29.10.2010 yildagi 104-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorini bajarishning borishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida qoʻyilgan dasturiy vazifalar izchillik bilan amalga oshirilishi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi tizimli ravishda roʻyobga chiqarilishi 2010-yilning yanvar — sentyabr oylarida mamlakatning yanada ilgarilab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, aholi turmush darajasi va sifati barqaror oshib borishini taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu yilning 9 oyida makroiqtisodiy muvozanatlilik, iqtisodiyotning barqaror yuqori surʼatlar bilan oʻsishi taʼminlandi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining oʻsishi 8,3 foizni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari 8,3 foizga, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish 12 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 7,8 foizga, qurilish ishlari 9,0 foizga, chakana tovar aylanmasi 12,2 foizga, xizmatlar koʻrsatish 11,2 foizga koʻpaydi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi. Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlari 1,4 barobarga oʻsdi. Mahalliylashtirilgan mahsulotning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi oʻtgan yilning shu davridagi 14,9 foiz oʻrniga 17,6 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish boʻyicha faol investitsiya siyosati oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmlari 8,1 foizga, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar 15,1 foizga oʻsishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
867 ta ishlab chiqarish obyekti ishga tushirildi, 190 ta investitsiya loyihasini roʻyobga chiqarish tugallandi. Mahalliy eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash, eksportni diversifikatsiya qilish va yangi tashqi bozorlarni oʻzlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar mahsulot eksport qilish hajmini 10,9 foizga koʻpaytirish va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi mamlakatning barcha mintaqalarida taʼminlandi. Shuningdek, mintaqalarga boʻysunuvchi korxonalarning eksport boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari barcha mintaqalarda bajarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqda uy-joy qurilishini kengaytirish dasturi doirasida “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki mablagʻlari hisobidan qishloq turar joy massivlarida namunaviy loyihalar boʻyicha 3597 ta uy va 85 ta ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha erishilgan natijalar iqtisodiyotning real sektorini qoʻllab-quvvatlash borasida faol va aniq maqsadli siyosat olib borilayotganligining samarasi boʻldi. Puxta oʻylab amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy siyosat, bank tizimining barqarorligini taʼminlash, iqtisodiyotni va uning strategik tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturini roʻyobga chiqarish Oʻzbekistonning dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatorida barqaror yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlariga erishishiga hamda aholining real daromadlari oshishiga imkon berdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarilishiga iqtisodiy islohotlarni qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash, oʻzgartishlarning zarur huquqiy bazasini yaratish ham yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qoʻlga kiritgan yutuqlar mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining toʻgʻriligini tasdiqlamoqda va xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan keng koʻlamda eʼtirof etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishda mahalliy hokimiyat organlari, shu jumladan barcha darajalardagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari zimmasiga masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi va 2010-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarida taʼkidlanganidek, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini, qonunlar qanday ijro etilayotganligi, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi qanday roʻyobga chiqarilayotganligi ustidan parlament nazoratining shakllarini takomillashtirish eng muhim vazifalardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat komissiyasi deb yuritiladi), qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorida (bundan buyon matnda Senat qarori deb yuritiladi) bayon etilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish borasida muayyan ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturining iqtisodiy tadbirlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha belgilangan choralarning bajarilishini taʼminlamoqda. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturining qoidalariga muvofiq, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishga, mintaqalarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlarining, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish va yaqindan oʻzaro hamkorligini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasining faoliyati samarali va real natijalarga erishish maqsadida mahalliy hokimiyat vakillik organlarini ijtimoiy ahamiyatga molik eng dolzarb muammolarni hal qilishga jalb etishga qaratilgan. Joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari orasidan Senat komissiyasi faoliyatiga yordam beruvchi ishchi guruhlar tuzilgan. Hamma joyda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari rahbarlari uchun faoliyatni tashkil etish hamda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini taʼminlash masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazilmoqda. “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida” degan rukn ochilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil shuni koʻrsatdiki, Senat qarorida qayd etilgan xalq deputatlari Namangan va Toshkent viloyat Kengashlari faoliyatidagi Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatning bir qator mintaqalarida Senat qarorining ijro etilishini taʼminlash boʻyicha aniq maqsadli ish olib borilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining hamda ular doimiy komissiyalarining faoliyatini jonlantirish boʻyicha choralar ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yilning har choragida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va ularning doimiy komissiyalari majlislarida mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlari, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishdagi ishtiroki haqidagi hisobotlarini eshitib borish amaliyotga joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida barcha darajalardagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining, ular doimiy komissiyalarining faoliyatini jonlantirishga, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish uchun masʼul boʻlgan rahbarlarining javobgarligini oshirishda deputatlar korpusining rolini kuchaytirishga, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan aniq choralar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qarori qabul qilinganidan keyin xalq deputatlari Andijon, Namangan, Fargʻona va Qashqadaryo viloyat hamda Toshkent shahar Kengashlarining deputatlariga nisbatan talabchanlik muayyan darajada oshgan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi faollashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalari faoliyatida Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarish hamda Senat qarorini bajarish borasida hamon jiddiy kamchiliklar uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, ayrim xalq deputatlari mahalliy Kengashlari (Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan tashqari) Senat qarorini bajarish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida Senatga har chorakda axborot taqdim etmayotirlar. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi (O. Ashurmatov) tomonidan Senat qarorini bajarish yuzasidan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida olib borilayotgan ishlar haqida Senatga toʻliq axborot taqdim etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining raislari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining imkoniyatlaridan hozirgacha yetarlicha foydalanmayotirlar, mahalliy hokimiyat vakillik organlari ishi sust tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax (S. Ismoilov) va Sirdaryo (O. Ashurmatov) viloyatlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari inqirozga qarshi hududiy dasturlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari va ular doimiy komissiyalari qarorlarining ijro etilishi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazorat olib bormagan. Xalq deputatlari Arnasoy (F. Salohiddinov), Doʻstlik (S. Sheraliyev), Jizzax (M. Xolboʻtayev), Zarbdor (E. Gʻaybullayev), Zafarobod (A. Aliqulov) Mirzachoʻl (M. Bobobekov), Gʻallaorol (I. Eshonqulov) tuman Kengashlari, shuningdek xalq deputatlari Mirzaobod (A. Hidirov), Sardoba (B. Mamanov) Sayxunobod (A. Turdiboyev), Xovos (X. Chinibekov) tuman Kengashlari hamda xalq deputatlari Guliston (N. Sulaymonov), Yangiyer (O. Akbarov) shahar Kengashlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarish borasidagi faoliyatida hanuzgacha jiddiy kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarini va doimiy komissiyalarning majlislarini tayyorlash chogʻida ishlarning ahvoli chuqur tahlil qilinmayotir, ayrim hollarda qarorlar yuzaki, rasmiyatchilik ruhida qabul qilingan. Ushbu xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini ijro etishning borishi muntazam koʻrib chiqilmayotir, mahalliy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining mazkur masala yuzasidan hisobotlarini eshitish oʻz vaqtida amalga oshirilmayotir. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari vujudga kelayotgan masalalarni va oʻz mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning konkret vazifalarini hal qilishda tashabbus koʻrsatmayotirlar, mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatini nazorat qilishning deputat soʻrovi kabi shaklidan deyarli foydalanmayotirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorini bajarishning borishi toʻgʻrisidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorini bajarishning borishi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Namangan (B. Yusupov) va Toshkent (R. Xolmatov) viloyat Kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muayyan ishlar olib borilganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida (M. Yerniyazov), Buxoro (S. Xusenov) va Surxondaryo (T. Djurayev) viloyatlarida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining, ular doimiy komissiyalarining faoliyatini jonlantirish, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish uchun masʼul boʻlgan rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirishda deputatlar korpusining rolini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish boʻyicha ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Jizzax (S. Ismailov) va Sirdaryo (O. Ashurmatov) viloyat Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorini bajarish yuzasidan olib borayotgan ishlari qoniqarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin. Ularga mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha keskin choralarni nazarda tutish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi axborotida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining raislari — viloyat, tuman va shaharlar hokimlariga ular mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash va eng dolzarb muammolarni hal qilish yuzasidan oʻz vaqtida kompleks choralar koʻrilishi, shuningdek Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi doirasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Senat va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining taʼminlanishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari alohida koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqarilishining borishini, shu jumladan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi hamda qabul qilingan tarmoq va mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va inqirozga qarshi tarmoq davlat dasturlari hamda mintaqaviy dasturlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalari qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan deputatlik nazorati choralarining taʼsirchanligini kuchaytirishga alohida eʼtibor bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining sohalar boʻyicha qoʻmitalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishning borishi va samaradorligini nazorat qilish vakolatlari bu jarayonga jamoatchilikni keng jalb qilgan holda muntazam amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi doirasida qabul qilingan qarorlar va hujjatlarning har bir bandini roʻyobga chiqarish borasidagi ishlarning ahvolini tahlil etish, monitoring qilish sifatini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarda ishlab chiqarish sektorini modernizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydigan, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi ixcham korxonalar barpo etish, korxonalarning energiya va resurslar boʻyicha samaradorligini ragʻbatlantirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash hamda uni modernizatsiya yoʻnalishidagi dasturlarni roʻyobga chiqarishga jalb etish va boshqa masalalar doimiy komissiyalar majlislarida koʻrib borilishini, zarur hollarda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inqirozga qarshi ishchi guruhlar faoliyati doirasida inqirozga qarshi choralarni roʻyobga chiqarish, shu jumladan bandlikka koʻmaklashish boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish maqsadida kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan ishlar roʻyobga chiqarilishini faollashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonalarni rivojlantirishga yordam berish va ularni qoʻllab-quvvatlashda, 2010-yilga moʻljallangan investitsiya, ishlab chiqarish va eksport dasturlari toʻla-toʻkis ijro etilishini taʼminlash, eksport qiluvchi korxonalar marketing xizmatlari ishini faollashtirish, investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, shuningdek qishloq joylarda yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarishlarni samarali joylashtirish maqsadida mamlakat mintaqalarida zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqish yoʻli bilan eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish uchun qoʻshimcha zaxiralar hamda sotish bozorlarini aniqlash masalalarini muhokama qilishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari faol qatnashishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini oʻrganish asosida muayyan ustuvor yoʻnalishlarga amal qilib, mintaqaviy investitsiya dasturlariga kiritish uchun qoʻshimcha loyihalar yuzasidan takliflar bildirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan manzilli ishni kuchaytirsin, ushbu loyihalar roʻyobga chiqarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarish jarayoniga mahalliy hokimiyat vakillik organlarini mumkin qadar koʻproq jalb etish va ularning ishini faollashtirish, deputatlik nazorati choralarining taʼsirchanligini kuchaytirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislarining dasturni roʻyobga chiqarishning borishi muntazam va doimiy monitoring qilinishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida, shuningdek iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi inqirozga qarshi choralar majmuida nazarda tutilgan tadbirlarning bir qismi uzoq muddatli xususiyatga egaligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi ilovaga muvofiq 2.3 — 2.5-kichik bandlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga 2011-yil 1-iyulga qadar va shundan keyin yilning har olti oyida axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi (S. Safoyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 104-II-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi ijrosini taʼminlash maqsadida Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturiga tavsiya etilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Tadbirlar maqsadi‎ Tadbirlar nomi‎ Tadbirlarni amalga oshirish shakli‎ Bajarish muddati‎ Masʼul ijrochilar‎
2.‎‏ ‎‏

2.3. Inqirozga qarshi hududiy va tarmoq dasturlari amalda roʻyobga chiqarilishi uchun masʼul boʻlgan mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va ularning sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari majlislarida tinglash, shuningdek Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi doirasida qabul qilingan qaror va hujjatlarning har bir alohida bandi roʻyobga chiqarilishi ustidan Doimiy ravishda nazoratni amalga oshirish‎

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari qarorlari‎

Doimiy ravishda‎

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar‎

2.4. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli va oʻrni toʻgʻrisida mintaqaviy oʻquv seminarlarini oʻtkazish‎

Tasdiqlangan dasturlar asosida‎

Doimiy ravishda‎

Senat Komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar‎

2.5. “Iqtisodiyotni innovatsion yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlarining mintaqaviy jihatlari” mavzuida davra suhbatlari oʻtkazish‎

Tasdiqlangan dasturlar asosida‎

Doimiy ravishda‎

Senat Komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 10-son, 399-modda)