QAShQADARYo VILOYATI Muborak tumani hokimining
QarorI
Tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi “2007—2010-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-459-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 376-modda), 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Muborak tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholini (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek tumanning qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori 15 foiziga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlansin.
4. Muborak tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasalardagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tuman bandlikka koʻmaklashish markazi direktori B. Egamberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17 va 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomining 23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinadigan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorlarda:
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarining koʻpi bilan yetmish besh foizi;
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarning koʻpi bilan ellik foizi qoplansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning 26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, tuman bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
8. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari zimmasiga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashayotgan fuqarolar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (tabel) har oyning 25-sanasiga qadar tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilib borish hamda ularga ish haqlarini toʻliq oʻz vaqtida oyma-oy toʻlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori B. Egamberdiyev, nazorat qilib borish esa tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari R. Polvonov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim P. ALLAQULOV
Muborak sh.,
2013-yil 26-iyun,
X-435/06-son
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etuvchi tashkilot, muassasa va fermer xoʻjaliklari
ROʻYXATI
|
T/r |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etiladigan tashkilot, muassasa va fermer xoʻjaliklarining nomi |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari turi |
Jalb qilinadigan kishilar soni |
Tashkil qilish davri |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
|
1. |
Laziz Rahmat Shahriddin fermer xoʻjaligi |
Ariq qazish, koʻchat ekish, qishloq xoʻjalik ishlari |
10 |
2013-yil 2-chorak |
|
2. |
Ramazon oʻgʻli Muhammad fermer xoʻjaligi |
qishloq xoʻjalik ishlari |
15 |
2013-yil 2-chorak |
|
3. |
Oqchashma fermer xoʻjaligi |
qishloq xoʻjalik ishlari |
10 |
2013-yil 2-chorak |
|
4. |
Obodonlashtirish boshqarmasi |
obodonlashtirish ishlari |
10 |
2013-yil 3-chorak |
|
5. |
Roʻziboy Xusan fermer xoʻjaligi�� |
qishloq xoʻjalik ishlari |
10 |
2013-yil 3-chorak |
| |
Jami: |
X |
55 |
X |
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
| 1. | R. Polvonov | tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, guruh raxbari |
| 2. | B. Egamberdiyev | Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori |
| 3. | G. Tursunov | tuman moliya boʻlimi boshligʻi |
| 4. | K. Farxodov | “Mahalla” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi |