda hokimliklar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday ijro etayotganligi ustidan qattiq parlament nazoratini amalga oshirish. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi, boshqa ijtimoiy dasturlar ro‘yobga chiqarilishining borishi ko‘rib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, parlamentni kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlarni amalga oshiruvchiga aylantirish. Senatning fuqarolik jamiyati institutlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish. Shu maqsadda mintaqalarda fuqarolik jamiyati institutlarining jamoat nazoratini amalga oshirish, aholining zarur sotsial-iqtisodiy masalalarini hal qilish borasidagi ishining tashkil etilishini o‘rganib chiqish ko‘zda tutilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniye faoliyatini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar siyosatining oshkoraligi va ochiq-oydinligini ta’minlash. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida o‘rganish nazarda tutilmoqda, Senat faoliyatini keng yoritish, sakkizta konferensiya, 29 ta davra suhbati, 28 ta seminar o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, ommaviy axborot vositalarida (gazeta, jurnallar, televideniye, radio, Internetda) ikki yuzga yaqin chiqishlar tashkil etish mo‘ljallanmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini, barqarorligini ta’minlash sohasida huquqiy bazani, huquqni qo‘llash amaliyotini mustahkamlash va rivojlantirish, bu vazifalarni bajarishda parlament diplomatiyasining rolini oshirish. Ikkita xalqaro konferensiya, to‘rtta davra suhbati va to‘rtta seminar o‘tkazish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi sohasida — Senatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqasini tartibga soladigan to‘rtta kompleks dastur, beshta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish; jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida qonun ijodkorligi ishini, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil faoliyati sohasida — markazda va joylarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar, davlat dasturlari ijro etilishining ahvoli yuzasidan oltita parlament eshituvi, 14 ta muhokama o‘tkazish. Dasturda Senat qo‘mitalarining mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan birgalikda 12 ta sayyor majlis o‘tkazishi nazarda tutilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyatini aholiga keng ko‘lamda tushuntirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik sohasida — mamlakatni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan jami ikki yuzdan ortiq tadbir – konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etish mo‘ljallanmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlik sohasida — O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini, global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarida mamlakatimiz pozitsiyasini xalqaro jamoatchilik e’tiboriga yetkazish maqsadida yetakchi mahalliy va xorijiy markazlar hamda tashkilotlar bilan birgalikda 10 ta xalqaro konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish. “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida O‘zbekistonda parlamentarizmni rivojlantirish tajribasi”, “O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq islohotlarini qonun yo‘li bilan ta’minlash masalalari” mavzuidagi xalqaro konferensiyalar va boshqalar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishi bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy hayotni modernizatsiya qilish va demokratlashtirishga, mamlakatni kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari rivojlantirishning strategik vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ma’ruzalarning asosiy qoida va xulosalarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalishlar

Asosiy tadbirlar

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I.Iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy hamda sud-huquq tizimlarini doimiy yangilab borish bilan aniq va chuqur o‘zaro aloqasini ta’minlash

1.1. Mamlakatning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida, sud-huquq islohotini chuqurlashtirishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish.

1.1.1. Senat qo‘mitalarining sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning borishini yanada yangilash jarayoni bilan chuqur o‘zaro aloqasini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik, naz�rat-tahlil, xalqaro faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash.

2010-yilning

II choragi

Senat qo‘mitalari,

Senat Kengashi

1.1.2. Hokimiyat vakillik organlarining sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishdagi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, shuningdek mintaqalarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal qilishdagi rolini kuchaytirishning dolzarb muammolariga bag‘ishlab Senat qo‘mitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar davomida ishlab chiqilgan, eng avvalo mintaqalarni rivojlantirish masalalariga doir tavsiyalar va takliflarning amalga oshirilishini, mazkur tadbirlarni o‘tkazishga fuqarolik institutlari keng jalb etilishini ta’minlash.

2010-yilning birinchi yarmi

Senat qo‘mitalari,

Senat Kengashi

1.1.3. Senatorlarning o‘z mintaqalaridagi saylovchilar bilan tizimli ish olib borishini tashkil etishga doir tashkiliy-huquqiy tadbirlar kompleksini amalga oshirish. Senat qo‘mitalarining majlislarida senatorlarning, shuningdek Senat Kengashi majlislarida qo‘mitalarning saylovchilar bilan olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilishini ta’minlash. Sotsial-iqtisodiy rivojlanishning konkret masalalarini mintaqalarning ijtimoiy hayotidagi demokratik yangilanishlar bilan uzviy bog‘lab hal qilish.

Har chorakda

Senat qo‘mitalari,

Senat Kengashi

1.1.4. Senat, uning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining davlat rahbarining 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzasidan kelib chiqqan holda parlament oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish.

Ko‘rsatib o‘tilgan ishning samaradorligi to‘g‘risidagi masalalarni qo‘mitalar va Senat Kengashi majlislarida muntazam ravishda ko‘rib borish.

Maxsus jadval bo‘yicha

Senat qo‘mitalari,

Senat Kengashi

1.1.5. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali faoliyati yakunlari, sud-huquq islohotlarining amalga oshirilishi yuzasidan parlament nazorati. Senat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining axborotini eshitish, sudyalarning nomzodlarini ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini ta’minlash.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

1.2. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yanada oshirish.

1.2.1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni takomillashtirish yuzasidan quyidagilarning ta’minlanishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun Senat Kengashiga kiritish:

mintaqalarni rivojlantirishning hal qilinishi ko‘rib chiqilayotgan qonun bilan bog‘liq masalalarini, uning mamlakatda ol�b borilayotgan demokratik islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini chuqur tahlil qilish;

qonunlarni har tomonlama va samarali ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qo‘mitalarning xulosalarini tayyorlash uchun senatorlarni keng jalb qilish, ishchi guruhlar tarkibini sifatli shakllantirish;

qo‘mitalarning qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va boshqa tadbirlar.

2010-yilning

III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi



1.2.2. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining atamalar, tushunchalar apparatini takomillashtirishni, qabul qilingan qonunlarda ularning amalga oshirilishini, sotsial-iqtisodiy rivojlanishning, jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida kechayotgan demokratik jarayonlarni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar albatta ishlab chiqilishini nazarda tutadigan Qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishga doir uslubiy tavsiyalarni Qonunchilik palatasi bilan birgalikda (kelishuv bo‘yicha) ishlab chiqish.

2010-yilning

III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari q�mitasi Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari bilan birgalikda (kelishuv bo‘yicha)

II. Markazda ijro etuvchi hokimiyat, hukumat va joylarda hokimliklar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday ijro etayotganligi ustidan qat’iy parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirish

2.1. Joylarda islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishga xalaqit berayotgan jiddiy kamchilik va nuqsonlarni aniqlash, ularni ochiq-oshkora va amaliy muhokama qilish, bu nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari, nazorat va huquqni muhofaza qilish tizimining rahbarlarini asosli tanqid qilish.

2.1.1. Senat qo‘mitalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq islohotlarini amalga oshirish sohasidagi faoliyatini chuqur o‘rganish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda ularni ro‘yobga chiqarish yuzasidan konkret chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha kompleks dastur tuzish hamda uni 2010-yilda va shundan keyingi yillarda amalga oshirish.

Dastur qoidalarini amalga oshirish jarayonida joylarda sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirish ishida aniqlangan kamchilik va nuqsonlar keng muhokama qilinishini, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash.

2010-yilning

II choragi

Senat Kengashining ish rejalariga muvofiq

Senat qo‘mitalari,

Senat Kengashi

2.2. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tegishli tarmoqlarda qonunlar, eng muhim davlat dasturlarining og‘ishmay ijro etilishini ta’minlash.

2.2.1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Senat (Senat Kengashi) va Senat qo‘mitalari qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni takomillashtirish yuzasidan quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutadigan takliflarni ishlab chiqish va Senat Kengashi muhokamasiga kiritish:

mamlakat va mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining nazorat faoliyati rejalarini hisobga olgan holda Senat qo‘mitalarining nazorat faoliyati rejalarini shakllantirish;

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakil­larini, olimlar, mutaxassislarni va ommaviy axborot vositalari vakillarini joylardagi ishlarning ahvolini o‘rganish bo‘yicha Senat qo‘mitalari tomonidan tuziladigan ishchi guruhlar faoliyatiga jalb etish mexanizmini takomillashtirish;

joylarda ishlayotgan senatorlarning Senat qo‘mitalari nazorat-tahlil faoliyatida va ular tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlardagi ishtirokini faollashtirish;

qonunlarning joylarda ijro etilishini o‘rganish jarayonida qonun hujjatlaridagi nuqsonlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ijro etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish, qonun hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtir�sh yuzasidan aniq, har tomonlama puxta takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash;

2010-yilning

III-IV choraklari

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi,

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi

2.2.2. Davlat rahbarining 2010-yil 29-yanvarda bo‘lib o‘tgan 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O‘zbekistonni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini bajarishning borishini Senat qo‘mitalari, Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida muhokama qilish:

xalq deputatlari Andijon va Xorazm viloyat Kengashlari tomonidan – Senatning 2009-yil 4-dekabrdagi “2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi Qarorining, qishloqda uy-joy qurilishi va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi masalalarini;

xalq deputatlari Buxoro va Sirdaryo viloyat Kengashlari, shuningdek Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari tomonidan – “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining bajarilishi masalalarini;

Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimiyatning vakillik organlari tomonidan – kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalli�lashtirish sohasidagi qonunlarning, eng muhim davlat dasturlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi masalalarni.

2010-yilning

III choragi

2010-yilning

IV choragi

2011-yilning

I choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

2.2.3. Senat qo‘mitalari tomonidan parlament eshituvlarini tayyorlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, parlament eshituvlarida javob olinishi kerak bo‘lgan savollar ro‘yxatini, parlament eshituvlariga jalb etiladigan muayyan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mansabdor shaxslarni, parlament eshituvlari yakunlari bo‘yicha takliflar tayyorlash mexanizmini va boshqa masalalarni belgilab beradigan Senat tomonidan parlament eshituvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Senat Kengashi muhokamasiga kiritish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi,

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi

2.2.4. Tegishli vazirliklar va idoralar vakillarini taklif qilgan holda quyidagi masalalar bo‘yicha parlament eshituvlarini amalga oshirish:

Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida “Telekommuni­katsiyalar to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘ri­sida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi;

joylardagi eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarni hal qilishda, demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish (Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida);

Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarining ijro etilishi.

2010-yilning

III choragi

2010-yilning

IV choragi

2011-yilning

I choragi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi,

Senat Kengashi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi,

Senat Kengashi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi,

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi,

Senat Kengashi

2.3. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi, unda nazarda tutilgan sotsial-iqtisodiy sohaning izchil rivojlanishini, mamlakatda barqarorlikni ta’minlashga doir barcha chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishini ta’minlash.

2.3.1. Toshkent va Namangan viloyatlarida Senatning
2009-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi 624-I-sonli Qarorini bajarishning borishi haqida”gi 709-I-sonli Qarorining ijro etilishini o‘rganish. Joylarda dasturning amalga oshirilishining borishini o‘rganish natijalarini Senatning yalpi majlisida ko‘rib chiqish.

2010-yilning

II — IV choragi

Senat Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

III. Parlamentni kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlarni amalga oshiruvchiga aylantirish

3.1. “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, mamlakatni boshqarishda fuqarolarning rolini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini yanada rivojlantirish, bu tizimni davlatni, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni boshqarish jarayoniga uyg‘un ravishda integratsiyalash.

3.1.1. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish, ularga mintaqalarni sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishda amaliy va uslubiy yordam berish, bu sohadagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Senatning kompleks harakat dasturini ishlab chiqish.

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasini tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Senat muhokamasiga kiritish.

2010-yilning birinchi yarmi

Senat Kengashi

3.1.2. Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga, ularni mintaqalarning sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qilishga keng jalb etishga qaratilgan qonun hujjatlari, mamlakatda qabul qilingan dasturlarning Toshkent shahrida ijro etilishi masalalariga bag‘ishlab Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qo‘shma majlisini tashkil qilish.

2010-yilning birinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda

3.1.3. Ijtimoiy sherikchilikning turli shakllari, mahalliy hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida turkum konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish. O‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilish.

2010-2011yillardaqo‘mitalarning ish rejalariga muvofiq

Senat qo‘mitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

3.2. Fuqarolik va jamoat institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlarning qarorlar qabul qilish, ja-miyatning o‘zlari vakili bo‘lgan qatlamlari va tuzilmalari manfaatlarini himoya qilish tizimida o‘rin egallashlari maqsadida ular faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada rivojlantirish.

3.2.1. Senatning fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan Senatning kompleks harakat dasturini ishlab chiqish, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi,

Senat Kengashi

3.2.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamentini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritib, ularda quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutish:

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarini ularning faoliyati sohasiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqishga (xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari) jalb qilish tartib-taomillari va mexanizmlarini takomillashtirish;

ijtimoiy sherikchilikning turli shakllarini yaratish va ularni qarorlar qabul qilish chog‘ida (jamoat kengashlari, komissiyalar, ishchi guruhlar va boshqalar) jalb etish tartib-taomili.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

IV. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish

4.1. Mahalla faoliyatining, uning vakolatlarini, samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini kengaytirishning, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi tizimining huquqiy bazasini takomillashtirish.

4.1.1. Fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy sohaning samarali ishlashi, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash masalalarini hal qilishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtiroki masalalarini fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb qilgan holda mamlakat mintaqalarida (alohida reja bo‘yicha) chuqur o‘rganish; “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining eng munosib fuqarolar oqsoqollar va ularning maslahatchilari etib saylanishini ta’minlaydigan amaldagi tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha joylarda fuqarolarning dolzarb sotsial-iqtisodiy masalalarini hal qilishda mahallaning vakolatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

4.2. Boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahallaning vaziflarini yanada kengaytirish; davlat ijtimoiy dasturlarining joylarda ro‘yobga chiqarilishi haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro yaqindan hamkorligini ta’minlash.

4.2.1. Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi ishini tashkil etish tajribasini o‘rganish. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligi tizimini takomillashtirishga, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida ularning rolini kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning

IV choragi —

2011-yilning

I choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi,

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi

4.3. Mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish.

4.3.1. Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vazifalarining joylarda mahallalar, fuqarolar yig‘inlari tomonidan amaliyotga joriy etilishini o‘rganish. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat ijtimoiy dasturlarini, bandlikni ta’minlash, kasanachilikni, hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni ishga joylashtirish dasturlarini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish yuzasidan; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishdagi, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishdagi vakolatlarini kengaytirish yuzasidan; “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining normalari va qoidalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Alohida jadvalga muvofiq —

2010-yil davomida

Senat qo‘mitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

V. Ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniye faoliyatini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar siyosatining oshkoraligi va ochiq-oydinligini ta’minlash

5.1. Milliy matbuotning sifatini, mahorat va samaradorligini rivojlangan jahon ommaviy axborot vositalarining yuksak talab va mezonlari darajasigacha izchil oshirib borish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunchilik yanada takomillashtirilishini ta’­minlash.

5.1.1. Ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirishga, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning oshkoraligi va ochiq-oydinligini ta’minlashda ularning faolligini oshirishga qaratilgan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplariva kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi jarayonini nazorat tartibida o‘rganish. Ommaviy axborot vositalariga doir qonun hujjatlarining bajarilishi masalalari xalq deputatlari viloyat Kengashlari majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

2010-yilning ikkinchi yarmi — 2011-yilning birinchi yarmi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi,

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

5.2. Mamlakatda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni, mamlakatimizda va undan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealarni fikrlar xilma-xilligini hisobga olgan holda ommaviy axborot vositalarida yanada faolroq yoritish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berish. Ijro etuvchi hokimiyat ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalasini hal qilishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini faol jalb etish.

5.2.1. Qo‘mitalar, senatorlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi ishini keng yoritish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va 2010-2011-yillarda amalga oshirish, mamlakat jurnalistlari uchun ushbu masalalar yuzasidan brifinglar, matbuot anjumanlari o‘tkazish.

Parlament yuqori palatasi, uning qo‘mitalari va komissiyalari ishida oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash maqsadida senatorlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazish.

2010-yilning

III choragi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda,

Senat Kengashi

5.3. Nodavlat ommaviy axborot vositalarining tobora kengayib borayotgan tarmog‘i faoliyatining, mualliflik huquqlari va intellektual mulkni himoya qilishning, shuningdek axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etishning normativ-huquqi� bazasi yanada rivojlanishini ta’minlash.

5.3.1. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablarining muayyan idoralarda bajarilishini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini media-makonda keng joriy qilish, ommaviy axborot vositalarining nodavlat sektorini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlari joylarda ijro etilishining borishini nazorat tartibida o‘rganish.

O‘rganish natijalari bo‘yicha axborot sohasiga bozor mexanizmlarini yanada joriy etish, intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

VI. Mamlakat xavfsizligini, barqarorligini ta’minlash, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish

6.1. Mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilishning muhim tashqi siyosiy vositasi, hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning omili sifatida parlament diplomatiyasining rolini yanada oshirish.

6.1.1. Senatning xalqaro parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga, davlatning ichki va tashqi siyosatining, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqada va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitlarda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb masalalari bo‘yicha Senatning pozitsiyasini xalqaro jamoatchilik e’tiboriga yetkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi

6.2. Xalqaro huquqning umum-e’tirof etilgan normalari va qoidalarini milliy qonunchilikka hamda huquqni qo‘llanish amaliyotiga implementatsiya qilish.

6.2.1. Xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilishga doir qonunlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash.

2010-2011-yillar —

Senat qo‘mitalarining ish rejalariga muvofiq

Senat qo‘mitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

6.3. Parlament faoliyati sohasidagi xorijiy tajribani o‘rganish.

6.3.1. Xorijiy mamlakatlar parlamentlarining ish tajribasini o‘rganish bo‘yicha davra suhbatlari, xalqaro seminarlar o‘tkazishni, parlament delegatsiyalarini almashishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, parlament faoliyatini takomillashtirish, jumladan parlament nazoratining samarali shakllarini qo‘llash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Tasdiqlangan rejalarga muvofiq

Senat Kengashi,

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 5-son, 193-modda)