TASDIQLANGAN
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Senat, uning qoʻmitalari, Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) ishida okshoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash maqsadida senatorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida parlament nazoratini ommaviy axborot vositalarida yoritishning samarali usullariga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazish (“Parlament nazorati mohiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishning zamonaviy usullari” mavzuida) |
2010-yilning noyabr oyi |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Komissiya |
|
2. |
Parlament nazoratining samarali va taʼsirchan usullarini yoʻlga qoʻyish maqsadida senatorlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, joylardagi ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan hamkorligini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan “Parlament nazorati: hamkorlik va istiqbollar” mavzusida mintaqaviy davra suhbatlari oʻtkazish |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yilning birinchi choragi |
Komissiya, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari |
|
3. |
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarishda mahalliy hokimiyat organlari, xususan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan Senat, uning qoʻmitalari va Komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yil davomida |
Komissiya, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari |
|
4. |
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining nazorat faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 25-fevraldagi qarori asosida) |
2010-yilning toʻrtinchi choragi |
Senat qoʻmitalari |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturida belgilangan nazorat faoliyatiga oid tadbirlarni bajarishning borishini va ularning mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi qarori asosida) |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yil davomida |
Senat qoʻmitalari va Komissiyasi |
|
6. |
Tahliliy materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yilga moʻljallangan nazorat faoliyati rejalarida belgilangan tadbirlar bajarilishining borishi hamda mohiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yil davomida |
Senat qoʻmitalari |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida muhokama etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokurori, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Markaziy banki boshqaruvi raisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hisobotlari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri axborotining asosiy jihatlarini, mazkur hisobotlar va axborot yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning mohiyatini yalpi majlislar yakunlari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida yoritish |
2011-yilning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi choraklari |
Senat qoʻmitalari (Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuraturasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Adliya vazirligi bilan hamkorlikda) |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida Davlat budjetini muhokama qilish va uning ijrosi bilan bogʻliq masalalar, qabul qilinadigan qarorlar mohiyatini va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish |
2010-yilning dekabr oyi, 2011-yilning birinchi choragi va dekabr oyi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari, Komissiyasi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida Senat qoʻmitalarining nazorat faoliyatiga oid tahliliy materiallarni oʻzbek, rus, ingliz tillarida Senatning Internetdagi veb-saytida muntazam yoritib borish |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yil davomida |
Senat qoʻmitalari, Komissiyasi, Senatning Matbuot xizmati |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari va Komissiyasi tomonidan nazorat faoliyati doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar mohiyatining “Oʻzbekiston” telekanalining “Parlament soati” koʻrsatuvida batafsil yoritilib borilishini taʼminlash |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yil davomida |
Senat qoʻmitalari va Komissiyasi |
|
11. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarini saylash tizimini takomillashtirish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, tegishli komissiya, qoʻmitalar va Senat aʼzolari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish |
2011-yil davomida |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi, uning qoʻmitalari va Komissiyasining nazorat faoliyatiga oid qarorlarining mutasaddi tuzilmalar tomonidan ijro etilishiga oid tahliliy materiallarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish |
2010-yilning toʻrtinchi choragi va 2011-yil davomida |
Senat qoʻmitalari va Komissiyasi |
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011-yilning nomi eʼlon qilinishi bilan bogʻliq Senat qoʻmitalari va senatorlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish (tegishli dastur asosida) |
2011-yil davomida |
Senat qoʻmitalari va Komissiyasi |
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari, Komissiyasi va senatorlarning parlament nazoratini amalga oshirish borasida 2010-2011-yillarda olib borgan ishining natijalari boʻyicha jurnalistlar uchun brifinglar oʻtkazish |
2010-yilning dekabr oyi va 2011-yilning dekabr oyi |
Senat qoʻmitalari, Komissiyasi, Senatning Matbuot xizmati |